`
122
TAFAKKURNING YANGI TURINI SHAKLLANTIRISHDA IMPERАTIV
АLGORITMIK TАFАKKURNING AHAMIYATI
Xushvaqtov Umar Norqobilovich
“O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi” Surxondaryo viloyati
hududiy sho’basi bosh mutaxassisi Tel: +998994248086
https://doi.org/10.5281/zenodo.15239329
Аnnotatsiya.
Mazkur maqolada talabalarga algoritmik tillar va dasturlash asoslari fanini
oʼqitishning umumiy xususiyatlari shu bilan birga dasturlash asoslari taʼlimida metodik
innovatsiyalarning mazmun-mohiyati haqida fikirlar yuritilgan, Аlgoritmik faoliyatni
oʼzlashtirish, algoritmlarni yaratish va ularni bajarish koʼnikmasini shakllantirish oʼquvchi
mustaqil ravishda hal qila oladigan amaliy masalalar sinfini kengaytirish imkonini berishi,
algoritmik tillarga oid manbalarning nazariy va amaliy aspektlari atroflicha tahlil qilingan.
Kalit soʼzlar.
Talabalar, algoritmik tillar, dasturlash asoslari, innovatsiya, fanini
oʼqitishdagi oʼziga xos xususiyatlari, yangilanish.
Tadqiqotchilarning fikricha, tafakkurning yangi turini shakllantirish rivojlanayotgan
axborot jamiyatining tabiiy jarayoni boʼlib, shu sababli taʼlim tizimida bir qator oʼzgarishlar
zarur, chunki nafaqat tafakkur, balki xotira va idrok ham koʼrinishi oʼzgaradi. “Biz gʼoyalar va
tasvirlarni tobora tezroq yaratmoqdamiz va qoʼllamoqdamiz, bunda insonlar, joylar, obʼektlar,
tashkiliy shakllar kabi bilimlar barqarorligi tobora kamayib bormoqda”. Tafakkurni klipligi
zamonaviy jamiyatning quyidagi omillari bilan belgilanadi [2, 160]:
1. Hayot surʼati tezlashishi va shunga mos ravishda axborot oqimining oshishi.
2. Qabul qilinayotgan axborot xilma-xilligining ortishi, axborotni uzatishning yangi
audiovizual vositalarining paydo boʼlishi.
3. Аxborotning dolzarbligi, uni olish tezligiga talab. Bugungi kunda “qisqaroq vaqt ichida
iloji boricha koʼproq maʼlumotni oʼzlashtirish” mavjud ehtiyoji [5, 6-b] fikrlash faoliyatida
oʼzgarishlarni keltirib chiqaradi.
4. Insonning “koʼp vazifani bajara olishi” ga ehtiyoj. Zamonaviy jamiyatda insonning bir
nechta vazifalarni parallel ravishda bajarish, koʼpincha bir-biriga bogʼliq boʼlmagan bir
vaqtning oʼzida bajariladigan vazifalar sonini oshirish qobiliyatiga talab katta. Oddiy insonning
miyasi barchasini sifat jihatidan taqqoslash, tahlil qilish va toʼgʼri xulosa chiqarish uchun bir
vaqtning oʼzida bir nechta obʼektlar va sharoitlarni mantiqiy qayta ishlashni amalga oshira
olmaydi, shuning uchun inson olingan maʼlumotni va uni qayta ishlash jarayonini
soddalashtirishga intuitiv intiladi.
5. Ijtimoiy tizimning turli darajalarida dialoglik oshishi.
Tadqiqotlarda ushbu tafakkur “post-matnli” deb atalgan va gazeta shaklida ommaviy
axborot vositasining paydo boʼlishi bilan bogʼliq yana bir jihatni belgilangan – “koʼp sonli qisqa,
bir-biriga bogʼliq boʼlmagan matnlardan tashkil topgan axborot yetkazilishi”, “axborotni uzatish
fragmentar tabiati tufayli hamda oʼzaro bogʼliq voqealarning vaqt oraligʼida yetkazilishi sababli
miya shunchaki voqealar orasidagi bogʼliqlikni idrok eta olmaydi”. Baʼzi ishlarda ushbu
tafakkur turi “raqamli” deb ataladi, zamonaviy avlod ham shu qatorda “raqamli avlod” deb
taʼriflangan boʼlib, unga “avvalgi avlodlarga nisbatan axborot xulq-atvori boshqacha usullari,
jumladan, axborotni isteʼmol qilish, oʼz-oʼzini taqdim etish, jamoatchiliklarga tashkil etish,
texnologik artefaktlar bilan manipulyatsiya qilish tajribasi” xos boʼladi.
`
123
Tafakkur klipligi – baʼzi kognitiv koʼnikmalarni boshqa koʼnikmalar hisobiga rivojlantirish
boʼlib, insonlarning axborot bilan munosabatlarini rivojlantirishda namoyon boʼladi va tarqoq
axborot oʼrtasida tezda almashish qobiliyatini rivojlantirish hamda davomiy bir turdagi
axborotni idrok etish qobiliyatining pasayishini nazarda tutadi.
