Авторы

  • X.K. Bekmuradova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.79287

Ключевые слова:

Sabzavotchilik yopiq grunt hosildorlik nav duragay ekish qalinligi yetishtirish sharoiti.

Аннотация

Yilning barcha mavsumlarida aholini yangi sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlash yopiq grunt sabzavotchiigi zimmasiga tushadi. Shuning uchun xam bu soxa respublikamizda jadal rivojlanayotgan soxalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.


background image

`

107

ISSIQXONADA BODRING DURAGAYLARINING HOSILDORLIGIGA

YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASINING TAʼSIRI

X.K. Bekmuradova

https://doi.org/10.5281/zenodo.15235403

Аnnotatsiya.

Yilning barcha mavsumlarida aholini yangi sabzavot mahsulotlari bilan

ta’minlash yopiq grunt sabzavotchiigi zimmasiga tushadi. Shuning uchun xam bu soxa
respublikamizda jadal rivojlanayotgan soxalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Yopiq grunt sabzavotchiligi qishloq xo‘jaligining yil davomida faoliyat ko‘rsatadigan

murakkab va mashaqqatli mexnat talab qiluvchi tarmogʼi bo‘lib hisoblanadi.

Yetishtiriladigan hamma muddatlarda ham ekiladigan maydoni va ishlab chiqarish

xajmiga qarab bodring yopiq gruntning eng yetakchi sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar yetishtiriladigan nav va duragaylarning hosildorligiga yetishtirish

texnologiyasi xam katta taʼsir ko‘rsatishini, olingan natijalar qishgi - baxorgi mavsumda xar xil
ekish sxemalarida bodring duragaylarini yetishtirganda eng yuqori rentabellik 80 x 40 ekish
sxemasida (175%) kuzatilganligini va bu sxemada ekish maqbulligini tasdiqladi.

Kalit so‘zlar.

Sabzavotchilik, yopiq grunt, hosildorlik, nav, duragay, ekish qalinligi,

yetishtirish sharoiti.

Kirish.

Yopiq grunt sabzavotchiligi zimmasida axolini vitaminlarga va mineral

moddalarga boy, yuqori bilogik qimmatga ega, qator zarur komponentlarni saqlovchi ozuqa
maxsulotlari bilan taʼminlash vazifasi turadi.

Yopiq gruntda xamma mavsumlarda sabzavot ekinlarini yetishtirishning o‘ziga yarasha

qiyinchiliklari mavjud. Bunday qiyinchiliklar qatoriga yetishtirish sharoiti bilan bogʼliq
qiyinchiliklar kiradi.

Yuqori hosildor nav va duragaylar, ilmiy asoslangan sanoat texnologiyasi, ekin

yetishtiriladigan inshoot maydonidan intensiv foydalanish – ishlab chiqarishning yuqori
rentabelligini taʼminlaydi.

Bodring yopiq gruntda yetishtiriladigan asosiy sabzavot ekinlaridan biri bo‘lib

hisoblanadi. U hozirgi vaqtda yopiq grunt umumiy maydonining 50 – 80% ini egallaydi va
yuqori rentabelli ekinlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Issiqxonada xar bir duragay uchun optimal ekish meyorini tanlash va optimal ekish

sxemasiga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Xamma vaqt xam xarajatlar ko‘p talab etiladigan
issiqxonada yuqori rentabellikka ega bo‘lish uchun tub sonini oshirish ijobiy va kutilgan
natijani bermaydi. Tub sonini oshirib ekish oʻsimliklarga zarar yetkazadi, ularning nobud
boʻlishiga va hosilning qisqarishiga olib keladi. Bular o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va mega
tugishi uchun zarur ozuqani yetkazib bermaganligi, tub orasida shamol yaxshi yurmasligi, shu
sababli zamburugʻ va turli virus kasalliklarining va hashoratlarning rivojlanishi, quyosh
nurlarining yetishmasligi sababli o‘simlik tubining o‘sib ketishi, shu bilan birga tig‘iz ekilish
sababli meva tugish uchun zarur ozuqaning yetishmasligi sababli ro‘y beradi.

Tadqiqotlarning maqsad va vazifalari.

Samarqand viloyati sharoitida yopiq gruntda

yetishtirish uchun mos bodring duragaylarini tanlash va bodring seleksiyasida muxit va
genotip taʼsirini o‘rganish tadqiqotlarning maqsadi bo‘lib hisoblanadi.

Tajribalarimiz qishgi – baxorgi ekish muddatida olib borildi va tajribalarni o‘tkazish

mobaynida bodring geterozis duragaylarining turli yetishtirish sxemalarining hosildorlikka


background image

`

108

taʼsirini o‘rganish maqsadida fenologik kuzatishlar, biometrik o‘lchovlar va hosildorlikni
hisoblash bo‘yicha baxolash ishlari olib borildi.

Tadqiqotlarni o‘tkazish uslubi.

