136
“BOBURNOMA” SYUJETIDA EKSPOZITSIYA
Qozaqova Sayyora Sobitxon qizi
Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi
sayyora19900309@gmail.com, tel: 998934939898
https://doi.org/10.5281/zenodo.15798712
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ekspozitsiya va uning mohiyati, badiiy adabiyotdagi
o’rni, “Boburnoma” asari syujetida ekspozitsiyaning o’rni haqida so’z boradi. Asarda
ekspozitsiyaning tutgan o’rni va mohiyati struktural metod asosida tahlilga tortilgan. Asarni
tahlil qilish mobaynida Jt+Sht+Vs+Vb struktura aniqlangan bo’lib, bunda Jt - joy tasviri, Sht -
shaxs tasviri, Vs - voqea sababi, Vb - voqea bayoni hisoblanadi.
Kalit so’zlar:
syujet,
ekspozitsiya,
zamon va makon, personajlar, tashqi va ichki
struktura, “Boburnoma”, portret.
Аннотация
: В данной статье рассматривается экспозиция и ее сущность, место в
художественной литературе, место экспозиции в сюжете произведения “Бабурнома”.
Роль и сущность экспозиции в работе были подвергнуты анализу на основе
структурного метода. В ходе анализа работы была определена структура JT+St+vs+VB, в
которой JT - образ места, St - образ человека, vs - причина события, VB - повествование
события.
Ключевые слова:
сюжет, экспозиция, время и пространство, персонажи, внешнее
и внутреннее строение, “Бобурнома”, портрет.
Annotation:
this article will talk about the exposition and its essence, its place in fiction,
the place of exposition in the plot of the work “Boburnoma”. The role and essence of the
exposition in the work is drawn into the analysis based on the structural method. During the
analysis of the work, the structure of Jt+Sht+Vs+Vb was determined, in which the JT - location
image, the Sht - person Image, The Vs - cause of the event, the VB - event statement.
Keywords:
plot, exposition, time and space, characters, external and internal structure,”
Whirlpool", portrait.
Ekspozitsiya badiiy adabiyotda qoʻllaniladigan unsur bo’lib, badiiy asar syujetining
tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Unda voqealar roʻy beradigan zamon va makon,
personajlar toʻgʻrisidagi muallif maʼlumotlari tasvirlanadi. Bunday maʼlumotlar, odatda, badiiy
asar syujetining kirish qismida voqelik tuguni, rivoji, asosiy toʻqnashuvlar hamda
kulminatsion nuqtadan avval beriladi. Ekspozitsiyada oʻquvchi asarda ishtirok etuvchi
qahramonlar, ular harakat qiladigan joy, toʻqnashuvchi shaxslar va hodisalar toʻgʻrisida
dastlabki maʼlumotlarni oladi. Garchi ekspozitsiya badiiy asarda bosh konfliktni rivojlantirib,
keyingi voqealarga turtki berishga jiddiy koʻmaklashmasa-da, koʻpincha, asosiy voqea
rivojining yoʻnalishi hamda xarakterini oldindan aniqlashga xizmat qiladi.
Izzat Sulton asar qahramoni va uning endi hikoya qilinishi lozim bo’lgan sarguzashtining
qaysi sharoitda boshlanayotgani haqida o’quvchiga ilk ma’lumot beruvchi parchani
ekspozitsiya deb ta’riflaydi [1].
Ekspozitsiyaning muhim sharti qisqalik va mazmundorlilikdir. Ekspozitsiyaning hamma
qirralari asarning boshida to’la tasvirlanishi shart emas bo’lib, ekspozitsiyaga oid bir qancha
ikkinchi darajali tafsilotlar bayoni keyinroqqa qoldirililishi mumkin. Shuningdek, umumiy
137
ekspozitsiyadan tashqari asardagi yirik obrazlarning ham o’ziga xos mustaqil ekspozitsiyasi
bo’lishi mumkin.
