53
JURNALISTIKADA NEYTRAL YONDASHUVNING INQIROZI: OBYEKTIVLIK VA
SUBYEKTIVLIK O`RTASIDAGI CHEGARA
Sevara Rasulova
O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
1-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15770807
Annotatsiya:
Mazkur maqolada zamonaviy jurnalistikada obyektivlik masalasining
dolzarbligi tahlil qilinadi. Jay Rosen va Thomas Hanitzschning jurnalistikada obyektivlik
borasidagi qarama-qarshi yondashuvlari muhokama etilgan. Rosen jurnalistning shaffof
bo`lishi va subyektivlik yondashuvini tan olishi kerakligini ilgari sursa, Hanitzsch esa faktlarga
asoslangan, shaxsiy fikrlardan xoli obyektiv jurnalistikani himoya qiladi. Maqolada bugungi
jurnalistlar ushbu ikki pozitsiya o`rtasida muvozanat topishi zarurligi ta`kidlanadi.
Kalit so`zlar:
jurnalistika, obyektivlik, subyektivlik, shaffoflik, axborot ishonchliligi, Jay
Rosen, Thomas Hanitzsch, raqamli media, jurnalistik tamoyillar, ijtimoiy tarmoqlar.
CRISIS OF A NEUTRAL APPROACH IN JOURNALISM: THE BOUNDARY
BETWEEN OBJECTIVITY AND SUBJECTIVITY
Sevara Rasulova
Student of the 1st stage of the University of journalism and
mass communications of Uzbekistan
Annotation.
This article explores the issue of objectivity in modern journalism. It
discusses the contrasting views of Jay Rosen and Thomas Hanitzsch on the relevance and
implementation of objectivity in today`s media environment. While Rosen promotes
transparency and the acceptance of subjectivity in journalism, Hanitzsch defends traditional
objectivity as essential for crebility and truth. The article emphasizes the need for a balance
between the two approaches in the practice of journalism today.
Keywords:
Journalism, objectivity, subjectivity, transparency, information crebility, Jay
Rosen, Thomas Hanitzsch, digital media, journalistic principles, social networks.
Jurnalistika doimiy ravishda axborotni haqqoniy va xolis yetkazish tamoyiliga
asoslangan. Biroq, zamonaviy ommaviy axborot vositalari {OAV} va raqamli jurnalistikaning
rivojlanishi bilan obyektivlik tushunchasi o``zining dolzarbligini yo`qotib bormoqda.
Subyektiv yondashuv, shaxsiy fikr va pozitsiyaning jurnalistik materiallaga singdirilishi
natijasida an`anaviy “neytral” jurnalistika inqirozga yuz tutmoqda.
Neytral jurnalistika — bu yangilik yoki voqea haqida muallifning shaxsiy fikr va
hissiyotlarisiz, mutlaqo xolis yoritishga asoslangan jurnalistik yondashuvdir. Bunday uslubda
yozilgan materiallar faktlarga tayangan holda, turli tomonlarning nuqtayi nazarini teng
yoritib, o‘quvchiga yakuniy xulosa chiqarish imkonini o‘zi beradi. Neytral jurnalist hech
qachon bir tomonning g‘oyasini ilgari surmaydi va holatni baholamaydi.
Uning asosiy vazifasi — voqeani qanday bo‘lsa, shunday yetkazish. Masalan, siyosiy
qarama-qarshiliklar haqida yozilayotgan maqolada neytral yondashuv har ikki tomonning
pozitsiyasini birdek yoritishni talab qiladi. Shu orqali o‘quvchi voqeaga mustaqil baho berish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bugungi tezkor axborot oqimi va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘payib
borayotgan subyektiv baholovlar fonida neytral jurnalistika ayniqsa muhim. U nafaqat
54
axborot ishonchliligini oshiradi, balki jamoatchilikning real holatni tushunishiga ham xizmat
qiladi.
An`anaviy jurnalistikada obyektivlik tushunchasi: obyektivlik jurnalistikaning asosiy
tamoyillaridan biri bo`lib, axborot berishda shaxsiy qarashlaridan xoli bo`lishni nazarda
tutadi. Ushbu tushuncha XX asrning boshlarida, OAV ommaviylashishi va bosma nashrlar keng
auditoriyaga ega bo`la boshlagan davrda shakllandi. Muhim prinsiplar quyidagilar edi:
1. Xolislik- jurnalist faktlarni shaxsiy yoki siyosiy qarashlardan mustaqil holda
yetkazishi kerak.
