Авторы

  • Xurshidbek Abduazimov
    Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti doktaranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.108376

Ключевые слова:

sun’iy intellekt oilaviy zo‘ravonlik jamoatchilik nazorati Svet Saltanat real vaqt monitoringi O‘zbekiston.

Аннотация

Ushbu maqolada Qozog‘istonda ishga tushirilgan “Svet Saltanat” nomli sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimining mazmuni, mexanizmi va ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi. Loyiha marhum Saltanat Nukenova xotirasiga bag‘ishlab yaratilgan bo‘lib, oilaviy zo‘ravonlik holatlarini real vaqt rejimida aniqlash va jamoatchilikka ochiq tarzda yetkazishni maqsad qiladi. Mazkur tashabbus jamiyatda yashirin qolayotgan zo‘ravonlikni vizual va kommunikativ vositalar bilan ochib berishga, fuqarolik faolligini kuchaytirishga va qonun ijrosini jamoatchilik nazoratiga olishga qaratilgan. Maqolada bu modelning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi.


background image

4

“SALTANATNING CHIROG‘I” SUN’IY INTELLEKT TIZIMI MISOLIDA OILAVIY

ZOʻRAVONLIK  MONITORINGI TAHLILI

Abduazimov Xurshidbek

Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti doktaranti

xurshidbekabduazimov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15704193

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Qozog‘istonda ishga tushirilgan “Svet Saltanat” nomli

sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimining mazmuni, mexanizmi va ijtimoiy ahamiyati
tahlil qilinadi. Loyiha marhum Saltanat Nukenova xotirasiga bag‘ishlab yaratilgan bo‘lib,
oilaviy zo‘ravonlik holatlarini real vaqt rejimida aniqlash va jamoatchilikka ochiq tarzda
yetkazishni maqsad qiladi. Mazkur tashabbus jamiyatda yashirin qolayotgan zo‘ravonlikni
vizual va kommunikativ vositalar bilan ochib berishga, fuqarolik faolligini kuchaytirishga va
qonun ijrosini jamoatchilik nazoratiga olishga qaratilgan. Maqolada bu modelning O‘zbekiston
sharoitida qo‘llanish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt, oilaviy zo‘ravonlik, jamoatchilik nazorati, Svet Saltanat,

real vaqt monitoringi, O‘zbekiston.

Annotation

This article analyzes the content, mechanism, and social significance of the “Svet

Saltanat” monitoring system launched in Kazakhstan. Dedicated to the memory of Saltanat
Nukenova, the project aims to detect cases of domestic violence in real time and publicly
disclose them. The initiative seeks to visualize hidden violence in society, enhance civic
engagement, and promote public oversight of law enforcement. The article also explores the
potential for implementing this model within the context of Uzbekistan.

Keywords:

artificial intelligence, domestic violence, public oversight, Svet Saltanat, real-

time monitoring, Uzbekistan.

Аннотация

В данной статье анализируются содержание, механизм и социальное значение

системы мониторинга «Свет Салтанат», внедрённой в Казахстане. Проект посвящён
памяти Салтанат Нукеновой и направлен на выявление случаев домашнего насилия в
режиме реального времени с последующим их публичным отображением. Инициатива
направлена на визуализацию скрытого насилия в обществе, активизацию гражданской
позиции и обеспечение общественного контроля за исполнением законодательства.
Также в статье рассматриваются перспективы применения данной модели в условиях
Узбекистана.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, домашнее насилие, общественный

контроль, Свет Салтанат, мониторинг в реальном времени, Узбекистан.


2025-yilning aprel oyida Qozog‘istonda oilaviy zo‘ravonlik holatlarini real vaqt rejimida

kuzatib boruvchi “Svet Saltanat” nomli noyob sun’iy intellekt tizimi ishga tushirildi. Loyiha
nomi rus tilida “Свет Салтанат” bo‘lib, ma’nosi “Saltanatning chirog‘i” deganidir. Bu
tashabbus texnologik yechimlar yordamida jamiyatda ko‘p hollarda yashirin qoladigan oilaviy
zo‘ravonlik muammosini ommaga ma’lum qilishga qaratilgan. Loyiha mashxur texnologik
kompaniya Citix hamda kreativ agentlik GForce Grey hamkorligida amalga oshirilgan bo‘lib,
Saltanat Nukenova ismli ayol xotirasiga bag‘ishlangan. Mazkur sun’iy intellekt asosidagi


background image

5

platforma har safar mamlakat bo‘ylab yangi zo‘ravonlik holati haqida xabar paydo bo‘lganda
maxsus yorug‘lik signalini bera boshlaydi.

