Авторы

  • Xilola Abduraxmanova
    1-kurs tayanch doktorant Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.91994

Ключевые слова:

yashil iqtisodiyot barqaror rivojlanish qayta tiklanadigan energiya uglerod emissiyasi bioxilma-xillik hududiy rivojlanish.

Аннотация

Mazkur tadqiqot hududiy iqtisodiy rivojlanishda yashil iqtisodiyotning o‘rni va ahamiyatini ilmiy asosda tahlil qiladi. Yashil iqtisodiyot tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yo‘naltirilgan innovatsion model sifatida qaraladi. Tadqiqot davomida yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, uning sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va turizm sohalariga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Shuningdek, yashil iqtisodiyotni hududiy rivojlanishda joriy etishning strategik yo‘nalishlari, innovatsion texnologiyalar, yashil investitsiyalar va ekologik ta’limning roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil iqtisodiyot hududiy iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lib, ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.


background image

`

15

HUDUDIY IQTISODIY RIVOJLANISHDA YASHIL IQTISODIYOTNING O‘RNI VA

AHAMIYATI: GIS TAHLILI ASOSIDA YONDASHUV

Abduraxmanova Xilola Lutfillaxanovna

1-kurs tayanch doktorant

Andijon davlat universiteti

Tel:+998934437758

e-pochta manzili:abdurahmonova78@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15493586

Annotatsiya:

Mazkur tadqiqot hududiy iqtisodiy rivojlanishda yashil iqtisodiyotning

o‘rni va ahamiyatini ilmiy asosda tahlil qiladi. Yashil iqtisodiyot tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga
yo‘naltirilgan innovatsion model sifatida qaraladi. Tadqiqot davomida yashil iqtisodiyotning
asosiy tamoyillari, uning sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va turizm sohalariga
ta’siri statistik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Shuningdek, yashil iqtisodiyotni hududiy
rivojlanishda joriy etishning strategik yo‘nalishlari, innovatsion texnologiyalar, yashil
investitsiyalar va ekologik ta’limning roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
yashil iqtisodiyot hududiy iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lib, ekologik barqarorlik
va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so’zlar

: yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, qayta tiklanadigan energiya,

uglerod emissiyasi, bioxilma-xillik, hududiy rivojlanish.


Kirish.

Zamonaviy global iqtisodiyotda ekologik barqarorlik masalasi dolzarb

muammolardan biriga aylangan bo‘lib, atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirni minimallashtirish
zarurati ortib bormoqda. BMTning 2022-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab issiqxona
gazlari chiqindilarining 70% iqtisodiy faoliyat natijasida yuzaga keladi [1]. Shu sababli, yashil
iqtisodiyot kontseptsiyasi hududiy rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida
qaralmoqda. Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning tamoyillari, uning sanoat, qishloq
xo‘jaligi, energetika va turizm sohalariga ta’siri hamda Andijon viloyati misolida hududiy
rivojlanishdagi o‘rni ilmiy yondashuv asosida tahlil qilindi.

Andijon viloyati O‘zbekistonning eng sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, hududining

kichikligi hamda aholi zichligi yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Global iqlimiy o‘zgarishlar
tufayli suv tanqisligi muammosi xavf solib turgan ushbu mintaqa uchun yashil iqtisodiyotga
o‘tish dolzarb masala hisoblanadi.

Yashil iqtisodiyot atrof-muhitga zarar yetkazmasdan, barqaror iqtisodiy o‘sishni

ta’minlashga yo‘naltirilgan bo’lib, u resurslardan oqilona foydalanish, uglerod izini
kamaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashni ko’zda tutadi [2],[3]. Jahon bankining
2023-yilgi hisobotiga ko‘ra, yashil iqtisodiyotga o‘tish global yalpi ichki mahsulotning (YIM)
1,5-2% ga o‘sishiga xizmat qilishi mumkin [4]. Yashil iqtisodiyot tamoyillari quyidagilardan
iborat:

Resurslardan oqilona foydalanish

– tabiiy boyliklarning qayta tiklanishi va

tejamkorligiga e’tibor qaratish.

Ekologik toza texnologiyalarni joriy etish

– sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida

atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan texnologiyalarni qo‘llash.


background image

`

16

Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish

– quyosh, shamol va

gidroenergetikadan foydalanish orqali barqaror energiya ta’minotini yaratish.

Uglerod chiqindilarini kamaytirish

– global miqyosda uglerod neytrallikka erishish

strategiyalarini amalga oshirish [5].

1-rasm. Andijon viloyati yerlaridan foydalanish raqamli xaritasi.

