`
98
YASHIL IQTISODIYOT VA YASHIL ENERGETIKANING BUGUNGI KUNDAGI
AHAMIYATI
Shirinova Shahnoza Abdinabiyevna
Navoiy davlat konchilik va texnologiya universiteti,
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi assistenti
Fayzullayeva Xalima Faxriddinovna
Navoiy davlat konchilik va texnologiya universiteti,
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi assistenti
Amonova Sevinch Xasan qizi
Navoiy davlat konchilik va texnologiya universiteti, 5-23 logistika 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15527294
Annotatsiya:
Mazkur tezisda yashil iqtisodiyot va yashil energetikaning zamonaviy
dunyodagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Bugungi global iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar
va tabiiy resurslarning tugab borayotgani insoniyatni barqaror rivojlanish yo‘llarini izlashga
majbur qilmoqda. Shu nuqtai nazardan yashil iqtisodiyot konsepsiyasi ekologik toza,
resurslarni tejovchi va ijtimoiy jihatdan adolatli iqtisodiy tizim sifatida dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda. Yashil energetika esa bu yo‘nalishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, qayta tiklanuvchi
energiya manbalariga asoslanadi. Tezisda quyosh, shamol, geotermal va boshqa ekologik toza
energiya manbalarining jahon va O‘zbekiston misolida qo‘llanilishi, ularning iqtisodiy va
ekologik foydalari tahlil qilingan. Muallif yashil iqtisodiyot va energetikaning kelajak avlodlar
uchun barqaror muhit yaratishdagi o‘rniga e’tibor qaratgan holda, amaliy tavsiyalar ham ilgari
suradi.
Kalit
so‘zlar
: yashil iqtisodiyot, yashil energetika, qayta tiklanuvchi energiya, ekologik
barqarorlik, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit muhofazasi, quyosh energiyasi,
shamol energiyasi.
Bugungi kunda mamlakatimizda rivojlanish tobora keskin ko‘rsatkichda o‘sib bormoqda,
biroq rivojlanish bilan bir qatorda iqtisodiy muammolar va tabiatga yashab turgan atrof
muhitga zararsiz rivojlanmoqda deya olmaymiz. Mamlakatimiz zimmasida 2030-yilgacha
iqtisodiyotni barqarorlashtirish va atrof muhitni asrash borasida strategiya ishlab chiqilgan va
bu iqtisodiyotni yashillashtirish va ijtimoiy hamda iqtisodiy sohalarni barqaror rivojlanishidagi
muhim va murakkab komponent bo‘lib xizmat qilmoqda. Jamiyat va aholi turmush tarzi
yaxshilanishi iqtisodiy resurslardan unumli va minimal ko‘rsatkichlarda foydalanish bu atrof
muhitga zarar yetkazmasdan rivojlanishning asosiy maqsadi bo’lib xizmat qiladi. biroq bugungi
zamonaviy hayot tarzi, iqtisodiy ne’matlarni haddan tashqari ko‘p sarflash ekologik zarar
keltirmasdan qolmaydi. Yashil iqtisodiyot va yashil energetika bugungi kundagi keskin iqlim
o‘zgarishni oldini oladi va keyingi avlodlar uchun zaxira resurs manbai sifatida strategik
muqobil yo‘nalish hisoblanadi. Mamlakat barqaror rivojlanishi uchun undagi har bir jabha
qaysiki ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa asosiy sohalar birgalikda bosqichma bosqich rivojlanishi
zarur.Mamlakatimizda "yashil iqtisodiyot" asosida barqaror rivojlanishni ta’minlashda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 4 oktyabrda tasdiqlangan "2019-
2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini "yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasi'' muhim
dasturiy amal hisoblanadi. "Yashil iqtisodiyot" ga o‘tishning muhim vazifalari qatoriga
iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona iste'moli
kiradi.Ushbu belgilangan maqsadli indikatorlarga texnologiyalarni modernizatsiya qilish va
`
99
moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali erishiladi. Bugungi rivojlanish davrida
yashayotgan insonlar atrof-muhitga ancha befarq, sababi, zamonaviy hayot va yangi
texnologiyalar insonlarning kundalik yumushlari umuman olgan hayot tarzini
yengillashtirmoqda, biroq jarayon zararsiz amalga oshayotgani yo‘q. Atrof-muhit va tabiiy
energiyaning sarfi ancha ko‘paygan, bu insonlarni o‘rab turgan tabiatga zarar keltiradi va yana
kelajak avlodga zahira resusrslarini yetib borish darajasini pasaytiradi. Umuman olganda, har
bir inson o'z sog‘ligi uchun befarq bo‘lmasligi va ekomadaniyatini shakllantirishi zarur.
