Авторы

  • Lobar Yusupbayeva
    Ajiniyoz nomidagi nukus pedagogika institutining “Boshlang’ich ta’lim” fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.116815

Ключевые слова:

PIRLS xalqaro baholash o‘qish savodxonligi kreativ fikrlash boshlang‘ich ta’lim matnni tushunish kitobxonlik madaniyati ongli o‘qish ijodiy tafakkur.

Аннотация

Ushbu maqolada PIRLS xalqaro baholash dasturining O‘zbekistondagi ta'lim tizimidagi ahamiyati, shu jumladan boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini o‘lchash va rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Maqolada, PIRLS dasturi orqali o‘quvchilarning matnni tushunish, tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini baholash imkoniyatlari va bu jarayonda o‘qish qobiliyatining yaxshilanishi masalalari muhokama qilinadi.


background image

123

PIRLS DASTURINING O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGINI

OSHIRISH VA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI

Yusupbayeva Lobar Alisherovna

Ajiniyoz nomidagi nukus pedagogika institutining

“Boshlang’ich ta’lim” fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15797883

Annotatsiya:

Ushbu maqolada PIRLS xalqaro baholash dasturining O‘zbekistondagi

ta'lim tizimidagi ahamiyati, shu jumladan boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning o‘qish
savodxonligini o‘lchash va rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Maqolada, PIRLS dasturi orqali
o‘quvchilarning matnni tushunish, tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini baholash
imkoniyatlari va bu jarayonda o‘qish qobiliyatining yaxshilanishi masalalari muhokama
qilinadi.

Kalit so‘zlar:

PIRLS, xalqaro baholash, o‘qish savodxonligi, kreativ fikrlash, boshlang‘ich

ta’lim, matnni tushunish, kitobxonlik madaniyati, ongli o‘qish, ijodiy tafakkur.

Yurtimizda yoshlarni intellektual qobiliyatlarini shakllantirish, ularni ijodiy va kreativ

fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Yoshlarni
jahon andozalariga mos holda tarbiyalash pedagoglar oldidagi muhim vazifalaridan biridir.
Ta’lim tizimini isloh qilish, dars jarayonlariga yangi metodlar va texnologiyalarni targ’ib
etilishi natijasida dars sifatini oshirishga erishish mumkin. Bugungi kundagi muammoli
masalalardan yana biri o’quvchi yoshlarni XXI asr talablariga javob beradigan aqliy yetuk,
dunyoqarashi keng kabi sifatlarni ularda aks ettirishdan iborat. Shunday ekan, ta’lim tizimiga
zamonaviy texnologiyalarni, yangi didaktik vositalarni qo’llash, yoshlarni yaratuvchanlik
qobiliyatlarinioshirish va boshqalar nazarda tutiladi. Vatan kelajagi va istiqboli yo’lida ko’plab
buyuk ishlarni amalga oshirish yoshlarimiz oldida turgan ulkan vazifalardandir. Yoshlarni
vatanga muhabbat ruhida, tarixga sadoqat kabi tuyg’ularni singdirish, ajdodlarimizdan
bizlargacha meros bo’lib kelayotgan ilmiy –madaniy meroslarni asrab –avaylash kabilar
muhim hisoblanadi. Yoshlarni ma’naviy salohiyatini oshirish, ta’lim –tarbiya berishda ilg’or
pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim jarayon hisoblanadi. Xalqaro baholash
dasturlaridan biri hisoblangan PIRLS baholash dasturi doirasida boshlang’ich sinf
o’quvchilarining salohiyati va egallagan bilim, ko’nikmalari baholanadi.

PIRLS

— bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning

matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. U
o’qish ta’limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish
imkoniyatini beradi. PIRLS xalqaro dasturi talablaridan kelib chiqib tayyorlangan
topshiriqlardan foydalanilganda, o’quvchilarning qiziqishi, kreativligi, sezilarli darajada
faollashdi. Tayyorlov jarayonida qo’llanadigan matn va hikoyalar o’quvchiga ta’limiy va
tarbiyaviy jihatdan ta’sir etib, ilmiy tafakkurini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Yosh
doirasida esa, ularning prixologik, fiziologik tomonlari ahamiyatga ega. PIRLS topshiriqlari
har tomonlama o’quvchini qo’llab-quvvatlab, ta’lim talablariga mos kadrni yetishishiga amaliy
yordam bera oladi. PIRLS topshiriqlari o’quvchilarni badiiy va axborot matnlarini o’qib, uni
qaydarajadatahlil qila olishlarini aniqlab beradi. O’qish savodxonligi - yozma tarzda bayon
etilgan namunalarni idrok etish va tahlil qilish qobiliyati tushuniladi. PIRLS topshiriqlari
boshlang’ich sinf 4-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan xalqaro baholash dasturi demakdir.


background image

124

Ushbu tadqiqotda asosan o’quvchilarning maktabdan va darsdan tashqari vaqtidagi ikki
turdagi o’qish savodxonligi bo’yicha o’quvchilar bilimi baholanadi.