Qozog‘istonda shakllangan ushbu modelning dolzarbligi O‘zbekiston sharoitida ham

bevosita aks etadi. So‘nggi yillarda mamlakatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va
zo‘ravonlikka qarshi huquqiy asoslar takomillashtirilmoqda. Jumladan, 2019-yilda “Xotin-
qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” maxsus qonun qabul qilingan
bo‘lsa

1

, 2025-yilgi O‘RQ-1053-son Qonun maishiy zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni real himoya

qilishni nazarda tutadi

2

. Biroq, muammoning ko‘lami hali ham jiddiyligicha qolmoqda.

Mahalliy faollar va OAV xabarlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili minglab oilaviy zo‘ravonlik
holatlari sodir bo‘ladi. Masalan O‘zbekistonda 2025-yil I-choragida 24 ming nafardan ortiq
ayolga “Himoya orderi” rasmiylashtirilgan

3

.

“Svet Saltanat” tizimining asosiy qurilmalaridan biri Almaty shahrida Prezident bog‘i

ro‘parasiga o‘rnatilgan yorqin qizil neon yozuvli bilborddir. Ushbu katta neon yozuvda
marhum Saltanat Nukenovaning ismi aks etgan bo‘lib, u doimiy ravishda yonib turadi. Tizim
har gal Qozog‘iston ichida yangi bir zo‘ravonlik hodisasi haqida xabar aniqlasa, shu neon belgi
darhol miltillay boshlaydi. Bu miltillovchi chiroq xavotir signalini ifodalaydi va hodisa ro‘y
berganini jamoatchilikka yoritadi. Loyiha mualliflari ushbu usul orqali xususiy makonda, ya’ni
oila ichida sodir bo‘layotgan zo‘ravonlikni jamoat oldida oshkora ko‘rsatib berishni maqsad
qilishgan. Neon belgining signali faqat bu joyning o‘zi bilan cheklanmaydi. Balki, ayni vaqtda
mamlakat bo‘ylab Citix kompaniyasiga tegishli 100 dan ortiq raqamli reklam ekranlarida ham
maxsus vidjet ko‘rinishida aks etadi. Boshqacha aytganda, har bir yangi holat haqidagi
ma’lumot markaziy bilbordga GSM aloqa signali orqali yuborilib, uni miltillatadi, va shu zahoti
“Svet Saltanat” vidjeti barcha ulanishdagi elektron panellarda paydo bo‘ladi. Bu esa voqeani
butun mamlakat aholisiga bir zumda yetkazish imkonini beradi.

Ushbu loyihasining paydo bo‘lishiga 2023-yilda Qozog‘istonda yuz bergan shov-shuvli

voqea, ya’ni 36 yoshli Saltanat Nukenovaning o‘ldirilishi olib kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat
va undan keyingi jamoatchilik noroziligidir. Saltanat turmush o‘rtog‘i Kuandik Bishimbayev
tomonidan shafqatsizlarcha do‘pposlab o‘ldirilgan edi. Bu jinoyat jamiyatda katta rezonans
uyg‘otdi va ilk marotaba aynan oilaviy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha sud jarayoni butun xalq uchun
onlayn efirda jonli yoritildi. Voqea ortidan xalq orasida va ijtimoiy tarmoqlarda norozilik
to‘lqini ko‘tarildi. Natijada fuqarolik jamiyati faollari va xotin-qizlar huquqlarini himoya
qiluvchi guruhlar mamlakatda oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonunchilikni kuchaytirishga
chaqirib, #ЗаСалтанат heshtegi ostida kampaniyalar boshladilar. Ushbu jamoaviy bosim o‘z
samarasini berib, 2024-yil aprel oyida Qozog‘iston parlamenti oiladagi zo‘ravonlik uchun
javobgarlikni kuchaytiruvchi yangi qonun qabul qildi

4

. Xalq tilida “Saltanat qonuni” deb

atalgan ushbu hujjatga muvofiq oilaviy zo‘ravonlik endilikda jinoiy javobgarlikka tortiladigan
qilmishlar qatoriga kiritildi.

