Авторы

  • Kumushoy Órinboyeva
    Ilmiy rahbar: Andijon davlat pedagogika instituti Fizika fani oʻqituvchisi
  • Jasurbek Akramov
    Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi
  • Mahliyoxon Tursunaliyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi
  • Umidaxon Ergasheva
    Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.80892

Ключевые слова:

Tabiiy fanlar raqamli texnologiyalar interaktiv ta’lim virtual laboratoriya mustaqil o‘rganish zamonaviy metodlar fanlarni vizual o‘qitish STEAM ta’limi texnologik vositalar.

Аннотация

Zamonaviy raqamli texnologiyalar ta’lim tizimiga kirib kelishi bilan dars jarayonlari interaktiv va samaraliroq tus oldi. Tabiiy fanlar – fizika, kimyo, biologiya va geografiya – o‘ziga xos murakkab ilmiy tushunchalarga boy bo‘lgani sababli, bu fanlarni zamonaviy raqamli vositalar asosida o‘qitish, o‘quvchilarning bilim olish jarayonini soddalashtirib, ularda chuqur tushuncha va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi. Mazkur maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning tabiiy fanlarni o‘qitishdagi o‘rni, ular orqali ta’lim samaradorligini oshirish usullari, virtual laboratoriyalarning afzalliklari va interaktiv metodlar orqali o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘llari yoritiladi. Shuningdek, maqolada ilmiy-pedagogik yondashuvlar va xalqaro tajribalar asosida metodologik tahlillar ham keltirilgan.


background image

`

67

TABIIY FANLARNI O'QITISHDA ZAMONAVIY RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Órinboyeva Kumushoy Sultonbek qizi

Ilmiy rahbar: Andijon davlat pedagogika instituti Fizika fani oʻqituvchisi

Akramov Jasurbek Mamurjon oʻgʻli

Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi

Tursunaliyeva Mahliyoxon Hamidullo qizi

Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi

Ergasheva Umidaxon Davronbek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15281983

Annotatsiya:

Zamonaviy raqamli texnologiyalar ta’lim tizimiga kirib kelishi bilan dars

jarayonlari interaktiv va samaraliroq tus oldi. Tabiiy fanlar – fizika, kimyo, biologiya va
geografiya – o‘ziga xos murakkab ilmiy tushunchalarga boy bo‘lgani sababli, bu fanlarni
zamonaviy raqamli vositalar asosida o‘qitish, o‘quvchilarning bilim olish jarayonini
soddalashtirib, ularda chuqur tushuncha va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi.
Mazkur maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning tabiiy fanlarni o‘qitishdagi o‘rni, ular
orqali ta’lim samaradorligini oshirish usullari, virtual laboratoriyalarning afzalliklari va
interaktiv metodlar orqali o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘llari yoritiladi.
Shuningdek, maqolada ilmiy-pedagogik yondashuvlar va xalqaro tajribalar asosida
metodologik tahlillar ham keltirilgan.

Abstract:

With the introduction of modern digital technologies into the education system,

teaching processes have become more interactive and effective. Since natural sciences - physics,
chemistry, biology and geography - are rich in their own complex scientific concepts, teaching
these subjects using modern digital tools simplifies the process of acquiring knowledge for
students and helps them develop deep understanding and practical skills. This article discusses
the role of modern digital technologies in teaching natural sciences, methods for increasing the
effectiveness of education through them, the advantages of virtual laboratories and ways to
increase students' interest in science through interactive methods. The article also presents
methodological analyses based on scientific and pedagogical approaches and international
experience.

Абстрактный:

С внедрением современных цифровых технологий в систему

образования процессы обучения стали более интерактивными и эффективными.
Поскольку естественные науки — физика, химия, биология и география — богаты
собственными сложными научными концепциями, преподавание этих предметов с
использованием современных цифровых инструментов упрощает процесс обучения для
студентов и помогает им развивать глубокое понимание и практические навыки. В
статье рассматривается роль современных цифровых технологий в преподавании
естественных наук, методы повышения эффективности обучения с их помощью,
преимущества виртуальных лабораторий, а также способы повышения интереса
учащихся к науке с помощью интерактивных методов. В статье также представлен
методологический анализ, основанный на научных и педагогических подходах и
международном опыте.


background image

`

68

Kalit so‘zlar:

Tabiiy fanlar, raqamli texnologiyalar, interaktiv ta’lim, virtual laboratoriya,

mustaqil o‘rganish, zamonaviy metodlar, fanlarni vizual o‘qitish, STEAM ta’limi, texnologik
vositalar.

