Авторы

  • Dilshoda Tursunaliyeva
    Toshkent davlat yuridik universiteti magistri, Toshkent, Oʻzbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.108361

Аннотация

Hozirgi vaqtda jamiyatdagi tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar munosabati bilan yer fuqarolik muomalasining ekvivalent obyekti sifatida harakat qila boshladi. U asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, katta iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanmoqda. Buning isboti sifatida yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 68-moddasi “Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin” kabi norma bilan to‘ldirilganligini aytishimiz mumkin.


background image

35

SUDDA YERGA OID HUQUQIY MUNOSABATLARDAN KELIB CHIQADIGAN

ISHLARNI KO‘RISH BORASIDAGI QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH

ISTIQBOLLARI

Tursunaliyeva Dilshoda A’zamjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistri, Toshkent, Oʻzbekiston

https://doi.org/10.5281/zenodo.15706154

Hozirgi vaqtda jamiyatdagi tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar munosabati bilan yer

fuqarolik muomalasining ekvivalent obyekti sifatida harakat qila boshladi. U asosiy ishlab
chiqarish vositasi bo‘lib, katta iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanmoqda. Buning isboti sifatida
yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 68-moddasi “Yer qonunda nazarda tutilgan
hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni
ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin” kabi norma bilan
to‘ldirilganligini aytishimiz mumkin. Qolaversa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
ta’kidlaganlaridek,

“Bugungi kundagi masala juda murakkab. Yer — xalqni boqayotgan

mulk. Yerimizga bo‘lgan munosabatni mutlaqo o‘zgartirishimiz kerak. Qonunni qabul
qilganimiz bilan ham buni bajaruvchi odam kerak. Bu oson emas. Joylarga yetkazuvchi
odam kerak”

1

.

Qolaversa, so‘nggi yillarda respublikada yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli

foydalanilishini ta’minlash, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda qayta
muomalaga kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu vazifalarni amalga
oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022 yildagi “Yer
uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-138-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021 yildagi
“Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli
himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6243-son
Farmonlari qabul qilinishi buning amaldagi isboti hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli farmoni bilan

tasdiqlangan

“Oʻzbekiston — 2030”

strategiyasida iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirining oldini

olish, qishloq xo‘jaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, qishloq
xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish maqsadida qo‘shimcha yer
islohotlarini o‘tkazish gʻoyasi aks ettirildi

2

.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, har qanday yer nizolari

bilan bog‘liq holatda ham tegishli subyektlar huquqlarining sud tartibida himoya qilinishi
taʼminlanadi. Yer uchastkasi egasi va foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish darajasi
bir xil bo‘lib, bu fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi konstitutsiyaviy prinsipidan kelib
chiqadi. Аyni damda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarning yerga bo‘lgan
huquqlarini kafolatlaydi, mulkni olib qo‘yish faqat sud orqali bo‘lishi mumkinligini belgilaydi.

Qonunchilikda belgilangan yer nizolarini ko‘rib chiqish tartibi ham o‘ziga xos

xususiyatlarga ega. Bunda yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish chegaralari to‘g‘risidagi
masalani yerga nisbatan huquqlarni belgilashdan ajratib ko‘rib chiqib bo‘lmaydi. Shuningdek,

1

“Agar aql bilan ish tutsak, O‘zbekistonni O‘zbekiston yeri bilan boqsa bo‘ladi” — prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2021/06/04/land-law/

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli farmoni bilan tasdiqlangan

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi https://lex.uz/ru/docs/-6600413


background image

36

yer uchastkasiga va unda joylashgan ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni belgilash bilan bog‘liq
nizolarni ham alohida ajratib bo‘lmaydi. Nafaqat yer va undagi o‘simliklar, balki ushbu yer
uchastkasida joylashgan inshoot va qurilmalarga ham taalluqli bo‘lgan nizolarda negator daʼvo
yer bilan bog‘liq xususiyat kasb etadi. Shu bois ham bunda maxsus protsessual qoidalar
qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.

Yer nizolarini sud tartibida hal qilish tendensiyasining kengayishi Oliy sud Plenumining

2006-yil 22-dekabrdagi 17-sonli “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik
normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi, 2023-yil 20-
noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorlarining tahririy o‘zgarishlar bilan qabul
qilinishiga olib keldi.

