Авторы

  • Baxromjon Daminov
    A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti mustaqil tadqiqotchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.103479

Ключевые слова:

pedagogika inson kapitali innovatsiya ta’lim tizimi rivojlanish kreativlik.

Аннотация

Ushbu maqola nutq faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lgan tinglab tushunish haqida. Unda tinglab tushunishning psixofiziologik mexanizmlari, xususan, idrok qilish, eshitish xotirasi, ichda gapirish, solishtirish, antitsipatsiya va mantiqan tushunish jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, tinglab tushunish malakasini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar, o‘qitish metodikasi, mashqlar tizimi va audiovizual vositalardan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tinglab tushunish chet tilini o‘rganishda muhim amaliy mahorat bo‘lib, uni rivojlantirish uchun kompleks mashqlar tizimi va interaktiv usullardan foydalanish tavsiya etiladi.


background image

7

ARAB TILINI O‘RGANAYOTGAN TALABALARNING TINGLAB TUSHUNISH

KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Daminov Baxromjon Zakirdjanovich

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti mustaqil tadqiqotchisi,

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi arab tili va adabiyoti

al-Azhar kafedrasi katta o‘qituvchisi

dbaha167@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15597819

Annotatsiya:

Ushbu maqola nutq faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lgan tinglab

tushunish haqida. Unda tinglab tushunishning psixofiziologik mexanizmlari, xususan, idrok
qilish, eshitish xotirasi, ichda gapirish, solishtirish, antitsipatsiya va mantiqan tushunish
jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, tinglab tushunish malakasini rivojlantirishga ta’sir
qiluvchi omillar, o‘qitish metodikasi, mashqlar tizimi va audiovizual vositalardan
foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tinglab tushunish chet tilini o‘rganishda muhim
amaliy mahorat bo‘lib, uni rivojlantirish uchun kompleks mashqlar tizimi va interaktiv
usullardan foydalanish tavsiya etiladi.

Kalit so‘z:

pedagogika, inson kapitali, innovatsiya, ta’lim tizimi, rivojlanish, kreativlik.

IMPROVİNG THE METHODOLOGY FOR DEVELOPİNG LİSTENİNG

COMPREHENSİON SKİLLS İN STUDENTS LEARNİNG ARABİC

Daminov Bahromjon Zakirdjanovich

Independent Researcher at the A. Avloni National Research Institute,

Senior Lecturer at the Al-Azhar Department of Arabic Language and Literature of the

International Islamic Studies Academy of Uzbekistan dbaha167@gmail.com

Abstract:

The article discusses the psychophysiological mechanisms of listening

comprehension, which is one of the main types of speech activity. It emphasizes that listening
comprehension is closely connected with both emotional and logical aspects of cognition. The
mechanisms of listening comprehension, such as perception, auditory memory, and internal
speech, are analyzed in detail. The importance of prediction (anticipation) and logical
understanding in processing audio material is highlighted. The article also mentions that
effective listening comprehension skills are formed and improved through targeted exercises
in foreign language learning. The author concludes that listening comprehension should be
integrated with speaking and reading activities to develop well-rounded language proficiency.

Key words:

pedagogy, human capital, innovation, education system, development,

creativity.

Nutq faoliyatining asosiy turlaridan sanalmish tinglab tushunish ham bilishga intilishdir.

Har qanday bilish jarayonining esa hissiy va mantiqiy tomonlari mavjud. Tinglab tushunishda
mazkur sifatlar uzviy bog‘liq holda amal qiladi. Tinglab tushunishning mexanizmlari mazmuni
fanda yetarlicha o‘rganilgan.

Birinchi mexanizmni ruhshunoslar nutqni idrok etish, deb nomlaganlar. Bunda muayyan

sezgilar qo‘zg‘alishi nazarda tutiladi. Begona tilni bilmagan kishi uni nafaqat tushunmaydi, balki
bu tildagi nutqni eshitish qobiliyati ham unda yo‘q bo‘ladi.


background image

8

Ushbu mexanizm eshitish xotirasi mexanizmi bilan chambarchas bog‘liq. Idrok qilish

chog‘ida nutqiy parchani yodda saqlash audiomatnni tushuna olish imkonini yaratadi.