Ekomadaniyat- bu insonlarning atrof-mihitga bo'lgan munosabati harakatlari, bilimlari
majmuidir. Ekomadaniyat shakllantirillmasa atrof-muhit, havo, atmosfera ifloslanadi. Oqibatda
insonlar uchun va kelajak avlod uchun bir qancha zararlarni keltirib chiqaradi. Masalan nafas
yo‘li kasalliklari qaysiki, inson hayotiga zarar keltiradigan jiddiy kasalliklar bilan
kasallanganlar soni ko‘payadi va mamlakat aholisining sog‘lik darajasi tushib ketishini
kuzatishimiz mumkin. Bu mamlakat oldida turgan dolzarb muammo ya’ni barqaror rivojlanish
jarayoni bo‘lmasa yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni ham ancha sekinlashadi. Barqaror
rivojlanish- bu jamiyatning iqtisodiy ijtimoiy va ekologik ehtiyojlarini muvozanatli tarzda
qondirishga qaratilgan rivojlanish konsepsiyasi bo‘lib, hozirgi avlodlarning ehtiyojlarini
qondirish imkoniyatlarini xavf ostiga qo‘ymaslikni ta’minlaydi. "Yashil iqtisodiyot"
konsepsiyasining maqsadi barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va investitsiyalar faolligini
oshirish, atrof muhit muhofazasi va ijtimoiy integratsiya sifatini yaxshilash hisoblanadil. Ushbu
maqsadga erishish uchun davlat va xususiy investitsiyalarni barqaror rivojlanishning ekologik
va ijtimoiy omillariga keng miqyosda yo‘naltirish zarur bo‘ladi. Jamiyatda asta-sekinlik bilan
tabiiy resurslarni reaksiya va ilmiy tadqiqot maqsadlari uchun asrab qolish zaruriyati
to‘g‘risidagi g‘oyalar kelajak avlod oldida ekologik ma’suliyatga asoslangan konsepsiyalar
shakllanishiga olib keldi. Ushbu g’oyalarning amaliyotga tatbiqi barqaror rivojlanishni
ta’minlash orqali hal etilishi zarur. Barqaror rivojlanish deyilganda, aholi ehtiyojlarini to’la
qondirish imkoniyatlarini esa xavf ostiga qo‘ymaslikka asoslangan rivojlanish tushuniladi.
Barqaror rivojlanishni "ijtimoiy", "iqtisodiy", "ekologik" uchlikning o’zaro bog’liqlikda
rivojlanishga asoslangan sinergetik samara hisobidan taraqqiy etadigan jarayon sifatida
tasavvur etish mumkin. Barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi iqtisodiy yondashuv cheklangan
resurslardan oqilona foydalanishni nazarda tutadi. Ijtimoiy yondashuv global miqyosda
ijtimoiy barqarorlik ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ekologik yondashuv esa har qanday
ekologik tizimlarning normal faoliyat yuritishini ta’ minlashga xizmat qilishi zarur bo'ladi.