Taʼkidlash lozimki, yer nizolarining murakkabligi, ushbu nizolar sonining o‘sishi

tendensiyasi kuzatilayotganligi, yer nizolarining ko‘p hollarda davlat ijro hokimiyati idoralari
qarorlari bilan bog‘liqligi va yerning tabiiy va xo‘jalik-ishlab chiqarish obyekti sifatidagi
ahamiyati ushbu nizolarni ko‘rib chiqishda xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganishni taqozo etadi.
Sudlar tomonidan yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishni
takomillashtirish uchun, eng avvalo, yer bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar asrlar davomida
yaxshi rivojlangan mamlakatlarning huquqiy tajribasini o‘rganish hamda yurtimizda ham
ushbu huquqiy mexanizmlarni joriy etish samarali natija beradi. Rivojlangan mamlakatlarda
yerga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solishda aksariyat hollarda ixtisoslashtirilgan yer
sudlarining faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Fuqarolarning toza va sog‘lom atrof muhitga bo‘lgan huquqi dunyo davlatlari

konstitutsiyasining uchdan bir qismida kafolatlab qo‘yilgan bo‘lib, hozirda ushbu huquqlarni
samarali taʼminlash maqsadida 50 dan ortiq mamlakatlarda 350 dan ortiq ixtisoslashgan
ekologik va yer sudlari hamda tribunallar tashkil etilgan. Jumladan, Braziliyada alohida
ekologik sudlar, Buyuk Britaniyada yer masalalari bo‘yicha maxsus sudlar, Germaniyada
qishloq xo‘jalik yerlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sudlar, XXRda o‘rmon xo‘jaligi, qishloq
xo‘jaligi va yerlar bo‘yicha sudlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida hozirgi kunga qadar yerga oid nizolarni ko‘rish bo‘yicha

sudlar faqat Massachusets va Gavayi shtatlarida ishlaydi, lekin ilgari bu kvazi-sud organlari
ko‘plab boshqa shtatlarda va hatto alohida okruglarda ham ishlagan. Shunday qilib, 1898-yilda
Torranse tizimi yer uchastkalarini ro‘yxatga olish sudi sifatida joriy etilishi munosabati bilan
tashkil etilgan Massachusets yer sudi bugungi kungacha faoliyat ko‘rsatmoqda. Sud yerga
bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishdan avval faqat kadastr
muhandisi yer mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qidirib topib, sud muhokamasi davomida
manfaatdor shaxslarning huquqiy da’volarini aniqlagandan so‘ng qabul qiladi. Shundan so‘ng,
sud yerga egalik huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma shaklida ijro hujjati shaklida mujassamlangan
qaror qabul qiladi. Shu bilan birga, sud Massachusets shtati birinchi instansiya sudining yetti
bo‘limidan biri sifatida birinchi instansiya sud organi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ro‘yxatga olish
hujjatlarini tayyorlash, jumladan, birlamchi hujjatlarni yig‘ish, kadastrni yuritish va huquqni
tasdiqlovchi hujjatlarni berish kabi masalalarda ma’muriy organ funksiyalarini bajaradi.
Sudning yurisdiksiyasiga ro‘yxatga olish funksiyalarini bajarish va soliq talablarini tasdiqlash
bilan bir qatorda, ko‘chmas mulk sohasidagi tegishli huquqiy munosabatlar, jumladan, yer


background image

37

uchastkalarini rayonlashtirish, bo‘lish, ulushlarni taqsimlash va yer o‘lchagich muhandislar
uchun ko‘rsatmalar berish kabi masalalar kiradi.

3

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda yerga oid nizolarni ko‘rish bo‘yicha

alohida sud organlari quyidagi davlatlarda faoliyat ko‘rsatmoqda: Daniya Qirolligi, Malta
Respublikasi, Finlandiya Respublikasi, Fransiya Respublikasi, Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya
va Uelsning yer tribunallari, Tongo Qirolligi, Palau, Yangi Zelandiya, Kribati Respublikasi,
Marshall orollari Respublikasi, Papua-Yangi Gvineya Mustaqil Davlati, Dominikan Respublikasi,
Avstraliya, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarining alohida shtatlarida yer sudlari faoliyat
yuritadi.

Bundan tashqari, Xitoy Xalq Respublikasida faoliyat yuritayotgan o‘rmon xo‘jaligi sudlari,

qishloq xo‘jaligi sudlari va yer uchastkalari sudlari ham ixtisoslashtirilgan yer sudlarining
alohida turiga kiritilishi mumkin.

Shunday qilib, BMT tomonidan tan olingan 195 ta davlatdan faqat 18 tasida yerga oid

nizolarni ko‘rish bo'yicha maxsus sudlar mavjud.

Ba’zi manbalarda yurtimizda ham ixtisoslashtirilgan maxsus yer sudlarini tuzish haqida

fikrlar ham ko‘zga tashlanadi. Qolaversa, rus olimlari K.S. Levashkin va A.Y. Chikildina
ta’kidlashicha, ixtisoslashtirilgan maxsus yer sudlarini yer nizolarini yanada samarali va sifatli
ko‘rib chiqishga yordam beradi.

