122
AHMAD DONISH FALSAFIY MEROSIDA INSON FALSAFASIGA MUNOSABATI
Miltiqboyev Bobur Zokirovich
O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15736076
Annotatsiya:
Mazkur maqolada XIX asrning yirik mutafakkiri Ahmad Donishning
falsafiy merosi tahlil qilinadi hamda uning inson, jamiyat va tafakkur masalalariga bo‘lgan
munosabati ochib beriladi. Tadqiqot davomida muallif Ahmad Donish asarlaridagi
antropologik yondashuvlarni o‘rganadi, u tomonidan ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy
tamoyillar, insonning jamiyatdagi o‘rni, erkin fikrlash va ilmiy tafakkurga berilgan baho
asosida inson falsafasi masalalari yoritiladi. Shuningdek, mutafakkirning g‘oyaviy qarashlari
o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy muhitida tahlil qilinadi. Ahmad Donishning
fikricha, inson kamoloti ilm va ma’rifat asosida shakllanadi. Uning inson haqidagi falsafiy
qarashlari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Ushbu maqola Ahmad Donishning
inson haqidagi qarashlarini hozirgi davr nuqtayi nazaridan tahlil etilgan.
Kalit so’zlar:
Ahmad Donish, ta’lim, falsafa, ma’rifatparvarlik g’oyasi, falsafiy meros,
inson falsafasi.
Insonni qurshab olgan tabiat haqidagi bilimlarni o’rganilishi va ularning rivojlanishi
inson o’zi haqida bilimlarga ega bo’lish ham kuchayib ya’ni insonning o’ziga bo’lgan qiziqishi
ortib bordi. Inson borlig’iga doir tadqiqotlar sohani yanada kengroq o’rganish va yangi
g’oyalar va o’ziga xos xususiyatlarni ochib erdi. Barcha jonli narsalar, o’simliklar va hayvonlar
ichida faqat odam erkin mavjudot bo’lib, tushunish, idrok etish, gapirish va harakat qilish
qobiliyatiga ega. Hatti harakatlarida erkinlikka ega bo’lgan, hamma narsani irodasi va
ifodasiga ko’ra tushunadigan mavjudotdir. Falsafiy bilimlarning rivojlanishi inson falsafasi
yo’nalishi uchun ham alohida ahamiyat kasb etdi. Olimlar inson va uning mohiyatini
anglashga, uning buyukligi va inson haqida ko’proq bilishga intilishi inson falsafasining
falsafiy bilimlar tarmogh’ida alohida yo’nalish sifatida ajiralib chiqishiga yo’l ochib berdi.
Inson to’g’risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoiti haqida fikr yuritishdan oldin aytish
mumkinki inson muammosi barcha zamonlarda ham falsafaning asosiy mavzularidan
hisoblangan. Falsafada inson muammosi boshqa fanlar kabi ma’lum bir xususiyatini emas
balki bir butun yaxlit sifatida o’rganishga e’tibor qaratadi.
Inson mohiyati haqidagi savol faylasuf va olimlarning insonning mohiyati va atrubutiv
xususiyatlarini o’rganish, har bir davr va madaniyat umuminsoniy mohiyatni turli yo’llar bilan
tahlil etdi. Masalan: Yevropa mamlakatlarida XVII asr faylasuflari inson mohiyatini aql – idrok
orqali ochib berishga harakat qildi. Chunki bu vaqtda Yevropada ilmiy rivojlanish jadal
sur’atlar bilan amalga oshirilayotgan edi. Inson falsafasi qadimgi zamonlardan boshlab Sharq
va antik davr faylasuflarini qiziqtirib kelgan. Inson falsafasi – bu insonni mohiyati, hayot
mazmuni, erkinligi, tafakkuri, va axloqiy tamoyillari, jamiyatdagi o’rni haqidadi fikr
yuritadigan falsafiy yo’nalishdir. Ushbu tushuncha insoniyat tarixida turli davrlarda turlicha
talqin qilingan bo’lib, Sharq va G’arb mutafakkirlari uni o’z qarashlari asosida izohlaganlar.
Anitik davrda insonni kosmosdagi kichik dunyo mikrokosmos deb hisoblashgan. Suqrot
insonni ruh va tananing kombinatsiyasi sifatida tushungan. Uning fikricha tana ruh uchun uy.
Ruh aql va axloqdan iborat. Insonning vazifasi har doim axloqiy kamolotga intilishdir.
Demokrit esa Suqrotdan farqli o’laroq inson tabiatning bir qismi sifatida qarab. Ruh ham
atomlardan iborat deb hisoblaydi. Tananing o’limi ruhning o’limiga olib keladi deb hisoblaydi.
123
Aristotel esa insonni ijtimoiy tabiat sifatida belgilab birinchi navbatda ong insonni aql
idrokini ko’rsatib beradi deb hisoblaydi. Inson tabiati ikki qismdan ruh va tanadan iborat deb
hisoblaydi. Qadimgi zamon faylasuflari insonni kosmik hayotga ya’ni mikrokosmosga
tenglashtirgan. Insonni aqlilli ijtimoiy hayvon deb tushunishgan
1
.
O’rta asrlarda insonga uch birlik sifatida qarash boshlandi. Insonni asosini ruh tashkil
qiladi. Yurak, iroda va aql deb hisoblaydi. O’rta asrlarda insonni xudoga o’xshash ekanligini
ta’kidladilar. Qadimgi zamon faylasuflari insonni koinotning bir bo’lagi sifatida qarashgan
bo’lsa o’rta asrlarda inson va koinot o’rtasida o’tib bo’lmas to’siq bor deb hisobladilar. O’rta
asrlarda insonda Xudo nafasi bor deb hisoblashgan.
