8
TEXNIK IJODKORLIK VA KONSTRUKSIYALASH FANINING TEXNOLOGIK
TA’LIM YO‘NALISHIDA O‘QITILISHINING HOZIRGI HOLATI
Shoyimova Mahbuba Radjabovna
Buxoro davlat pedagogika instituti
7 TEX-24 guruh magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15706042
Annotatsiya.
Mazkur maqolada texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar
uchun "Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash" fanining o‘qitilishidagi zamonaviy holat, uning
asosiy maqsad va vazifalari, amaliyot bilan bog‘liqligi, o‘quv jarayonining texnik va pedagogik
ta’minoti, shuningdek mavjud muammolar va istiqbolli takliflar yoritiladi. Maqolada dizayn,
ergonomika, patent axboroti, texnik modellashtirish va maktabdan tashqari texnik faoliyatlarni
tashkil etish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar
: texnik ijodkorlik, konstruktsiyalash, modellashtirish, texnologik ta’lim,
dizayn va ergonomika.
Kirish.
Zamonaviy ta’limda texnik tafakkur va ijodiy yondashuvni shakllantirish muhim
pedagogik vazifa hisoblanadi. Bu borada texnologik ta’lim sohasi — ayniqsa “Texnik ijodkorlik
va konstruksiyalash (tikuvchilik)” fani – bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy va nazariy
tayyorgarligini chuqurlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Fan orqali talabalar texnik
tafakkurga, dizayn madaniyatiga ega bo‘lib, texnik loyihalarni mustaqil amalga oshirishga
tayyorlanadilar. Shuningdek, bu fan maktab va maktabdan tashqari texnik ijodiy faoliyatni
tashkil etish uchun zarur bo‘lgan pedagogik va texnologik kompetensiyalarni shakllantiradi.
Fanning asosiy maqsadi – talabalarni texnik ijodkorlik sohasida chuqur bilim va amaliy
ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularni ixtirochilik, konstruksiyalash, dizayn va pedagogik
rahbarlik faoliyatlariga tayyorlashdan iborat. Shuningdek, talabalar texnik ijodkorlikni
o‘rgatish, ixtirochilik faoliyatini rag‘batlantirish, ratsionalizatorlik takliflari ishlab chiqish
bo‘yicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtiradi.
Ushbu fan quyidagi vazifalarni bajarishni ko‘zda tutadi:
Texnik ijodkorlikning ijtimoiy-pedagogik asoslarini o‘rgatish
– Talabalarda texnik
ijodkorlik faoliyatining jamiyatdagi o‘rni, uning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati haqida
tushuncha hosil qilish.
Texnik ijodkorlik faoliyatining tashkiliy asoslarini anglash
– Ixtiro, kashfiyot,
ratsionalizatorlik faoliyatining tashkil etilishi, bu boradagi qonuniy-me’yoriy hujjatlar
va tizimlarni o‘rganish.
Patent axboroti va texnik yangiliklarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish
–
Ratsionalizatorlik takliflarini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish, patent olish tartibi va
xalqaro patent axborotlaridan foydalanishni o‘rgatish.
Texnik muammolarni yechish metodikasini egallash
– Muammo tahlili, texnologik
echimlarni ishlab chiqish, dizayn va konstruktorlik masalalarini hal qilish bo‘yicha
metodik yondashuvlarni o‘zlashtirish.
Dizayn va modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish
– Libos va buyumlar dizayni,
texnik modellashtirish, estetika va zamonaviy moda talablariga javob beruvchi
yechimlarni ishlab chiqish.
Ergonomika va dizayn asoslarini o‘rgatish
– Inson omili, qulaylik, xavfsizlik va estetik
talablarga asoslangan loyihalashtirish bo‘yicha nazariy bilimlar berish.
9
Texnik modellashtirish va konstruksiyalash amaliyoti
– Turli materiallar asosida
maket va modellar tayyorlash, ularni konstruktiv jihatdan asoslash.
Texnik ijodkorlikka rahbarlik qilish malakasini shakllantirish
– Talabalarni bo‘lajak
pedagog sifatida o‘quvchilarning texnik ijodiy faoliyatiga yo‘naltirish, ularni
rag‘batlantirish va boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Sinfdan va maktabdan tashqari texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil etish
–
To‘garaklar, klub faoliyati, ko‘rgazmalar va tanlovlar orqali o‘quvchilarning qiziqishini
oshirish yo‘llarini o‘rgatish.