Rossiyaning urugʼchilik firmalaridan keltirilgan va tajribalarda tanlab olingan Kuraj F

1

,

Blyuz F

1

, Asker F

1

, Avrora F

1

, Dluliya F

1

, Media F

1

, Effekt F

1

geterozis duragaylarining turli ekish

sxemalarida o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi o‘rganildi.

Fenologik kuzatishlar, biometrik o‘lchovlar va hosildorlikni aniqlash «Методические

рекомендации по проведению опытов с овощными культурами в сооружениях
защищенного грунта » metodikasi bo‘yicha aniqlandi.

Olingan natijalar va ularning taxlili.

Olib borilgan tajribalarimizda Kuraj F

1

, Avrora F

1

geterozis duragaylarining turli ekish sxemalarida o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi o‘rganildi.
Duragaylar 80 x 25, 80 x 30, 80 x 40 va 80 x 50 ekish sxemalaridan foydalanildi. Nazorat sifatida
80 x 30 ekish sxemasi olindi.

Oziqa maydoni o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga sezilarli taʼsir ko‘rsatmaganligi

aniqlandi, lekin, maxsuldorlik ko‘rsatkichiga sezilarli taʼsir ko‘rsatdi.

Turli ekish sxemalarida kuzgi – qishgi muddatda bodring geterozis duragaylarini

yetishtirishning hosildorlik ko‘rsatkichlariga taʼsiri.

Ekish

sxemalari, sm

1m

2

dagi

o‘simliklar soni,

dona

Hosildorlik

kg/м

2

Nazoratga

nisbatan. %

Кuraj F

1

80 х 25

3,7

9,9

90,8

80 х 30(n)

3,5

10,9

100

80 х 40

3,1

12,8

117,4

80 х 50

2,6

11,2

102,7

Avrora F

1

80 х 25

3,7

7,3

89,0

80 х 30(n)

3,5

8,2

100

80 х 40

3,1

9,6

117,0

80 х 50

2,6

8,8

107,3


80 x 25 ekish sxemasida 1 m

2

maydonga 3,7 tub ko‘chat, 80 x30 ekish sxemasida 3,5 tub,

80 x 40 ekish sxemasida 3,1 tub va 80 x 50 ekish sxemasida 2,6 tub ko‘chat ekildi.

Eng yuqori hosil o‘rganilgan duragaylarning barchasida 80 x 40 ekish sxemasida

kuzatildi. Bu ekish sxemasida Kuraj F1 duragayida hosildorlik 12,8 kg/ m

2

ni, Avrora F

1

duragayida esa 9,6 kg / m

2

ni tashkil etdi. Hosildorlik nazoratga nisbatan 80 x 40 ekish

sxemasida Kuraj F

1

duragayida 117,4 % ni, Avrora F

1

duragayida 117,0 % ni ko‘rsatdi.

Eng past ko‘rsatkich 80 x 25 ekish sxemasida kuzatildi. Bunga ko‘ra Kuraj F

1

duragayida

hosildorlik 9,9 kg/ m

2

ni, Avrora F

1

duragayida esa 7,3 kg / m

2

ni tashkil etdi. 80 x 50 ekish

sxemasida xar bir tubdan olingan hosil yuqori bo‘ldi, lekin tub soni pastligi sababli 1m

2

dan

olingan hosil 80 x 40 ekish sxemasiga qaraganda past bo‘lganligi kuzatildi.

O‘rganilgan ekish sxemalarida eng maqbul ekish sxemasi 80 x 40 ekanligi aniqlandi.


background image

`

109

Xulosalar.

Qishgi - baxorgi mavsumda xar xil ekish sxemalarida bodring duragaylarini

yetishtirganda eng yuqori hosildorlik 80 x 40 ekish sxemasida (12,8 – 9,6 kg/m

2

) kuzatildi va

bu sxemada ekish maqbul degan xulosaga kelindi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Бекмурадова, Х. K., & Исмоилов, А. И. Самарканд, Узбекистан Samarkand Institute of

veterinary medicine, Samarkand, Uzbekistan The scientific research institute of vegetable
groups and potato studies in Samarkand scientific-experimental station, Samarkand,
Uzbekistan.

ББК 65.2 С56

, 58.

2.

Бекмурадова, Х. К., Исмоилов, А. И., & Ахмадалиев, Б. Ж. (2019). ОЦЕНКА ИСХОДНОГО

МАТЕРИАЛА ДЛЯ СОЗДАНИЕ НОВЫХ УСТОЙЧИВЫХ К ВИРУСНОЙ МОЗАИКЕ СОРТОВ
ТОМАТА.

Актуальные проблемы современной науки

, (3), 170-173.

3.

C.Ф.Ващенко. Овощеводство защищенного грунта. M. 1984.

4.

С.Ф. Гавриш. Гибрид огурца F1: Технология выращивания партенокарпического

огурца. NP «NIIOZG» 2005. 152с
5.

ovorot.ru/ogurez/zas_grunt.h

6.

green houses.ru/cucumber_in_gree.

