160
HUNARMANDCHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA GERMANIYA
TAJRIBASI VA UNI MAMLAKATIMIZDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Bektosheva Umida Hamza qizi
Qarshi davlat texnika universiteti doktoranti
umidabektoshevagmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15704163
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Germaniya Respublikasining hunarmandchilik sohasini
rivojlantirishdagi ilg‘or tajribasi o‘rganiladi. Jumladan, dual ta’lim tizimi, hunarmandlar
palatalari faoliyati, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan iqtisodiy rag‘batlantirish choralari va
zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, Germaniya
tajribasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi.
Kalit so‘zlar:
hunarmandchilik, Germaniya tajribasi, dual ta’lim, palatalar,
raqamlashtirish, O‘zbekiston.
Аннотация
. В данной статье изучается передовой опыт Федеративной
Республики Германия в развитии ремесленного сектора. В частности, рассматриваются
дуальная
система
образования,
деятельность
ремесленных
палат,
меры
экономического стимулирования со стороны государства и внедрение современных
технологий. Также даны предложения и рекомендации по применению германского
опыта в условиях Узбекистана.
Ключевые слова:
ремесленничество, опыт Германии, дуальное обучение,
ремесленные палаты, цифровизация, Узбекистан.
Annotation
. This article explores the advanced experience of the Federal Republic of
Germany in developing the handicraft sector. It examines the dual education system, the
activities of craft chambers, government economic incentives, and the implementation of
modern technologies. The article also provides suggestions and recommendations for
applying Germany’s experience in the context of Uzbekistan.
Keywords:
handicraft, German experience, dual education, craft chambers,
digitalization, Uzbekistan.
Kirish
Hunarmandchilik har qanday jamiyatda iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Bu soha nafaqat moddiy madaniyat va milliy merosni saqlash, balki yangi ish
o‘rinlari yaratish, mahalliy resurslardan unumli foydalanish va eksport salohiyatini oshirishda
ham muhim rol o‘ynaydi. Germaniya – dunyoda hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha
ilg‘or tajribaga ega davlatlardan biri sanaladi. Ularning tizimli yondashuvi O‘zbekiston uchun
ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-
dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish
chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-77-son qarorlari qabul qilindi, ushbu qarorlar mamlakatimiz
aholisini ish bilan band qilish, ularning loyihalarini moliyalashtirish, hunarmandchilik
sohasini rivojlantirish va hunarmandlarimiz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar,
yillik 14 foiz stavkada “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun
asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom-ashyo materiallarni xarid qilish, hunarmandchilikni
rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va
ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun 3 yilgacha
muddatga hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratilishi
161
nazarda tutilganligi, xalq hunarmandchiligi sohasida ijobiy oʻzgarishlarning oshib
borayotganligini ko‘rsatmoqda. Xalq hunarmandchiligini raqamlashtirish bu zamonaviy
raqamli hunarmandchilikning rivojlanishini bugungi kunda kuzatilishi mumkin bоʻlgan
shaklidir. Mintaqada xalq hunarmandchiligi rivojlanishini trend modellar asosida baholash va
xalq hunarmandchiligini оʻrganish bilan bogʻliq bоʻlgan holatlar hozirgi kunning eng dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi.
Asosiy qism
Germaniyada har bir federal yerda faoliyat yurituvchi Handwerkskammer –
Hunarmandlar palatalari mavjud. Germaniyada geografik prinsipga (Yerlar bo‘yicha) ko‘ra
tashkil etilgan 60dan ortiq hunarmandchilik palatalari mavjud bo‘lib, ular o‘z hududlarida
hunarmandchilik korxonalari faoliyatini huquqiy tomondan nazorat qilib turadilar.
Germaniyada hunarmandchilik palatalari funksiyalari quyidagilardan iborat:
-
ustalar va shogirdlarning ro‘yhatini tuzish;
-
hunarmandchilik korxonalari reestrini yuritish;
-
huquqiy normalar va raqobat kurashi qoidalarini shakllantirish;
-
ekspertiza qilish (sertifikatlashtirish, litsenziya va h.k.);
-
umumiy iqtisodiy muommolarni hal etish, texnik maslahatlar berish;
-
atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini hal etishda qatnashish;
-
radio, televideniya va matbuotni jalb qilgan holda axborotlar bilan ta’minlash;
-
hududlar bo‘yicha hunarmandlarni oqilona joylashtirish sxemasini ishlab chiqish,
qurilish, yuklarni tashishni rejalashtirish;
-
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
-
bojxona faoliyati;
-
kasbga o‘qitish va dasturlarni ishlab chiqish.
Hunarmandchilikka berilayotgan e’tibor, yaratilgan shart-sharoitlar bu sohaning yetarli
darajada rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Germaniyada hunarmandchilik tarmog‘inining yillik
aylanmasi 2006-yilda 482,5milliard yevroni tshkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda 581milliard
yevron tashkil etgan.
