Авторы

  • Jasur Sultonov
    Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.108400

Ключевые слова:

Elektron mehnat shartnomasi an’anaviy shartnoma elektron raqamli imzo shartnoma tuzish elektron hujjat raqamlashtirish.

Аннотация

Ushbu tezisda elektron mehnat shartnomasi tushunchasi va uning mehnat munosabatlardagi yuridik maqomi ochib berilgan. Elektron mehnat shartnomasi, uning tuzilishi, imzolanishi va amaliyotda qo‘llanilishi, shuningdek, an’anaviy shakldagi shartnoma bilan bog‘liq huquqiy muammolar yoritilgan. Shuningdek, elektron va an’anaviy shakldagi shartnomalar o‘rtasidagi farqlar, ularning yuridik kuchi, hujjatlarni tasdiqlash jarayoni, xavfsizlik va ma’lumotlarni saqlash masalalari batafsil tahlil qilingan.


background image

37

ELEKTRON MEHNAT SHARTNOMASINING AN’ANAVIY SHARTNOMA

SHAKLIDAN FARQLI VA O‘XSHASH JIHATLARI QIYOSIY TAHLILI

Sultonov Jasur Rustam o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15671615

Annotatsiya

Ushbu tezisda elektron mehnat shartnomasi tushunchasi va uning mehnat

munosabatlardagi yuridik maqomi ochib berilgan. Elektron mehnat shartnomasi, uning
tuzilishi, imzolanishi va amaliyotda qo‘llanilishi, shuningdek, an’anaviy shakldagi shartnoma
bilan bog‘liq huquqiy muammolar yoritilgan. Shuningdek, elektron va an’anaviy shakldagi
shartnomalar o‘rtasidagi farqlar, ularning yuridik kuchi, hujjatlarni tasdiqlash jarayoni,
xavfsizlik va ma’lumotlarni saqlash masalalari batafsil tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Elektron mehnat shartnomasi, an’anaviy shartnoma, elektron raqamli

imzo, shartnoma tuzish, elektron hujjat, raqamlashtirish.


Bilamizki, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlar ular tomonidan

tuziladigan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi. Mehnat shartnomasi tuzilishi
vositasida xodim va ish beruvchining o‘zaro munosabatlari individuallashtiriladi hamda
huquqiy tartibga solinadi. Faqat mehnat shartnomasi tuzilishi yo‘li bilangina fuqaro xodim
maqomini oladi, mehnat jamoasiga qo‘shiladi, korxona lokal me’yoriy hujjatlari, ichki mehnat
tartibi qoidalari, mehnat qonunlari to‘la hajmda unga tatbiq etila boshlanadi

1

. O’z navbatida

mehnat shartnomasini tuzish bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi. Zamonaviy dunyoda
mehnat shartnomalarini tuzish nafaqat an’anaviy qog‘oz shaklida, balki elektron shaklda
rasmiylashtirila boshlandi. “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasining qonuniga ko‘ra, elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa
rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir. Demak,mehnat shartnomasini onlayn
tartibda tuzish ham elektron hujjat hisobiga kiradi va yuridik jihatdan kuchga ega hisoblanadi.
Elektron mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlarni
vujudga keltirishga qaratilgan, zamonaviy elektron platforma va vositalar orqali tuziladigan
shartnomadir. Elektron mehnat shartnomalarining huquqiy kuchi O‘zbekiston
Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar orqali tartibga
solinadi. Jumladan, amaldagi mehnat kodeksining 106-moddasida mehnat shartnomasi yozma
shaklda tuzilishi va aynan elektron shaklda rasmiylashtirilishi shartnomaning yozma shaklga
tuzilganligi anglatishi belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kunda mehnat munosabatlarini
raqamlashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Xususan, elektron mehnat
shartnomalarini tatbiq etish, elektron mehnat daftarchalarini yaratish, ish haqi to‘lovining
raqamli tizimlarini takomillashtirish hamda kadrlar hisobini avtomatlashtirish kabi
yo‘nalishlarda amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

2

. Bu jarayonlar esa “Yagona milliy mehnat

tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (qisqacha “YaMMT” IDAK)da amalga
oshirilmoqda.

1

Mualliflar jamoasi. Mehnat huquqi. Darslik. – T.: TDYU nashriyoti, 2018. – 137 bet.

2

Смирнов С.А. Цифровизация трудовых отношений: правовые аспекты // Право и экономика. – 2023. – №5(3). –

С. 145–152.


background image

38

“YaMMT” IDAKda elektron mehnat shartnomalari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik

hujjatlariga muvofiq ish beruvchi tomonidan shakllantiriladi va taraflar o‘rtasidagi kelishuvga
ko‘ra elektron raqamli imzo (ERI) yordamida imzolanadi. Ahamiyatli jihati shundaki, elektron
mehnat shartnomalarining huquqiy kuchini tasdiqlashda elektron raqamli imzo ham bevosita
ishtirok etadi. Agar an’anaviy mehnat shartnomalarida tomonlarning mehnat shartnomasi
shartlarining qabul qilinishi sifatida shartnomaga imzo chekish orqali tan olinsa, elektron
mehnat shartnomasida elektron raqamli imzo tomonidan tasdiqlash shartnomani qabul
qilishni anglatadi. Qayd etish kerakki, elektron mehnat shartnomasining amal qilish muddati,
shartnoma shartlari va boshqa yuridik hujjatlar elektron tizimda saqlanadi va arxivlanadi, bu
esa hujjatlarning ishonchli va uzoq muddat saqlanishini ta’minlaydi.

