Авторы

  • Omina Yusupova
    FarDU tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.112811

Ключевые слова:

ertak janri ezgulik yovuzlik oppozitsiya qarama-qarshilik syujet gʻoyaviy mazmun tarbiyaviy ahamiyat axloqiy qadriyatlar xalq ogʻzaki ijodi.

Аннотация

Ushbu maqolada ertak janrining oʻziga xos xususiyatlari, undagi ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi qarama-qarshilik tushunchasi atroflicha tahlil qilinadi. Maqolada ushbu oppozitsiyaning ertak syujetini harakatga keltiruvchi asosiy kuch ekanligi, shuningdek, uning gʻoyaviy mazmunni shakllantirishdagi hal qiluvchi roli yoritiladi. Qolaversa, ezgulik qahramonlar timsolida va ularning adolatli harakatlarida, yovuzlik esa personajlarning salbiy xatti-harakatlarida qanday namoyon boʻlishi ertaklardan olingan misollar bilan koʻrsatiladi. Tadqiqot ertaklarning nafaqat koʻngilochar, balki tarbiyaviy va axloqiy ahamiyatini ham taʼkidlab, yaxshilikning yovuzlik ustidan doimiy gʻalabasi orqali jamiyatda insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilishini asoslab beradi.


background image

141

ERTAK JANRI VA UNING TARKIBIDAGI “EZGULIK/YOVUZLIK”

OPPOZITSIYASI XUSUSIDA

Yusupova Omina Muxammadzoir qizi

FarDU tadqiqotchisi

yusupovaomina77@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15738173

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ertak janrining oʻziga xos xususiyatlari, undagi ezgulik va

yovuzlik oʻrtasidagi qarama-qarshilik tushunchasi atroflicha tahlil qilinadi. Maqolada ushbu
oppozitsiyaning ertak syujetini harakatga keltiruvchi asosiy kuch ekanligi, shuningdek, uning
gʻoyaviy mazmunni shakllantirishdagi hal qiluvchi roli yoritiladi. Qolaversa, ezgulik
qahramonlar timsolida va ularning adolatli harakatlarida, yovuzlik esa personajlarning salbiy
xatti-harakatlarida qanday namoyon boʻlishi ertaklardan olingan misollar bilan koʻrsatiladi.
Tadqiqot ertaklarning nafaqat koʻngilochar, balki tarbiyaviy va axloqiy ahamiyatini ham
taʼkidlab, yaxshilikning yovuzlik ustidan doimiy gʻalabasi orqali jamiyatda insoniy fazilatlarni
shakllantirishga xizmat qilishini asoslab beradi.

Kalit so‘zlar:

ertak janri, ezgulik, yovuzlik, oppozitsiya, qarama-qarshilik, syujet, gʻoyaviy

mazmun, tarbiyaviy ahamiyat, axloqiy qadriyatlar, xalq ogʻzaki ijodi.

KIRISH

Ertaklar alohida mustaqil janr sifatida paydo boʻlishi olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlar

xayoliy shaklda aks etgan davrlarga borib taqaladi. Chunki oʻsha zamonlarda real voqealar, turli
qabilalar hayoti bilan bogʻliq afsonalar, anʼanaviy urf-odatlar oʻzining avvalgi kuchini va
kundalik ahamiyatini yoʻqotib, insonlar ongida gʻayritabiiy hamda sirli hodisa boʻlib koʻrina
boshlagan. Xalq ogʻzaki ijodining eng qadimiy, keng tarqalgan va hajman salmoqli janrlaridan
biri boʻlgan ertak, katta-yu kichiklar uchun birdek qiziqarlidir. Uning ildizlari ibtidoiy
ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari va marosimlariga borib
taqaladi. Ularda odatda xalqning kundalik turmushi, insoniy fazilatlarga oid orzu-umidlari
xayoliy hamda hayotiy toʻqimalar orqali tasvirlanadi. “Hayot haqiqati bilan bo‘liq bo‘lib, xayoliy
va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g‘oya tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak
deyiladi” [1].