Keywords:

Natural sciences, digital technologies, interactive education, virtual

laboratory, independent learning, modern methods, visual teaching of sciences, STEAM
education, technological tools.

Ключевые слова:

Естественные науки, цифровые технологии, интерактивное

обучение, виртуальная лаборатория, самостоятельное обучение, современные методы,
наглядное преподавание наук, STEAM-образование, технологические инструменты.

Kirish:

XXI asrda raqamli transformatsiya hayotimizning deyarli barcha jabhalariga, xususan,

ta’lim tizimiga chuqur kirib keldi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal
rivojlanishi bilan bog‘liq holda, an’anaviy dars metodlari ham zamon talablari asosida
yangilanmoqda. Ayniqsa, tabiiy fanlar – fizika, kimyo, biologiya va geografiya kabi fanlar –
zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan holda o‘qitilsa, ularning mazmun-mohiyatini
o‘quvchilarga ancha sodda va tushunarli tarzda yetkazish mumkin bo‘ladi. Tabiiy fanlar real
hayotdagi hodisalar, qonuniyatlar va tajriba asosidagi bilimlarni o‘z ichiga olganligi sababli,
ularni faqatgina nazariy ma’lumotlar orqali o‘rgatish yetarli emas. Shu bois, darslarda
multimedia vositalari, virtual laboratoriyalar, interaktiv platformalar va mobil ilovalardan
foydalanish zaruriyatga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Raqamli ta’limni

rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi qarorida ham raqamli texnologiyalarni o‘quv
jarayoniga keng joriy etish muhim yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, tabiiy fanlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘qitish orqali o‘quvchilarda
mustahkam nazariy bilimlar, chuqur ilmiy tafakkur, amaliy ko‘nikmalar va zamonaviy
kompetensiyalar shakllantiriladi.

Asosiy qism

(SCIENCE) fanlarning afzalliklari va ahamiyati shundan iboratki, fan orqali oʻquvchi

olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi,
tadqiqotchilik koʻnikmalari rivojlanadi. Natijada PISA, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarda
muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati kengayadi. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi
huzuridagi Respublika ta`lim markazi tomonidan Tabiiy (SCIENCE) fanlar boʻyicha Milliy oʻquv
dasturi loyihasi yaratilib muhokama qo`yildi. ASOSIY QISM Tabiiy fanlar - insonni, uning
sog'lig'ini, shuningdek butun atrof-muhitni: tuproqni, atmosferani, umuman yerni, kosmosni,
tabiatni, barcha tirik va jonsiz jismlarni tashkil etuvchi moddalar va ularning o‘zgarishini
o‘rganadigan fanlardir. Tabiatda ro‘y berayotgan hodisa va jarayonlar, tirik organizmlarning
rivojlanish bosqichlari, tabiat va jamiyat qonunlariga insoniyatning ko‘rsatadigan ta’sirlari
haqida ilmiy va amaliy bilimlar majmuasini yoritish tabiiy va iqtisodiy fanlar blok-modulining
asosiy vazifasini belgilab beradi. O‘quvchining ichki motivatsiyasining qanchalik
shakllanganligi tabiiy va iqtisodiy fanlarga qiziqishi, atrof-muhit muammolarini anglashi va uni
hal qilishda muhim qarorlarni qabul qilishni bilishi hamda tabiiy va sotsial muhitga ta’sirini
tahlil qilishda muhim o‘rin egallaydi. Fanlarning o‘zaro integratsiyasi o‘quvchilarda tabiatni