(Xarita muallif tomonidan yaratilgan)

Yuqoridagi xaritada Andijon viloyatining yer resurslari turlari sun’iy yo‘ldoshdan

olingan tasvirlar asosida ArcGIS dasturi yordamida tahlil qilindi. Xarita tahlili shuni
ko‘rsatadiki, viloyatda qishloq xo‘jaligi yerlari ustunlik qiladi. Bu esa o‘z navbatida hududda
intensiv dehqonchilik va sug’oriladigan maydonlar kengligi bilan izohlanadi. Statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyatining umumiy yer fondining qariyb 75 % qismi qishloq
xo‘jaligiga mo’ljallangan. Bu yerlarning asosiy qismi paxta va g’alla yetishtirishga
yo’naltirilgan bo‘lib, bu esa suv resurslarining haddan tashqari ko‘p sarf etilishi va tuproq
degradatsiyasi xavfini oshiradi. Shuningdek, urbanizatsiya darajasi yildan-yilga o‘sishi tufayli
yashil zonalarning qisqarishiga olib kelmoqda. Aholisi zich joylashgan, yer va suv resurslari
cheklangan ushbu hududda yalang, bo’sh yotgan yerlardan maksimal darajada intensiv
foydalanish talab etiladi [6].

Yashil iqtisodiyotning hududiy rivojlanishga ta’siri quyidagi omillar orqali namoyon

bo‘ladi:


background image

`

17

Atrof-muhitni muhofaza qilish – iqtisodiy-statistik tahlillarga ko‘ra, ekologik toza

texnologiyalarni joriy qilish CO₂ chiqindilarini 15-20% ga kamaytirishi mumkin.

Iqtisodiy samaradorlikni oshirish – yashil texnologiyalar orqali sanoatda energiya sarfi

30% gacha qisqaradi.

Aholi turmush sifatini yaxshilash – Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga

ko‘ra, ekologik muhit yaxshilanishi aholining kasallanish darajasini 10-15% ga kamaytiradi.
Atrof-muhit sifatini yaxshilash havo va suv ifloslanishidan kelib chiqadigan kasalliklar bilan
bogʻliq sogʻliqni saqlash xarajatlarini kamaytiradi.

Yangi ish o‘rinlari yaratish – Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) ma’lumotlariga ko‘ra,

yashil iqtisodiyotga o‘tish natijasida 2030-yilgacha 24 million yangi ish o‘rni yaratilishi
mumkin [7]. Andijon viloyatidek, demografik salohiyati yuqori, aholisi zich, ortiqcha mehnat
resurslariga ega bo’lgan viloyat uchun bu juda muhim omil hisoblanadi.

Sanoatda yashil texnologiyalar. Andijon viloyatida sanoat korxonalarining ekologik

standartlarga moslashishi 2025-yilga kelib chiqindilarni 18% ga kamaytirishi kutilmoqda.

Qishloq xo‘jaligida ekologik barqarorlik

.

FAO ma’lumotlariga ko‘ra, ekologik

dehqonchilik usullari hosildorlikni 25% gacha oshirishi mumkin. Kimyoviy o’g’itlar va
pestitsidlar o’rniga organik usullarni joriy etish. O‘zbekistonda tomchilatib sug‘orish tizimlari
orqali suv iste‘moli 40% gacha qisqartirilgan [8],[9].

Energetika sektorida qayta tiklanadigan energiya manbalari

.

Jahonda quyosh

energetikasining ulushi 2010-yilda 2% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 12%
ga yetdi. O‘zbekistonda 2030-yilgacha qayta tiklanadigan energiya ulushini 25% ga yetkazish
rejalashtirilgan [10].

Ekoturizmni rivojlantirish

.

Butunjahon turizm tashkilotining (UNWTO) ma’lumotlariga

ko‘ra, ekoturizm sohasida global daromad yiliga 20% o‘smoqda. Andijon viloyatida
ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari natijasida 2025-yilgacha 500 dan
ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Hududiy rivojlanishda yashil iqtisodiyotni joriy etish choralari sifatida quyidagilar taklif

etiladi:

Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish – ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik

innovatsiyalarni kengaytirish.Yer resurslarining raqamli monitoringini yuritish, GIS asosidagi
nazorat va tahlil tizimlari orqali samaradorlikni oshirish.

Davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish – yashil iqtisodiyotni rivojlantirish

uchun imtiyozli kreditlar ajratish.

Aholi ekologik savodxonligini oshirish – yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun

ta’lim dasturlarini rivojlantirish. Aholi yashash hududlarida yashil tomlar, parklar, quyosh
panellari kabi ekologik loyihalarni targ’ib qilish.

