Авторы

  • E’ZOZAXON AXMADXONOVA
    GulDU Filologiya va tillarni o‘qitiish: o‘zbek tili yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.91995

Ключевые слова:

obraz epilog umumlashma obraz to‘qima obraz.

Аннотация

Maqolada Zulfiya Qurolboy qizining “Oyimtilla” asarini badiiy tahlilga tortamiz. Asardagi ayollar obrazi va ularning ruhiyati xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz.


background image

`

11

ZULFIYA QUROLBOY QIZINING “OYIMTILLA” ASARI TAHLILI

E’ZOZAXON AXMADXONOVA

GulDU Filologiya va tillarni o‘qitiish: o‘zbek tili yo‘nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15486765

Annotatsiya:

Maqolada Zulfiya Qurolboy qizining “Oyimtilla” asarini badiiy tahlilga

tortamiz. Asardagi ayollar obrazi va ularning ruhiyati xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Kalit so‘zlar

: obraz, epilog, umumlashma obraz, to‘qima obraz.

KIRISH

Zulfiya Qurolboy qizi asarlari hozirgi adabiy jarayonda o‘ziga xosligi , ayollar shaxsiyati,

ruhiyatini ayol ijodkor tomonidan yuksak mahorat bilan to‘laqonli yaratilishi bilan ajralib
turadi. Yozuvchining hikoya, asarlarini o‘qigan kitobxonlarga ma’lumki, asarlardagi ayollar
obrazi ruhiyati va uning shaxsiyati keng tasvirlanib, yozuvchi o‘zini qiynagan muammolarini
obrazlarida gavdalantirib, badiiylashtiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zulfiya Qurolboy qizininng “Oyimtilla” asar tili jim-jimador bo‘yoq-u tashbehlarsiz,

ravon o‘qiladigan ifoda tarziga egadir. Asar voqealari Nilufar – Oyimtilla atrofiga qurilgan.
Nilufar uch marotaba turmush qurib ham baxti to‘kis bo‘lmagan, so‘ng o‘zi uchun yashashni
boshlagan zamonaviy ayol obrazidir. Nilufar - onasining undashi sababli turmushga chiqqan,
ammo ikki turmushidan ham og‘zi kuygan ayol. Tan olish kerakki, Nilufar bu baxtsiz turmush
qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi – oilasiga o‘zining nelarga qodirligini isbotlash uchun
o‘zida kuch topdi. Oqibatda, “amal” deb atalmish balo uning hayot mazmuniga, yagona
ovunchog‘iga aylanib qoldi. Yuqori mansabga ko‘tarilish uning o‘zini-da, vujudini-da qurbon
qilishiga sabab bo‘ldi. Ayol uchinchi turmushini shu manfaat ustiga qurdi. Shu turmushi
davomida ishongan tog‘i – Jalolbekning ko‘magi bilan mansab pillapoyalaridan ko‘tarila
boshladi, tabiiyki bu ko‘tarilish uning shaxsiyatiga-da o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Oyimtilla Jalolbek tufayli ko‘p natijalarga erishgan bo‘lsa-da, Jalolbekning u sababli oilasi

va ishida yuz bergan yo‘qotish va kelishmovchiliklar oqibatida barcha narsasidan – lavozimi
va oilaviy totuvligidan ayrilishi Oyimtillaga xush yoqmadi. Turmush qurishlaridan avval va
turmushi davomida his qilgan muhabbat tuyg‘ulari chin emas, balki manfaat yuzasidan his
qilingan – muhabbatdan yiroq mutlaqo begona hisligini anglab yetadi. Nilufar uchun hayotda
oilaviy tinchlik, baxtdan ko‘ra uning ishi, doimo yuqori lavozim kursisini egallab turishi
muhimroq edi. Jalolbek bilan ayrilganlaridan so‘ng o‘rinbosar Sharipov ham Mirvosil, Jalolbek
kabi uning husn-u malohatiga, noz-karashmasiga mubtalo bo‘lib qoladi. Bu Nilufarning yuqori
mansabga ko‘tarilishi uchun muhim va zarur edi. Sharipov va Oyimtilla o‘rtasida pinhoniy-
ishqiy munosabatlar boshlanadi va bu orqali Oyimtilla yuqori mansab kursisining egasi bo‘lib
qoladi. “... Endi juvonni faqat bir narsa – xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilish qiziqtirardi.
Buning uchun unga o‘rinbosarga o‘xshagan odam zarur, juda zarur. O‘rinbosarning etagidan
tutmasa, tengdoshlaridan orqada qolib ketadi. Hozir ko‘pchilik ayollar o‘zini amalga uryapti.
Jamiyatning e’tibor markazida bo‘lish, mansabga o‘tirish, tanilish ayollar uchun voz kechib
bo‘lmaydigan ehtiyojga aylangan. Nilufarning ulardan qayeri kam? Bugun ulgurmasa, ertaga
kech bo‘lmasmikan? Axir hozir ayni yetilgan payti...”

