Авторы

  • Abdulla Bayeshanov
    Guliston davlat universiteti o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.112792

Ключевые слова:

Ma’naviy tarbiya badiiy adabiyot yoshlar axloqiy fazilatlar milliy qadriyatlar vatanparvarlik estetik did kitobxonlik tarbiya metodlari ma’naviyat.

Аннотация

Ushbu maqolada yosh avlod ma’naviy tarbiyasida badiiy adabiyotning o‘rni va ta’sir kuchi yoritilgan. Badiiy asarlar orqali yoshlarning axloqiy fazilatlari, milliy qadriyatlarga sadoqati, estetik didi va tafakkur dunyosi shakllanishi tahlil etiladi. Maqolada adabiyot vositasida yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, halollik, sabr-toqat kabi fazilatlarni qaror toptirish, ularni hayotga ijobiy munosabatda bo‘lishga undash muhimligi asoslab beriladi. Shuningdek, zamonaviy yoshlarning adabiyotga bo‘lgan munosabatini mustahkamlash, ularni kitobxonlikka jalb etishning pedagogik va ijtimoiy usullari ko‘rib chiqiladi.


background image

91

YOSHLAR MA’NAVIY TARBIYASIDA BADIIY ADABIYOTNING AHAMIYATI

Bayeshanov Abdulla Mustafayevich

Guliston davlat universiteti o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15729797

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yosh avlod ma’naviy tarbiyasida badiiy adabiyotning o‘rni

va ta’sir kuchi yoritilgan. Badiiy asarlar orqali yoshlarning axloqiy fazilatlari, milliy
qadriyatlarga sadoqati, estetik didi va tafakkur dunyosi shakllanishi tahlil etiladi. Maqolada
adabiyot vositasida yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, halollik, sabr-toqat kabi
fazilatlarni qaror toptirish, ularni hayotga ijobiy munosabatda bo‘lishga undash muhimligi
asoslab beriladi. Shuningdek, zamonaviy yoshlarning adabiyotga bo‘lgan munosabatini
mustahkamlash, ularni kitobxonlikka jalb etishning pedagogik va ijtimoiy usullari ko‘rib
chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

Ma’naviy tarbiya, badiiy adabiyot, yoshlar, axloqiy fazilatlar, milliy

qadriyatlar, vatanparvarlik, estetik did, kitobxonlik, tarbiya metodlari, ma’naviyat.


Jonajon vatanimiz mustaqqillikka erishgach, jamiyatimizning barcha joylarida tub

islohatlar, burilishlar va yuksalishlar ro‘y bermoqda. Mamlakatimizda turli sohalarda
rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak manan va ruhan yetuk insonni kamol
toptirishga qaratilgan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarda haqiqiy
insonparvarlik, marifatparvarlik mujassamlanganligi, ma’naviy- ma’rifiy sohalarda ham tub
o‘zgarishlar ro‘yobga chiqqanligi bundan dalolat beradi.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosida inson kamoloti yotadi. Inson kamolotining

asosiy omili va vositasi ta’lim-tarbiyadir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
ta’kidlaganidek: "Yurtiga, vataniga muxabbat, insonlarning tuyg‘ulari xalqimizning qon-qoniga
singib ketgan azaliy xususiyatdar.Shunday noyob insoniy fazilatlarni asrab-avaylash va yanada
takomillashtirish farzandlarimizni ozod va obod O‘zbekistonning munosib o‘g‘il-qizlari qilib
tarbiyalash masalasi manaviyat soxasidagi ishlarimizning asosiy yo‘nalishini tashkil etmog‘i
kerak. [1]

Mustaqillik bizga o‘tmishdagi boy ma’naviy merosimiz durdonasi haqiqiy, ilmiy ma’noda

o‘rganish baxtiga musharraf etdi. Badiiy adabiyot insondagi xush xulq-atvor pokiza, adolatli
sa’y-xarakatlardan ajralmasdan, avval o‘zida paydo qilish orqali komillik darajasiga yetishiga
so‘ngra esa boshqalarni ham halollik, mexr-muruvvat, ezgulik, adolatga chaqirishga da’vat
etadi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviyat sohasidagi fundamental asarlari

bo‘lmish "Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch" asarida badiiy adabiyot mavzusiga to`xtalib:
"Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati,
badiiy adabiyotdir. Mustaqillik yillarida yurtimizda ma’naviyatimizning g‘oyat muhim va unga
bo‘lgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mexnatini qadrlash va
munosib rag‘batlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlari o‘z xosilini berayotgani,badiiy
adabiyotimiz mavzular ko`lami jixatidan ham,nuqtai nazaridan ham rang-barang bo‘lib
borayotgani, adabiyot maydonida yangidan yangi nomlar paydo bo`layotgani kitobxon
xalqimizni albatta quvontiradi" deb yozadilar.[2]


background image

92

Inson ma’naviy olamini xis-tuyg‘ulari, aql idroki va iroda yordamida o‘zlashtirib boradi.