"Yashil iqtisodiyot"ga o‘tish jarayoni har bir mamlakat uchun alohida ahamiyat kasb etib, tabiiy
kapital, inson kapitali va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga kabi xususiyatlarga
bevosita bog‘liq holda ro‘y beradi. Shu sababli, o‘tish jarayoni uchun qulay (huquqiy
infratuzilma, rag‘batlantiruvchi omillar va h.k.) muhit yaratish zarur. Agar milliy darajada
qo‘llanilayotgan rag‘batlantiruvchi omillar, jumladan, investitsiyalar va davlat xaridlari "yashil
iqtisodiyot"ni rivojlantirishga yo‘naltirilsa, iqtisodiy tizimni "yashillashtirish" jarayoni yanada
faollashadi. Yashil energetikaning jahon miqyosidagi o‘rni, mamlakatlardagi tajribalari va
yo‘nalishlari bugungi kunda global darajada barqaror rivojlanishning asosiy yo‘nalishlaridan
biri sifatida yashil energetika e’tirof etilmoqda. Bu soha qayta tiklanadigan energiya
manbalaridan (quyosh, shamol, gidroenergetika, geotermal va biomassa) foydalanishni
anglatadi va atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan. Quyida yashil energetikaning jahon
`
100
miqyosidagi o‘rni, mamlakatlardagi tajribalari va yo‘nalishlari yoritib beriladi. "Energiewende"
(energetika transformatsiyasi) dasturi orqali Germaniya yashil energetikaga faol o‘tmoqda.
Shundan kelib chiqib, bilishimiz mumkinki, Germaniya mamlakatida shamol energiyasiga katta
e’tibor qaratilmoqda.
Daniya: Shamol energetikasi sohasida dunyoda yetakchi davlatlardan biri sifatida o‘rin
olgan. Mamlakat elektr energiyasining katta qismini shamol parklari orqali ishlab chiqiladi.
AQSH: Bu mamlakatda quyosh va shamol energetikasiga yirik investitsiyalarni
kiritilayotganini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Misol sifatida Kaliforniya shtati yashil energetika
sohasida yetakchi bo‘lib, quyosh panellari va energiya saqlash texnika va texnologiyalarini
mamlakat bo‘ylab keng miqyosda joriy etmoqda.
Xitoy: Xitoy mamlakati eng yirik yashil energiya ishlab chiqaruvchisi va investorlaridan
biri ekanligini mamlakatlar orqasida ko‘rishimiz mumkin. Quyosh panellari va shamol
trubinalarini ishlab chiqarishda ham global yetakchilik qiladi.
O‘zbekiston: So‘nggi yillarda O‘zbekistonda quyosh va shamol energetikasini
rivojlantirishga katta e’tbor qaratilmoqda. Hukumat yirik quyosh va shamol elektr
stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirmoqda.
Hindiston: Bu mamlakat dunyoda qayta tiklanadigan energiya sohasida yetakchi bo‘lishni
maqsad qilgan. Masalan quyosh energetikasiga Hindiston katta mablag‘ yo‘naltirmoqda.
Rejashtan shtatidagi Quyosh energetikasi parki dunyodagi yiriklaridan biridir. Xalqaro Quyosh
alyansi (ISA) Hindiston ushbu alyansni tashkil etib, global darajada quyosh energetikasini
rivojlantirishda yetakchilik qilmoqda.
Braziliya: Gidroenergetika sohasida Braziliya elektr energiyasining 60% dan ortig‘ini
gidrelektr stansiyalari orqali ishlab chiqaradi. Bu mamlakatning geografik joylashuvi
gidroenergetika uchun qulaydir. Undan tashqari qand lavlagi shakarqamishdan ishlab
chiqarilgan bioyoqilg‘i Braziliyada transport uchun keng qo‘llaniladi.
Norvegiya: Toza energiya modeli sifatida Norvegiyada elektr energiyasining 95% dan
ortig‘ini gidroelektr stansiyalari orgali ta’ minlanadi. Undan tashqari dunyoda elektr
avtomobillar soni bo‘yicha yetakchi davlatdir va hukumat ushbu sohani subsidiya orqali
rag‘batlantiradi.
Avstraliya: Avstraliya quyosh energiyasini o‘zlashtirish bo‘yicha yetakchi davlatlardan
biri hisoblanadi. Mamlakatning keng bo‘sh hududlari va quyoshli iqlimi quyosh va shamol
energetikasiga katta omkoniyatlar yaratadi. Tesla tomonidan qurilgan dunyodagi eng katta
batareya saqlash tizimi Janubiy Avstraliyada joylashgan.
Har bir mamlakatning yashil energetika sohasidagi tajribalari o‘zining tabiiy, iqtisodiy va
ijtimoiy imkoniyatlariga asoslangan. Ushbu tajribalar xalqaro hamkorlik innovatsion
texnologiyalar orqali butun dunyo bo‘ylab barqaror rivojlanishga katta hissa qo'shmoqda.