2. Teng muomala-har qanday mavzuda turli tomonlarning fikri yoritilishi lozim.
3. Tasdiqlangan manbalar- axborot mustahkamlash dallilarga asoslangan bo`lishi zarur.
Ammo bu yondashuv XXI asrda ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy blogerlik va raqamli media
taraqqiyoti natijasida keskin o`zgarib bormoqda. Jay Rosen: obyektiv jurnalistika illuziyami?
Amerikalik media olimi Jay Rosen jurnalistik obyektivlik tushunchasini keskin tandiq qiladi.
Uning fikricha, mutlaq neytrallik amalda imkonsiz va jurnalist har qanday holatda ham
o`zining individual dunyoqarashi bilan ta`sir o`tkazadi. U quyidagi fikrlarni ilgari suradi:
Jurnalistlar mutlaq neytral bo`lishi mumkin emas. Har qanday jurnalist o`zining shaxsiy
tajribasi va ijtimoiy kontekstga soslanib ishlaydi. Shaffof jurnalistika muhim. Jurnalist shaxsiy
fikriga ega ekanligi yashirish o`rniga, uni ochiq namoyon qilishi kerak.
Ommaviy axborot vositalari auditoriya uchun subyektivlikni yashirmasligi lozim. Chunki
jamiyat axborot is`temol qilishda turli manbalardan foydalanadi va xolis axborotni mustaqil
tahlil qila oladi. Rosen jurnalistikaning an`anaviy neytrallik modelidan voz kechib, yangi-
“Shaffof jurnalistika” tamoyilini ilgari suradi. Uningcha, jurnalistlar o`z e`tiqodi va
qadiryatlarini ochiq ifodalash orqali ishonchni oshirishi mumkin. Thomas Hanitzsch:
obyektivlik jurnalistikaning asosi. Germaniyalik media tad qiqotchisi Thomas Hanitzsch esa
Jay Rosenning fikrlariga qarshi pozitsiyada turadi. U jurnalistikada obyektivlikni saqlash hali
ham muhimligini ta`kidlaydi va quyidagi fikrlarni ilgari suradi: Jurnalistik obyektivlik-
haqiqatni anglash vositasidir.
Agar jurnalistlar shaxsiy fikrlani faktlarga aralashtirib yuborsa, jurnalistika axborot
yetkazish o`rniga targ`ibotga aylanib qoladi. Jurnalistlar faqat dallillarga tayanishi kerak.
Haqiqiy jurnalistika shaxsiy fikrlar yoki siyosiy manfaatlardan mustaqil bolishi lozim.
Jurnalistik obyektivlikni yo`qotish ishonchsizlikka olib keladi. Agar ommaviy axborot
vositalari xolislik prinsipidan voz kechsa, jamiyat turli manipulyatsiyalar qurboniga aylanishi
mumkin. Hanitzschga ko`ra, jurnalistikaning ishonchliligi uning faktlarga asoslanganligida.
Agar jurnalist o`z fikrini ommaga singdirishga harakat qilsa, u axborot tarqatish o`rniga
auditoriyani manipulyatsiya qiladi. Ikki olim fikrining o`xshash jihatlari: Ikkala olim ham
jurnalistika jamiyat uchun muhim institut ekanligini e`tirof etadi. Ikkalasi ham
jurnalistikaning kelajagi ijtimoiy tarmoqlar va raqamli media bilan chambarchas bog`liq
ekanligini tan oladi. Rosen ham, Hanitzsch ham jurnalistikaning ishonchliligini oshirish uchun
yangi yondashuvlar zarurligini ta`kidlaydi. Farqli fikrlari: Jay Rosenning fikricha, mutlaq
obyektivlik amalda imkonsiz, chunki har qanday jurnalist o`z dunyoqarashi va shaxsiy
qarashlari orqali axborotga ta`sir ko`rsatadi. Unga ko`ra, jurnalist obyektivlik illyuziyasidan
voz kechishi va o`z pozitsiyasini ochiq ko`rsatishi lozim. Thomas Hanitzsch esa jurnalistik
obyektivlikni zaruriy tamoyil deb hisoblaydi. Uningcha, agar jurnalistlar subyektivlik
55
yondashuvga o`tsa, jurnalistika ishonchsiz manbaga aylanadi va auditoriyani manipulyatsiya
qilish xavfi yuzaga keladi.
