Авторы

  • Madinaxon Turg’unboyeva
    Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.98054

Ключевые слова:

bastakor uslub janr qo‘shiq ashula.

Аннотация

Mazkur maqolada XX-asrning 1-yarmida yurtimizdagi musiqiy-madaniy hayot, xususan, o'zbek bastakorlik ijodining bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Shuningdek, maqola davrning ustoz bastakorlari To’xtasin Jaloliv va Yunus Rajabiy  yaratgan asarlarining o‘rganilishi orqali belgilangan davrning bastakorlik ijodiyoti xususida umumiy taassurot gavdalanishiga asos bo’ladi.


background image

`

113

XX ASR 1-YARMIDA O‘ZBEK BASTAKORLIK IJODIYOTINING RIVOJLANISHI

Turg’unboyeva Madinaxon Erkinboy qizi

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI

tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15528478

Annotatsiya:

Mazkur maqolada XX-asrning 1-yarmida yurtimizdagi musiqiy-madaniy

hayot, xususan, o'zbek bastakorlik ijodining bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni tahlil
qilinadi. Shuningdek, maqola davrning ustoz bastakorlari To’xtasin Jaloliv va Yunus Rajabiy
yaratgan asarlarining o‘rganilishi orqali belgilangan davrning bastakorlik ijodiyoti xususida
umumiy taassurot gavdalanishiga asos bo’ladi.

Kalit so’zlar:

bastakor, uslub, janr, qo‘shiq, ashula.


Tarixdan ma’lumki, har qanday xalq har bir davrda o‘z boshidan murakkab siyosiy,

iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarni o’tkazadi. Xususan, XX asrga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, bu asr
umum bashariyat tarixida o’ziga xos ijtimoiy-siyosiy voqealarga boy, ilm-fan va texnikaviy
taraqqiyotning rivojlana boshlash asri sifatida muhrlandi. Mazkur davrda ilm-fan yuksalishi
bilan bir qatorda harbiy urushlar, mustakamlachilik siyosati avj olib, bir qancha davlatlar yirik
imperiyalar tomonidan bosib olindi. Bular qatorida Turkiston ham XIX asr 2-yarmidan boshlab
Chor Rossiya podshohligining tasarrufiga o‘tdi. Mustakamlachilik siyosati aholining yashash
tarzi, urf-odatlari, ma’naviy va madaniyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Rus imperiyasi
hukmdorligining dastlabki bosqichi ya’ni XIX asr 2-yarmida madaniy hayotni isloh qilish uchun
Turkistonda istiqomat qiluvchi ruslar va harbiylar ehtiyojidan qondirish maqsadida
kutubxona, muzeylar ochilib, teatr tomoshalari sahnalashtirilgan bo‘lsa, XX asrdan boshlab
barcha san’at turlari, shuningdek, musiqa san’atining hamma jabhalarida sezilarli darajada
rivojlanish, yuksalish davrini boshidan o‘tkazganining guvohi bo‘lamiz. Alxusus,
mamlakatimizda ilk musiqa bilim yurtlari va musiqali teatrlar ochildi, mumtoz musiqa
namunalari, xalq kuy va qo‘shiqlarini yozib olish hamda qayta ishlash kabi barhayot ishlar
amalga oshirila boshladi.

Yuqorida bayon etilgan jarayonlar pirovardida musiqa san’atiga rus, u orqali Yevropa

madaniyatiga xos uslub, janr, shakl va ohanglar tez sur’atda kirib keldi va o‘zlashtirila
boshlandi. Xususan, Yevropa an’analari asosida o’zbek kompozitorlik ijodiyoti shakllandi
hamda kompozitorlar tomonidan o‘zbek xalq va mumtoz musiqa negizida sharq va g‘arbga xos
xususiyatlarini umumlashtirgan asarlar dunyoga keldi. Biroq, ming afsuslar bo‘lsinki, milliy
musiqiy tafakkur mahsuli hisoblanmish o‘zbek bastakorlik ijodiyoti e’tibordan chetda
qoldirildi, bastakorlik amali bilan mashg’ul san’atkorlar “xalq kompozitori”, “xalq-professional
kompozitori”, “kompozitor-melodiyachi” kabi atamalar bilan nomlangan. K.Olimboyeva,
M.Ahmedovning “O‘zbekiston xalq sozandalari” nomli to‘plami muqaddima qismidan o‘rin
olgan T. Vizgoning maqolasida o‘zbek bastakorlariga nisbatan quyidagi tanqidiy fikrlar
bildirilgan - “…ular traditsion ashula formalariga suyangan holda voqeligizni kuylovchi yangi
asarlar yaratdilar. O‘zbekistonda bunday avtorlarni kuychi-kompozitorlar deb ataydilar,