background image

`

69

butun bir borliq sifatida, olamning yagona manzarasini anglashlariga yo‘naltirmog‘i lozim. Shu
bilan birga, o‘quvchilar inson faoliyatining tabiatga salbiy va ijobiy ta’siri, zamon va makon
miqyosidagi global ekologik muammolarni va tabiat oldida javobgarlik hissini tushunishi,
Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari hamda tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish ko‘nikmalarini, tabiat va jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan
kompetent shaxsni tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Tabiiy fanlar alohida predmet sifatida o‘qitish
1- sinfdan boshlanadi. O‘quv materiali - «Tabiat jismlari», «O‘simlik va hayvonot olami»,
«Sog’ligimizni saqlaymiz» va «Ekologiya» mavzulariga birlashtirilgan. Tabiiy fanlar bo‘yicha
dastur kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga faqat jonajon tabiat go‘zalligi va boyliklarinigina
emas, balki respublikamizning tabiatini o‘rganishga ham ham imkon beradi. Tabiiy fanlarni
o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish,
mantiqiy fikrlashga o‘rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi.
O‘quvchilar topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, o‘z
bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir shaxs o‘z
imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli
foydalaniladi. Pirovard natijada ta’lim samaradorligi ortadi. Ta’limning zamonaviy pedagogik
texnologiyalaridan foydalanib o‘tiladigan darslarda o‘quvchilarning bilish faoliyati individual
tarzda tashkil etiladi.

Metodologiya va Natija

Ushbu maqolada tahlil metodlari asosida o‘rganilgan:

Zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha xalqaro tajriba va milliy

qonunchilik tahlil qilindi.

O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi, qiziqishlari va faolligini oshirishga doir ilg‘or

metodlar ko‘rib chiqildi.

Pedagogik tajribalar, raqamli ta’lim platformalari, darslarda foydalanilgan interaktiv

vositalarning samaradorligi o‘rganildi.

STEAM ta’limi yondashuvi asosida tabiiy fanlar va texnologiyaning integratsiyasi

baholandi.

Bilim odamlar miyasida oz-ozidan paydo bolmasdan, balki muayyan ish faoliyatida

shakllanadi. Amaliyot insonni tabiat bilan munosabatida asosiy omil bolib, bu oz navbatida,
odamlarning o‘zaro munosabnatlari tizimida, ijtimoiy ishlab chiqarishda muhim ro‘l o‘ynaydi.
Amaliyotning asosiy turlari moddiy ishlab chiqarish va ilmiy tajriba hisoblanadi. Ilmiy - tabiiy
amaliyot quyidagi vazifalarni bajaradi.

1. Amaliyot bilish jarayonining rivojlantiruvchi omil. U nazariy bilimlarni umumlashtirib,

ularni hayotiy jarayonlardan ajralishga yol qoymaydi.

2. Amaliyot bilishning buyurtmasi, ilovasi va maqsadi hamdir.
3. Amaliyot bilish jarayoninig haqiqiy ekanligini ko‘rsatuvchi mezondir. O‘quvchilarning

tabiat to‘g‘risidagi ilmiy jihatdan boxabarligi ularning dunyoqarashlarini shakllantirish,
tafakkurini rivojlantirishda tabiat qonunlarini asoslab berishda biologiya, tabiiyot va
geografiya, fizika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari va tadbirkorlik asoslari o‘quv predmetlari
muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

`

70

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli ta’lim” konsepsiyasi to‘g‘risidagi

qarori.
2.

Tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar. Metodik qo‘llanma, 2023.

3.

UNESCO. ICT in Education: A Critical Literature Review and Its Implications.

4.

Qodirov A. “Raqamli texnologiyalar va ta’limda ularning roli.” (2022)

5.

STEAM ta’limi asoslari. Pedagoglar uchun metodik qo‘llanma. Toshkent, 2021.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli ta’lim” konsepsiyasi to‘g‘risidagi qarori.

Tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar. Metodik qo‘llanma, 2023.

UNESCO. ICT in Education: A Critical Literature Review and Its Implications.

Qodirov A. “Raqamli texnologiyalar va ta’limda ularning roli.” (2022)

STEAM ta’limi asoslari. Pedagoglar uchun metodik qo‘llanma. Toshkent, 2021.