Zamonaviy dunyoda talab qilinayotgan koʼp vazifalik uchun bu oʼziga xos javob boʼlib,
maʼlum bir parishonlik, vizual belgilarga afzallik berish hisoblanadi. Klipli tafakkurni “axborot
sirtida mulohaza yuritish uchun toʼxtovsiz oʼta tez sirpanish” bilan solishtirsa boʼladi.
Klipli tafakkur salbiy xususiyatlari quyidagilar bilan kuchayadi:
- “shakllangan hodisalarga barqaror, axborot asosiy manba boʼlgan zamonaviy
jamiyatning tez oʼzgarishlariga juda sekin munosabatda boʼlgan” taʼlim paradigmalari;
- oʼquvchilar yangi avlod vakillari sifatida “axborotni butunlay boshqacha tarzda
izlaganlar nazorati ostida” boʼlganligi.
Ishonch bilan aytish mumkinki, “tafakkurning bir modelidan – chiziqli tafakkurdan
boshqasiga – vizual tasvirlarga asoslangan tarmoqli tafakkurga oʼtish sodir boʼldi... Turli
maʼlumotlarni endi yodlash kerak emas, balki “ularga yoʼlni” bilish kifoya. Miya faqat kichik
portsiyalarda maʼlumotni qayta ishlay oladi” [90]. Insonlar turli xil axborot bilan toʼyintirilgan
oʼzgaruvchan dunyoga moslashmoqda, oʼzlarining axborotni idrok etish usullarini, xotirasini,
fikrlashini va nutqini mos ravishda qayta qurishmoqda. Pedagogik entsiklopediyada
taʼkidlanishicha, tafakkur rivojlanishi “oʼquvchilarning oʼquv materiallari bilan harakatlari
orqali, ular oʼrganayotgan obʼektlarning muhim xususiyatlarini aniqlash va umumlashtirishni
taʼminlash orqali” amalga oshiriladi. Kognitiv yondashuvga asoslanib taʼkidlashimiz mumkinki,
oʼrganish jarayoni “axborotni qayta ishlash uchun aqliy tuzilmalardan foydalanish” bilan
bogʼliq.
Pedagogik tizim shakllangan koʼnikmalarning nomutanosibligini jamiyatdagi zamonaviy
oʼzgarishlarni hisobga olgan holda qoplashi kerak. Oʼquv jarayonida tafakkurning klipligiga
yoʼnalganlik oʼquvchiga “katta hajmdagi axborotni uning mazmunini idrok etmasdan eslab
qolish, yaʼni eslab olinayotgan maʼlumotlarga mos keladigan maʼlum tasvirlar asosida maʼlum
ketma-ketlikdagi soʼzlar, iboralar yoki raqamlar toʼplamini tez va oson eslab qolish” imkonini
beradi. Muvaffaqiyatli taʼlim, shu jumladan imperativ algoritmik tafakkurni rivojlantirish uchun
“klipli tafakkur kontekstida oʼquv materialining mazmun tarkibiy qismini koʼrib chiqish,
axborotni kliplar shaklida tuzish, taqdimot formatini... aniq va majoziy formulalar bilan
oʼzgartirish” zarurati paydo boʼlmoqda.
Informatika darslarida muvaffaqiyatli oʼrganish va oʼquvchilarning algoritmik tafakkurini
rivojlantirish uchun faol oʼquv faoliyatini tegishli didaktik material bilan tashkil etish,
oʼquvchilarning kognitiv xususiyatlarini, imperativ algoritmik fikrlashning rivojlanish
darajasini hisobga olgan holda algoritmik faoliyatning boshqa fan sohalari va amaliy faoliyat
bilan integratsisidan foydalanish, shu bilan ularni axborotni tahlil qilish va tanqidiy idrok
etishga koʼniktirish kerak.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Алферов А.П. Статья “Компьютерные сети. Интернет". Информатика: Сборник
`
124
нормативно-методических материалов 1998г. Ростов-на-Дону, 1998
2.
Попов С.В., Трифонова Е.Е. Информатика и образование 8-2003 О проблеме
создания интеллектуальных обучающих систем. Под ред. Иванова Т. В Москва 2003
3.
Лапчик М.П. и др. Методика преподавания информатики: Учебное пособие для
студентов педагогических вузов. - М.: Издательский центр Академия, 2001.
4.
Лафоре Р. Объектно-ориентированное программирование в C++:[пер. с англ.]. –
Издательский дом" Питер", 2013. – С. 6.
5.
Sancho P., Fuentes-Fernández R., Fernández-Manjón B. NUCLEO: Adaptive computer
supported collaborative learning in a role game based scenario //2008 Eighth IEEE
International Conference on Advanced Learning Technologies. – IEEE, 2008. – С. 671-675.
6.
Волчинская Е.К. Информационные технологии и право. М.: Информатика, 2000.