background image

`

114

chunki ular alohida professional ma’lumotga ega bo‘lmay, o‘z ijodlarida faqat kuylar yaratish
bilan chegaralangan.

1

Shunday murakkab mafkuraviy-siyosiy vaziyatlar, zamon bastakorlariga mehnat

mahsuliga yetarlicha baho berilmasligiga qaramasdan ular tomonidan bastakorlik an’analari
saqlanib, ravnaq topgan. Zero, ular “musiqiy merosimizni asrab-avaylagan holda uning asl
navlaridagi namunalarini qo‘llashda vorisiylikni ta’minlab, yangi-yangi uslubiy yo‘nalishlarni
yaratishga muyassar bo‘lishgan”.

2

XX asrning dastlabki yillarida davlat amaladorlari tomonida

davr ruhini madh etuvchi, mafkuraviy qarashlarni olg’a suruvchi inqilobiy qo‘shiqlar yaratish
talab etilgan. Mazkur paytda Hamza Hakimzoda Niyoziy tom ma’noda maydonga chiqib,
inqilobiy ruhdagi qo‘shiqlarni yaratib, xalq e’tiboriga xavola etdi. Uning “Hoy, ishchilar”,“Yasha,
Sho‘ro”, “Ishchilar uyg‘on”, “Biz ishchilarmiz” kabi bir qator qo‘shiqlarida Yevropa janr,
uslublari hamda turli sharq xalqlari kuy-qo‘shiqlari ohanglari umumlashtirilgan. Hamzaning
qo‘shiqlari musiqiy tilining soddaligi, tushunarliligi va ayniqsa, inqilobiy tashviqot masalalari
ko‘tarinki kayfiyatda ifodalanganligi bois xalq orasida keng ommalishib ketdi.

Ko‘rilayotgan asrning birinchi choragida milliy adabiy-badiiy tomosha san’ati va musiqa

merosi zamirida musiqali drama janri shakllana boshladi. Mazkur janrning musiqa orqali
ifodaviy imkoniyatlari kengayishi, dastlabki klassik variantlarining yaratilishida salmoqli
mehnat qilgan bastakorlardan biri To‘xtasin Jalilovdir. Buyuk san’atkorning nomi o‘zbek
musiqa madaniyati tarixida “musiqali drama otasi”, birinchi o‘zbek milliy orkestrining
tuzuvchisi, Jalilovlar sulolasi asoschisi, XX asr Andijon g’ijjakchilik maktabi tuzuvchisi, bir
qancha mohir bastakorlarning ustoz karvonboshisi sifatida muhrlandi.

Hassos bastakor musiqali dramalarga musiqa bastalashda xalq kuy, qo‘shiqlari va maqom

yo’llaridan shu qadar mohirona foydalanar ediki, buni zargarlarning zarni ehtiyotkorona
payvandlashiga qiyoslash mumkin. Chunonchi, Ikrom Akbarov “To’xtasin Jallov” ijodigaga
bag’ishlangan ocherkida “To‘xtasin Jalilov kichik bir o‘zbek xalq ashulasiga avj qo‘shib, ritmini
kengaytirib, mukammallashtirib, intonatsion variatsiyalar qo‘shishdek ijodiy ishga juda mohir
edi”

3

– deb ta’kidlaydi.