Eng qiziqarli tomoni shundaki, asar nihoyasida Oyimtillani hech qanday tub burilish

kutib olmadi - hayoti shu holicha qoldi. Bu orqali yozuvchi so‘nggi xulosani kitobxonga


background image

`

12

qoldirdi. “Nilufar Asqarovna banogoh piqirlab kulib yubordi... U uzoq kuldi. So‘ng sarmast
tarzda odam bo‘yi ko‘zgu qarshisiga o‘tirdi-da, bexato ishlaydigan quroli – o‘ziga kerakli
amaldor-vallamatlarni maftun etadigan sirli-istig‘noli tabassumiyu allanimalarni va’da
etadigan g‘amzali nigohlari ta‘sirini yanada, yanada kuchaytirish ustida qunt bilan mashq
qilishga kirishdi...”

i

Balki, yozuvchi bu epilog orqali Nilufar kabi oyimtillalar avval ham bo‘lgan,

bundan keyin ham bo‘ladi, demoqchi bo‘lgandir. Oyimtilla kabi ayollar yon-atrofimizda
yashayotganlar orasida mavjud, ularning ruhiyati, shaxsiyati esa ushbu asar yordamida ochib
berilgan. Zero, Badiiy to‘qima hayotiy fakt bilan qo‘shilgan, uyg‘unlashganida chinakam
umumlashma – badiiy obraz vujudga keladi. Badiit to‘qima ijodkorning hayotga faol
munosabati natijasida paydo bo‘ladi. Yozuvchi badiiy to‘qima yordamida kishilarning hayotda
namoyon etadigan ijobiy yoki salbiy xususiyatlarini va ko‘pchilikdan pinhon tutadigan
sifatlari, xohish-istak, intilishlarini ham tasvirlaydi va hayot hodisalarini o‘z ijodiy maqsadiga
muvofiq o‘zgartirib ko‘rsatadi

ii

.

Fikrimcha, Oyimtillaning baxtsizligi uning baxtida edi. U oila deb atalmish muqaddas

dargohda emas, balki yolg‘izlikdagi to‘kin-sochin hayotda yashashi aslida uning baxti emas,
baxtsizligidir. Mehri opoqi obraziga to‘xtaladigan bo‘lsak, Mehri opoqi – doimo
farzandlarining baxtli, to‘kis hayotda yashashini istab harakat qilgan, aksincha, o‘zi bilmagan
holda uni baxtsizlik domiga itqitib yuborgan umumlashma obrazdir. Mehri opoqining qizlari
tarbiyasiga qattiqqo‘llik qilib, yolg‘iz o‘g‘lining tarbiyasida bo‘shlik qilgani uning katta xatosi
edi. “... yolg‘iz o‘g‘li Azamatga gaplari kor qilmaydigan bo‘lib qolgan, ona bechora nima deb
javramasin, uning parvoyiga kelmaydi. O‘g‘li nima bo‘lganda ham erkak qavmidan, bir-ikki
adashib, oxiri yo‘lini topib ketar, ammo manavi qizlar yo‘ldan adashsa, ona uchun do‘zax
eshigi ochildi deyavering”