Ekspozitsiya syujetning ilk va sokin holati hisoblanadi, lekin unda bo’lajak konflikt va
syujet rivojining “urug’lari” yashirin turda yashaydi.
Har bir asarda bo’lgani kabi Boburning “Boburnoma” asari ham o’ziga xos jihatlarga ega
asar hisoblanadi. Ushbu asarni o’zining soddaligi, real hayotni boricha aniq tasvirlagani uchun
ham qadrlashadi. Bobur tasvirlagan tabiat manzarasi, tarixiy shaxslarga bo’lgan xolisona
munosabat, tabiat hodisalarini boricha, yuksak idrok, ilmiy xulosalar bilan aks ettirish,
hayotda sodir bo’ladigan voqealarning kata-kichikligi, davlat ahamiyatiga molikligi-yu,
kundalik sodir bo’ladigan oddiy hodisalar bo’lmasin, rost, o’quvchi ishinchini qozonadigan
darajada mahorat bilan tasvirlaydi.
Biz tahlilga tortayotgan “Boburnoma” asari o’ziga xos tashqi va ichki strukturaga ega
asar hisoblanadi. Asar tashqi struktura jihatidan 3 katta qismga bo’linadi, shuningdek, ma’lum
yillar oralig’idagi voqealarni bayon qiladigan boblarga ajratiladi. Oradagi uzilishlar va
yo’qolgan sahifalarga hisobga olmaganda asarda 22 ta bob mavjud bo’lib, har bir bobda
voqelar xronikal tarzda tasvirlanadi. Eng birinchi bob “Sakkiz yuz to’qson to’qqizinchi (1494)
yil voqelari” deb nomlanib, bu bob asarni boshlab beruvchi kirish qism hisoblanadi[2].
Asarning ushbu qismida ekspozitsiyaning eng yorqin namunasiga guvoh bo’lamiz.
“Boburnoma” syujetida ekspozitsiyaning o’rni beqiyosdir. Asar boshlanmasida voqealar
sodir bo’ladigan joylar va asar qahramonlariga batafsil ta’rif beriladi. “Sakkiz yuz to’qson
to’qqizinchi
(1494) yil voqealari” deb nomlangan boshlanmada Farg’ona viloyati hamda
uning qasabalarining o’ziga xos tasviri beriladi[2]. Biz ushbu tasvirlarni quyidagi
jadvalda aks ettirdik:
1-jadval
Farg’ona – 5-iqlimdan, muxtasar viloyat, oshlig’ va mevasi farovon, atrofi tog’,
Samarqand va Xo’jand tarafida tog’ yo’q. Qishda agar shu tarafdan yov bostirib kelmasa,
boshqa tarafdan bostirib kelmaydi. Tobulg’u yig’ochi Farg’ona tog’laridan boshqa joyda
bo’lmaydi. Shuningdek, yabruh us-sanam – mehrigiyo ham o’sadi. Feruza va temir koni bor.
Farg’ona viloyatining hosili orqali adl bilan 3-4 ming kishi saqlasa bo’ladi.
Qasabalari – shaharlari:
Jo
y n
omi
Joylashuvi
Mevasi
O’ziga xos
tomoni
Joy nomi bilan
bog’liq hikoya,
rasm, rusum,
ta’rif
Tabiat
dunyosi
Mashhur
kishilari
An
di
jon
Farg’ona
viloyatining
poytaxti,
janubiy qasaba
Qovun va
uzumi
yaxshi
Oshlig’i vofir,
mevasi
farovon.
To’qqiz tarnov
suv kiradi,
lekin birortasi
chiqib
ketmaydi.
Qovun mahali
poliz poshida
qovun sotish ram
emas.
Bir qirg’ovulni 4
kishi yeb
tugatolmagan.
Ov qushi
ko’p,
qirg’ovuli
behad
semiz.