Teoretik bilimlarni amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirish
– O‘quvchi-talabalarda loyiha
asosida ishlash, real muammolarni hal qilish, yakuniy mahsulot yaratish bo‘yicha
mustahkam amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Fan o‘quv rejalari asosida libos va buyumlar konstruksiyasini yaratish texnologiyasi,
modellash va grafik tasvirlar asosida dizayn ishlari, tekstil materiallari turlari, xossalari va
ularning ishlatilishi, tikuv mashinalari, qurilmalar va ularning ishlash prinsiplari, CAD/CAM
(kompyuter yordamida loyihalash va ishlab chiqarish) texnologiyalari, ergonomika, estetika va
texnologik dizayn asoslari, mahsulot modellarini tayyorlash va sinovdan o‘tkazish amaliyoti
kabi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Fan shuningdek talabalarni texnik hujjatlar bilan
ishlash, loyihaviy fikrlash, texnik chizmalar tuzish, detal qismlarini konstruksiyalash, modellar
yaratish kabi real kasbiy vazifalarga tayyorlaydi.
O‘qitishning hozirgi holati.
Ta’lim mazmunining zamonaviylashuvi.
STEAM (Science, Technology, Engineering,
Art, Mathematics)
yondashuvi asosida texnik ijodkorlik darslariga integratsiyalashuvi
kuchaymoqda. Bu fan orqali talabalar muammoni hal qilish
,
loyiha asosida ishlash
,
dizayn
tafakkuri kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Masalan, kiyim dizayni bo‘yicha loyiha tayyorlashda
matematika (o‘lchamlar, proporsiyalar), muhandislik (konstruktsiya), san’at (estetika),
texnologiya (tikuv mashinalari bilan ishlash) birgalikda o‘rganiladi. Innovatsion texnologiyalar
(3D model, CAD dasturlar)dan foydalanish ehtiyoji oshgan bo‘lsa-da, barcha ta’lim
muassasalarida bu texnik baza to‘liq shakllanmagan.Fan mazmunining amaliy yo‘nalishga
siljishi. Oldingi yillarda bu fan ko‘proq nazariy ko‘rinishda olib borilgan bo‘lsa, hozirgi kunda
amaliyotga yo‘naltirilgan ko‘rinishi kuchaymoqda. Darslarda real loyihalar
ustida ishlash
(kiyim modeli, modellarni yangilash, ergonomik dizayn yaratish) afzallik kasb etmoqda.
O‘quvchilar va talabalar o‘z loyihalarini tikuvchilik ustaxonalarida sinab ko‘rish imkoniga ega
bo‘lishyapti (agar texnik baza mavjud bo‘lsa). Kiyim-kechak dizayni, modellashtirish va
konstruktsiyalash yo‘nalishlari amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘rgatilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar va dasturlarni tatbiq etish.
Fan mazmuniga quyidagi
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinmoqda
AutoCAD, CorelDRAW,
CLO 3D, Marvelous Designer, Valentina
kabi grafik va konstruktor dasturlarni o‘rganish. 3D
model, virtual kiyim dizayni, shablonlar yaratish orqali talabalarning texnik fikrlashi
rivojlanadi. Biroq, hamma o‘quv muassasalarida bu dasturlar va jihozlar mavjud emas, bu esa
ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilmoqda.
Innovatsion metodikalar asosida darslarni tashkil qilishda an’anaviy dars usullari o‘rniga
quyidagilar joriy qilinmoqda. Kichik guruhlarda loyiha asosida ishlash
,
kase-study, ya’ni real
hayotiy muammolar asosida dars tashkil qilish, dizayn fikrlash metodi orqali ijodiy
10
yondashuvni rivojlantirishga qaratilmoqda. Bu metodlar orqali talaba ijodkorlik, qaror qabul
qilish, vizual va konstruktiv tafakkur kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Integratsiyalashgan ta’lim mazmuni.
Fan boshqa fanlar
–
informatika, chizmachilik,
texnologiya, hayotiy faoliyat asoslari bilan integratsiyalashtirilmoqda. Bu orqali O‘quvchi yoki
talaba kompleks yondashuv asosida loyihalash va modellashtirishni o‘rganadi. Masalan, CAD
dasturlarida konstruktsiyalar chiziladi, keyin uni amalda tikish bosqichiga o‘tiladi.
