Авторы

  • Raximaxon Boymirzaeva
    Namangan davlat universiteti, Yuridik fakulteti, Fuqarolik, jinoyat huquqi va protsessi kafedrasi katta o’qituvchisi
  • Mirzaabdulla Madmarov
    Namangan davlat universiteti, Yuridik fakulteti yurisprudentsiya yo’nalishi, 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.105184

Ключевые слова:

voyaga yetmaganlar huquqbuzarlik jinoyatchilik kriminologik tavsif jinoyatchilik.

Аннотация

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning  huquqbuzarligi va jinoyatchiligi, uning sabablari , voyaga yetmaganlar o’rtasidagi jinoyatchilikda o’rganish va tahlil etish lozim bo’lgan jihatlarko’rilgan.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi kriminologik tavsifini o’rganish, olimlarni   ilmiy tahlilllari, statistik ma’lumotlarni o’rganish muhim hisoblanadi.Aynan ana shu jihatlar ushbu maqolada alohid ako’rib chiqilgan.


background image

17

VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING KRIMINOLOGIK TAVSIFI

Boymirzaeva Raximaxon Xoshimjonovna

Namangan davlat universiteti, Yuridik fakulteti, Fuqarolik, jinoyat huquqi va protsessi

kafedrasi katta o’qituvchisi. +99890-741-92-17.

boymirzayevaraximaxon75@gmail.com

Madmarov Mirzaabdulla

Namangan davlat universiteti, Yuridik fakulteti yurisprudentsiya yo’nalishi,

1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15656047

Annotatsiya

. Ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligi va jinoyatchiligi,

uning sabablari , voyaga yetmaganlar o’rtasidagi jinoyatchilikda o’rganish va tahlil etish lozim
bo’lgan jihatlarko’rilgan.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi kriminologik tavsifini o’rganish,
olimlarni ilmiy tahlilllari, statistik ma’lumotlarni o’rganish muhim hisoblanadi.Aynan ana shu
jihatlar ushbu maqolada alohid ako’rib chiqilgan.

Kalit so’zlar

: voyaga yetmaganlar, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, kriminologik tavsif,

jinoyatchilik.

KIRISH

Hozirgi davrda voyaga etmaganlar jinoyatchiligi to’g’risida etarli darajada statisgak

materiallar to’plangan va uni tahlil qilishning usullari ishlab chiqilgan. Bularning barchasi
voyaga etmaganlar jinoyatchiligining ahvolini to’g’ri baholash, undaga miqdor va sifat
ko’rsatkichlaridagi (strukturasi va boshqa ko’rsatkichlarini ham) o’zgarishlarni bilish imkonini
beradi. Ayrim vaqtlarda alohida hududlardagi jinoyatchilikning mikdor va sifat
ko’rsatkichlarida, shuningdek, jinoyat sodir etuvchi shaxslar va turli xil jinoyatlar tarkibida aniq
bo’lmagan ma’lumotlar bo’lishiga qaramay voyaga etmaganlar jinoyatchiligining aniq ahvolini
bilish imkoniyati bor. Jinoyat sodir etilishiga olib keladigan sharoit va sabablar muammosi har
qanday kriminologik tadqiqot ishida u yoki bu darajada o’rganiladi. Chunki bu muammo huquq
buzishlarni o’rganuvchi asosiy masala hisoblanadi. Uni illan munosabatlarining buzilishiga,
ijtimoiy ijobiy muhitdan uzoqlashuviga olib kelishi mumkin.