Havosining
ufunati bor
Xoja Yusuf
Andijoniy -
musiqada
mashhur
138
O’
sh
Andijonning
sharqi janubiy
tarafida.
Andijondan 4
yig’och yo’l
-
Havosi yaxshi,
oqar suvi
farovon,
bahori yaxshi
bo’ladi.
Safo Va Havoda
O’shga O’xhagani
Yo’q.
Baroko’h Tog’ida
Masjidi Javzo
nomli masjid bor.
Kim bu joyda
uxlasa, o’sha
yerdagi suvdan
quyadilar
Binafshasi
latif. Qalin
lola va
gullari ko’p
-
Mar
g’
in
on
Andijon
g’arbida,
Andijondan 7
yig’och yo’l
Anori va
o’rigi juda
yaxshi,
donakalon
nomli
anori
Samnon
anorlariga
o’xshaydi.
Subhoniy
nomli
quritilgan
o’rigi
mashhur
Eli sort,
mushtumzo’r
Jangaralik rasmi
bor, Samarqand
va Buxorodagi
nomdor
jangaralarning
ko’pi Marg’inonlik
Ov qushi
yaxshi, oq
kiyik ham
topiladi.
Sohibi Hidoya
Marg’inonning
Rushdon otliq
kentidan
Is
far
a
Ko’hpoyada
joylashgan,
Marg’inonning
g’arbi janubida
Oqar suvlari,
safolik
bog’chalari
bor. Eli
tamom sort va
forsiyg’oy.
“Sangi Oina”
oynadek
hammani
ko’rsatadigan
tosh bor.
Musmir
daraxti
ko’p,
bog’larida
bodom ko’p.
Shayx
Muslihiddin va
Xoja Kamol
Xo
’jan
d
Andijon va
Samarqanddan
25 yig’och yo’l
Anori
mashhur.
Lekin
“Marg’inon
anori ko’p
ortuqdir”
Havosi sababli
bezgak –
chupchuq bezgak
ko’p bo’ladi.
Havosining
bunday bo’lishiga
sabab shimol
tomondagi tog’lar
sabablidir.
Mevag’ul
degan tog’i
bo’lib, bu
tog’da
feruza koni
va juda ko’p
ilon bor.
Oq kiyik,
bug’u-
maral.
Qirg’ovul va
tovushqoni
ko’p
Kon
ibo
dom
Qasabacha.
Doimiy
esadigan
yellari bor.
Hodarvesh
nomli dasht
bor.
Bodomi yaxshi
bo’lgani uchun
shunday
nomlangan.
Xurmuz va
Hindistonga ham
yetib brogan.
Bodomi
bilan
mashhur
-
139
Ax
si
Sayhun
suvining
shimolidagi
qasaba, yana
bir nomi
Axsikat.
Andijondan
keyin turuvchi
2-katta qasaba.
Qovuni
yaxshi
bo’ladi.
Mirtemuriy
nomki
qovun turi
bor.
Umarshayx
mirzo poytaxt
qilgan.
Mahallasi
qo’rg’ondan
uzoqda
joylashgani uchun
“Deh kujovu
daraxton kujo” –
Qishloq qayda-yu
daraxtlar qayda
maqoli ishlatilgan.
Ov qushi, oq
kiyik, bug’u-
maral,
qirg’ovul va
tovushqoni
ko’p
Asiriddin
Axsikatiy
Kos
on
Axsining
shimolida
joylashgan
kichikroq
qasaba
-
-
Yaxshi havolik,
safoliq bog’chalari
bor. Bo’g’larining
barchasi soy
yoqasida
joylashgan.
-
-
Ushbu tasvirlardan so’ng asar qahramonlaridan Umarshayx mirzo, Sulton Ahmad mirzo
tasviri keltiriladi. Ushbu tasvirlarda asar qahramoni Boburning taxtga chiqishi va shiddatli
kechgan hayot yo’lining boshlanish nuqtalarida sodir bo’lgan voqealar mohirlik bilan
tasvirlanadi.