B. Avgustin o’z qarashlarida insonni xudo bilan bog’liq bo’lgan erkin shaxs sifatida
ta’riflaydi. Uning erkinliklariga yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi tanlovni kiritadi. Shaxs o’z
xatti-harakatlari uchun javobgardir deb hisoblaydi. Inson o’zidagi yomonliklarni xudosiz
bartaraf etolmaydi deb hisoblaydi.
F. Akvinskiy inson mohiyatini ochib berishda Aristotel qarashlaridan foydalanadi. Inson
hayvonlar va farishlatar o’rtasidagi oraliq mavjudotdir deb hisoblaydi. Ruh va tana bir xil. Ruh
tanani belgilaydigan dvigateldir deb hisoblaydi. Inson esa ruh va tananing shaxsiy birligi
sifatida ko’radi.
Uyg’onish davri falsafasida inson olamning markaziga qo’yiladi. Chunki u koinot va
olamning yaratilishida barchasida ishtirok etadi deb hisoblashadi. Inson o’z baxti yoki
baxtisizliginining yaratuvchisidir. Ilmiy bilimlar va yangi madaniyatlarning shakllanishi
ta’sirida T. Gobbs qarashlarida insonni mavjudot emas deb ta’kidlaydi. Jamiyat va insonni
o’rganib inson bu bir biriga qarshi bo’lgan bo’ri sifatida ko’radi va hammaga urush qiladi bu
jamiyatning tabiiy holati deb qaraydi. R.Dekart insonni aql va fikrlashga ega bo’lgan aqlli
mavjudot sifatida belgilaydi
2
.
Falsafada inson tafakkuri rationalizm (aqlga asoslangan bilim) va empirizm (tajribaga
asoslangan bilim) o’rtasida tahlil qilinadi. Erkinlik – inson o’z fikrlarini, tanlovlarini va
qarorlarini o’zi mustaqil qabul qilish huquqiga ega bo’lishi kerak. Mutafakkirlar inson
tafakkurining ijtimoiy muhit va ta’lim orqali rivojlanishini ta’kidlaganlar. G’arb falsafasida
inson muammosini koinotning bir qismi sifatiuda tushunadi. G’arbda tabiat deganda faqat
moddiy, tasgqi dunyoni tushunadi. Bu tashqi tabiat o’zining tog’lari, bog’lari, okeanlari,
daryolari va o’zining cheksiz kuchi, rang-barangligi bilan jud ulug’vor. Lekin undan ham
ulug’roq dunyo bu insonni ichki dunyosidir. U quyosh, yulduzlar, yer va butun moddiy
Koinotdan yuksakroq, bizning shaxsiy jajji hayotlarimizning tor chegarasiga sig’maydigan
dunyodir. G’arb odami tashqi dunyoda “o’ziniki” bo’lganidek, bu ichki dunyoda Sharq odami
ham xuddi shunday “o’ziniki”dir. Shu bois... G’arb ma’naviy dunyo nima ekanligini, xudo nima
ekanligini, inson joni nima ekanligini bilmoqchi, dunyoning siri va mazmuni nimada ekanligini
anglab yetmoqchi bo’lsa, u Sharq oyoqlari ostiga cho’kib quloq solishi kerak. Hamonki dunyo
hozir ma’lum ma’naviy uyg’onishga muhtoj ekan, bunda u kuchni Sharqdan oladi
3
.
Ahmad Donishning falsafiy merosi chuqur ma’naviy, ilmiy va ijtimoiy mazmunga ega
bo‘lib, unda inson masalasi markaziy o‘rin egallaydi. U o‘z asarlarida insonni aql-idrok, axloq,
bilim va ma’naviyat orqali kamol topadigan mavjudot sifatida tasvirlaydi. Donishning
1
Xаврак А.П. Философия. Учебное пособие. –М.: 2005. С-250.
2
Андреев И .П . П роисхож дение человека и общества. М осква, 1988. С-178.
3
Вивекананда Свами. Философия йога. – Магнитогорск, 1992. – С.488-489.
124
qarashlarida inson shaxsiyati nafaqat jamiyatning bir bo‘lagi, balki uni o‘zgartirishga qodir
kuch sifatida ko‘riladi. U insonni ijtimoiy ong, tafakkur va ma’rifat asosida shakllanuvchi
mavjudot deb biladi. Mutafakkir fikricha, inson hayotining mazmuni — ilm olish, axloqiy
barkamollikka erishish va xalq farovonligiga xizmat qilishdir.
Ahmad Donish tomonidan ilgari surilgan bu g‘oyalar hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini
saqlab qolmoqda. Chunki bugungi globallashuv davrida insonni komil qilish, uning tafakkurini
mustaqil shakllantirish, ma’naviyatini yuksaltirish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Shunday ekan, Ahmad Donishning inson falsafasiga doir qarashlarini chuqur o‘rganish va
zamonaviy ijtimoiy-gumanitar jarayonlarga tatbiq etish katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb
etadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ahmad Donish. Risola yoxud Mang’itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi.
Dushanbe 1992. B-23.
2.
A.Donish. “Navodir-ul vaqoe” fors-tojikchadan tarjima qiluvchilar Alixonto’ra Sog’uniy
va Abdurahmon Hamroyev. Toshkent-Istanbul 2021. B-23-24.
3.
Axmedova Z.A. Tarixiy xotira yoshlarning ma’naviyatining asosi. Yangi O’zbekistonda
ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy
– amaliy konferensiyasi. Buxoro 2021. B-186
4.
Алиев С. Бухорода битилган байтлар. –Т.: Ғ.Ғулом, 1992.
5.
Ayniy S. Asarlar 8 jildlik. –Toshkent: O’Z SSR Davlat badiiy adabiyot, 1963-1967;
Tanlangan ilmiy asarlar. –Toshkent; Fan., 1978.