O’smirlarning oila tomonidan nazoratsiz qoldirilishi o’quv yoki mehnat jamoasining

ta’siridan chiqib qolishi ularda mas’uliyatsizlik, hamma xulqlarni qilaverish mumkinligi
hislarini mustahkamlashga sabab bo’ladi. Huquqbuzarlikni birinchi marta qilganda jazosiz
qoldirish qonun talablarini inkor qilish, atrofdagilarning fikri bilan hisoblashmaslik
odatlarining shakllanishiga sabab bo’ladi. Agarda ana shu bosqichda jinoyatchilikning oldini
olish sub’ektlari tomonidan muayyan choralar qo’llanmasa, o’smir ijtimoiy bilim va talablarni
o’zida singdirishi qiyinlashadigan ahvolga tushib qoladi, o’z ehtiyojlarini qondirishning
mumkin bo’lmagan, hatto qonunga xilof usullaridan foydalanishga o’tib olishi mumkin.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik-

pedagogik va madaniy-ma‘naviy bazasi ko‘p marta kengaydi. Bugungi kunda voyaga
etmaganlar jinoyatchiligi kriminologlar tomonidan turli pozitsiyalardan ko‘rib chiqiladi:
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqalar. Ammo shuni e‘tirof
etish kerakki, voyaga etmaganlar jinoyati nafaqat korsatilgan sohalarning muammosi, bu
masala barchani, butun bir jamiyatning muammosi hisoblanadi. Jamiyatda hukm surayotgan
qarashlar voyaga yetmaganlar yoki ularning guruhlarining ijtimoiy-psixologik tipi va xulq-
atvorigagina emas, balki o‘smirlar va yoshlarning alohida ijtimoiy ongini ham shakllantiradi. Bu


background image

18

turg'un va bir lahzalik hodisa emas, balki jamiyat va uning qatlamlariga ta'sir qiladigan va ayni
paytda ularning ta'siri ostida o'zgarib turadigan ijtimoiy jarayondir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Voyaga etmaganlar jinoyatchiligiga ta‘sirini kriminologik jihatdan o'rganish muammosini

ishlab chiqish, boshqa masalalar qatorida, voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning
oldini olish va nazorat qilishning yangi tizimini shakllantirishda olingan bilimlardan
foydalanishning kriminologik imkoniyatlarini aniqlash hozirda dolzarbdir. Jamiyat hayotining
ijtimoiy-madaniy qonuniyatlarini, ularning voyaga etmaganlar jinoyati va boshqa salbiy
ijtimoiy hodisalar bilan aloqasini chuqur kriminologik tushunish bu- g‘oyani amalga oshirish
uchun asos bo‘lishi mumkin.

Muammoning ilmiy rivojlanish darajasini tahlil qilinganda. Ko’proq ijtimoiy-huquqiy

jihatlariga kriminologik baholar kriminologlarning ilmiy ishlarida mavjudligini ko’ramiz. G.A.
Avanesova, A.I. Alekseeva, Yu.M. Antonyana, M.M. Babaeva, Yu.D. Bluvshteina, N.I. Vetrova, S.E.
Vitsina, A.A. Gadjieva, L.D. Gaukhman, Ya.I. Gilinskiy, A.I. Dolgovoy, V.D. Ermakova, A.E.Jalinskiy,
E.S. Jigareva, K.E. Igosheva, SM. Inshakova, I.I. Karpetsa, V.E. Kvashisa, R. Klark, M.P.
Kleymenova, V.M. Kogan, D.A. Koretskiy, V.N. Kudryavtseva, N.F. Kuznetsova, S.Ya. Lebedeva,
V.A. Lelekova, G.M. Minkovskiy, V.F. Pirojkova, B.S. Razinkina, A.B. Saxarova, T. Sellina, S.L.
Sibiryakova, A.V. Simonenko, A.M. Yakovleva va boshqalar. Albatta, bu g‘oyalar falsafa,
sotsiologiya, pedagogika va psixologiya, etika va madaniyatshunoslik fanlarida, xususan, A.S.
Akhiezera, N.F. Buchilo, T.G. Grushevitskaya, L.N. Gumileva, M.S. Kogon, A.S. Karmina, V.V.
Kortunova, N.I. Lapina, A.P. Sadoxina, V.D. Simonenko, Yu.N. Solonina, P.A. Sorokina, A.M.
Stolyarenko, D.Yu. Stolyarov, E. Fromm, Y. Xabermas va boshqalar.