Ushbu bobda Umarshayx mirzoning ogʻasi Samarqand podshohi Sulton Ahmad mirzo va
moʻgʻul ulusining xoni Sulton Mahmudxon Umarshayx mirzoning yomon muomalasidan bezor
boʻlganliklari uchun bir-birlari bilan ittifoq tuzib, Sulton Ahmad mirzo Sulton Mahmudxonni
oʻziga kuyov qilib, oʻsha yili Sayhunning janub tomonidan Sulton Ahmad mirzo va shimol
tarafidan Sulton Mahmudxon Umarshayx mirzo ustiga lashkar tortishi, bu vaqtda Umarshayx
mirzo jardan kabutarlar va kabutarxonasi bilan uchib, halok boʻlgani, 39 yoshida vafot etgani
bayon qilinadi. Ya’ni asar voqelariga kirish aynan shu nuqtadan boshlanadi. Sababi Boburning
taxtga chiqishiga ushbu voqea sabab bo’ladi.
Muallif qahramon voqealarning boshlanish nuqtasini o’ziga xos uslubda yoritadi:
1. Joy tasviri (Farg’ona viloyati va qasabalari tasviri)
2. Shaxs tasviri (Umarshayx mirzo va Sulton Ahmad mirzo portreti)
3. Voqea sababi (Umarshayx mirzoning vafoti)
4. Voqea bayoni (Boburning taxtga chiqishi va jang tafsilotlari)
“To’qqiz yuzinchi (1494-1495)yil voqelari” nomli qism Sulton Mahmud mirzo fitnasi va
Hasan Ya’qub o’limi bilan bog’liq tasvir bilan boshlanadi. Ushbu qismda Sulton
Mahmudxonning mukammal portreti tasvirlanadi.
“To’qqiz yuz birinchi (1495-96) yil voqealari” esa Sulton Husayn Boyqaro mirzo
Xurosondan Hisor ustiga lashkar tortib, qishda Tirmiz toʻgʻrisiga kelgani, Sulton Mas'ud mirzo
ham lashkar yigʻib, Tirmizga roʻpara kelib oʻtirgani, Xisravshoh oʻzi Qunduzni mahkam qilib,
inisi Valini lash karga yuborgani haqidagi xabar bilan boshlanadi[2]. Ushbu qismda Sulton
Husayn Mirzo shaxsiyatiga ilk chizgi beriladi: “Sulton Husayn mirzo ishbilarmon va tajribali
podshoh edi”[2]. Haqiqatan ham voqealar rivojini kuzatadigan bo’lsak, jangda Husayn
Boyqaroning qo’li baland kelganligini ko’rishimiz mumkin.
Asarni tahlil qilish mobaynida quyidagi strukturani aniqladik:
Jt+Sht+Vs+Vb ya’ni, joy tasvirlanadi, shaxs tasvirlanadi, voqea sababi keltirilib, so’ng
voqea bayon etiladi. Asarning boshqa qismlarida ham bunday holatga guvoh bo’lamiz.
140
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sulton I. Adabiyot nazariyasi. –T.: O’qituvchi, 1986. 183-b.
2.
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. “Бобурнома”. –Т.: “Шарқ” НМАК, 2002
3.
В.Й.Зоҳидов. Бобирнинг фаолияти ва адабий-илмий мероси, “Бобурнома”.
Т.1960.с.25
4.
Бартольд В. В. История культури мусульманства. – С.Петербург. 1918.
5.
Новейшый философиский словарь. Постмодернизм. - М., 2007. С.636.
6.
Болтабоев Ҳ. Адабиётшунослик ва структурал методлар. Ўқув-услубий мажмуа. -Т.,
2012.
7.
Барт Р. Избранные работы. Семиотика. Поэтика / Пер. с фр., вступ. ст. и коммент.
Г.К. Косикова. – М.: Прогресс, 1989. – с. 360.