Jurnalistning roli:
Jay Rosen jurnalistni faqat axborot yetkazuvchi emas, balki
jamiyatdagi muhim muammolarni tahlil qiluvchi va ularga o`z nuqtai nazari bildira oladigan
shaxs sifatida ko`radi. Uningcha, jurnalist o`z shaxsiy pozitsiyasini ochiq ko`rsatishi va bu
orqali auditoriya bilan ishonchli aloqa o`rnatishi lozim. Thomas Hanitzsch esa jurnalist faqat
faktlarga tayanishi va har qanday shaxsiy fikr yoki e`tiqoddan xoli bo`lishi kerakligini
ta`kidlaydi. Unga ko`ra, jurnalist axborotning aniq va ishonchli bo`lishini ta`minlashi kerak,
lekin uni shaxsiy interpretatsiya bilan boyitmasligi lozim.
Axborot sifati va ishonchlilik
: Jay Rosenning fikricha, subyektivlik jurnalistika ham
ishonchli bolishi mumkin, chunki auditoriya turli manbalar orqali xulosaga kelish manbalar
orqali xulosaga kelish imkoniyatiga ega. Unga ko`ra jurnalistning shaffof bo`lishi ishonchni
oshiradi va axborortning sifati subyektivlik bilan ham yuqori bo`lishi mumkin. Thomas
Hanitzsch esa faqat obyektiv jurnalistika haqiqiy ishonchlilikni ta`minlaydi deb hisoblaydi.
Uning fikricha agar jurnalist shaxsiy fikrlarini axborortga qo`shsa, bu jamiyatda noto`g`ri
tushunchalar shakllanishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, Jay Rosen va Thomas
Hanitzsch jurnalistik obyektivlik haqida qarama- qarshi fikrlarga ega. Rosen subyektivlik
yondashuvni himoya qilib, shaffof jurnalistikani ilgari suradi, Hanitzsch esa an`anaviy
obyektivlikni saqlash muhimligini ta`kidlaydi. Bu esa jurnalistikaning kelajakda qanday yo`l
tutishi kerakligi borasida global muhokamalarga sabab bo`lib kelmoqda.
Xulosa:
zamonaviy jurnalistika tobora shaxsiy fikrlar va subyektivlik yondashuvlar
bilan singdirilayotgan bir paytda, obyektivlik masalasi jiddiy muhokama qilinmoqda. Jay
Rosen jurnalist obyektiv bololmasligi sababli, uning pozitsiyasi shaffof bo`lishi kerakligini
ilgari suradi. Thomas Hanitzsch esa obyektivlikni yo`qotish jurnalistikani manipulyatisiyaga
aylantirishini ta`kidlaydi. Bugungi kunda jurnalistlar ushbu ikki yondashuv o`rtasida
muvozanat topishlari kerak. Ya`ni, axborot neytral yetkazish bilan birga, auditoriyani
haqiqatni tushunishga yo`naltirish lozim. Kelajak jurnalistikasi an`anaviy obyektivlik va
zamonaviy shaffoflik o`rtasida qanday yo`l tanlashi, media muhitining yanada rivojlanishiga
bo`gliq bo`ladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Rosen,
J.
(1993).
Beyond
Objectivity.
Nieman
Reports.
https://nieman.harvard.edu/articles/beyond-objectivity
2.
Rosen, J. (2006). The People Formerly Known as the Audience. PressThink.
http://archive.pressthink.org/2006/06/27/ppl_frmr.html
3.
Hanitzsch, T. (2007). Deconstructing Journalism Culture: Toward a Universal Theory.
Communication Theory, 17(4), 367–385.
https://doi.org/10.1111/j.1468-2885.2007.00303.x
4.
Hanitzsch, T., Van Dalen, A., & Steindl, N. (2018). Caught in the Nexus: A Comparative
and Longitudinal Analysis of Public Service Journalism in the Digital Age. Journalism, 19(3),
354–374.
https://doi.org/10.1177/1464884916679321
5.
Kovach, B., & Rosenstiel, T. (2014). The Elements of Journalism: What Newspeople
Should Know and the Public Should Expect (3rd ed.). Three Rivers Press.