Ichda gapirish mexanizmi faoliyatiga ko‘ra audiomatnni idrok etish paytida nutq-harakat

analizatori ishlaydi. Tushunish darajasi tinglanayotgan nutqni ichki nutqda takrorlashga
bevosita bog‘liq. Odam eshitayotganini ichida taqlid yo‘li bilan qaytarib turadi. Audiomatnning
notanish yoki qiyinroq joylari ichda aytib turiladi, til materiali puxta o‘zlashtirilgan bo‘lsa, ichda
takrorlash xajmi kamroq bo‘ladi. Binobarin, gapirish va tinglab tushunishni birga qo‘shib
o‘rganish tavsiya etiladi.

Eshitish sezgisiga kelayotgan signallarni xotirada qoliplangan andozada solishtirish

mexanizmi. Solishtirish shaxsning avvalgi tajribasiga, uning sezgi va hissiyotiga qarab to‘g‘ri-
noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Ta’lim oluvchi tajribasi deganda, eshitish va nutq harakat sezgilari
miyada hosil qilgan narsalar tushuniladi. Solishtirish natijasida tanib olishga muvaffaq
bo‘linadi. Eshituvdan qolgan iz mustahkam bo‘lsa, tanib olish mexanizmi (solishtirish va bilib
olish mexanizmi deyilgani afzalroq) faolroq amal qiladi. Ta’kidlash joizki, eshitilayotgan
hodisaning to‘liq aksi miyada saqlanmaydi yoki tiklanmaydi, uning izi tushadi, xolos.

Navbatdagi mexanizmning nomi antitsipatsiya deb ataladi. Soddaroq qilib, oldindan

fahmlash deyish ma’qul. Bu mexanizm ishga tushganda, audiomatnning tuzilishi (jumlalar yoki
so‘zlar shakli)ni yoki uning mazmunini oldindan bilib olish imkoniyati yaratiladi Yana bir
mexanizm audiomatnni mantiqan tushunish deyiladi. Miya faoliyatining analitik-sintetik amali
asosida va boshqa imkoniyatlar doirasida anglash, ya’ni mantiqan tushunish ro‘y beradi.

Mazkur mexanizmlarni shakl toptirish oqibatida o‘quvchilarning tinglab tushunish

malakasi hosil qilinadi. Tinglab tushunish malakasi arab tilida zaruriy mashqlarni bajarish
tufayligina shakllanadi va rivojlanadi.

Ta’rif-tavsif etilgan tinglab tushunishning psixofiziologik mexanizmlari tahlil uchungina

ayrim nomlar bilan ataladi. Nutq faoliyatida esa ular yaxlitlikda namoyon bo‘ladi.

Yuqorida qayd etilganidek, tinglab tushunishni o‘rgatishga maxsus vaqt ajratiladi va

muayyan mashqlar bajariladi. Chet tilini o‘rgatishning birinchi soatidan boshlab, to o‘quvchi
o‘quv yurti tugatgunga qadar tinglab tushunishni o‘rgatishga e’tibor qaratiladi.

O‘quv dasturining og‘zaki nutq qismidan joy olgan umumiy talablardan tashqari faqat

tinglab tushunish uchungina mo‘ljallangan jumlalar ro‘yxati ham keltiriladi. Bular o‘quvchilar
faqat o‘qituvchini tinglaganda bilib olishga beriladigan jumlalar ekanligini eslatib o‘tish joizdir.
Gapirish va o‘qishda o‘zlashtiriladigan leksik va grammatik materialni tinglab tushunishga ham
oidligi muallimlarga ayon.