iii

. U qizlarning to‘g‘ri yo‘l, pok nom bilan jamiyatda o‘z o‘rniga ega

bo‘lishiga ishonmaydi. Bu fikrlarining isbotini Xayriniso ammaning hayotida ko‘rib, guvohi
bo‘lgan edi. Shu sababdan ham u qizlarining ammasiga o‘xshashini, uning yo‘lidan ketishini
istamasdi. Doimo qizlari va ammasi o‘rtasidagi munosabatlarga sergaklik qilar edi: “Ona
sodda va qo‘rqoq edi. O‘qimagan-da! Qizining ham ammasi yanglig‘ o‘zbilarmon, yaltir-
yultirga o‘ch, har qadamda o‘zini katta oladigan bo‘lib ketishini istamasdi. Bunga tish-tirnog‘i
bilan qarshi edi. O‘ziga qolsa qizi maktabni bitirar-bitirmas, egasiga topshirib, mas’uliyatdan
qutilsa!” Onasi qizining maktabni bitirganidan so‘ng niyatiga yetdi ham “maktabni bitirar-
bitirmas egasiga topshirdi-yu”, ammo mas’uliyatidan qutilmadi.

“Keyin uni erga berishdi. O‘n yetti yoshida.
Orzulari mo‘l edi. “Maktabda ham baholari yomon emasdi. Har holda ega-kesimning,

tangens bilan kotangensning farqiga borardi. Havaskorlar to‘garagiga ham qatnashib
turardi”.

iv

Qizining ikki turmushi ham ona istaganchalik baxt olib kelmadi.

Mehri opoqi o‘z otasi rahmatlining quyidagi so‘zlarini xotirlaydi: “Rahmatli otasi ko‘p

mullo odam edi. Zamon bir holda turmaydi, - derdi u. – U senga yuzlanishi yo sendan yuz
o‘girishi mumkin. Agar u senga falokatlar bilan yuzlansa, sabr qil, chunki zamon sabr
qilmaydi... Zamon bergan narsalarini doimo qaytarib oladi, deguvchi edi”.

v

Bu gaplar Oyimtilla,

uning Xayriniso ammasi, Hamida Hamidovnaning taqdiri so‘nggida o‘z tasdig‘ini topdi. Ya’ni,
Zamon ularga taqdim etgan shon-shuhrat, obro-e’tibor, lavozimni vaqt o‘tgandan so‘ng
qaytarib oldi. To‘g‘ri, Oyimtilla ustozlarining ahvoliga tushib, chetga uloqtirilmaslik uchun
tinib-tinchimasa-da, afsuski, bekat so‘nggida uni ham ustozlariniki singari taqdir kutib turibdi.


background image

`

13

Oyimtilla bunday taqdir bilan sinalishida aybdor bu uning amalga, shon-shuhratga

bo‘lgan qiziquvchanligi emas, balki bunda yaqinlarining ham ta’siri kuchli. Oyimtillaning
taqdiri misolida oilasining xohishiga ko‘ra erta turmush qurgan qiz-ayollarning ham dardi,
taqdiri qalamga olinmoqda. Darhaqiqat, Oyimtillaning ko‘p bora taqdir sinovlari bilan
yuzlashishida oilasining, asosan, onasining roli katta. Oyimtilla obrazi ham milliylik va
zamonaviylik kesishmasida yaratilgan obrazdir. U milliy qadriyatlarning tom ma’noda
qurboni bo‘lgan, so‘ng zamonaviy tafakkur bilan yashashni boshlagan ayol obrazidir. “Hozirgi
zamon ayoli ikki yuz-uch yuz yil avvalgi ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar, sodda-bayov ayol emas.
Tamaddun ayolning ongini oshirdi, aqlini peshladi. Dunyoqarashi yuzakiroq bo‘lsa-da, rejalari
pishiq-puxta. Yulduzni benarvon uradigan shashti bor. Endi unga sen intilayotgan cho‘qqiga
olib chiquvchi yo‘llarda qaroqchilar, och bo‘rilar bor desangiz o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaguncha
ishonmaydi, olabo‘ji bilan meni qo‘rqita olmaysiz deb ustingizdan kuladi”.

vi

Asardagi ushbu jumlalar orqali jamiyatda o‘z so‘zini so‘zlashga intilayotgan ayollarning

jinsdoshlariga nisbatan raqobatdoshlik qilayotgan qilayotganligi ochiqlanadi: “Ha, rahmatli
Momo Havvo qizlarim hayoli, iboli va odobli bo‘ladi, hech qachon bir-biriga raqibalik qilmaydi
deb o‘ylagan bo‘lsa kerak”

vii

. Nilufarning o‘z ustozi, Hamida Hamidovnaning egalik qilib turgan

kursisini egallash orzusi unga tinchlik bermaydi. O‘z vaqtida Hamida Hamidovna ham
ustoziga raqibalik qilgani – ayollar o‘rtasida bunday raqobat aslo tugab-bitmasligi isbotidir.

