`
46
ABU ALI IBN SINONING ANTROPOLOGIK VA GNOSEOLOGIK QARASHLARI
Nurova Shoxida Naimovna
Buxoro ZARMED universiteti f.f.f.d (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15561814
Annotatsiya:
Mazkur maqolada qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning hayoti yo’li ilm yo’lida
chekkan zahmatlari ,insonlarni fan va madaniyat, bilim va ma’rifat o‘chog‘ini yoqishga, ilm
yo‘lida og‘ishmay kamolot hosil qilishga, har bir masalaga ilmiy, aqliy yondashishga, rostgo‘y
vijdonli bo‘lishga-xullas, insoniylikning eng yaxshi xislatlarini o‘zida aks ettirib,
mujassamlantirishga, inson degan ulug‘ nomni yanada yuqori ko’tarishga chaqirilganligi tahlil
etilgan.
Kalit so`zlar:
Abu Ali ibn Sino, Shayx ur rais, ma`naviyat, ma`rifat, ma’rifatparvar, inson,
ta’lim- tarbiya, ma`naviy yetuklik.
Shayx ur rais-donishmandlar ustozi nomi bilan shuhrat qozongan tabib, shoir, qomusiy
bilim egasi Abu Ali Husayn ibni Abdulloh ibni Hasan ibni Sino 980 yili Buxoro yaqinidagi
Afshona qishlog‘ida tug‘iladi. Otasi Abdullo asli balxlik bo‘lib, Somoniy hukmdorlar
mahkamasida xizmatchi bo‘lgan, onasi Sitora esa Afshonalik edi. Ibn Sino 5 yoshga kirgach ,
bolani o‘qitish uchun oila Buxoroga ko‘chib boradi. Avval xususiy muallimdan-Abu Abdullo
Notiliy va Ismoil Zohidlardan mantiq asoslarini, riyoziyot, falsafa, fiqh-dinshunoslikni
mukammal o‘rganadi, keyin madrasada ta’lim olgan Ibn Sino o‘tkir zehni, favqulodda qobiliyati
bilan alohida ajralib turadi. U qunt bilan mustaqil mutolaaga beriladi.
Ibn Sino o‘z qo‘li bilan yozgan tarjimai holida ilm o‘rganish borasida chekkan zahmatlarini
quyidagicha bayon etadi:
“
Keyin yana bir yarim yil ilm va mutolaaga berildim. Mantiq va
falsafaning barcha qismlarini qaytadan o‘qib chiqsim. O‘sha kezlarda men kechalari kam uxlab,
kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug‘ullanmas edim. Agar bir oz uyquga ketsam
tushimda ham o‘ngimdagi o‘sha masalalarni ko‘rardim, ko‘p masalalar yechimi tushimda ayon
bo‘lardi. Ana shu zaylda hamma ilmlarni mustahkam egallab oldim va ulardan inson imkoniyati
darajasida xabardor bo‘ldim”.
U haqiqiy ma’rifatparvar sifatida inson ahl-zakovatining har tomonlama rivojlanishga,
tabiat sirlari va haqiqatni bilish mumkinligiga ishongan edi. Ana shuning uchun ham olim
odamlarni bir-biri bilan do‘st-inoq bo‘lib yashashga chaqiradi. Insonlar bir-biri bilan sofdil,
samimiy bo‘lsa, bir yoqadan bosh chiqarsa har qanday mushkulliklar osonlashishiga,
qiyinchiliklarga barham berishga chaqiradi.
Ibn Sino chin ma’rifatparvar edi. U insonlarni fan va madaniyat, bilim va ma’rifat o‘chog‘ini
yoqishga, ilm yo‘lida og‘ishmay kamolot hosil qilishga, har bir masalaga ilmiy, aqliy
yondashishga, rostgo‘y vijdonli bo‘lishga-xullas, insoniylikning eng yaxshi xislatlarini o‘zida aks
ettirib, mujassamlantirishga, inson degan ulug‘ nomni yanada yuqori kutarishga chaqiradi.
“Johilligi va ahmoqligi tufayli o‘zini dunyoda dono deb biladigan bu ikki uch nodonlar bilan
munosabatda bo‘lganingda, sen o‘zingni eshak deb hisobla, chunki dunyoda yashayotgan har
bir kishi o‘zini eshak deb hisoblamasa, eshakligi haddidan oshib ketgan bu gurung uni kofirga
chiqaradi1 . Ibn Sino mustaqil mutolaa bilan shug‘ullanib, matematikani, astronomiyani,
fizikani, arab va fors tillarini puxta bilib oladi. Mashhur tabib Abu Mansur Kamariydan ilmi tibni
o‘rganadi. O‘n yetti yasharligida Ibn Sino atoqli olim va tabib sifatida dong chiqaradi. Qo‘shnisi
`
47
Abulhasan Aruztoga turli bilimlarni o‘rgatishga yordam beradigan “al-Majmu” (“To‘plam”)
risolasini, Abu Bakr Baraqiyga yigirma jild keladigan “Saxovat va jinoyat haqida kitob”
qo‘llanmalarini yozib beradi. Buxoro amiri Nuh ibni Mansurning oshqozon kasalini davolashga
muvaffaq bo‘ladi. Afsuski, yuqoridagi kitoblarning dastxati o‘sha odamlar qo‘lida qolib, yo‘qolib
ketgan yoki hali topilmagan.