Buyuk san’atkor bastakorlik ijodining gullab-yashnagan davri Muqimiy nomidagi

musiqali drama teartida faoliyatini boshlagan davriga to‘g’ri keladi desak, mubolag’a bo‘lmaydi.
Teatrning badiiy rahbari va bosh dirijyori sifatida faoliyat olib borayotgan kezlarida
S.Abdullaning “Tohir va Zuhra”, “Alpomish” (B.Nadejdin bilan hamkorlikda), “Muqimiy”
(G.Mushel bilan), K.Yashin pyesalarisi asosidagi “Nurxon”, “Ravshan va Zulxumor” musiqali
dramalari yaratdi. Ushbu spektakllar o‘z davrida katta muvaffaqiyat qozongan bo‘lib, hozirga
qadar ham xalqning eng sevimli sahna asarlari sifatida tomosha qilinmoqda. Birgina Muqimiy
nomidagi teatrda “Tohir va Zuhra”ning ikki ming martaga yaqin, “Nurxon” spektaklining bir
yarim ming martadan ortiq qo‘yilishi so‘zimizning yaqqol misoli bo‘la oladi.

Bundan tashqari, T.Jalilovni yangi novatorlik uslublar targ’ibotchisi sifada ta’riflash

mumkin. Chunonchi, A.S.Pushkinning “Ruslan va Lyudmila” dostonidagi “Bag’ishlov” matni

1

Олимбоева К., Аҳмедов М. Ўзбекистон халқ созандалари.

Ўзбекистон ССР Давлат бадиий адабиёт нашриёти,

Тошкент, 1959,

14-15 бетлар.

2

Юнусов Р. Фахриддин Содиқов. Тошкент, 2005, 10-бет .

3

Акбаров И . Тўхтасин Жалилов. “Ғофур Ғулом намидаги Адабиёт ва санъат нашриёти”, Тошкент, 1978, 55-

бет.


background image

`

115

(Mirtemir tarjimasi)ga Jalilov yaratilgan romans bastakorlik ijodiyotidagi kamyob asardir.
Shuningdek, atoqli bastakorning orkestr uchun “Otmagay tong”, “Ey quyosh”, xususan, “Bahor
ayyomida” (Furqat), “Gulistonim mening” (Muqimiy) kabi ashulalari, “Signal” (xalq so‘zi),
“Dovruq” (K.Ahmadiy she’ri), “To‘ylar muborak” (S.Abdulla she’ri), “Aziz Vatanim” (Habibiy),
“Kokililng” (S.Zunnunova), “Yalla” va “O‘ynasin” (Uyg’un) kabi qo‘shiqlari ohanglarning
orginalligi, jarangdorligi va o‘ynoqiligi tufayli xalq orasida keng ommalashib ketgan.

O‘zbek bastakorligining yana bir karvonboshilaridan biri “maqom mulkining sultoni”,

betakror bastakor, xonanda va sozanda o‘zbek musiqa merosini to‘plovchisi, akademik Yunus
Rajabiyning sermahsul ijodiy yo‘li XX asr musiqa madaniyati, qolaversa, O‘zbekiston tarixida
alohida ahamiyat kasb etadi. Alloma butun ijodiy faoliyati davomida sof o‘zbekona, milliy
ruhdagi xalq ko‘nglidan o‘rin oluvchi qo‘shiq, ashulalari, raqs kuylari va syuitalaridan bastaladi.
Mumtoz milliy musiqa va folklor namunalari to‘plash, ularni tartibga keltirish, notaga tushirish,
ularga mos she’rlar tanlash, nashr ettirish hamda o‘zi tuzib bosh bolgan maqomchilar ansambli
ijro namunalarini yaratish kabi tarixshumul ishlar bilan shug’ullandi.