Ta’lim oluvchilarga tinglash uchun namuna bo‘lmish muallim nutqi katta ahamiyatga

molik. Darsni chet tilda olib borishning metodik qoidalariga rioya qilish zarurdir. Gapirish va
o‘qish materialini tinglab tushunish yordamida mustahkamlash hamda takrorlash ushbu nutq
faoliyati turini ta’lim vositasi maqomiga kiritadi (Л., 2007)

1

.

Dars boshlanishidagi chet til sun’iy muhitini yaratishga mo‘ljallangan mashqlarning ko‘p

qismi tinglab tushunish bo‘yicha bajariladi. Darsning asosiy qismi va yakunida ham tinglab
tushunish mashqlari muhim ahamiyat kasb qiladi.

1

Бим И. Л. Методика обучения иностранным языкам как наука и теория школьного учебника. – М.: Русскиy

язык, 2007. – 288 с.


background image

9

Boshqa nutq faoliyati turlaridan farqli o‘laroq, tinglab tushunish chet tili o‘rgatish

davomida ta’lim maqsadi va vositasi tarzida o‘rganiladi. Maqsad sifatida uning amaliy
o‘rganilishi chet tilida axborot olishni bildiradi. Barcha og‘zaki nutq va o‘qish mavzulari
qamrovidagi mazmun tinglab tushunish orqali o‘zlashtiriladi. Gapiriladigan va o‘qiladigan
paytda o‘zlashtirilgan axborot tinglab tushunish uchun ham taalluqli.

Ta’lim vositasi sifatida esa, tinglab tushunishning til materiali (leksika, grammatika,

talaffuz birliklari) ni o‘rganishda qo‘llash nazarda tutiladi. Yangi tinglab tushunish uch bosqichli
jarayon bo‘lib, umumiy eshituv idroki (akustik appersepsiya), so‘zlarning tovush tomonini
(fonematik) farqlash va mohiyatini anglash orqasida nutqdagi mazmun idrok etiladi, bilib
olinadi va tushuniladi.

Mazkur mexanizmlarni shakl toptirish oqibatida o‘rganuvchilarning til o‘rganish

jarayonida tinglab tushunish malakasi hosil qilinadi. Tinglab tushunish malakasi arab tilida
zaruriy mashqlarni bajarish sababli shakllanadi va rivojlanadi. Tinglab tushunish
muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun quyidagi uch omil nazarda tutiladi. Tinglovchining o‘ziga
bog‘liqlik (xususan, eshitish malakasining rivojlanganligi, xotirasi, diqqati kabi xususiyatlari),
tinglash shart-sharoiti (nutq tezligi, til materialining hajmi hamda shakli) va shu bilan
birgalikda qo‘llangan materialining lingvistik jihatlari hisobga olinadi.

O‘qituvchi talabaning idrok qila olish qobiliyatini bilishi zarur. Psixologlarning ta’biricha,

materialni, nutqni idrok qilish, tushunish xotirada puxta saqlanishning garovidir. O‘qituvchi
o‘rgatayotgan materialini, nutqini doim o‘quvchi, talaba ongli tushunsin, anglasin. Buning
uchun esa doim o‘qituvchi izlanishda bo‘lishi, vositalar topa bilishi, ularni qo‘llay olish, idrok
qilgan, qilaolmaganlarini tekshirib turishi zarur. Idrok qilinmagan nutq, material o‘quvchining
yodida, esida puxta saqlanmaydi. R.A.Zaripovaning fikricha, “Idrok sezgi organlariga ta’sir
ko‘rsatib turgan narsa va hodisalarning inson ongida aks ettirilishlaridir” (Р.А., 2006). Chet
tillarni o‘rgatishda biz sodda va murakkab idroklarga duch kelamiz. Sodda idrokka til
materialini idrok etishni, murakkab idrokka esa tovushli yoki yozuvda ifodalangan matnlarni
idrok etishni kiritish lozim.