2017-yilda Markaziy nemis hunarmandlari assotsiatsiyasi bilan usta-shogird
maktablarida o‘qitish uchun tuziladigan shartnomala soni ham oshgan, jumladan, 2017-yil
162
dekabr oyining oxirigacha 139000 ta shartnoma imzolangan. SSP bilan esa 2252ta yangi
shartnomalar imzolangan, oldingi yillar bilan solishtirganda, bu ko‘rsatkich 1,6% ko‘pdir. Bu
ko‘rsatkich Germaniyada hunarmandchilikka naqadar katta e’tibor berilishidan dalolat beradi.
Bugungi kunga kelib Germaniya hunarmandchiligi yirik bozorga chiqib, yiliga 25–30 mlrd
yevroga teng eksportni amalga oshirmoqda.
Germaniyada hunarmandchilikning rivojlanishida dual ta’lim tizimi markaziy o‘rin
tutadi. Bu tizim nazariy ta’limni kasb-hunar maktablarida, amaliy ko‘nikmalarni esa
ustaxonalar va korxonalarda berish orqali o‘rgatadi. Germaniya hukumati hunarmandlar
uchun kreditlar bo‘yicha imtiyozlar, subsidiyalar, soliq yengilliklari, raqamlashtirish va
innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun grantlar taqdim etadi. So‘nggi yillarda
Germaniyada hunarmandchilik sohasiga: 3D bosma texnologiyalari, zamonaviy dizayn
dasturlari, elektron tijorat vositalari, onlayn marketing va xizmat ko‘rsatish tizimlari joriy
etilgan.
Mamlakatimizda Germaniya tajribasini qo‘llashda taklif va tavsiyalar:
-Germaniyada “Handwerk 4.0” konsepsiyasi orqali ustalar o‘z xizmatlarini internet
orqali taklif qilishi, buyurtmalarni raqamli boshqarishi mumkin. O‘zbekistonda esa “E-
Hunarmand” platformasi yaratilib, har bir ustaning sahifasi, ish namunalari, buyurtma olish
tizimi yaratilishi va bundan tashqari talabalar va ustalar o‘rtasidagi bog‘lanishni raqamli
shaklda amalga oshiruvchi “Shogird top” kabi mobil ilovalar ishlab chiqilishi lozim.
-O‘zbekistonda hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun alohida qonunlar
mavjud bo‘lsa-da, ularni takomillashtirish, xususan, palatalar vakolatini kengaytirish va ularni
ijtimoiy-iqtisodiy muhitga faol jalb qilish lozim.
-Germaniya tajribasidagi dual tizimga mos ravishda, “usta-shogird” an’anaviy tizimini
zamonaviy kasb-hunar ta’limi bilan uyg‘unlashtirish zarur.
-Hunarmandlar uchun bank kreditlarining foiz stavkalarini pasaytirish; ularga doimiy
ravishda subsidiyalar ajratish; elektron tijorat platformalarini yaratish orqali mahsulotlarini
kengroq bozorlarga olib chiqishga imkoniyat yaratish lozim.
-O‘zbekistonda mahalliy hunarmandlar ishtirokida doimiy ravishda ko‘rgazma-
yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek, har bir viloyatda hunarmandlar uchun texnoparklar
tashkil etish samaradorlikni oshiradi.
Xulosa
Germaniya tajribasi ko‘rsatmoqdaki, mahsulotlar dizayn, sifat va ekologik talablar
asosida ishlab chiqarilishi hunarmandchilik sohasi faqat an’anaviy emas, balki zamonaviy
texnologiyalar bilan uyg‘un holda rivojlantirilgandagina xalqaro bozorga chiqish imkoniyatiga
ega bo‘ladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi «Oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar
tо‘g‘risida»gi PQ-55-son //
2.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Hunarmandchilik
faoliyatini qо‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi
163
PQ-77-son Qarori. //
3.
Bundesministerium für Wirtschaft und Energie (2022). "Handwerk in Deutschland –
Zahlen und Fakten". Berlin.
4.
German Confederation of Skilled Crafts (ZDH) rasmiy sayti:
5.
Xolov M. (2021). "Davlat-xususiy sherikchilik: nazariya va amaliyot". Toshkent.
6.
“O‘zbekistonda hunarmandchilikni rivojlantirish strategiyasi – 2030” loyihasi
materiallari.
7.
Jalilov A., Xudayberganov T. (2023). “Mahalliy hunarmandchilikni eksportga yo‘naltirish
strategiyasi”. Iqtisodiyot va innovatsiya jurnali, №3.
8.
Norqobilova. F. A. International scientific and practical conference // Iqtisodiy erkinlik
indekisi hunarmandchilik sohasini rivojlantirishdagi roli (zenodo.org), 2023. – p 255-257