Авторы

  • Saida Karimova
    Guliston davlat universiteti o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.112795

Ключевые слова:

Ma’naviyat ma’naviy tarbiya ijtimoiy muhit oila ta’lim urf-odat an’ana ommaviy axborot vositalari globallashuv yoshlar qadriyatlar ruhiy kamolot.

Аннотация

Ushbu maqolada ma’naviyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda shaxs kamolotidagi ahamiyati tahlil etilgan. Ma’naviyatning shakllanishiga ijtimoiy muhit, oila, ta’lim-tarbiya, ommaviy axborot vositalari, urf-odat va an’analar, diniy va madaniy omillar qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy-nazariy asosda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy globallashuv sharoitida yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishda vujudga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari taklif etiladi. Maqolada milliy qadriyatlar asosida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish zarurligi ta’kidlanadi.


background image

81

MA’NAVIYAT VA UNI SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Karimova Saida

Guliston davlat universiteti o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15729526

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ma’naviyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning

jamiyat hayotidagi o‘rni hamda shaxs kamolotidagi ahamiyati tahlil etilgan. Ma’naviyatning
shakllanishiga ijtimoiy muhit, oila, ta’lim-tarbiya, ommaviy axborot vositalari, urf-odat va
an’analar, diniy va madaniy omillar qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy-nazariy asosda ko‘rib
chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy globallashuv sharoitida yosh avlod ma’naviyatini
shakllantirishda vujudga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari taklif etiladi.
Maqolada milliy qadriyatlar asosida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish zarurligi
ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar:

Ma’naviyat, ma’naviy tarbiya, ijtimoiy muhit, oila, ta’lim, urf-odat, an’ana,

ommaviy axborot vositalari, globallashuv, yoshlar, qadriyatlar, ruhiy kamolot.

Inson dunyoga kelibdiki, kamolot sari intiladi. Ham jismoniy ham ma’naviy kamolotga

erishish uchun tinmay harakat qilish, intilish lozim. Aslida ma’naviy kamolot insonga suv va
havodek zarur. Insonning ma'naviyati bir qator muhim vazifalarni bajaradi va hayotida katta
ahamiyatga ega. Ma'naviyat insonning axloqiy qarashlarini belgilaydi. U yaxshilik va yomonlik,
adolat va nohaqlik kabi tushunchalarni anglashda yordam beradi. Ma’naviyat orqali insonning
ichki dunyosi yuksalib, ruhiy osoyishtalikka erishishi mumkin.

Ma'naviyat odamni hayotdan maqsad izlashga, shaxsning o‘zini rivojlantirishiga, yangi

bilimlar olishiga va o‘zini takomillashtirib borishga undaydi. Ma'naviyat insonni boshqalarga
yordam berishga, yaxshilik qilishga va ijtimoiy mas'uliyatni his qilishga undaydi. Ma'naviyat
ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi. Odamlar o‘rtasida ishonch, hamjihatlik va hamkorlikni
ta'minlaydi.

Ma'naviyatni shakllantiradigan omillar ko‘plab jihatlarni o‘z ichiga oladi. Ular shaxsning

ichki dunyosini, axloqiy qadriyatlarini va hayotga bo‘lgan munosabatini belgilaydi. Insonning
ma’naviy yuksaklikka erishishiga undovchi, ma’naviy kamolotiga ta’sir etuvchi omillar juda
ham ko`p. Bu haqida turli manbalarda turlicha qarashlar bor. Jumladan, birinchi prezidentimiz
I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarining 1-bob 2-fasli “Ma’naviyatni
shakllantiradigan asosiy mezonlar” deb nomlanib, unda shaxs ma’naviyatini shakklanishida
ta’siri kuchli bo`lgan omillar tahlil etilgan. Asarda 8 ta asosiy mezon ko`rsatilgan. Bular:

Avesto-ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amal

Xalq og`zaki ijodi-Alpomish(Vatanparvarlik)

Navro`z-sahovatlilik

Islom dini-halollik,yaxshilik, insonparvarlik,ezgulik

Buyuk allomalarimiz hayoti va merosi

Oila-tarbiya ibtidosi

Maktab-ta’lim-tarbiya o`chog`i

Mahalla-tarbiya tayanchi
Birinchi prezidentimiz bu mezonlarning har biriga to`htalib, izohlab o`tganlar.Biz

ularning ayrim fikrlarini keltirib o`tmoqchimiz.