Asar realizm, voqelik ustiga qurilgandir. Bu asarning ifoda tiliga ta’sir qilib, kitobxonning

tez fursatda o‘qib tugallashi uchun zamin yaratgan. “Oyimtilla” asarida davr muammolarini,
ya’ni real hayotda ayollar taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan fojialari ham eslab o‘tiladi: “Miyasini
shamol yalagan bir juvon o‘ziga qo‘shib bolasiniyam tepadan tashavoribdimi?”

viii

Muallif bu

jumlalar orqali OAV da e’lon qilingan barchamizga ma’lum baxtsiz hodisaga ishora qilmoqda.
Nilufarning ikkinchi turmushini “To‘ydan keyin o‘qitamiz” va’dalariga ishonib qurgan edi.
Afsuski, yon-atrofimizdagi bu kabi yolg‘on va’dalarga aldanganlar orasida endi Nilufar ham
bor edi:

“ – Sen mening ishdan kelishimga shirin ovqatlar pishirib uyda o‘tirasan, - dedi Mirvosil

boyagidan biroz ochilib.

– Men o‘qisam devdim...
“ – Bu gap qayerdan chiqdi? – dedi Mirvosil birdan o‘zgarib. – Biz bu haqida

gaplashmaganmiz, esingda bo‘lsa!

“ – To‘g‘ri, gaplashmaganmiz, - dedi Nilufar vazminlik bilan. – Lekin oyijon sovchilikka

borganlarida va’da bergan...

“ – Oyim to‘ydan oldin o‘zicha bir nimalar degan bo‘lsa degandir. Bunaqa gaplar xotinlar

orasida bo‘lib turadi. Lekin endi men bilan yasharkansan, bu haqida gap bo‘lishi mumkin
emas!”

ix

XULOSA.

Zulfiya Qurolboy qizi “Oyimtilla” asarida jamiyatdagi ayol-qizlar bilan bog‘liq muammo,

og‘riqli dardlarni qalamga olgan. Muallif asar davomida Oyimtilla kabilarning bunday hayotda
yashashlari uchun nafaqat o‘zlari, balki birinchi o‘rinda yon-atrofidagi insonlarning,
hayotimizdagi ba’zi eskilik sarqiti deyishga arzigulik “qadriyat”, “an’ana”larning ham hissasi
bor ekanligini inobatga olish kerakligini singdirmoqda. “Oyimtilla” asarining o‘zining yakuni
orqali jamiyatda oyimtillalarning azaldan mavjud bo‘lgani, hozir ham, bunday keyin ham


background image

`

14

bo‘lishiga ishora bordek. Asar qahramonlarining ruhiyatini chuqur ifodalanishi qahramonlar
va ularning ichki his-tuyg‘ulari o‘qirmanni befarq qoldirmaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Zulfiya Qurolboy qizi. “Oyimtilla”, “PIR” nashriyoti, T.:2025

2.

A. Ulug‘ov. “Adabiyotshunoslik”, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, T.:

2017
3.

D. Quronov. “Adabiyot nazariyasi asoslari”, T.: 2018

i

“Oyimtilla”, 478-bet

ii

A. Ulug ‘ov, “Adabiyotshunoslik nazariyasi”, 98-bet

iii

“Oyimtilla”, 26-27-betlar

iv

“Oyimtilla”, 25-bet

v

“Oyimtilla”, 324-325-betlar

vi

“Oyimtilla”, 167-bet

vii

“Oyimtilla”, 319-bet

viii

“Oyimtilla”, 430-bet

ix

“Oyimtilla”, 87-88-betlar

Библиографические ссылки

Zulfiya Qurolboy qizi. “Oyimtilla”, “PIR” nashriyoti, T.:2025

A. Ulug‘ov. “Adabiyotshunoslik”, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, T.: 2017

D. Quronov. “Adabiyot nazariyasi asoslari”, T.: 2018