MUHOKAMALAR

Zamonaviy milliy fanda ijtimoiy-madaniy jarayonlar va ularning voyaga etmaganlar

jinoyatchiligiga ta'siri bo'yicha maxsus kompleks kriminologik tadqiqotlar hali o‘tkazilmagan.
Ushbu sohadagi mavjud ilmiy tadqiqotlar ushbu muammoning individual va juda tor
tomonlarini o'rganish va tahlil qilishga taalluqlidir va epizodik xususiyatga ega.

O’zbekistonda 2023 yilda qariyb 3600 nafar voyaga yetmaganlar jinoyat sodir etdi. Besh

yil davomida bu ko’rsatkich qariyb 4,4 barobarga oshdi. Yil davomida tovlamachilik 70,
bezorilik 60, qasddan badanga og’ir shikast yetkazish 40, nomusga tegish va odam o’ldirishga
urinish esa 20 foizga ko’paydi. 2023 yilda O’zbekistonda 3599 nafar voyaga yetmaganlar
(13−17 yoshli) jinoyat sodir etgani uchun ro’yxatga olindi. Bu o’tgan yilga nisbatan 15,6 foizga
(3112 ta) va 2021 yilga nisbatan (2595) 40 foizga ko’pdir. Bu bo’yicha Prezident huzuridagi
Statistika agentligi hisobot e’lon qildi.

2020 yilda 1276 ta (2023 yilga nisbatan 2,8 barobar kam), 2019 yilda esa 818 ta jinoyat

qayd etilgan. SHunday qilib, besh yil ichida jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar soni 4,4
barobarga oshganini ko’rish mumkin. Avvalroq 2019−2023 yillarda O’zbekistonda qayd etilgan
jinoyatlar soni 2,3 barobarga oshgani haqida xabar berilgan edi.

1

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning tarkibiy elementlarini va ichki

mexanizmlarini kriminologik jihatdan o‘rganish voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan
huquqbuzarliklarni, uning sabablari va shartlarini, voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsi, uning
xulq-atvorini yanada chuqur va har tomonlama tushunish imkonini beradi. Ijtimoiy hayotning

1

https://www.gazeta.uz/uz/2024/02/05/children/


background image

19

ijtimoiy-madaniy mexanizmlarini o‘rganish individual, guruh va ommaviy darajadagi
kriminologik muhim oqibatlarni aniqroq bashorat qilish imkonini beradi.

O’tgan yili jinoyat sodir etgan 3599 nafar voyaga yetmaganlarning (bu jinoyat sodir etgan

88913 nafarning 4 foizi) 82,6 foizi jinoiy javobgarlikka tortilgan.Ulardan 744 nafari 13−15 yosh,
2855 nafari 16−17 yoshlilardir. Qizlarning ulushi 8,7% — 314 kishini tashkil etdi. Jinoyat sodir
etgan voyaga yetmaganlar eng ko’p — 700 nafar Farg’ona viloyatida qayd etilgan. Keyingi
o’rinlarda Toshkent — 545, Namangan viloyati — 451 va Toshkent viloyati — 345 kishi. Eng
past ko’rsatkichlar Jizzaxda — 54, Navoiyda — 62 va Xorazm viloyatlarida — 66 kishi.

O'smirlarni jinoiy javobgarlikka tortishda alkogol va giyohvand moddalar, erotik va

zo'ravon tomoshalar, ijtimoiy yo‘nalishni yo'qotish, axloqiy tamoyillar va an‘analarning
buzilishi muhim rol o'ynaydi. Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida giyohvandlik holatlari
ko‘payib borayotgani jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Hozirda dunyoda giyohvandlik ancha
yoshlashdi. Giyohvand moddalarni sotuvchilarning qurboni bo‘lganlar - sevimli
mashg'ulotlariga ega bo'lmagan, sportga befarq, shuning uchun ko'p vaqtini hech narsa
qilmasdan o'tkazadigan bolalar misolida ko’ramiz

2

.