Xulosa va takliflar.
Har bir davlat o‘zining tabiiy resurslari va geografik imkoniyatlarini hisobga olgan holda
yashil energetikaga oid milliy strategiyalar ishlab chiqishi lozim. Yashil energetika sohasida
ilmiy tadqiqotlarga sarmoya kiritish, yangi texnologiyalarni rivojlantirish va ular ishlab
chiqarilishini rag‘batlantirish zarur. Yashil energetika loyihalariga investitsiyalarni jalb qilish
uchun davlat-xususiy sheriklik modellarini keng qo‘llash. Xalqaro tashkilotlar, jumladan,
Xalqaro Energetika Agentligi (IEA), Xalqaro Quyosh Alyansi (ISA) va BMTning Barqaror
`
101
rivojlanish dasturlari doirasida yanada yaqin hamkorlik qilish. Kam rivojlangan davlatlarga
yashil energetikaga o'tishda texnik va moliyaviy ko‘mak ko'rsatish. Qayta tiklanadigan energiya
manbalarining ahamiyati haqida tushuntirish, ularni yashil texnologiyalardan foydalanishga
rag‘batlantirish.
Yashil energetika bugungi kunda jahon migyosida iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va
barqaror rivojlanishni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qayta tiklanadigan
energiya manbalaridan foydalanish atmosferaga zararli chiqindilarni kamaytirib, global isishni
sekinlashtiradi, energiya xavfsizligini ta’minlaydi va iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi. Ko'plab
mamlakatlar bu yo'nalishda muhim yutuqlarga erishmoqda. Masalan, Germaniya va Daniya
shamol energetikasida, Hindiston quyosh energiyasida, Norvegiya gidroenergetika va elektr
transport sohasida yetakchi. Bunda har bir mamlakat o'zining tabiiy, iqtisodiy va texnologik
imkoniyatlariga mos yondashuvni qo‘llagan.
Mamlakatlarning bu boradagi muvaffaqiyatlari ko‘rsatadiki, yashil energetikani
rivojlantirish uchun strategik rejalashtirish, texnologik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va
moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirish zarur. Xalqaro hamkorlik va tajriba almashish, kam
rivojlangan davlatlarga texnik va moliyaviy yordam ko'rsatish orqali global darajada yashil
energetikaga o‘tishni jadallashtirish mumkin.
Bundan tashqari, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish, xususiy sektorni
investitsiyalar kiritishga rag‘batlantirish va energiya samaradorligini oshirish muhim
yo‘nalishlardir. Ta’lim tizimida yashil energetika sohasida mutaxassislar tayyorlashga alohida
e’tibor qaratish lozim. Xulosa qilib aytganda, yashil energetikaga o‘tish - nafaqat ekologik
zarurat, balki iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning asosiy yo‘nalishidir. Bu borada
har bir davlat o'z imkoniyatlarini to‘liq safarbar qilishi, global hamkorlikni rivojlantirishi va
texnologik yutuqlardan samarali foydalanishi kerak. Faqat shunda kelajak avlodlar uchun toza
va xavfsiz muhit yaratish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Yashil energetika global miqyosda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, energiya
xavfsizligini ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu yo‘nalishda har bir davlatning o'ziga xos tajribasi mavjud bolib, ular umumiy maqsadga -
qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanish orqali barqaror rivojlanishga
erishishga xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
1.Vaxobov Abduraxim Vasikovich, Xajibakiyev Shuxrat Xo‘jayorovich "YASHIL
IQTISODIYOT" Toshkent
2.
Nazarov, Q. (2021). Yashil iqtisodiyot: Nazariya va amaliyot. Samarqand: SamDU
nashriyoti.
3.
United Nations Environment Programme (UNEP). (2011). Towards a Green Economy:
Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradication.
4.
OECD. (2020). Green Growth and Sustainable Development. www.oecd.org
5.
Hasanov, B. (2023). “O‘zbekistonda yashil energetikaning rivojlanish istiqbollari”,
`
102
Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar jurnali, №2, 45–51-betlar.
6.
World Bank. (2022). Green Energy for a Sustainable Future. www.worldbank.org
7.
Islamov, M. (2020). Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror rivojlanish.
Toshkent: TATU nashriyoti.