`
14
KUNJUT HOSILINI YANCHIB OLISH QURILMASINING TAJRIBA NUSXASINI
TAYYORLASH
Sherov Dilmurod Xamra o‘g‘li
QXMITI. Tel.: +99899 965 17 13
e-mail: dilmurodsherov231097@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15254771
Import o‘rnini bosadigan eksportbop mahsulot yaratish uchun kunjut yanchish
qurilmacining detallari va yig‘ma qismlari maksimal unifikatsiyalashgan bo‘lishi va ularni
mahalliy xom-ashyolardan tayyorlash, konstruksiyasini sodda va texnologik qulay ishlab
chiqish taklif etilgan; Yanchish barabani parametrlari yanchilish to‘liqligi, ortiqcha mexanik
ta’sir natijasida donning shikastlanmasligi, o‘simlik massasining barabanda tiqilib qolmasligi
va donli aralashmaning elakka uzatilish to‘liqligiga bog‘liq ravishda asoslangan.
Изготовление опытного образца установки для обмолота кунжута
Для создания экспортной продукции, замещающей импорт, предлагается, чтобы
детали и сборочные части устройства для измелчения кунжута были максимално
унифицированы и изготавливалис из местного сыря, а конструкция была простой и
технологичной; Обоснованы параметры молотилного барабана в зависимости от
полноты обмолота, отсутствии повреждения зерна вследствие чрезмерного
механического воздействия и застревания растителной массы в барабане, полноты
передачи зерновой смеси на решета.
Production of a prototype of a device for threshing sesame crops
For creation of export production substituting import, it is offered that details and
assembly parts of the device for sesame grinding were maximally unified and made of local
cheese, and the design was simple and technological; Parameters of threshing drum
depending on completeness of threshing, absence of damage of grain due to excessive
mechanical impact and jamming of vegetal mass in the drum, completeness of transfer of
grain mixture on the grids are substantiated.
Kunjut yanchish qurilmasi quyidagi tarkibiy qismlar bilan ishlab chiqilgan: asosiy rama
burchak shaklidagi past uglerodli po‘latdan yasalgan bo‘lib, u yuklash novi, yanchish barabani,
ventilator, elaklar va elektr dvigateli kabi qurilmaning turli qismlarini ushlab turadi. Yanchish
barabanining bir uchiga qiya yuklash novi o‘rnatilgan. Yanchish apparati pichoq, yanchuvchi
barmoqlar va parraklar bilan jihozlangan. Diametri 500 mm va umumiy uzunligi 1290 mm
bo‘lgan yanchish barabani vali podshipniklar yordamida qurilmaning asosiy ramasiga
o‘rnatilgan va diametri 300 mm bo‘lgan shkiv va ponasimon tasma orqali elektr dvigatelidan
quvvat oladi. Yanchish barabani oxirida o‘rnatilgan parraklar maydalangan poyalarni chiqarib
tashlashga xizmat qiladi. Tozalash tizimi kunjut urug‘ini qipiq va aralashmalardan ajratish
uchun teshiklari (mos ravishda 5 mm va 3 mm) bo‘lgan ikki qatlamli elaklardan iborat. U
shkiv valiga ilgarilanma-qaytma harakat beradigan tirsak (ekssentrik) orqali ulangan. 2.2 kVt
kuchga ega elektr dvigateli qulay tarzda o‘rnatilgan bo‘lib, tasmani taranglash uchun uni
oldinga yoki orqaga siljitish imkoniyati mavjud.
Yanchish qurilmasining spesifikatsiyasi
`
15
Ko‘rsatkich nomi
Qiymati
Ko‘rsatkich nomi
Qiymati
Umumiy uzunligi, mm
2150
Baraban turi
Tangensial
barmoqli
Umumiy eni, mm
1650
Baraban umumiy
uzunligi, mm
1290
Umumiy balandligi ,
mm
1150
Baraban diametri,
mm
500
Umumiy og‘irligi, kg
350
Barmoqlar soni,
dona
8
Dvigatel turi
El.dvigatel
Baraban va elak
tezligi nisbati
1:1
Dvigatel quvvati, kVt
2,2
1-rasm. Yanchish qurilmasining konstruktiv o‘lchamlari
2-rasm. Yanchish qurilmasi tajriba nusxasining ko‘rinishi
Yanchish barabani va ventilatorning aylanish tezligini o‘zgartirish baraban va ventilator
valiga har xil diametrdagi shkivlarni o‘rnatish orqali amalga oshirildi. Elak uzatmasi bevosita
`
16
yanchish barabani validan olinadi va uning tebranishlar chastotasi baraban tezligiga mos
ravishda o‘zgarishi ko‘zda tutilgan.
1 va 2-rasmlarda mos ravishda qurilmaning konstruktiv o‘lchamlari va fotosurati
ko‘rsatilgan.
Xulosa
Ishlab chiqiladigan kunjut hosilini yanchib olish qurilmacini yaratishda uning
konstruksiyasining mumkin qadar sodda va texnologik jihatdan qulay bo‘lishi, detallari va
yig‘ma qismlarini mahalliy xom-ashyolardan tayyorlanishi import o‘rnini bosadigan
eksportbop mahsulot yaratishga imkon beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ravshanov Sh.U., Sherov D., Bozorboev A. Kunjut hosilini yig‘ishtirishning
mexanizasiyalash muammolari. Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mas’hinalarini yaratish va
texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovasion yechimlari: Xalqaro
ilmiy-texnik konferensiyasi. – Gulbahor, 2023. – B. 225-228.
2.
Ravshanov Sh.U., Sherov D., Bozorboev A. Dunyoda kunjut yetishtirish dinamikasining
taxlili. Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mas’hinalarini yaratish va texnika vositalaridan
foydalanish darajasini oshirishning innovasion yechimlari: Xalqaro ilmiy-texnik
konferensiyasi. – Gulbahor, 2023. – B. 233-238.
3.
Sherov D. Kunjut hosilini yig‘ishtirishda don nobudgarchiligini kamaytirish yo‘llari.
Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mas’hinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish
darajasini shirishning innovasion yechimlari: Xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi. – Gulbahor,
2024. – B. 310-314.
4.
Ravshanov Sh.U., Sherov D.X., Choriyeva D.N., Kunjut hosilini yanchib olish qurilmasi
konstruksiyasini loyihalash asoslari. Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mas’hinalarini yaratish
va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovasion yechimlari: Xalqaro
ilmiy-texnik konferensiyasi. – Gulbahor, 2024. – B. 322-327.
5.
Ravshanov Sh.U., Sherov D., Kunjut hosilini yanchib olish qurlmasi don tozalash tizimi
parametrlarini asoslash. O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi: Ilmiy-amaliy jurnal. – Toshkent,
2024. – B. 194-197.
6.
Ravshanov Sh.U., Sherov D., Kunjut hosilini yanchib olish qurilmasinig parametrlarini
maqbullashtirish. Qishloq xo‘jaligida innavatsion texnika va texnologiyalardan foydalanish
darajasini oshirishning muammo va yechimlari: Respublika ilmiy-amaliy anjumani. –
Toshkent, 2024. – B. 138-142.