Jinoyat turlari bo’yicha voyaga yetmaganlarning aksariyati yoki 1602 nafari o’g’rilik (bir

yil avval — 1581 nafar), 453 nafari bezorilik (284 nafar, o’sish 60 foiz), 135 nafari firibgarlik
(134 nafar), 181 nafari talonchilik va bosqinchilik (162 nafar, +11%) sodir etgan, 104 nafari
qasddan badanga og’ir shikast etkazish (74, +40%), 54 nafari — nomusga tegish va nomusga
tegishga urinish (46, +20%), 27 kishi — tovlamachilik (16, +70%) 12 nafari esa qasddan odam
o’ldirish va odam o’ldirishga urinish (10, +20%) jinoyatini sodir etgan

3

.

Shuningdek, voyaga yetmaganlarning 57 nafari giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish

yoki sotish, 121 nafari o’limga olib kelmaydigan yo’l-transport hodisalari, 4 nafari qalbaki pul
yoki qimmatli qog’ozlarni tayyorlash yoki sotish kabi jinoyat qilgan.Jinoyat sodir etilgan vaqtda
ularning 2730 nafari talabalar, 510 nafari ishchilar, 148 nafari ishlamaydigan yoki
o’qimaydigan, 8 nafari xizmatchilar, 190 nafari boshqa toifalarga mansub bolalar bo’lgan.

2

Зайко Т.М. Криминологическая характеристика личности несовершеннолетних, осужденных к лишению

свободы /Правовая защита. Выпуск 2. Проблемы применения совре-менного законодательства в практике:
Межкафедральный сборник научных статей. Екатеринбург: УрЮИ МВД России,2014. С.101-102

3

https://www.gazeta.uz/uz/2024/02/05/children/


background image

20

XULOSA

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024 yil fevral oyi boshida voyaga yetmaganlar tomonidan

sodir etilayotgan jinoyatlar haqida gapirar ekan, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
orqali ularda «jinoyatga qarshi immunitet»ni shakllantirish tizimini yaratish
zarurligini ta’kidlagandi

4

. Keyinroq maktab inspektor-psixologlari tarkibi Ichki ishlar

vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o’tkazilishi ma’lum qilindi. Tez orada Milliy gvardiya
maktabdagi davomatni nazorat qilish bilan shug’ullana boshladi.Prezident bolalarning bo’sh
vaqtini mazmunli o’tkazish, ularni kasbga yo’naltirish, ta’lim-tarbiya berish, o’quvchilarning
ota-onalari, mahalla faollari bilan hamkorlikda ish olib borish tizimini tashkil etish muhimligini
ham ta’kidladi.Shu maqsadda 2025 yil umumiy o’rta ta’lim maktablarida dolzarb 90 kunlik
tadbirlari ham aynan voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini
olishga qaratilgan.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Zayko T.M. Kriminologicheskaya xarakteristika lichnosti nesovershennoletnix,

osujdennыx k lisheniyu svobodi /Pravovaya zashita. Vipusk 2. Problemы primeneniya sovre-
mennogo zakonodatelstva v praktike: Mejkafedralniy sbornik nauchnix statey. Yekaterinburg:
UrYuI MVD Rossii,2014. S.101-102
2.

https://www.gazeta.uz/uz/2024/02/05/children/

4

https://www.gazeta.uz/uz/2024/02/05/children/

Библиографические ссылки

Zayko T.M. Kriminologicheskaya xarakteristika lichnosti nesovershennoletnix, osujdennыx k lisheniyu svobodi /Pravovaya zashita. Vipusk 2. Problemы primeneniya sovre-mennogo zakonodatelstva v praktike: Mejkafedralniy sbornik nauchnix statey. Yekaterinburg: UrYuI MVD Rossii,2014. S.101-102