Ikkinchidan, an’anaviy mehnat shartnomasini saqlash qog‘oz shaklida amalga oshiriladi.

Bu hujjatlar davlat arxivlariga topshirilishi mumkin yoki ish beruvchi tomonidan saqlanadi.
An’anaviy mehnat shartnomasi ham to‘liq yuridik kuchga ega bo‘lib, ikki tomonning
majburiyatlari va huquqlari aniq belgilangan bo‘ladi. An’anaviy shakldagi shartnoma huquqiy
jihatdan ishonchli bo‘lib, uning amal qilish muddati, yuridik kuchi va shartlari faqat ikkala
tomonning imzolariga bog‘liqdir. Elektron shaklga o‘tishning asosiy foydasi, qog‘ozda
saqlanadigan hujjatlarning xavfsizligi va arxivlash jarayonlarini yanada soddalashtirishdir.

Shuningdek, elektron va an’anaviy mehnat shartnomalari o‘rtasida bir qator farqlar

mavjud. Masalan, elektron shakldagi mehnat shartnomasi raqamli imzo yordamida
imzolanadi, bu esa hujjatni tasdiqlashning elektron tarzda amalga oshirilishini ta’minlaydi.
An’anaviy shaklda esa bu jarayon ikki tomonning qo‘l imzosi orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, elektron shakldagi shartnomalar axborot tizimlarida saqlanadi va arxivlanadi.
An’anaviy shakldagi hujjatlar esa qog‘oz shaklida saqlanadi, bu esa ulardan foydalanishda
ba'zi cheklovlarga olib kelishi yoxud, shartnomani saqlovchilar tomonidan shikast
yetkazilishi, yo’qolishi, nobud bo’lishi kabi xatarlar ham yo‘q emas.

Elektron va an’anaviy shakldagi mehnat shartnomalarining bir nechta o‘xshash jihatlari

mavjud. Bu esa o‘z navbatida shartnomaga doir munosabatlarni o‘z ichiga olishi bilan
xarakterlanadi. Har ikki shakldagi mehnat shartnomasi ham yuridik nuqtayi nazardan bir xil
kuchga ega bo‘lib, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi majburiyatlar va huquqlarni belgilaydi.
Ikkala shakl ham tomonlarning roziligi bilan tuziladi va ularning huquqlari bilan birga
majburiyatlarini aniqlaydi. Elektron va an’anaviy shakldagi mehnat shartnomalarida Mehnat
kodeksi 104-moddasida belgilangan zaruriy va qo‘shimcha shartlar, shu jumladan, xodimning
ish joyi va vaqti, ish haqi, ta’til, dam olish kunlari, mehnat sharoitlari kabi shartlar belgilanadi.
Ikkala shaklda ham shartnoma tuzish uchun ikki tomonning roziligi talab qilinadi va bu
shartnoma o‘z vaqtida va aniq tuzilgan bo‘lishi kerak.

Elektron shakldagi mehnat shartnomasining bir nechta afzalliklari mavjud. Jumladan,

elektron shaklga o‘tish, qog‘ozni tejashga va ma'lumotlarni elektron tizimlarda saqlashga
imkon beradi. Elektron hujjatlar tizimi yordamida shartnomalar to‘g‘ri rasmiylashtiriladi va
xatoliklar kamayadi. Raqamli tizimlar yordamida hujjatlarning haqiqiyligi va to‘g‘riligi
tekshiriladi. Yana bir muhim jihatlardan biri shundaki, elektron shaklda hujjatlar xavfsizlik
tizimlari yordamida himoyalanadi va faqat ularni ko’rishga huquqi bor shaxslar tomonidan
ko‘rilishi mumkin.

Yuqoridagi ko‘rganimizdek, elektron mehnat shartnomasining an’anaviy shakldagi

shartnomaga nisbatan bir qator farqlari va o‘xshash jihatlari mavjud. Ikkala shakl ham


background image

39

mehnat munosabatlarining asosiy hujjati sifatida, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi huquq va
majburiyatlarni belgilaydi. Shunday bo‘lsada, elektron shaklning xususiyatlari an’anaviy
shakldan sezilarli darajada farq qiladi. O‘zbekistonda elektron hujjatlar tizimi rivojlanib
bormoqda va uning amaliyotda to‘liq joriy etilishi ish beruvchi va xodimlar uchun yanada
samarali, xavfsiz va shaffof mehnat munosabatlarini yaratadi. Shu bilan birga, kelajakda
elektron mehnat shartnomasini to‘liq qamrab olgan huquqiy normativlar va texnologik
yechimlar ishlab chiqilishi zarur.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonuni

3.

Смирнов С.А. Цифровизация трудовых отношений: правовые аспекты // Право и

экономика. – 2023. – №5(3). – С. 152
4.

Mualliflar jamoasi. Mehnat huquqi. Darslik. – T.: TDYU nashriyoti, 2018

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonuni

Смирнов С.А. Цифровизация трудовых отношений: правовые аспекты // Право и экономика. – 2023. – №5(3). – С. 152

Mualliflar jamoasi. Mehnat huquqi. Darslik. – T.: TDYU nashriyoti, 2018