Авторы

  • Mehrinoz Urinboyeva
    Andijon Davlat Pedagogika internet Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yoʻnalishi 2- bosqich 203- guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.82706

Ключевые слова:

Tuban o‘simliklar suvo‘tlar zamburug‘lar lishayniklar talom fotosintez vegetativ ko‘payish jinsiy ko‘payish.

Аннотация

Ushbu tezisda tuban o‘simliklarning asosiy tavsifi, klassifikatsiyasi va biologik ahamiyati yoritilgan. Tuban o‘simliklar to‘qimalarga ajralmagan oddiy tuzilishga ega bo‘lib, ko‘payish shakllari va ekologik muhitga moslashish xususiyatlari bo‘yicha farqlanadi. Ularning suv muhitidagi hayotiy ahamiyati, fotosintez jarayoni va biosferadagi roli muhim o‘ringa ega.


background image

`

141

TUBAN O'SIMLIKLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI

Urinboyeva Mehrinoz Rasuljon qizi

Andijon Davlat Pedagogika internet

Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yoʻnalishi

2- bosqich 203- guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15307761

ANNOTATSIYA:

Ushbu tezisda tuban o‘simliklarning asosiy tavsifi, klassifikatsiyasi va

biologik ahamiyati yoritilgan. Tuban o‘simliklar to‘qimalarga ajralmagan oddiy tuzilishga ega
bo‘lib, ko‘payish shakllari va ekologik muhitga moslashish xususiyatlari bo‘yicha farqlanadi.
Ularning suv muhitidagi hayotiy ahamiyati, fotosintez jarayoni va biosferadagi roli muhim
o‘ringa ega.

АННОТАЦИЯ:

В данной диссертации даны основное описание, классификация и

биологическое значение донных растений. Полезные растения имеют простое
строение, не разделенное на ткани, различаются формами размножения и
приспособления к экологической среде. Важное место имеют их жизненное значение в
водной среде, процессе фотосинтеза и роль в биосфере.

ABSTRACT:

This thesis covers the basic description, classification, and biological

significance of benthic plants. Benthic plants have a simple structure that is not divided into
tissues, and differ in their forms of reproduction and adaptation to the ecological
environment. Their vital importance in the aquatic environment, the process of
photosynthesis, and their role in the biosphere are important.

KALIT SO‘ZLAR:

Tuban o‘simliklar, suvo‘tlar, zamburug‘lar, lishayniklar, talom,

fotosintez, vegetativ ko‘payish, jinsiy ko‘payish.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:

Водные растения, водоросли, грибы, лишайники, слоевище,

фотосинтез, вегетативное размножение, половое размножение.

KEYWORDS:

Aquatic plants, algae, fungi, lichens, thallus, photosynthesis, vegetative

reproduction, sexual reproduction.

Tuban oʻsimliklar, tallomlilar (

Thallophyta

) — sodda tuzilgan oʻsimliklar. Tanasi ildiz,

novda va bargga ajralmagan oʻsimliklar. Tuban oʻsimliklar organik olamning dastlabki
bosqichlarida kelib chiqqan. Ular suvli muhitda yoki sernam joylarda yashashga moslashgan.
Evolyutsiya jarayonida uncha rivojlanmagan va hozirgi davrgacha baʼzi birlari sodda
tuzilishini saqlab qolgan. Tuban oʻsimliklar bir hujayrali, koloniya hosil qiluvchi va koʻp
hujayrali organizmlar hisoblanib, tanasi toʻqima va organlarga ajralmagani uchun ularning
tanasi „qattana“ yoki „tallom“ deb ataladi.[1]

Tuban o‘simliklar (Thallobionta) – to‘qimalarga ajralmagan, oddiy tuzilishga ega bo‘lgan

o‘simliklar guruhi bo‘lib, ular hujayrali yoki ko‘p hujayrali organizmlar sifatida namoyon
bo‘ladi. Ularning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

Tanasi talom (to‘qimalarga ajralmagan vegetativ tana) shaklida bo‘ladi.
Fotosintez qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, avtotrof organizmlar hisoblanadi.
Ko‘payishi vegetativ, jinsiy va jinsiy bo‘lmagan usullarda sodir bo‘ladi.
Suv muhitida yoki nam joylarda tarqalgan bo‘lib, ba’zilari quruqlikda ham yashashi

mumkin.

Klassifikatsiyasi Tuban o‘simliklar bir nechta bo‘limlarga ajratiladi:


background image

`

142

1. Bakteriyalar (Cyanobacteria va Eubacteria) – prokariot organizmlar, fotosi ntez

qiluvchi ko‘k-yashil suvo‘tlar (siyanobakteriyalar).