Ta’lim metodlarining takomillashuvi.
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanida
zamonaviy ta’lim metodlari talabalarning ijodiy fikrlash, konstruktiv yondashuv va texnik
muammolarni hal qilish qobiliyatini shakllantirishda asosiy vosita sifatida xizmat qilmoqda.
Hozirgi bosqichda bu fanning o‘qitilishida an’anaviy metodlardan zamonaviy, interaktiv va
amaliy metodlarga o‘tish kuzatilmoqda.
An’anaviy metodlardan interaktiv yondashuvga o‘tish.
Dastlabki yillarda bu fan ko‘proq
ma’ruza va izohli tushuntirish uslubida o‘tilgan. Bugungi kunda bu usullar o‘z o‘rnini interaktiv
yondashuvlarga bo‘shatmoqda. Savol-javoblar, fikr almashish, ishchi guruhlar faoliyati, amaliy
mashg‘ulotlar orqali o‘rganish bu esa talabalarni faol ishtirok etuvchi subyektga aylantiradi.
Loyiha asosida ta’lim.
Talabalar individual yoki guruhda ishlash orqali
muammo yoki
topshiriqqa asoslangan loyiha
ustida ishlaydilar. Misol: “Milliy naqshlar asosida zamonaviy
libos dizaynini yaratish” loyihasi. Ushbu metod orqali mustaqil fikrlash, amaliyotda bilimni
qo‘llash, tahlil qilish va hisobot tayyorlash kabi ko‘nikmalar rivojlanadi.
Muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan metod.
Darsda real muammoli holatlar muhokama
qilinadi va ijodiy hamda texnik yechimlar izlanadi. Masalan, “Bolalar kiyimining ergonomik
modelini ishlab chiqish” bo‘yicha muammo qo‘yiladi. Talaba vaziyatni tahlil qilish, turli
variantlarni baholash va optimal yechim topishga o‘rganadi. Dizayn fikrlash. Bu metod
ijodkorlik, ehtiyojni anglash, empatiya, prototiplash va test qilish bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Masalan, foydalanuvchi ehtiyojlarini o‘rganib, unga mos kiyim modeli loyihalanadi. Bu
yondashuv orqali talabalar nafaqat texnik, balki
estetik va amaliy yondashuvlarni
uyg‘unlashtiradi.
Ko‘rgazmali metodlar va vizual ta’lim vositalari.
Multimedia vositalar, animatsiyalar,
chizmalar, 3D modellar orqali bilim berish kengaymoqda. O‘quvchilarga qiyin konstruksiya
yoki modellashtirish bosqichlarini tushuntirishda samarali. Ko‘rgazmalar va namoyishlar
orqali vizual idrok kuchayadi va tushunish osonlashadi.
O‘yinli va imitatsion metodlar.
O‘yin elementlari orqali motivatsiyani oshirish, texnik
fikrlashni rag‘batlantirish mumkin. “Eng yaxshi kiyim modeli” tanlovi, “Ixtirochilar turniri”,
Rolli o‘yinlar (mijoz – dizayner – texnolog rolini bajarish) orqali hayotiy ko‘nikmalar
shakllanadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. Ta’lim jarayonida quyidagi
vositalar keng qo‘llanilmoqda.
Prezentatsiyalar, videodarslar, online testlar, virtual
laboratoriyalar va 3D modellashtirish dasturlari, masofaviy ta’limda ayniqsa Zoom, Google
Classroom, Moodle platformalari orqali darslar olib borilmoqda.
Kadrlar tayyorlashdagi.
Texnologik ta’lim yo‘nalishida "Texnik ijodkorlik va
konstruksiyalash" fanini yuqori sifatda o‘qitish uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlash
muhim ahamiyatga ega. Biroq amaliyotda bu borada qator muammolar mavjud.