Yunus Rajabiy bastakorlik faoliyatining dastlabki yillarida “Farhod va Shirin”, “Layli va

Majnun” musiqali spektakllariga o‘zbek musiqa merosidan namunalarni tanlash, shu bilan
birga, zamonaviy, ommaviy qo‘shiqlar hamda marsh xarakteridagi kuylar yaratishdan
boshlagan. “Bahor marshi”, Chamanzor” “Yoshlar marshi”, “O‘rtoqlar” kabi cholg‘u kuylarini,
“Hammamiz (Jig‘oy she’ri), “G‘alaba” (Uyg‘un she’ri), “Gulbog‘lar” (Habibiy she’ri) qo‘shig‘i,
“Popurri”, “Baynalminal” marshlari o‘zining yorqin va jarangdor ohanglari, faol ritmik
tuzilmalari bilan ajralib turadi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Yunus Rajabiy chinakam xalq bastakoridir. U yaratgan

qaysi kuy yoki qo‘shiqni olmaylik, ular allaqachon xalqimizning turmush tarziga singib,
ularning ruhiy hamrohiga aylangan. Ushbu kuylar ravonligi, jarangdorligi va tushunarli
musiqiy tili bilan yozilganligi sababli xalq bisotiga munosib o‘rin olgan. Buyuk bastakorning
“Fabrika yallasi”, “Bizning davron”, “Mirzacho’lda to‘y”, “O‘zbekiston”, “Yangrasin Gulyor”,
“Dugonalarga”, “Kadah”, “Koshki”, “Gul sochar”, “Judo”, “Ra’nolanmasun”, “Chapandoz”,
“Kuygay” kabi qo‘shiq va ashulalar, “O‘yin Bayoti”, “O‘yin Dugohi”, “Paxta” singari raqs kuylarini
shunday umrboqiy navolar sirasiga kiritilgan.

Ma’lumki, 1939-1945-yillar sodir bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi XX asr fojeasi sifatida

insoniyat tarixiga muhrlandi. Urush yillari mamlakatimizda madaniy musiqiy hayot o‘sishdan
to‘xtab qolmay, balki yangi-yangi vatanparvarlik, insonparvarlik mavzusidagi qo‘shiqlar,
fashizmga qarshi turli janrlarda sermazmun musiqiy asarlar, konsert dasturlari vujudga
kelishdan to‘xtamadi. Teatr sahnalarida urush mavzusiga bag‘ishlangan vatanparvarlik
g‘oyalari ilgari surilgan konsert dasturlari hamda musiqali dramalari sahna yuzini ko‘rdi.

Xulosa, XX asrning 1-yarmi o‘zbek musiqa san’ati, xususan, astakorlik ijodiyoti tarida

burilish davri bo‘ldi. O’zbek xalq kuylari va mumtoz maqom namunalarining notaga olinishi
hamda nashr etilishi, shuningdek Yevropa musiqasining shakl va janrlari o‘zbek musiqa
muhitiga kirib kelishi orqali yangi musiqiy tafakkur vujudga keldi. To‘xtasin Jalilov, Yunus
Rajabiy kabi ustoz san’atkorlar o‘z bastakorlik maktablariga tamal toshi qo’yib, ular yaratgan
asarlar milliy musiqa merosimizning durdona namunali qatoridan o‘rin oldi.



background image

`

116

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Акбаров И.

Тўхтасин Жалилов.

“Ғофур Ғулом намидаги Адабиёт ва санъат

нашриёти”, Тошкент, 1978.
2.

Олимбоева К., Аҳмедов М.

Ўзбекистон халқ созандалари.

Ўзбекистон ССР Давлат

бадиий адабиёт нашриёти, Тошкент, 1959.
3.

Юнусов Р.

Фахриддин Содиқов.

Тошкент, 2005.

4.

Ғофурбеков T.

Бастакорлик ижодиёти: тарихи, таҳлили, тақдири.

“Muharrir”

нашиёти, Toшкент, 2019.

Библиографические ссылки

Акбаров И. Тўхтасин Жалилов. “Ғофур Ғулом намидаги Адабиёт ва санъат нашриёти”, Тошкент, 1978.

Олимбоева К., Аҳмедов М. Ўзбекистон халқ созандалари. Ўзбекистон ССР Давлат бадиий адабиёт нашриёти, Тошкент, 1959.

Юнусов Р. Фахриддин Содиқов. Тошкент, 2005.

Ғофурбеков T. Бастакорлик ижодиёти: тарихи, таҳлили, тақдири. “Muharrir” нашиёти, Toшкент, 2019.