Aytish joizki, xalq og‘zaki ijodining eng muhim janri hisoblangan ertakning asosiy

xususiyatlaridan biri – ezgulik va yovuzlikning doimiy qarama-qarshiligi ya’ni oppozitsiyasi. Bu
oppozitsiya ertakning nafaqat syujetini harakatga keltiruvchi asosiy kuch, balki uning gʻoyaviy
mazmunini shakllantiruvchi markaziy element hisoblanadi.

Ezgulik

ertaklarda koʻpincha

qahramonlar timsolida nomoyon bo‘ladi. Masalan, ularning mehnatkash, halol, adolatli, jasur,
sadoqatli va gʻamxoʻr kabi ezgu xususiyatlarga ega bo‘lishi yuqoridagi fikrimizning isboti bo‘la
oladi. “Ayoz” nomli o‘zbek ertagining bosh qahramoni Ayoz ismli zukko, oqko‘ngil yigit bo‘lib,
donoligi tufayli podshoh uni o‘ziga vazir qilib oladi. Ertakdan olingan quyidagi parchada ham
qahramon yigitning don ova odil ekanligini ko‘rish mumkin.

“Shu bilan Ayoz podsho bo‘lib, o‘zining donoligidan xalqni odillik bilan so‘rab, mamlakatda

adolat o‘rnatgan ekan.”

[4]

Shu o‘rinda ta’kidlash mumkinki, o‘zbek xalq ertaklarida dehqon yigit, mehribon qiz,

donishmand chol, usta, tabib, keja farzand, mehribon vazir kabi ijobiy personajlar juda ko‘p
o‘rinlarda uchraydi. Bu kabi qahramonlar ertaklarda yaxshilik qilish, adolatni tiklash,


background image

142

yordamga muhtojlarga koʻmaklashish, qiyinchiliklarga sabr bilan bardosh berish kabi ijobiy
harakatlarni amalga oshiradi.

Ertaklardagi

yovuzlik

esa zolim podshoh, hasadgoʻy opa, o‘gay ona, yolgʻonchi doʻst, dev,

shum kampir, sehrgar, hasadgo‘y qo‘shni kabi salbiy obrazlar orqali nomoyon bo‘ladi. Bu kabi
salbiy obrazlar zulm qilish, aldash, hasad qilish, oʻgʻrilik, qotillik, oʻzgalar baxtiga koʻz olaytirish,
qahramonlarga toʻsiq boʻlish kabi harakatlarni amalga oshiradi.

“Bir bor ekan, bir yo‘q ekan qadim zamonda bir podsho bor ekan. U, shu qadar zolim va johil

ekanki, ta’biga kelgan har qanday noma’qul ishni qilaverar ekan”

(“Zolim podsho” ertagidan)

Odatda bunday kimsalar ertaklarda jazoga tortilish, baxtsizlik, tanazzul, mag‘lubiyat kabi

natijalarga erishib, qilgan yomonliklari uchun jazolanadi.

“Shunday qilib, To‘g‘riboy to‘g‘riligidan maqsadiga yetibdi, Egriboy esa egriligidan jazosini

tortibdi.”

(“Egri va To‘g‘ri” ertagidan)

Ta’kidlash joizki, aksariyat o‘zbek ertaklari baxt-saodat, farovonlik, adolatning tantanasi,

orzu-umidlarning roʻyobga chiqishi bilan yakun topadi. Ertaklarning asosiy maqsadi ham
ezgulikning yovuzlik ustidan g‘olib bo‘lishini ko‘rsatish, bu orqali tinglovchi yoki oʻquvchida
yaxshilikka ishonch, adolatga intilish va yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashdir. Shu sababli,
ertaklar odamlarda nafaqat koʻngilochar, balki axloqiy va tarbiyaviy ahamiyatga ham ega boʻlib,
avloddan-avlodga oʻtib keladi.