Malakali
mutaxassislar yetishmasligi.Texnik ijodkorlik, modellashtirish, dizayn, konstruktsiyalash kabi
aniq sohalarda chuqur bilimga ega o‘qituvchilar soni yetarli emas. Ayrim o‘quv yurtlarida bu
11
fan umumiy texnologiya fani o‘qituvchisi tomonidan o‘tilmoqda, bu esa fanning mohiyatini
chuqur ochib bera olmaslikka olib kelmoqda.Maxsus yo‘nalish bitiruvchilari kam bo‘lib, ko‘plab
pedagoglar
qayta tayyorlashga muhtoj
.
Amaliy ko‘nikmalar yetishmovchiligi.
Ko‘plab o‘qituvchilar nazariy bilimga ega bo‘lsalar-
da,
amaliy mashg‘ulotlarni olib borish
,
chizma chizish, konstruktsiya yaratish, modellashtirish
kabi ishlarda zaiflik seziladi
.
Dizayn, grafik dasturlar, ergonomik tahlil bo‘yicha malaka yetarli
darajada shakllanmagan. Natijada, talabalar bilan ishlashda
ijodkorlik va zamonaviy
yondashuvlar cheklangan
bo‘lib qolmoqda.
Pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTMlar sonining kamligi.
Respublikamizda texnologik
ta’lim yo‘nalishida texnik ijodkorlik va konstruktsiyalashga ixtisoslashgan OTMlar soni
cheklangan. Aksariyat OTMlarda bu fan umumiy kurslar tarkibida qisqa vaqt ajratilib o‘tiladi,
mustaqil fan sifatida yetarli e’tibor berilmaydi. Shu sababli bitiruvchilar bu fanga oid yetarli
metodik va amaliy bilim bilan jihozlanmayapti. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining
zaifligi.
Hozirda amaldagi o‘qituvchilar uchun texnik ijodkorlik va dizayn bo‘yicha
maxsus
malaka oshirish kurslari kam o‘tkaziladi
.
Malaka oshirish kurslarining mazmuni ham ba’zida
eskirgan, nazariyaga asoslangan
,
zamonaviy texnologiyalarni o‘z ichiga olmaydi (masalan, CAD,
3D dizayn, digital fashion). Bu holat pedagoglarni yangi bilim va metodikalardan uzoq
tutadi.
Zamonaviy texnika va dasturlar bilan ishlash bo‘yicha bilimlarning yetishmasligi.
Bugungi kunda texnik ijodkorlik fanini yuqori saviyada o‘qitish uchun AutoCAD, CLO3D,
CorelDraw, SketchUp, Adobe Illustrator kabi dasturlarni bilish, 3D printerlar, tikuv avtomatlari,
lazerli kesish uskunalari bilan ishlay olish ehtiyoj bor
.
Ilmiy-metodik faoliyatning sustligi.
Fan
bo‘yicha ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar, interaktiv o‘quv materiallari yetarli emas.
Kadrlar tomonidan
metodik izlanishlar, innovatsion metodlar asosida dars ishlanmalari
tayyorlanishi kam
.
Bu esa o‘qitish jarayonida
yangilik, ijodkorlik va natijaviylikni cheklaydi
.
Material-texnik baza holati
.
“
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash” fanining sifatli
o‘qitilishi ko‘p jihatdan ta’lim muassasasidagi
material-texnik baza
holatiga bog‘liq. Bu fan
amaliy yo‘nalishga ega bo‘lgani sababli, talabalar bilan konstruktsiyalash, chizma chizish,
modellashtirish va kiyim tikish bo‘yicha real vositalar va uskunalar bilan ishlash
zarur. Ammo
amalda bu yo‘nalishda
qator muammolar mavjud. Ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida texnik jihozlar
— ayniqsa tikuv mashinalari, presslar, matoni kesish uskunalari yetarli emas yoki eskirgan. 3D
modellashtirish, virtual kiyim dizayni bo‘yicha jihozlangan zamonaviy laboratoriyalar yo‘q.
Amaliy mashg‘ulotlar an’anaviy usullarda olib borilmoqda, bu esa talabalarni bozor
ehtiyojlariga tayyorlashni qiyinlashtiradi.
O‘quv adabiyotlar va resurslar. Fanga oid
metodik qo‘llanmalar, darsliklar va elektron
manbalar
soni cheklangan yoki eskirgan. Zamonaviy texnologiyalarni o‘z ichiga olgan
multimedia va interaktiv o‘quv resurslari yetishmaydi
.