4

Biroq, bizning fikrimizcha, zamonaviy davrda yer nizolari bo‘yicha ishlarning ko‘p

emasligini hisobga olgan holda alohida yurisdiksiyaviy yer sudlarini yaratishning hojati yo‘q.
Yerga oid huquqbuzarliklar uchun huquqiy javobgarlikning paydo bo‘lishi va qo‘llanilishi bilan
bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish kompleks yondashuv asosida hal etilishi,
shuningdek, yerga oid nizolarni hal etish nafaqat mulkiy huquqlar bilan ham o‘zaro bog‘liqligini
hisobga olgan holda, shuningdek, tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyati
bilan bog‘liq holda, biz ixtisoslashgan yer sudlarini yaratish bo‘yicha emas, balki dunyoning
ko‘plab mamlakatlarida faol rivojlanayotgan sudyalar o‘rtasida ixtisoslikni shakllantirish
bo‘yicha pozitsiyani himoya qilish mumkin deb hisoblaymiz. “Mutaxassislik tamoyili” – ayrim
toifadagi ishlarni sudlarga topshirish asosida konstitutsiyaviy qadriyatlarni himoya qilish va
himoya qilish samaradorligini oshirishdir.

5

Qolaversa, yurtimizda fuqarolik sudlarini ixtisoslashtirish harakatlari ham boshlangan.

Jumladan, “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-401, 21.12.2023 y.) ga muvofiq, fuqarolik
ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarda oilaviy nizolarni ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar
korpusi shakllantirildi. Ya’ni 2024-yil 1-fevraldan tajriba tariqasida fuqarolik ishlari bo‘yicha
Samarqand shahar, Namangan tumanlararo va Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudlarining 2
nafardan sudyasini oilaviy nizolarni ko‘rish bo‘yicha ixtisoslashtirgan holda ushbu sudlarda
“Oila sudyalari” tashkil etildi. Xuddi shu singari, yuqorida keltirilgan rivojlangan davlatlar
tajribasini o‘rgangan holda tajriba tariqasida yer bilan bog‘liq nizolar ko‘p bo‘lgan ayrim

3

URL: https://www.mass.gov/ info-details/a-brief-history-of-the-land-court

4

Левашкина К.С., Чикильдина А.Ю. Земельные суды в России: проблемы и перспективы // Аграрное и

земельное право. - 2014. - № 4 (112). - P. 119 - 125.

5

Алешкова И.А., Макеева Ю.К. Конституционные основы организации и функционирования судебной

власти в России: сб. ст. «Актуальные проблемы конституционно-правовых основ судебной власти в
государствах постсоветского пространства / под ред. И.А. Умновой (Конюховой). - 2017. - С. 183 - 219.


background image

38

hududlarda 2 nafardan sudyani yer bilan bog‘liq nizolarni ko‘rish bo‘yicha ixtisoslashtirgan
holda ushbu sudlarda “Yer sudyalari”ni tashkil etish maqasadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Qolaversa, ushbu tajriba samarali natija ko‘rsatsa respublikamizdagi barcha fuqarolik ishlari
bo‘yicha sudlarda ixtisoslashtirgan “Yer sudlari”ni tashil etish kutilgan natijani beradi deb
o‘ylaymiz.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent: O‘zbekiston. 2023 yil.

2.

Fuqarolik protsessual kodeksi. -Toshkent. Rasmiy nashr. Adliya vazirligi. Qonun hujjatlari

ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 02/18/FPK/0612-son, 28.02.2024-y.
3.

Iqtisodiy protsessual kodeksi. -Toshkent. Rasmiy nashr. Adliya vazirligi. Qonun hujjatlari

ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 02/18/IPK/0623-son.
4.

Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga

oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” qarori. Toshkent sh., 2020-yil 19-dekabr,
35-son.
5.

Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun

normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori. Toshkent sh., 2018-yil 19-
may,14-son.
6.

https://

www.library-tsul.uz

7.

https://

www.lex.uz

8.

https://www.elibrary.ru/

9.

https://public.sud.uz/

10.

https://online.zakon.kz

11.

https://continent-online.com/

12.

https://

www.consultant.ru//

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent: O‘zbekiston. 2023 yil.

Fuqarolik protsessual kodeksi. -Toshkent. Rasmiy nashr. Adliya vazirligi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 02/18/FPK/0612-son, 28.02.2024-y.

Iqtisodiy protsessual kodeksi. -Toshkent. Rasmiy nashr. Adliya vazirligi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 02/18/IPK/0623-son.

Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” qarori. Toshkent sh., 2020-yil 19-dekabr, 35-son.

Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori. Toshkent sh., 2018-yil 19-may,14-son.