XULOSA

Tahlillar shuni koʻrsatadiki, ezgulik va yovuzlik oppozitsiyasi nafaqat ertak syujetining

asosiy harakatlantiruvchi kuchi, balki uning gʻoyaviy va tarbiyaviy mazmunini shakllantiruvchi
omildir. Ertaklarda ezgulik ijobiy qahramonlar va ularning adolatli harakatlari orqali, yovuzlik
esa salbiy obrazlar hamda ularning ziyonkor niyatlari orqali namoyon boʻladi. Xulosa qilib
aytganda, ertaklar nafaqat bolalar, balki barcha yoshdagi kishilar uchun qiziqarli badiiy asar
boʻlish bilan birga, yaxshilikning yomonlik ustidan doimiy gʻalabasini koʻrsatuvchi muhim
axloqiy va tarbiyaviy vositadir. Ular orqali avloddan-avlodga insoniy fazilatlar, adolatga intilish,
ezgu qadriyatlar meros bo‘lib o‘tadi hamda ertaklar shaxs maʼnaviyatining rivojiga katta hissa
qoʻshadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Imomov K. O‘zbek xalq ertaklari \ O‘zbek folklorining epik janrlari. –T.: Fan, 1981. –B.62-

69.
2.

Моспанова Наталья Юрьевна. Концептуальная оппозиция «добро/зло» в

фольклорной языковой картине мира (на материале русских народных сказок). Дисс. …
канд. филол. наук. 2005.
3.

Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: Musiqa, 2010. – 204 b.

4.

O‘zbek xalq ertaklari I jild. “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijod uyi, – Toshkent, 2007. –

220 b.
5.

O‘zbek xalq ertaklari. III jild. – Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijod uyi, 2014. –

384 b.
6.

Dildora, G., & Omina, Y. (2023). Jahon tilshunosligida ertak diskursining o‘rganilishi.

Involta Scientific Journal, 2(5), 118-122 b.


background image

143

7.

Yusupova O. Ingliz va o‘zbek maishiy er-taklaridagi asosiy tushun-chalarni ifodalovchi

leksema-larning semantik tahlili. FarDU. ILMIY XABARLARI. Ilmiy jurnal – №3, 2024.
http://journal.fdu.uz. ISSN 2181-1571. – 568-572 b.
8.

Yusupova, O. (2023). JAHON VA O‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ERTAK DISKURSINING

TURLICHA TASNIFLANISHI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари /
Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities
and Social Sciences., 3(8). 270-276.

Библиографические ссылки

Imomov K. O‘zbek xalq ertaklari O‘zbek folklorining epik janrlari. –T.: Fan, 1981. –B.62-69.

Моспанова Наталья Юрьевна. Концептуальная оппозиция «добро/зло» в фольклорной языковой картине мира (на материале русских народных сказок). Дисс. … канд. филол. наук. 2005.

Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: Musiqa, 2010. – 204 b.

O‘zbek xalq ertaklari I jild. “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijod uyi, – Toshkent, 2007. – 220 b.

O‘zbek xalq ertaklari. III jild. – Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijod uyi, 2014. – 384 b.

Dildora, G., & Omina, Y. (2023). Jahon tilshunosligida ertak diskursining o‘rganilishi. Involta Scientific Journal, 2(5), 118-122 b.

Yusupova O. Ingliz va o‘zbek maishiy er-taklaridagi asosiy tushun-chalarni ifodalovchi leksema-larning semantik tahlili. FarDU. ILMIY XABARLARI. Ilmiy jurnal – №3, 2024. http://journal.fdu.uz. ISSN 2181-1571. – 568-572 b.

Yusupova, O. (2023). JAHON VA O‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ERTAK DISKURSINING TURLICHA TASNIFLANISHI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(8). 270-276.