`
54
URUSHDAN KEYIN O ‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO’JALIGINI TINCH
QURULISHGA O’TISHIDAGI QIYINCHILIKLAR (1945-1953 Y.Y.)
Tojiboyev Firuzbek Ergashaliyevich
AnDU.Tel.: +998938670212
e-mail.: tojiboyevfiruzbek1988.2024@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15273250
Ikkinchi jahon urushidan keyingi ilk yillarda O‘zbekiston SSR uchun murakkab va
ziddiyatli bosqichi boshlandi. Urush oqibatida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz
respublikaning barcha sohalarida ayniqsa qishloq xo’jaligi doirasida o’z aksini topdi.
Urushning mashaqqatlari va azoblaridan totib ko’rmagan bironta O’zbek oilasini topish
mumkin emas. Urushning geografik ta’siri ostida bo’lmagan respublikalarda ham g’alabagacha
bo’lgan juda og’ir, mashaqqatli yo’l ittifoqning barcha sohalariga katta zarar etkazdi. Shuning
uchun 1945-1953-yillar qishloq xo’jaligini qayta tiklash, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish va tinch hayotga qaytish harakatlari bilan bosib o’tildi. Biroq urush keltirgan zarar bu
ishlarni amalga oshirishda urushdan keyingi juda og’ir bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan
birga kechishi vaziyatni yanada og’irlashtirdi.
ТРУДНОСТИ ПЕРЕХОДА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА К
МИРНОМУ СТРОИТЕЛЬСТВУ ПОСЛЕ ВОЙНЫ (1945–1953 ГГ.)
В первые годы после Второй мировой войны для Узбекской ССР начался сложный
и противоречивый этап. Социально-экономический кризис, вызванный войной,
отразился на всех сферах республики, особенно в сельском хозяйстве. Не было ни
одной узбекской семьи, которая бы не испытала на себе тяготы и страдания войны.
Даже в тех республиках, которые не находились под прямым географическим
влиянием войны, путь к Победе был чрезвычайно трудным и изнурительным, что
нанесло серьёзный урон всем сферам жизни Союза. Поэтому 1945–1953 годы прошли
под знаком восстановления сельского хозяйства, повышения эффективности
производства и возвращения к мирной жизни. Однако ущерб, нанесённый войной, в
сочетании с тяжёлой послевоенной социально-экономической ситуацией, ещё больше
осложнял реализацию этих задач.
DİFFİCULTİES İN THE TRANSİTİON OF UZBEKİSTAN'S AGRİCULTURE TO
PEACEFUL DEVELOPMENT AFTER THE WAR (1945–1953)
In the early years following World War II, the Uzbek SSR entered a complex and
contradictory period. The socio-economic crisis caused by the war affected all sectors of the
republic, especially agriculture. There was not a single Uzbek family that did not experience
the hardships and suffering brought by the war. Even in those republics that were not directly
affected geographically by the war, the road to Victory was extremely difficult and exhausting,
inflicting serious damage on all areas of life in the Soviet Union. Therefore, the years 1945–
1953 were marked by efforts to restore agriculture, increase production efficiency, and return
to peaceful life. However, the damage caused by the war, combined with the severe post-war
socio-economic conditions, made the implementation of these tasks even more difficult.
`
55
Urush yillarida yuz minglab O‘zbekistonliklar frontlarga yuborildi va ularning katta
qismi halok bo’ldi. Bu esa respublikada urushdan keyingi ilk yillarda mehnat resurslari
taqchilligini yanada kuchayishiga olib keldi.Urushdan qaytganlarning ko‘pchiligi nogiron
bo‘lib qoldi yoki urush yillarida mehnat salohiyatini yo’qotganligi ham bu taqchillikni yanada
kuchaytirishga xizmat qildi. Markazning esa ustma-ust berilayotgan topshiriqlar tufayli
Respublikada vaziyat yanada yomonlashib qoldi. Markaz tomondan O‘zbekistonga
baynalminalchilik tamoyiliga ko’ra respublikaga yuklatilgan navbatdagi vazifalari ham
ijtimoiy-iqtisodiyn xolatni og’ir xolga olib keldi. Xususan, Markaz topshirig’i asosida urushdan
keyin ittifoqning urushdan zarar ko’rgan g’arbiy hududlariga ko’plab yordamlar yuborildi.
O‘zbekiston aloqachilari Dnepropetrovsk viloyatiga 300 mutaxassis, Toshkent temiryo‘lchilari
g‘arbdagi temiryo‘llarda ishlash uchun 230 kishi yubordilar. O‘zbekiston, Qozog‘iston,
Turkmaniston respublikalari Rossiyaning sharqiy viloyatlari, Chuvashiston, Tatariston va
Boshqirdiston avtonom respublikalari, Ukrainaga 5000 ta traktor, 300 ta avtomashina, 500 ta
plug va ko‘p miqdorda boshqa qishloq xo‘jalik mashinalari yetkazib berdilar. Donbass
shaxtalarini qayta tiklashga O‘zbekiston nasoslar, kompressorlar, ko‘targich kranlar, elektr
kabellari va boshqa uskunalar yubordi.Bunday topshiriqlarning ijrosi yana mehnatkash
o’zbek aholisining zimmasiga yuklatilgan edi.