Qonunchilik bazasini takomillashtirish – ekologik standartlarni qat‘iylashtirish va yashil

iqtisodiyotni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan qonunlar ishlab chiqish.

Xulosa.

Hududiy iqtisodiy rivojlanishda yashil iqtisodiyot nafaqat ekologik

muammolarni hal qilish, balki iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlash uchun strategik omil hisoblanadi. Andijon viloyati misolida olib borilgan tahlillar
shuni ko‘rsatadiki, yashil texnologiyalarni joriy etish va ekologik standartlarga mos iqtisodiy
faoliyat yuritish viloyatning uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu sababli,


background image

`

18

yashil iqtisodiyot strategiyasini jadal amalga oshirish hududlar uchun dolzarb vazifalardan
biridir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

M. Hayashi, “United Nations,”

Int. J. Mar. Coast. Law

, vol. 9, no. 2, pp. 261–267, 1994, doi:

10.1163/157180894X00133.
2.

2024. 224 bet. Xashimova S.N. Yashil iqtisodiyot. Darslik. -Т .: “Ma’rifat” and Darslikda,

Yashil iqtisodiyot tushunchasi

.

3.

F. A. N. Va, I. Vazirligi, T. Davlat, and I. Universiteti, “‘ YASHIL IQTISODIYOT SARI :

NAZARIY VA AMALIY YONDASHUVLAR TAHLILI ’”.
4.

2011 г. Copyright © Программа ООН по окружающей среде and Полное, “Навстречу

«зеленой» экономике.”
5.

E. Brief, E. Unveiled, and L. Projects, “E-Fuels : A Realistic Solution to Decarbonise

Transport ?,” pp. 1–9, 2025.
6.

A. A. Isayev, S. S. Tillakhojayev, and H. L. Abdurahmonova, “Assessment of land cover

changes in Andijan region for 1997-2020 using remote sensing,”

J. Geol. Geogr. Geoecology

, vol.

32, no. 4, pp. 765–773, 2024, doi: 10.15421/112367.
7.

ILO,

World and Social Outlook Employment Trends 2023

. 2023.

8.

J. Sachs, C. Kroll, G. Lafortune, G. Fuller, and F. Woelm,

Sustainable Development Report

2022

. 2022. doi: 10.1017/9781009210058.

9.

E. B. Barbier and A. Markandya,

A new blueprint for a green economy

, no. August 2014.

2013. doi: 10.4324/9780203097298.
10.

International Energy Agency, “International Energy Agency (IEA) World Energy Outlook

2022,”

Int. Inf. Adm.

, p. 524, 2022, [Online]. Available: https://www.iea.org/reports/world-

energy-outlook-2022

Библиографические ссылки

M. Hayashi, “United Nations,” Int. J. Mar. Coast. Law, vol. 9, no. 2, pp. 261–267, 1994, doi: 10.1163/157180894X00133.

224 bet. Xashimova S.N. Yashil iqtisodiyot. Darslik. -Т .: “Ma’rifat” and Darslikda, Yashil iqtisodiyot tushunchasi.

F. A. N. Va, I. Vazirligi, T. Davlat, and I. Universiteti, “‘ YASHIL IQTISODIYOT SARI : NAZARIY VA AMALIY YONDASHUVLAR TAHLILI ’”.

г. Copyright © Программа ООН по окружающей среде and Полное, “Навстречу «зеленой» экономике.”

E. Brief, E. Unveiled, and L. Projects, “E-Fuels : A Realistic Solution to Decarbonise Transport ?,” pp. 1–9, 2025.

A. A. Isayev, S. S. Tillakhojayev, and H. L. Abdurahmonova, “Assessment of land cover changes in Andijan region for 1997-2020 using remote sensing,” J. Geol. Geogr. Geoecology, vol. 32, no. 4, pp. 765–773, 2024, doi: 10.15421/112367.

ILO, World and Social Outlook Employment Trends 2023. 2023.

J. Sachs, C. Kroll, G. Lafortune, G. Fuller, and F. Woelm, Sustainable Development Report 2022. 2022. doi: 10.1017/9781009210058.

E. B. Barbier and A. Markandya, A new blueprint for a green economy, no. August 2014. 2013. doi: 10.4324/9780203097298.

International Energy Agency, “International Energy Agency (IEA) World Energy Outlook 2022,” Int. Inf. Adm., p. 524, 2022, [Online]. Available: https://www.iea.org/reports/world-energy-outlook-2022