2. Suvo‘tlar (Algae) – bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali bo‘lib, yashash joyiga qarab

plankton, bentos yoki perfiton guruhlariga bo‘linadi.

3. Zamburug‘lar (Fungi) – heterotrof organizmlar bo‘lib, chirindi yoki parazit hayot

tarzini olib boradi.

4. Lishayniklar (Lichenes) – zamburug‘ va suvo‘tlarning simbiozi natijasida hosil bo‘lgan

murakkab organizmlar.[2]

Tuban osimliklar sistematikasida eng kichik kategoriya tur hisoblanadi.Tuban osimliklar

(

Thallophyta

) 4 ga bolinadi.

1. Hujayrasiz tuzilish-protocybionta
2. Shakllanganyadroga ega bolmagan-Thallobionta
3. Yadroga ega tallomli (tallofit)-Thaleucaryota
4. Plastidasiz tallomli(tallofit)-Thaloplastidal.
Shakllangan yadroga ega bolmaganlarga –Bakteriya(

Bacteriophyta

) va kok

yashil(

Cyanophyta

) suvotlari kabilar kiradi.Bakteriyalar –xlorofillga ega bolmagan,

ixtisoslashmagan, va yadroga ham ega bolmagan bir hujayrali , va bazan kop hujayrali
organizmlar kiradi. Bakteriyalarning asosan uvh xil shakli mavjud: sharsimon (koklar),
tayoqchasimon (batsillalar), buralgan (sprion yoki vibrillalar) misol bola oladi.Kok yashil
suvotlari hozirgi kunda prokariotlar bilan birgalikda organiladi.Bunga asosiy sabab
ularning hujayrasida membrana takomilllashmagan, yadro, mitoxondriya, endoplazmatik
tor, kabilar bolmaydi. Ular hozirgi kunda 5 ta tartibga bo`linadi.

Tuban o‘simliklar, xususan, torfli hududlarda o‘suvchi Sphagnum kabi moxlar,

iqlimo‘zgarishi jarayonlarini tahlil qilish uchun muhim tadqiqot obyekti hisoblanadi. Ular
orqali o‘tmishdagi iqlim o‘zgarishlari haqida ma’lumot olish mumkin. Likenlar va boshqa
sezgir tuban o‘simliklar havo ifloslanishini o‘lchashda biologik indikator sifatida ishlatiladi.
Masalan, likenlarning ko‘payishi yoki yo‘qolishi havo sifatining holati haqida signal beradi.
Tuban o‘simliklarning genetik tuzilishi ilmiy izlanishlar uchun o‘ziga xos model hisoblanadi.
Ularning oddiy tuzilishi sababli murakkab biologik jarayonlarni o‘rganish osonlashadi.
Tabiatda tuban o‘simliklar sonining kamayishi global ekologik muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin.

Shuning uchun ularni saqlash quyidagi sabablarga ko‘ra dolzarb masaladir:
1. Ekologik barqarorlikni saqlash: Tuban o‘simliklar atrof-muhitni tozalash va

barqarorlashtirishda muhim ahamiyatga ega.

2. Biodiversifikatsiyani himoya qilish: Ularning yo‘qolishi biologik xilma-xillikka zarar

keltiradi.

3. Iqtisodiy resurslarni ta'minlash: Tuban o‘simliklarning turli sohalardagi ahamiyati

iqtisodiy foyda keltiradi.[3]

Xulosa:

Tuban o‘simliklar nafaqat ekologik tizimlar uchun, balki insoniyat hayotiningturli

sohalarida ham katta ahamiyatga ega. Ularning ekologik va iqtisodiy foydalari, ilmiy
tadqiqotlardagi o‘rni va tabiat barqarorligini ta'minlashdagi hissasi ularni saqlash va tadqiq
qilish zarurligini ko‘rsatadi.


background image

`

143

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Tuban_o%CA%BBsimliklar

2.

Sagdiyev A., Salimov B. (2015). O‘simliklar sistematikasi. Toshkent: Fan va texnologiya

nashriyoti.
3.

Mamatov M.X. (2018). Botanika asoslari. Toshkent: O‘zbekiston milliy universiteti

nashriyoti.
4.

S.T. Karimov, Ekologik botanika, Toshkent, 2020.

5.

Online resurslar: https://www.sciencedirect.com https://www.ncbi.nlm.nih.gov

Библиографические ссылки

Sagdiyev A., Salimov B. (2015). O‘simliklar sistematikasi. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.

Mamatov M.X. (2018). Botanika asoslari. Toshkent: O‘zbekiston milliy universiteti nashriyoti.

S.T. Karimov, Ekologik botanika, Toshkent, 2020.