Shuni ta’kidlash joizki, tinglovchi hech bo‘lmaganda ma’ruzachi singari shu jarayonda

ishtirok etishi, suhbatni tinglashi va uni idrok etishi kerak. To‘liq ishtirok etishning ushbu
jarayonini tavsiflash uchun “faol tinglash” iborasi ishlatiladi.

Idrokning asosiy xususiyatlari shuki, ular o‘tmish tajribaga bog‘langan bo‘lib, faol va

tanlab oluvchanlik xarakteriga egadir. Mana shu xususiyatlar chet tillarni o‘qitishga taalluqlidir.

Ta’limda onglilik va faollik tamoyili o‘qitish, ta’lim berish, tarbiyalash maqsadlari va

vazifalaridan, talabalar tarbiyalanayotgan hamda til o‘rganayotgan bilim yurtida materialga
ongli va ijodiy yondashishdan, hamda o‘quv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqadi. Bu tamoyil o‘rganilayotgan hodisalarni maqsadga yo‘nalgan holda idrok qilishda,
ularni tushunishda, ijodiy ravishda qayta ishlab chiqish va qo‘llashda o‘z ifodasini topadi.

Onglilik didaktikaning muhim tamoyili sifatida til va nutq hodisalarning mohiyatini

aniqlashda, ularning sabab aloqalarini ochishda til birligi, shakllari, mazmuni, ularning borliqqa
bo‘lgan munosabatlarini tushunib yetishni talab qiladi. Onglilik tamoyilining tatbiqi
o‘quvchilarning aqliy faoliyatiga suyanishga, ular tomonidan analiz va sintez qilishdan,
qiyoslash va qarama-qarshi qo‘yishdan foydalanishga to‘g‘ri xulosalar qilish va bilimlarni
amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishga asoslanadi. Til hodisalarning vazifasini
tushunish til va nutq mexanizmlarini tezroq shakllanishiga yordam beradi.


background image

10

Arab tilini o‘qitishdagi faollik talabalarda arab tilida nutq harakatlarini amalga oshirish

uchun zarur bo‘lgan diqqat, tafakkur, xotira va irodani rivojlantirish degan ma’noni bildiradi.
Faollikning asosiy manbalari maqsadlar, sabablar, xohishlar va qiziqishlar hisoblanadi.

Talaba, o‘quvchilar faolligini boshqarish nutq faoliyatining retseptiv, reproduktiv va

produktiv turlariga, talaba va o‘qituvchi nutqiga, talabalarni javob berishga tayyor bo‘lishlarida,
Talabalarning matn mazmunini oldindan aniqlash uchun so‘zlar, so‘z birikmalari ma’nolarini
fahmlab olishdagi ko‘nikmalarni tarkib toptirishda, vaqtni to‘g‘ri taqsimlashda namoyon
bo‘ladi. Ko‘rgazmalilik tamoyili ma’lum materialni o‘rganishda, xotirada jonlantirishda, tashqi
dunyoni bilishda ko‘rgazmadan foydalanishga asoslanadi.

Tinglash qobiliyatlarini o‘rgatishning samarali, zamonaviy usullari bilan bir qatorda

interaktiv mashqlar hamda multimedia manbalari mavjud. Tinglash qobiliyatlari yakuniy
mahsulotga emas, balki ko‘proq o‘quv jarayoniga yo‘naltirilgan oddiy, qiziqarli mashg‘ulotlar
orqali samarali o‘rganiladi.

Til o‘qitish jarayonida tinglash qobiliyatlarini kuchaytirishning samarali usullaridan biri

bu o‘zaro intervyular tashkil etishdir. O‘rganuvchilar ikki yoki uch kishilik kichik guruhlarga
tayinlangan holda ma’lum bir tinglash jarayonini tashkil etishi mumkin. O‘zaro aloqa qilish
orqali tinglash qobiliyatini rivojlantirishga imkoniyat beradi. Bundan tashqari kattaroq guruh
faoliyati ham tinglovchilarga tinglash qobiliyatlarini o‘rgatish uchun foydali usul bo‘lib xizmat
qiladi.