Takliflar va istiqbollar
Fan dasturlarini zamonaviylashtirish – CAD, dizayn, texnologik innovatsiyalarni o‘quv
rejalariga kiritish.
Yangi darslik va metodik qo‘llanmalar tayyorlash – Elektron, interaktiv va multimediali
shaklda.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun zamonaviy laboratoriyalar yaratish – Tikuvchilikka oid
uskunalar, kompyuterlar, grafik dasturlar bilan jihozlash.
12
O‘qituvchilarning malakasini oshirish – Doimiy seminar-treninglar, xorijiy tajribalarni
o‘rganish.
Ishlab chiqarish amaliyoti va korxonalar bilan hamkorlikni kuchaytirish – Dual ta’lim
tizimini joriy etish.
Texnik ijodkorlik bo‘yicha maktablar va o‘quv kurslari tashkil etish – Ixtisoslashtirilgan
platformalar orqali o‘quvchilar va talabalar bilan ishlash.
“Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash (tikuvchilik)” fani texnologik ta’lim yo‘nalishida
o‘qiyotgan talabalar uchun muhim amaliy va pedagogik ko‘nikmalarni shakllantiradi. Uni
samarali o‘qitish orqali nafaqat tikuvchilik texnologiyasi, balki ijodkorlik, konstruktorlik va
pedagogik yetakchilik sifatlarini rivojlantirish mumkin. Shu bois, fan mazmunini
takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish va amaliyot bilan integratsiyani
kuchaytirish ta’lim sifatini oshirishda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. “Texnik ijodkorlik
va konstruksiyalash (tikuvchilik)” fanining samarali o‘qitilishi ta’lim sifatining muhim
ko‘rsatkichlaridan biridir. Bugungi kunda bu fanni amaliyotga yaqinlashtirish, texnologiyalar
bilan boyitish, o‘quvchi-talabalarni real loyihalar orqali faol o‘qitish zarurati dolzarb bo‘lib
turibdi. Yuqorida keltirilgan tahlil asosida shuni aytish mumkinki, bu boradagi islohotlar fanni
rivojlantirish, bo‘lajak pedagoglarni zamon talablariga mos shakllantirishda muhim omil
bo‘ladi.
Umumiy xulosa.
“Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash (tikuvchilik)” fani texnologik
ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun muhim amaliy va nazariy ahamiyatga ega
bo‘lgan fanlardan biridir. Ushbu fan nafaqat tikuvchilikka oid kasbiy ko‘nikmalarni
shakllantiradi, balki talabalarni mustaqil fikrlashga, innovatsion texnik yechimlar yaratishga,
texnik tafakkur asosida loyihalash faoliyatini amalga oshirishga yo‘naltiradi. Shu bilan birga, u
pedagogik faoliyat uchun zarur bo‘lgan metodik bilimlar va rahbarlik ko‘nikmalarini ham
shakllantiradi.
Hozirgi kunda mazkur fan bo‘yicha o‘qitishning holatini tahlil qilganimizda quyidagi
muammolar mavjudligini ko‘rishimiz mumkin:
Fan mazmuni va o‘quv dasturlari ayrim hollarda zamonaviy texnologiyalarni yetarli
darajada qamrab olmayapti;
O‘quv adabiyotlari, darsliklar va metodik qo‘llanmalar yangilanishga muhtoj, interaktiv
va multimediya vositalari cheklangan;
Amaliy mashg‘ulotlar uchun texnik baza (asbob-uskuna, dasturiy ta’minot) yetarli
darajada emas;
O‘qituvchilarning zamonaviy texnologiyalar, dizayn dasturlari va raqamli modellashtirish
bo‘yicha malakasi doimiy yangilanishni talab qiladi;
Ishlab chiqarish bilan integratsiya, ya’ni talabalarni real ishlab chiqarish jarayonlariga
jalb etish, sanoat bilan hamkorlik sust darajada qolmoqda.
Shu nuqtai nazardan, fanni takomillashtirish zarurati bugungi ta’lim strategiyasining
ajralmas qismi sifatida qaralmoqda. Bu borada ilgari surilgan takliflar va istiqbolli yo‘nalishlar
asosida quyidagi asosiy xulosalarni chiqarish mumkin:
1.