“Avesto”ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amal”

degan tamoyilni oladigan bo`lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo`lgan


background image

82

saboqlar borligini ko`rish mumkin. Ham shunday fikrlar, ya’ni, ezgu niyat, so`z va ish birligini
jamiyat hayotining ustuvor g`oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz
bilan naqadar uzviy bog`liq, nechog`liq mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa
e’tiborlidir

1

. Ushbu fikrlar orqali birinchi prezidentimiz uch ming yillik tarixga ega Avesto

kitobining insoniyatga berishi mumkin bo`lgan beqiyos sabog`ini, millatimiz ma’naviy
kamolotidagi o`rnini, uning asosiy g`oyalarining hozirgi zamonda ham ahamiyatli ekanligini
ta’kidlab o`tadilar.

... xalq og`zaki ijodining noyob durdonasi bo`lmish “Alpomish” dostoni millatimizning

o`zligini namoyon etadigan, avlodlardan-avlodlarga o`tib kelayotgan qahramonlik qo`shig`idir.
Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo`lsa, “Alpomish” ham shu
dostonning shoh bayti, desak, to`g`ri bo`ladi. Bu mumtoz asarda tarix to`fonlaridan, hayot-
mamot sinovlaridan ham chiqib, o`zligini doimo saqlaganel-yurtimizning bag`rikenglik,
matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o`z ifodasini topgan.

Shu bois “Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va

haqgo`y bo`lishga, o`z yurtimizni, oilamiz qo`rg`onini qo`riqlashga, do`stu yorimizni, or-
nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya
qilishga o`rgatadi”

2

. Xalq og`zaki ijodi inson kamolotiga bir qator jihatlari bilan ta'sir

ko'rsatadi. Bu ijod shakllari, asosan, xalqning tarixiy tajribalari, an'analari va madaniyatini o'z
ichiga oladi. Xalq og`zaki ijodi (xalq qo'shiqlari, ertaklar, afsonalar) avloddan-avlodga o‘tib,
xalqning madaniy merosini saqlaydi. Bu orqali insonlar o‘z milliyligini anglaydi va
madaniyatini hurmat qiladi. Og`zaki ijod asarlarida ko'plab axloqiy saboqlar mavjud. Ertaklar
va afsonalar orqali insonlar yaxshilik, adolat, samimiyat kabi qadriyatlarni o'rganadilar. Xalq
og`zaki ijodi inson kamolotiga katta ta'sir ko'rsatadi, chunki u madaniyatni saqlaydi, axloqiy
qadriyatlarni shakllantiradi va ijtimoiy aloqalarni rivojlantiradi. Bu ijod shakli shaxsning
ruhiy va emotsional rivojlanishida ham muhim rol o'ynaydi, shuningdek, tarixiy xotirani
saqlab qolishga yordam beradi.

“Milliy ma’naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani

xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram-sharqona yangi yil bo`lmish Navro`z ayyomi
misolida ayniqsa yorqin namoyon bo`ladi.

Barchamiz doimo orziqib kutadigan va ham xursandchilik, shodiyona bilan o`tkazadigan

Navro`z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz
saxovatining, ko`p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi
bo`lib kelmoqda”

3

. Bu bayram birdamlik, sahovat, mexr ramzi desak mubolag`a bo`lmaydi.

“Shu o`rinda ma’naviyatning yuksalishi bilai chambarchas bog`liq bo`lgan yana bir

mezon- muqaddas dinimiz haqida alohida to`xtalib o`tishni zarur, deb bilaman”

4

. Din

kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlagan. Jumladan, ota-bobolarimizning
muqaddas e’tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat
qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy ma’naviyati va merosi, o‘zligini saqlab
qolgan.

1

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. 32- bet.

2

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –Т.: Ma’naviyat, 2008. 32-33-betlar.

3

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. 35-bet.

4

O`sha asar.35-36-betlar


background image

83

“Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga

qo`shgan betakror hissasi to`g`risida so`z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon
olamida “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning
muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo`’tabar zot merosining gultoji
bo`lmish eng ishonchli hadislar to`plami –“Al-jome’ as-sahih” kitobi islom dinida Qur’oni
karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba bo`lib, ahli islom e’tiqodiga ko`ra, u bashariyat
tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug`i hisoblanadi”

5

.

Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo`l qo`ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi

ma’naviy iqlimni o`zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni
muddao bo`lur edi. Bu haqda gapirganda, men mumtoz yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning
“O’tgan kunlar” asaridagi qahramonlarning o`zaro muomala va muloqotlari, ularning hatto
kichik farzandlarini ham «siz»lab gapirishi misolida ota-bobolarimizning oila ma’naviyatiga
qanchalik ham e’tibor berganiga ishonch hosil qilaman. Oila insoniyatning eng katta ijtimoiy-
ma’naviy kashfiyoti hisoblanadi

6

. Shu sabab oilaning mustahkamligi, barqarorligi jamiyat

uchun juda muhim rol o‘ynagan. Oila - tarbiyaning o‘chog`i. Xalqimizda “qush uyasida
ko‘rganini qiladi” degan naql bejizga aytilmagan. Zero, oila jamiyatning tayanchi, mustahkam
asosi, kelajagini belgilovchi o‘ziga xos tuzilma, xalq ma’naviyati va ma’rifatining maktabidir.
Insonning kelgusida kim bo‘lib voyaga etishi, uning qanday shaxs bo‘lib shakllanishining
dastlabki va asosiy elementlari oila muhitida shakllanadi. Bola dunyoqarashi, shaxsiy axloqiy
sifatlarining shakllanishi uning 5-7 yoshgacha bo‘lgan davrda uyg`otilmasa, kelgusida uning
o‘rnini to‘ldirish uchun qilingan ko‘p harakatlar samara bermasligi mumkin.

-Ma’naviy hayotimizni yuksaltirish haqida gapirganda, mahallaning roli va ta’siri

xususida to`xtalish albatta o`rinlidir. Ma’lumki, azaldan o`zbek mahallalari chinakam milliy
qadriyatlar maskani bo`lib keladi. O’zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand,
yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, etim-esirlarning boshini silash, to`y-tomosha,
hashar va ma’rakalarni ko`pchilik bilan bamaslahat o`tkazish, yaxshi kunda ham, yomon
kunda ham birga bo`lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar avvalambor mahalla
muhitida shakllangan va rivojlangan

7

. Mahallada birdamlik, qo‘ni-qo‘shnichilik an’analari

chuqur ildiz otgan.Bir bolaga yeti qo`shni ota-ona deb bejiz aytishmagan.Bolani kamol
toptirishda mahallaga katta mas’uliyat yuklanadi.

Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir, qiladigan yana bir muhim hayotiy omil-bu

ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog`liqdir.

Albatta, ta’lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham

belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir

8

.

Xulosa o`rnida aytish mumkinki, inson ma’naviy kamolotida yuqoridagi mezonlarning

o`rni beqiyos. Ushbu omillar kishida sog`lom fikr, keng dunyoqarash, yuksak insoniy
fazilatlarni shakllanishiga yordam beradi.

References:

Используемая литература:

5

O`sha asar.38-bet

6

O`sha asar.55-bet

7

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. 58-bet.

8

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. 60-61-betlar.


background image

84

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. 58-bet.

2.

Karimova, S. (2022). MAFKURAVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDA OILANING

ROLI.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

2

(1), 715-718.

3.

Saida, K. (2022). MAFKURAVIY TAHDIDLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH

ZARURATI.

BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI

,

2

(1), 119-122.

4.

Bayeshanov, A. (2022). YOSHLARNI MILLIY G’OYA RUHIDA TARBIYALASHDA BADIIY

ADABIYOTNING O’RNI.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences

,

2

(1), 932-935.

5.

Bayeshanov, A. M. (2014). Rol instituta semi v sotsialno-kulturnom razvitii molodogo

pokoleniya.

Molodoy ucheno`y

, (9), 452-453.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. 58-bet.

Karimova, S. (2022). MAFKURAVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDA OILANING ROLI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 715-718.

Saida, K. (2022). MAFKURAVIY TAHDIDLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH ZARURATI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(1), 119-122.

Bayeshanov, A. (2022). YOSHLARNI MILLIY G’OYA RUHIDA TARBIYALASHDA BADIIY ADABIYOTNING O’RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 932-935.

Bayeshanov, A. M. (2014). Rol instituta semi v sotsialno-kulturnom razvitii molodogo pokoleniya. Molodoy ucheno`y, (9), 452-453.