1

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” dagi O‘RQ-561-son https://lex.uz/uz/docs/-

4494709?ONDATE=12.04.2023

2

“Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1053-son

https://lex.uz/docs/7469379

3

https://kun.uz/news/2025/04/30/uch-oyda-qancha-ayolga-himoya-orderi-berilgani-malum-qilindi

4

President Tokayev Signs Laws Aimed at Protecting the Rights of Women and Safety of Children,

https://www.gov.kz/memleket/entities/mfa-berlin/press/news/details/750716?lang=en


background image

6

“Svet Saltanat” loyihasi ishga tushirilgach, jamoatchilik va rasmiy doiralarning

munosabati asosan ijobiy bo‘ldi, chunki u yuqorida tilga olingan muammoga innovatsion
yechim taklif etmoqda. Loyiha mualliflarining aytishicha, ushbu tizim yolg‘iz texnologik
eksperiment emas, balki jamiyatni o‘zgartirishga qaratilgan kreativ harakatdir. Saltanatning
fojiasi ortidan qabul qilingan qonunlar amalda ishlashi va har bir zo‘ravon jazolanishi
lozimligi haqida “Svet Saltanat” odamlarga eslatib turadi. Masalan, tizim tarkibidagi Telegram-
bot orqali ayollarga “qonun siz tomonda, himoya bor” degan mazmunda manzilli yo‘riqnoma
beriladi. Ushbu loyiha, kengroq ma’noda, qabul qilingan qonunning ijrosini nazorat qilishda
fuqarolik jamiyatining bir mexanizmi bo‘lib xizmat qilmoqda ham deyish mumkin.

Loyiha ta’sischilaridan biri bo‘lgan Citix kompaniyasi rahbari Yana Shoyning

ta’kidlashicha, bu tashabbus unga shaxsan ham juda yaqin, chunki Qozog‘istonda ko‘plab
ayollar kabi u ham oilaviy zo‘ravonlikni boshdan kechirgan. Shuning uchun texnologiyalar
jamiyat bilan muloqot qilish vositasiga aylanishi mumkinligiga ishonadi va shahar nafaqat
jismonan, balki ruhan ham xavfsiz bo‘lishi kerak degan g‘oyani olg‘a suradi

5

.

Loyihaning ijtimoiy samarasini dastlabki oydayoq kuzatish mumkin bo‘ldi. 2025-yil

aprel oyida “Svet Saltanat” faolligi davom etar ekan, oyning oxirida jamlangan statistik
ma’lumotlar raqamli ekranlarda e’lon qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil davomida
Qozog‘iston huquq-tartibot organlariga oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha 100 mingga yaqin ariza
kelib tushgan. Ulardan 72 ming holatda himoya orderlari berilgan, sudlarga esa 16 mingta
jinoiy ish yuborilgan

6

. Loyiha jamoasi aprel oyi davomida yig‘ilgan ma’lumotlar asosida bir oy

ichidagi zo‘ravonlik holatlari sonini va boshqa statistik ko‘rsatkichlarni ham jamoatchilikka
taqdim etdi.