Fan mazmunini zamonaviylashtirish
orqali uni real hayot va bozor talablariga
yaqinlashtirish lozim. Bu esa, raqamli dizayn, 3D modellashtirish va innovatsion
texnologiyalarni o‘quv rejasiga integratsiyalash orqali amalga oshiriladi.
13
2.
O‘quv-metodik bazani boyitish
– talabalar uchun oson o‘zlashtiriladigan, amaliyotga
yo‘naltirilgan, zamonaviy vizual darsliklar va qo‘llanmalar yaratish – fanni samarali
o‘rgatishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
3.
Texnik baza va laboratoriyalarni modernizatsiyalash
– real asbob-uskunalar,
dasturiy vositalar bilan ishlash talabalarning kasbiy kompetensiyalarini
mustahkamlaydi.
4.
O‘qituvchilarning malakasini oshirish
– ustozlar uchun CAD/CAM, CLO3D, Gerber,
Optitex kabi zamonaviy dasturlar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish orqali ta’lim sifati
oshiriladi.
5.
Fan va amaliyot o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash
– sanoat korxonalari bilan hamkorlik
qilish, dual ta’lim tizimini joriy etish orqali talabalarni amaliy faoliyatga tayyorlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
6.
Talabalarni texnik ijodiy faoliyatga jalb etish
– texnik tanlovlar, loyihalar,
modellashtirish to‘garaklari orqali yoshlar texnologik tafakkur va innovatsion
yondashuvga ega bo‘ladi.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki,
“Texnik ijodkorlik va
konstruksiyalash (tikuvchilik)” fani zamonaviy texnologik ta’lim tizimining ajralmas va
ustuvor bo‘g‘inlaridan biri
bo‘lib, uni takomillashtirish bo‘lajak pedagog-muallimlarni
tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Fan doirasida beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar orqali
talabalarda nafaqat kasbiy mahorat, balki
ijodiy fikrlash
,
loyihaviy yondashuv
,
mustaqil
qaror qabul qilish
,
muammo yechish kompetensiyasi
, hamda
pedagogik liderlik
sifati
shakllanadi. Shu sababli, fanni ilg‘or tajribalar, zamonaviy texnologiyalar, amaliyot va ijodiy
faoliyat bilan uyg‘unlashtirish texnologik ta’lim sifatini oshirishda hal qiluvchi omil bo‘lib
xizmat qiladi. “Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash (tikuvchilik)” fanini takomillashtirish
bo‘yicha takliflar chuqur va tizimli yondashuvni talab etadi. Fan zamonaviylashtirilsa, ta’lim
sifatini oshiradi, mehnat bozoriga mos kadrlar yetishtiradi va texnologik tafakkurga ega ijodkor
yoshlarni tarbiyalaydi. Ushbu takliflar amaliyotga joriy etilsa, texnologik ta’lim sifatida yangi
bosqichga ko‘tariladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022).
2022–2026 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha strategiya
. Toshkent:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2018).
Professional ta’lim tizimini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(PQ–3815-son qaror). Toshkent.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. (2020).
Texnologik ta’lim
yo‘nalishi bo‘yicha Davlat ta’lim standarti
. Toshkent.
4.
Yo‘ldoshev, A., & To‘xtayeva, M. (2021).
Texnik ijodkorlik va konstruktsiyalash
. Toshkent:
“Fan va texnologiya” nashriyoti.
5.
Avezov, T. (2020).
Texnologiya: Kiyim-kechak modellashtirish asoslari
. Toshkent: O‘quv
qo‘llanma.
6.
Karimova, Z. (2019).
Konstruktsiyalash va modellashtirish asoslari
. Toshkent: Metodik
14
qo‘llanma.
7.
Xodjayeva, M. (2023). Kiyim dizayni va ergonomik yondashuv asosida o‘quvchilarda
ijodiy tafakkurni shakllantirish.
Pedagogik innovatsiyalar jurnali
, 2(1), 45–49.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2022).
5–9-sinflar uchun texnologiya fani
o‘quv dasturi
. Toshkent.
9.
Development Of Science 2025 / 6 Issue 6. Volume 1.
https://devos.uz/article.php?id=862.
10.
Ziyonet. (2024).
Pedagogik va ta’limiy resurslar portali
11.
ScienceDirect. (2023).
Scientific articles on design, modeling, and engineering education
.
12.
ResearchGate. (2023).
Scientific research network