Abu Ali ibn Sino oilasiz edi . Uning butun hayoti kitoblar bilan o‘tdi, insonni kasalliklardan
qutultirish haqida o‘yladi va mehnat qildi, shogirdlar yetishtirdi. Juzjoniydan tashqari, uning
shogirdlaridan Abu Nasr Isfahoniy-matematik va muzikashunos (1057 yilda vafot etgan),
Abulqosim Abdurahmon-tabib, faylasuf (1068 yilda vafot etgan), Abul-Husayn Ahmad-olim,
shoir va boshqalarning nomi mashhurdir. Manbalarning guvohlik berishicha, Ibn Sino jismoniy
jihatdan juda baquvvat bo‘lgan. Vazirlik Ibn Sinoning ko‘p vaqtini olgan bo‘lsa-da, u to‘xtovsiz
ijod etar va nihoyatda tez yozar edi. U kitoblar, manbalarga ko‘pincha murojaat qiloolar edi,
undagi xotira shunchalik kuchli ediki, qachonlardir mutolaa qilgan kitoblarini yoddan to‘la bilar
edi. Kechalari uxlamay o‘zining ilmiy qarashlarini bayon etar, shogirdlarp, olimlar bilan
suhbatlar, bahslar o‘tkazar edi. Juzjoniyning xabar berishicha, Gurgonda Abu Muhammad ash-
Sheroziy degan kishi ilmlarni juda sevar edi va u Ibn Sino uchun qo‘shnisining uyini sotib olib,
uni o‘sha yerga joylashtirgan. “Men, - deydi Juzjoniy, - har kuni ustozning oldiga borib turardim
va “al-Majastiy” kitobini o‘qir edim. Men u kishidan mantiqni aytib tursangiz, men qog‘ozga
tushirsam degan edim, u kishi “al-Muxtasaral-avsat fi1l-mantiq” (“O‘rtacha qisqa mantiq”)ni
aytib turdi, men yozib oldim.
Abu Ali ibn Sino 1014 yili Ray viloyatiga borib, shu viloyat hokimasi Sayida saroyida tabib
bo‘lib xizmat qiladi. So‘ngra Qazvin va Hamadon shaharlariga boradi. Hamadonda u yirik olim,
mutafakkir va mohir tabib sifatida katta obro‘ qozonadi va shuning uchun ham u saroy tabibi
va vaziri etib tayinlanadi. Hamadonda u 9 yil yashaydi.
Aslini olganda, Abu Ali ibn Sino vazirlik lavozimida turgan chog‘larida davlatni adolatli
boshqarish masalalariga bag‘ishlab bir necha ijtimoiy-siyosiy risolalar yozgan. Bu risolalarda u
o‘zining ilg‘or fikrlarini bayon etgan. Ammo bu fikrlar hukmron doiralarga, chunonchi, reaksion
ruhoniylar va oliy darajadagi harbiy zodagonlar fikriga, harakatiga, manfaatiga tamomila zid
bo‘lgan.
Abu Ali ibn Sino o‘zining “Nimani o‘qitish lozim”1 risolasida quyidagilarni yozadi,
Avvalambor (o‘quvchilarga) Qur’oni Karim o‘rganishlari, din tushunchalarini talqin qilishlari
va til qoidalari usulidan ta’lim kerak. Qur’oni Karimni o‘rganib, uni yod olib, til qoidalarini,
fikrlashni bilganlaridan so‘ng yashash tarzi uslubi va mablag‘ topish uchun qanday huquqlar va
san’at o‘rganishni va uning sohalari qoidalari va usulidan ta’lim olishni xohlaydilar. San’atni
o‘rgatmoqchi bo‘lgan ustoz har bir shogirdiga qandaydir bir san’atni o‘rgata olishini bilishi
kerak. Balki, har qaysi shogird ma’lum bir san’atni o‘rganish va qo‘lga kiritishda iqgidorga va
shavqu zavqqa egadir. Ta’lim va tarbiya kutilgan natija bermasa ham, har bir kishiga uning
iste’dodi va intilishiga qarab, (muayyan) san’atni o‘rganish kerak bo‘ladi.
Ibn Sino o‘zining ko‘p qirrali ijodida fanning turli tarmoqlarini qamrab oldi. Bu esa
dunyoni yaxpshroq tushunishga inson va uning tabiatiga yana ham chuqurroq kirib borishga
imkon berdi. U o‘z hayotida adolatsizliklarni, darbadarlikni ko‘rdi, har xil tabaqa-kishilar bilan
munosabatda bo‘ldi. O‘rta asr sharoitlarida, ayniqsa Ibn Sinodek bir joyda qat’iy qo‘nim
topolmay o‘lkama-o‘lka, shaharma-shahar tentirab yurgan holda bunday keng bir fikrga ega
`
48
bo‘lish ancha mushkul bir hol edi. Olimning bunday shuhratga olib borgan sabablardan yana
biri ham shu ediki, u o‘z davrining eng ilg‘or g‘oyalariga ergashib, bu g‘oyalarni o‘z fikri va
xulosalar bilan yanada boyitdi. Shu tariqa bu buyuk mutafakkir o‘zining olijanob burchini
bajardi, insonlararo gumanistik fikr va g‘oyalar tarqatdi, o‘zi esa insoniyat oldida tolmas
ma’rifatparvar sifatida tarixda qoldi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Абдулла Авлоний Туркий гулистон ѐхуд ахлоқ. Тошкент: 2008.-Б.25.
2.
Жалолиддин Нуриддинов. Одоб инсон кўрки. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги
нашриѐт матбаа уйи. 2017.-Б.164.
3.
Ўзбек тилининг изоҩли луғати. Тошкент: ЎМЭ .2006. Б.346.
4.
Фитрат.Бедил.Тошкент: А Қодирий номидаги нашриѐт. 1996.Б.48