Qozog‘istondagi ushbu modelni O‘zbekiston sharoitida joriy etish masalasi ham katta

qiziqish uyg‘otadi. O‘zbekiston ham keyingi yillarda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka
qarshi qonunchilikni isloh qilishda katta qadam tashladi, lekin muammoning ko‘lami hali ham
jiddiyligicha qolmoqda. “Svet Saltanat” modeli O‘zbekistonda ham joriy etilishi mumkin va bu
borada katta salohiyat mavjud. O‘zbekiston jamiyatida hali-hanuz oilaviy muammolarni
oshkor qilishni xush ko‘rmaydigan qarashlar mavjud. Ba’zi keksa avlod vakillari “uydagi gapni
ko‘chaga chiqarish shart emas” degan fikrda bo‘lishi mumkin. Shuningdek, oilaviy zo‘ravonlik
mavzusini ko‘tarib chiqqan faollar ayrim hollarda tanqidlarga duch kelgani ham bor gap. Shu
sabab, bunday loyihani joriy etishda uni to‘g‘ri kommunikatsion strategiya bilan taqdim etish
muhim. To‘g‘ri tushuntirish va targ‘ibot yordamida loyihani jamiyatga moslashtirish mumkin.
Buning uchun texnik infratuzilma (AI modeli, ma’lumotlar integratsiyasi, displeylar)ni
mahalliy sharoitga moslashtirish, hukumat idoralari va NNTlar bilan hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish hamda jamoatchilik fikrini to‘g‘ri shakllantirish zarur bo‘ladi. Natijada, O‘zbekiston
jamiyati ham oilaviy zo‘ravonlik kabi og‘riqli muammoga qarshi real vaqt rejimidagi kurash
vositasiga ega bo‘lishi mumkin. Bunday loyiha qonunlarning amalda ishlashini kuzatishda
yordam beradi, jabrlanuvchilarga ruhiy dalda beradi va eng muhimi har bir zo‘ravonlik holati
jamiyat nazaridan chetda qolmasligini ta’minlaydi.

5

Иван Жуков, “Свет Салтанат: как социальный проект на основе ИИ борется с бытовым насилием” 2025,

https://forbes.kz/articles/svet-saltanat-kak-sotsialnyy-proekt-na-osnove-ii-boretsya-s-bytovym-nasiliem-539f55

6

“2024 жылы полицияға тұрмыстық зорлық-зомбылық туралы 100 мыңға жуық хабарлама түскен”.

https://informburo.kz/kaz/newskaz/2024-zyly-policiyaga-turmystyq-zorlyq-zombylyq-turaly-100-mynga-zuyq-
xabarlama-tusken


background image

7

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” dagi O‘RQ-561-son

https://lex.uz/uz/docs/-4494709?ONDATE=12.04.2023

2.

Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-

1053-son https://lex.uz/docs/7469379

3.

President Tokayev Signs Laws Aimed at Protecting the Rights of Women and Safety of

Children,

https://www.gov.kz/memleket/entities/mfa-

berlin/press/news/details/750716?lang=en

4.

Иван Жуков, “Свет Салтанат: как социальный проект на основе ИИ борется с

бытовым насилием” 2025, https://forbes.kz/articles/svet-saltanat-kak-sotsialnyy-proekt-
na-osnove-ii-boretsya-s-bytovym-nasiliem-539f55
5.

“2024 жылы полицияға тұрмыстық зорлық-зомбылық туралы 100 мыңға жуық

хабарлама түскен”,
6.

https://informburo.kz/kaz/newskaz/2024-zyly-policiyaga-turmystyq-zorlyq-

zombylyq-turaly-100-mynga-zuyq-xabarlama-tusken.
7.

Kun.uz,

https://kun.uz/news/2025/04/30/uch-oyda-qancha-ayolga-himoya-orderi-

berilgani-malum-qilindi

Библиографические ссылки

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” dagi O‘RQ-561-son https://lex.uz/uz/docs/-4494709?ONDATE=12.04.2023

Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1053-son https://lex.uz/docs/7469379

President Tokayev Signs Laws Aimed at Protecting the Rights of Women and Safety of Children, https://www.gov.kz/memleket/entities/mfa-berlin/press/news/details/750716?lang=en

Иван Жуков, “Свет Салтанат: как социальный проект на основе ИИ борется с бытовым насилием” 2025, https://forbes.kz/articles/svet-saltanat-kak-sotsialnyy-proekt-na-osnove-ii-boretsya-s-bytovym-nasiliem-539f55

“2024 жылы полицияға тұрмыстық зорлық-зомбылық туралы 100 мыңға жуық хабарлама түскен”,