Talabalar hamma narsaga ahamiyat bermaydilar; ular vazifaning maqsadiga muvofiq

tanlab tinglaydilar. Bu o‘z navbatida, talab qilinadigan tinglash turini va tinglovchilarning
vazifaga qanday yaqinlashishini aniqlaydi (J.C., 2000).

Hozirgacha mashqlar tizimi uning tarkibiy qismlari, mashqlar tizimining tasnifi borasida

bir qancha lingvistik, psixolingvistik, didaktik va pedagogik tadqiqot ishlari olib borilgan: (1)
chet til o‘qitish metodikasida barcha mashqlarni lingvistik nuqtai nazardan til va nutq
mashqlari nomi bilan yuritib kelinadi (Миролюбов А. А., 2004); (2) psixolingvistik nuqtai
nazardan mashqlar: a) informatsion – bilim o‘rgatadigan; b) operatsion – til materialini
o‘rgatish orqali ko‘nikmani shakllantiradigan; v) motivatsion – nutqiy malaka hosil qilish uchun
bajariladigan guruhlarga ajratiladi (А., 1990); (3) shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va
takomillashtiruvchi mashqlar (Ж., 2012) (4) fonetik-orfografik, grammatik bilan ishlash
ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishga qaratilgan mashqlar (Н., 2021).

Ba’zi metodist olimlar fikriga ko‘ra «mashq ta’lim oluvchilarga mexanik jarayon sifatida

emas, aksincha, muammoli vaziyat sifatida taqdim etilishi lozim» (А.А., 2009). Mashqlar tizimli
ravishda osondan qiyinga, oddiydan murakkabga, bilimdan malakani shakllantiruvchi
vaziyatda taqdim etilsa, o‘quv fani oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish mumkin. Sababi, bugungi
kun talabi o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini real vaziyatda qo‘llay olishi
kerak.

Bizningcha, yuqoridagi olimlarning bergan mashqlar tizimiga asoslangan holda tadqiqot

ishimiz doirasida o‘zimizning tizimimizni taqdim etishni lozim topdik (2.3.1-jadvalga qarang).

2.3.1-jadval
Audiovizual vositalar asosida tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish tizimi

Bosqichlar

Mashq va topshiriqlar

Metodikalar

Exploration

(ko‘rib chiqishdan oldin)

Audiovizual materialning mavzusi

bilan tanishish; tanlangan

Blis-so‘rov,

Aqliy hujum


background image

11

Informativ mashqlar

(eshituv idroki)

audiovizual materialga doir qisqa

savol-javob; yangi so‘z va iboralarni

aniqlash; so‘zlarni va so‘z

birikmalarini tematik guruhlarga

birlashtirish.

Elaboration

(matnni tinglash; agar

zarurat bo‘lsa, takroriy

tingalash yoki ko‘rish)

Harakat va imo-ishoralardan

Foydalanib fikrni tushunarli

ifodalash; kuzatish va tahlil jarayoni

Video

topishmoq

strategiyasi

Reproduktiv mashqlar

(so‘zlarning tovush

tomonini fonematik

farqlash va mohiyatini

anglash orqasida nutqdagi

mazmun idrok etiladi)

Conformation-reflection

(tinglashdan keyin)

Muhokama jarayoni, bahs-

munozara,

savol-javob, hamkorlikda ishlash;

o‘yinlar orqali real kommunikativ

vaziyatni yaratish.

Munozara,

debat, suhbat

Produktiv mashqlar

(bilib

olinadi

va

nihoyat

tushuniladi)

Audiovizual matn bilan ishlashning quyidagi to‘rt bosqichlari tavsiya etiladi: (1)

eshituvdan oldi tayyorlov mashqlarida; (2) matnni tinglash, agar zarurat bo‘lsa, takroriy
tingalash yoki ko‘rish; (3) so‘zlarning tovush tomonini fonematik farqlash va mohiyatini
anglash orqasida nutqdagi mazmun idrok etiladi; (4) matnni eshitishdan keyingi bosqich: (5)
tayyorlanmagan nutqni rivojlantirish - bilib olinadi va nihoyat tushuniladi.