Shaxs xis-tuyg‘ularini shakllantirish tarbiyalash, go`zallikka nisbatan mexr uyg‘otish bugungi
kunning dolzarb muammosiga aylangan[3]

Shunga ko‘ra, badiiy adabiyotning yoshlar kamolotidagi o‘rnini tahlil qilish va tegishli

xulosalar qilishning dolzarbligini quyidagi jixatlar bilan izohlash mumkin:

Birinchidan, badiiy adabiyot milliy g‘oyaning ma’naviy ildizidir. Badiiy adabiyot mustaqil

O‘zbekistonda Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, o‘zaro hamkorlik va yosh avlodni
tarbiyalashda muhim vositalardan biri bo‘lib xizmat qila oladi.

Ikkinchidan, badiiy adabiyotdagi go‘zallikni bilish, idrok etish badiiy estetik tafakkurini

o‘stiradi. Badiiy adabiyot namoyondalarining qirralarini o‘rganish, baholash, ibratli
tomonlarini ko‘rsatish hozirgi yosh shaxsini komil inson qilib shakllantirishda alohida o‘rin
egallaydi.

Uchinchidan, milliy g‘oya va mafkuraviy jarayonlarning ma’naviy sohasidagi vazifalaridan

biri ajdodlarimizning ilg‘or qirralarini, insoniylik faoliyatini keng jamoatchilikka tushuntirish
borasidagi ishlarni davom ettirish, toki bu qirralar xalqimizning ming yillik tarixi, bugungi
ma’naviy ilmining ham asosi ekanligi yosh avlod ongiga singib borsin. Shu ma’noda adabiyot
biz uchun muhim xayotiy tamoyil bo‘lib qolaveradi.

To‘rtinchidan, badiiy adabiyot bizni xalqdan ajralmasdan, insonning nafaqat jismoniy va

ichki ruhiy, ma’naviy dunyosini mukammal tarbiyasini ajralmasligi bilan ham yuqori kamolot
darajasiga – ya’ni komil inson darajasiga erishishi uchun xizmat qiladi: o‘zining moxiyati bilan
bunyodkorlikka mexr-shafqat, odamiylik, vatanparvarlik, ezgulik ruhi bilan to‘yingan badiiy
adabiyot, hozirgi zamon kishisida ham shunday go‘zal xulqlarni ko‘rinishida muhim ahamiyat
kasb etadi.

Vatanimiz va xalqimiz tarixini, ma’naviy merosini, umuman milliy taraqqiyotni Navoiy

davrisiz va Navoiy ta’limotisiz tasavvur etib bo`lmaydi.

Navoiy va milliy taraqqiyot haqida fikr yuritilganda, mutafakkirlar asarlarida ko‘tarilgan

dolzarb vazifalarining xilma-xilligiga alohida e’tibor qaratish zarur. Xususan, «Saddi
Iskandariy»da amalparastning, to‘rachilikni, xudbinlikni inkor etuvchi, inson shaxsi va erkini
himoya qiluvchi, qonun va adolat oldida hukmdor shoh ham, fuqaro ham teng ekanligini
yoqlovchi qarashlar bugun ham muhim ahamiyatga ega.

Bugun biz mustaqil O‘zbekistonning yoshari har qanday boqimandalikni o‘ziga or deb

biladigan, bilimli, eng zamonaviy kasb-korlarni egallagan, ayni paytda vatanparvar, fidoyi,
ma’vaviy yetuk bo`lib kamol topishi to‘g‘risida muloxaza yuritar ekanmiz, albatta, Navoiyning
obrazlariga va ideallariga ham tayanamiz.

Komil inson muammosi kishilik dunyosining azaliy ezgu niyati bo‘lib tarixiy taraqqiyot

davrining barcha bosqichlarida o‘zining birlamchiligi dolzarbligi bilan alohida jismoniy-
ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy ahamiyat kasb etib kelgan. Shuning uchun "Avesto" dan
boshlab komillik mavqei tadqiqot predmetiga aylangan. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasida hukm
suruvchi turli xil aloqa va munosabatlarni amalga oshiruvchi, uning ne’matlarini tartibga
keltirishda faol ishtirok etuvchi ongli mag‘rur zot hamda olam mo‘jizalarini yaratishga
intiluvchi komil inson masalasi har bir davr uchun o‘ta ahamiyatli hisoblanadi.Chunonchi:

barkamol inson tarbiyasi axloqiy-estetik tarbiya uyg‘unligida amalga oshirilishi lozim.