Urush sabablari tufayli mamlakatda deyarli barcha ishlab chiqaruvchi kuchlar va sanoat
ham harbiylashgan edi.1945-1950-yillarda texnika jiholar yetishmasligi tufayli ko’plab ishlar
insonlar qo’l mehnatiga asoslanib qolgan. Xususan paxta terish ishlari ham, albatta keying
yillarda ham Respublikada paxta terish ishlari bevosita qo’l mehnatiga asoslgan biroq 1950
yilga kelib dastlabki paxta terish mashinlari ham dalada ishlay boshladi. Harbiylashgan
sanoatni, qayta tinch qurulishga o‘tkazish ham 50 yillarga kelib deyarli tugallangan
edi.Datslab, “Tashselmash”, Krasniy dvigatel” kabi korxonalar tinch qurilish sanoati
korxonalariga aylantirildi.
Dastlabki yillarda sug’orish inshoatlari va sug’orish ishlari ham ancha og’ir ahvolga kelib
qolgan edi. Bu ham bevosita urush tufayli sodir bo’lgan bo’lib, ilk yillarda markaz tomondan
bir nechata gidro inshoatlarni qurub yakunlash yoki yangilarini qurish ishlariga alohida
e’tibor qaratildi. KPSS MQ va SSSR Ministrlar Sovetining 1956-yilgi «Paxta yetishtirishni
ko‘paytirish uchun O‘zbekiston SSR va Qozog‘iston SSRdagi Mirzacho‘l qo‘riq yerlarini
sug‘orish to‘g‘risida»gi, yangi qarorni qabul qildi. 1956-yili Mirzacho'lning o'zida
sug’oriladigan maydon 205 ming ga yetdi. Amalga oshirilgan bu ishlarning barchasi paxta
monokulturasi markazida jamlanganligi aholining ijtimoiy-iqtisodiy o’sishida katta
to’siqlardan biri bo’ldi. 1949-yil yanvarida bo‘lgan respublika komsomolining XII syezdi 20
ming komsomol a’zosini Mirzacho‘lda doimiy ishlash va yashash uchun safarbar etishga qaror
qildi. 1949-yil 15-martgacha Sirdaryo, Mirzacho‘l, Bekobod, Bo‘ka tumanlariga 14,5 ming
kishi, shulardan 10,5 ming komsomol a’zosi doimiy ishlash uchun kelgan edi.
1946-1947-yillarda ayniqsa ijtimoiy-iqtsodiy xolat juda ogir bo’lib, 1947-yilda yuz
bergan qug’oqchilik tufayli ocharchilik yanada kuchaydi.Lekin shunday og’ir vaziyatda ham
Markazning boshqaruvida bo’lgan iqtisodiyot tuguni tufayli Sharqiy Yevropa mamlakatlariga
jami xosilning 10 % eksport qilindi.Urushdan og’ir xolda chiqqan va barcha resurslarini
g’alaba yo’lida sarf etib bo’lgan xalqlarning real iste’mol darajasi inobatga olinmadi.
`
56
Majburiy rejalar qattiq tartibli xo’jalik rejalashtrish tufayli qishloq aholisi
mashaqqatlarga duchor qilindi. Xattoki Markazning zamonaviy tovlamachiligi uning paxta va
xom ashyoga bo’lgan cheksiz ehtiyojlari tufayli aholining tomorqa yerlariga kirib kelishdek
noinsoniy iqtisodiy rejalari ham paydo bolib bordi.1950-yilning boshlarida aholi tomorqa
yerlari 0,15 ga dan ,0,25 ga gach bo’lgan bo’lsa, yilning oxirida 0,12 ga dan , 0,15 ga gacha
qisqartilrildi. Aholidan tortib olingan yerlarga ham paxta ekildi. Bu esa aholining oziq-ovqat
mahsulotlariga ehtiyojini oshirishga ximzat qildi.Oziq-ovqatga bo’lgan etiyojlar endilikda
import mahsulotiga ko’rinishida ta’minlanadigan bo’ldi.Bu borada ham Markaz tomondan
qilingan siyosat paxta rejasi bajarilishiga bog’liq qilib qo’yildi.
Xulosa:1945-1953 yillarda O’zbekiston SSR qishloq xo’jaligini tinch qurulishga
moslashtirish jarayoni katta ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar bilan kechdi. Mehnat resurslari
tanqisligi, texnika taqchilligi, iirigatsiya tizimining yaroqsiz holati, markazlashgan
rejalashtirishning cheklovlari va oziq-ovqat ta’minotidagi uzulishlari bu sohaning tiklanishini
sekinlashtirdi.Biroq,Shunga qaramasdan, O’zbekistob xalqi o’zining fidoyiligi va
mehnatsevarligi bilan ushbu sinovli davrni yengib o’tdi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Юсупов К. Аграрные отношения в Узбекистане в период строительства
социализма. – Ташкент, 1977.
2.
Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар.) Иккинчи китоб. 1939-1991 йиллар.
Масъул муҳаррирлар Р. Абдуллаев, М. Раҳимов, Қ. Ражабов. – Тошкент: O’zbekiston,
2017.
3.
Ўзбекистоннинг
янги
тарихи.
Иккинчи
китоб.
Ўзбекистон
совет
мустамлакачилиги даврида. Тузувчилар: М. Жўраев, Р. Нуруллин, С. Камолов ва
бошқалар. – Тошкент: Шарқ, 2000.
4.
Ўзбекистон колхоз ва совхозлари тарихи. – Тошкент, 1980