Arab tili mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan filolog talabalarning nutq faoliyatining

barcha turlarini mukammal egallashlari ularning kasbiy kompetentligi uchun juda muhim. Shu
bois filologik oliy ta’lim muassasalarda til mashg‘ulotlari shunday tashkil etilishi kerakki, dars
jarayonida har bir talaba asliyatda berilgan matnlarni tinglab tushunsin. Filolog-talabalar
malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun arab tili darslarida audivizual vositalardan
foydalanib metakognitiv strategiyalarga asoslangan tinglab tushunish ko‘nikmasini
rivojlantirish tizimining kiritilishi maqsadga muvofiq.


References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Л., Б. И. (2007).

Методика обучения иностранным языкам как наука и теория

школьного учебника.

Москва.

2.

Р.А., З. (2006).

Ўзбек ўрта мактабларида чет тилини ўқитиш методикасининг асоий

йўналишлари. .

Тошкент .

3.

J.C., R. (2000).

The Language Teaching Matrix .

New York, USA: Cambridge University


background image

12

Press.
4.

Миролюбов А. А., Р. И. ( 2004).

Ўрта мактабда чет тиллар ўқитишнинг умумий

методикаси.

Тошкент.

5.

А., Б. В. (1990).

Устная речь как процесс и предмет обучения // Очерки методики

обучения устной речи на иностранных языках.

Киев: КГУ.

6.

Н., Щ. А. (2021).

История методов обучения иностранным языкам в схемах и

таблицах.

Москва, Россия.

7.

А.А., Л. (2009).

Язык, речь, речевая деятельность.

Москва: Просвеще ние.

8.

Jalolov J. Chet til o‘qitish metodikasi: chet tillar oliy o‘quv yurtlari (fakultetlari) talabalari

uchun darslik / J.J. Jalolov. — Toshkent: O‘qituvchi, 2012.

9.

Даминов Б. З. (2023). Особенности использования педагогических технологий в

обучении арабскому языку. Педагогика и психология в современном мире:
теоретические и практические исследования, 2(15), 31–33. Извлечено от https://www.in-
academy.uz/index.php/zdpp/article/view/24788
10.

Daminov Bakhromjon. (2023). Listening and understanding the speech in learning a

foreign language. Academia science repository, 4(5), 355–361. Retrieved from
https://academiascience.com/index.php/repo/article/view/688

Библиографические ссылки

Л., Б. И. (2007). Методика обучения иностранным языкам как наука и теория школьного учебника. Москва.

Р.А., З. (2006). Ўзбек ўрта мактабларида чет тилини ўқитиш методикасининг асоий йўналишлари. . Тошкент .

J.C., R. (2000). The Language Teaching Matrix . New York, USA: Cambridge University Press.

Миролюбов А. А., Р. И. ( 2004). Ўрта мактабда чет тиллар ўқитишнинг умумий методикаси. Тошкент.

А., Б. В. (1990). Устная речь как процесс и предмет обучения // Очерки методики обучения устной речи на иностранных языках. Киев: КГУ.

Н., Щ. А. (2021). История методов обучения иностранным языкам в схемах и таблицах. Москва, Россия.

А.А., Л. (2009). Язык, речь, речевая деятельность. Москва: Просвеще ние.

Jalolov J. Chet til o‘qitish metodikasi: chet tillar oliy o‘quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik / J.J. Jalolov. — Toshkent: O‘qituvchi, 2012.

Даминов Б. З. (2023). Особенности использования педагогических технологий в обучении арабскому языку. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 2(15), 31–33. Извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/24788

Daminov Bakhromjon. (2023). Listening and understanding the speech in learning a foreign language. Academia science repository, 4(5), 355–361. Retrieved from https://academiascience.com/index.php/repo/article/view/688