Agarda insonning ma’naviy qiyofasi estetik tarbiyaning insonparvarlik asoslari bilan


background image

93

uygunlashsa, bunda uning ma’naviy-ijtimoiy kamoloti ta’minlanadi hamda u komillik
darajasiga ko‘tariladi.

badiiy adabiyotning axloqiy-estetik mazmunida insonlarni muxabbat yo‘lida birlashtirish,

insondagi odamiylikni kamol toptirishga ishora bor. Bu chinakam insonparvarlik g‘oyasi bo‘lib,
tariqatda ilgari surilgan bu xikmatlar asrlar davomila yashab kelmoqda.

badiiy adabiyotning asosini insonning ham ruhan, ham jisman shakllanishi tashkil etib bu

jarayon hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yoqatmagan. Bugungi kunda yosh avlodni
barkamol inson qilib tarbiyalashda uning axloqiy tizimi yo`llari va usullari qo‘l keladi. Zero,
aqliy, axloqiy, jismoniy rivoj topgan shaxsni shakllantirishning xam ruhiy, xam ma‘naviy
tarbiyalash xosilasi buning yaqqol dalilidir.

Insoniyat tarixiy taraqqiyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, aniq maqsadni qo‘ygan g‘oya bilan

qurollangan jamiyat o‘z maqsadiga yeta oladi, o‘zini buyuklik sifatida namoyon qila oladi.
Insonning kuch-qudrati uning bilimi, aql- tafakkur darajasi bilan belgilangani kabi, har bir
xalqning kuch - qudrati ma‘naviy salohiyati, milliy mafkurasi va olg‘a yetaklaydigan g‘oyalar
zamirida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda Vatanimiz ma’naviy hayotida milliy g‘oya juda katta
o‘rin tutmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi xulosalarga kelish mumkin: Milliy

g‘oyaning ma’naviy ildizlarini tadqiq etish ma’naviyat g‘oyasidagi mushtarak maqsad va
ma’noni, vorisiylikni teran anglash imkonini beradi. Bu jabhada badiiy adabiyotning o‘rni
beqiyos ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, yoshlar kamolotini badiiy adabiyotsiz tasavvur etib
bo‘lmaydi, ular badiiy asarlar qahramonlaridan "O‘rnak olib" shakllanadilar. Kelajak barkamol
inson qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan sanaladi. Badiiy adabiyotning
axloqiy-estetik g‘oyalari mohiyatan inson g‘oyasiga qaratilgan. Shu ma’noda, tarbiya jarayonlari
bilan shug‘ullanadigan muassasalari uchun badiiy adabiyotdan yanada kengroq foydalanishi
tavsiya etish mumkin. Badiiy adabiyotning ilm, ma’rifat, tarbiya bilan bog‘lik g‘oyalarini
ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish va bu orada turkum ma’lumotlarni berib
boruvchi ko‘rsatuv, eshittirishlarni yo`lga qo‘yish kerak deb hisoblaymiz.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Karimov. I. A. Istiqlol va madaniyat. – T: O‘zbekiston, 1994.-B.160.

2.

Karimov. I. A. Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch. – T: Ma‘naviyat, 2008.-B.136-137.

3.

Xusanov. B. E. Shaxs va jamiyat munosabatlarida go‘zallikni namoyon bo‘lish

xususiyatlari. Falsafa fanlari nomzodi. Diss. Avtoreferati – Toshkent, 2002, - B: 4
4.

Erkayev A. Milliy g‘oya va ma‘naviyat. – T: Ma‘naviyat. 2002. – B. 163.

5.

Komilov I. Tasavvuf. – T.: Movarounnaxr – O‘zbekiston . 2009. – B. 394.

6.

Каримова, С. (2021). Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning tarkibiy funksional

tahlili.

Общество и инновации

,

2

(11), 273-279.

7.

Karimova, S. (2022). Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashda milliy merosimizning

orni.

Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali

,

2

(1), 485-488.

8.

Bayeshanov, A. (2022). THE ROLE OF ARTISTIC LITERATURE IN THE EDUCATION OF

THE YOUTH IN THE SPIRIT OF THE NATIONAL IDEA. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 2(1), 932-935.

Библиографические ссылки

Karimov. I. A. Istiqlol va madaniyat. – T: O‘zbekiston, 1994.-B.160.

Karimov. I. A. Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch. – T: Ma‘naviyat, 2008.-B.136-137.

Xusanov. B. E. Shaxs va jamiyat munosabatlarida go‘zallikni namoyon bo‘lish xususiyatlari. Falsafa fanlari nomzodi. Diss. Avtoreferati – Toshkent, 2002, - B: 4

Erkayev A. Milliy g‘oya va ma‘naviyat. – T: Ma‘naviyat. 2002. – B. 163.

Komilov I. Tasavvuf. – T.: Movarounnaxr – O‘zbekiston . 2009. – B. 394.

Каримова, С. (2021). Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning tarkibiy funksional tahlili. Общество и инновации, 2(11), 273-279.

Karimova, S. (2022). Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashda milliy merosimizning orni. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 2(1), 485-488.

Bayeshanov, A. (2022). THE ROLE OF ARTISTIC LITERATURE IN THE EDUCATION OF THE YOUTH IN THE SPIRIT OF THE NATIONAL IDEA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 932-935.