1. O’quvchilarni badiiy o’qish savodxonligini aniqlash va shakllantirish.
2. Turli yangi informatsiyalar bilan boyitilgan axborotni o’zlashtirishi va ulardan

foydalanish ko’nikmasini rivojlantirish.

Badiiy o’qish savodxonligini aniqlashda, o’quvchilarga badiiy obrazli ifodalar bilan

berilgan matn taqdim etiladi. O’quvchilar matnni o’qib, matnga tegishli bo’lgan birnechta
savollarga javob berishadi. Axborot matnida esa yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan matn
o’quvchilarga taqdim etiladi. Matnda turli yangi informatsiyalar ham keltiriladi. O’quvchilar
ushbu matn bilan yaqindan tanishadilar va keltirilgan savollarga matn bo’yicha javob
izlaydilar. PIRLS topshiriqlari boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qish savodxonligini oshirish
bilan bir qatorda, ularning kreativ fikrlash qobiliyatini,ijodiy tafakkurini o’stirishga ham
bevosita yordam beradi. Matnni o’qib, uni eslab qolish ko’nikmasini shakllantiradi.
O’quvchilarning dunyoqarashini va fikrlash doirasini kengaytirishda muhim omil vazifasini
o’taydi.

PIRLS doirasida foydalaniladigan matnlar quyidagi mezonlar asosida tanlanadi:

Matn uzunligi (standart: 1000 so‘zgacha);

Mavzuning mosligi;

Tiling soddaligi va tushunarliligi;

Voqea-hodisalar ketma-ketligi;

Yosh xususiyatlariga mosligi.
Xulosa qilib aytganda, PIRLS xalqaro baholash dasturining ta’lim tizimimizdagi joriy

etilishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini va tafakkur darajasini xalqaro
mezonlar asosida baholash imkonini beradi. Bu esa ta’lim sifati, o‘quv dasturlarining
mukammalligi va pedagoglarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishda muhim
ahamiyatga ega. Shuningdek, yosh avlodni mustaqil va erkin fikrlaydigan, ijodiy salohiyatga
ega insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi. PIRLS xalqaro baholash dasturlari doirasida
o’quvchilarda badiiy matnlarni tahlil qilishga o’rgatishni amalga oshirish mumkin. Matnni
o’qish jarayonida nafaqat o’qish savodxonligi va shu bilan bir qatorda ongli o’qish
savodxonligi hamo’quvchilarda shakllanadi. O’quvchilarni PIRLS xalqaro baholash dasturi
doirasida shakllantirilgan topshiriqlar asosida kitobxonlikka o’rgatish, kitobxonlik
madaniyatini shakllantirishga ham erishish mumkin. Shu bilan bir qatorda, o’quvchilarni
erkin va kreativ fikrlash qobiliyatlarini yuksak darajada rivojlantirish va sayqallashga erishish
mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mullis, S., Martin, O., Foy, P., & Hooper, M. (2017). PIRLS 2016 International

Results in Reading.
2.

Amonova Aziza “Ta’lim sifatini baholashda xalqaro baholash dasturlari” o’quv qo’llanma.

3.

I. S. Xotamov, M.K. Olimov, G.R.Madrahimova, I.S.Foziljonov “Kreativ fikrlash”.

4.

Mullokilicheva, R. (2022).

Ta’limda xalqaro baholash dasturlari: PIRLS va PISA tahlili

.

Toshkent: Ilm Ziyo nashriyoti.


background image

125

5.

Ministry of Public Education of Uzbekistan (2021).

Milliy ta’lim tizimida PIRLS dasturi

asosida olib borilgan monitoring natijalari

.

6.

Usmonov, S. (2020).

Boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligi va kreativ fikrlashni

shakllantirish metodikasi

. Samarqand: Barkamol Avlod.

Библиографические ссылки

Mullis, S., Martin, O., Foy, P., & Hooper, M. (2017). PIRLS 2016 International Results in Reading.

Amonova Aziza “Ta’lim sifatini baholashda xalqaro baholash dasturlari” o’quv qo’llanma.

I. S. Xotamov, M.K. Olimov, G.R.Madrahimova, I.S.Foziljonov “Kreativ fikrlash”.

Mullokilicheva, R. (2022). Ta’limda xalqaro baholash dasturlari: PIRLS va PISA tahlili. Toshkent: Ilm Ziyo nashriyoti.

Ministry of Public Education of Uzbekistan (2021). Milliy ta’lim tizimida PIRLS dasturi asosida olib borilgan monitoring natijalari.

Usmonov, S. (2020). Boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligi va kreativ fikrlashni shakllantirish metodikasi. Samarqand: Barkamol Avlod.