7.

Бекмурадова, Х. К., & Ўринова, М. (2022). ИССИҚХОНАДА БОДРИНГ

ПАРТЕНОКАРПИК

ДУРАГАЙЛАРИНИНГ

ҲОСИЛ

ТЎПЛАШ

ДИНАМИКАСИ.

AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI

, 1110-1113.

8.

Бекмурадова, Х. К., А. И. Исмоилов, and Б. Ж. Ахмадалиев. "Оценка исходного

материала для создание новых устойчивых к вирусной мозаике сортов
томата."

Актуальные проблемы современной науки

3 (2019): 170-173.

9.

Бекмурадова, Х. K., and А. И. Исмоилов. "Самарканд, Узбекистан Samarkand Institute

of veterinary medicine, Samarkand, Uzbekistan The scientific research institute of vegetable
groups and potato studies in Samarkand scientific-experimental station, Samarkand,
Uzbekistan."

ББК 65.2 С56

58.

10.

Bekmuradova, Xurshida Karimovna, and Ibragim Tashkentovich Ergashev.

"HIMOYALANGAN GRUNTDA BODRING DURAGAYLARINING HOSILDORLIGIGA TURLI EKISH
MUDDATLARINING TA’SIRI."

SCHOLAR

2.5 (2024): 70-76.

11.

Ergashev, Ibragim Tashkentovich, Xurshida Karimovna Bekmuradova, and Feruza

Ibragimovna

Toshkentbaeva.

"Х–VIRUSINING

KARTOSHKA

MAHSULDORLIGIGA

TAЪSIRI."

SCHOLAR

2.5 (2024): 77-83.

12.

Бекмурадова, Х. K., and А. И. Исмоилов. "ОЦЕНКА СТЕПЕНИ ЗАРАЖАЕМОСТИ

СОРТООБРАЗЦОВ ТОМАТА С ТоМV."

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И

ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ АПК

. 2020.

Библиографические ссылки

Бекмурадова, Х. K., & Исмоилов, А. И. Самарканд, Узбекистан Samarkand Institute of veterinary medicine, Samarkand, Uzbekistan The scientific research institute of vegetable groups and potato studies in Samarkand scientific-experimental station, Samarkand, Uzbekistan. ББК 65.2 С56, 58.

Бекмурадова, Х. К., Исмоилов, А. И., & Ахмадалиев, Б. Ж. (2019). ОЦЕНКА ИСХОДНОГО МАТЕРИАЛА ДЛЯ СОЗДАНИЕ НОВЫХ УСТОЙЧИВЫХ К ВИРУСНОЙ МОЗАИКЕ СОРТОВ ТОМАТА. Актуальные проблемы современной науки, (3), 170-173.

C.Ф.Ващенко. Овощеводство защищенного грунта. M. 1984.

С.Ф. Гавриш. Гибрид огурца F1: Технология выращивания партенокарпического огурца. NP «NIIOZG» 2005. 152с

ovorot.ru/ogurez/zas_grunt.h

green houses.ru/cucumber_in_gree.

Бекмурадова, Х. К., & Ўринова, М. (2022). ИССИҚХОНАДА БОДРИНГ ПАРТЕНОКАРПИК ДУРАГАЙЛАРИНИНГ ҲОСИЛ ТЎПЛАШ ДИНАМИКАСИ. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 1110-1113.

Бекмурадова, Х. К., А. И. Исмоилов, and Б. Ж. Ахмадалиев. "Оценка исходного материала для создание новых устойчивых к вирусной мозаике сортов томата." Актуальные проблемы современной науки 3 (2019): 170-173.

Бекмурадова, Х. K., and А. И. Исмоилов. "Самарканд, Узбекистан Samarkand Institute of veterinary medicine, Samarkand, Uzbekistan The scientific research institute of vegetable groups and potato studies in Samarkand scientific-experimental station, Samarkand, Uzbekistan." ББК 65.2 С56 58.

Bekmuradova, Xurshida Karimovna, and Ibragim Tashkentovich Ergashev. "HIMOYALANGAN GRUNTDA BODRING DURAGAYLARINING HOSILDORLIGIGA TURLI EKISH MUDDATLARINING TA’SIRI." SCHOLAR 2.5 (2024): 70-76.

Ergashev, Ibragim Tashkentovich, Xurshida Karimovna Bekmuradova, and Feruza Ibragimovna Toshkentbaeva. "Х–VIRUSINING KARTOSHKA MAHSULDORLIGIGA TAЪSIRI." SCHOLAR 2.5 (2024): 77-83.

Бекмурадова, Х. K., and А. И. Исмоилов. "ОЦЕНКА СТЕПЕНИ ЗАРАЖАЕМОСТИ СОРТООБРАЗЦОВ ТОМАТА С ТоМV." СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ АПК. 2020.