97
OTA-ONA QARAMOGʻISIZ QOLGAN BOLALARNI TUTUNGAN OILAGA
MOSLASHTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Isaqov Ilyosjon Islomjon oʻgʻli
Qoqon davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15788079
Annotatsiya.
Mazkur tezisda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tutungan
oilalarda ijtimoiy-moslashuv jarayonining nazariy-metodologik asoslari yoritilgan.
Bolalarning psixologik, ijtimoiy va ma'naviy moslashuv jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar,
xususan, tutungan oilaning tayyorgarligi, psixopedagogik yondashuvlar va ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash tizimlari tahlil qilingan. Shuningdek, bolalarning yangi oilaviy muhitga
integratsiyalashuvi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar, moslashuv bosqichlari va ularni
amalga oshirishda samarali bo‘lgan metodik yondashuvlar asoslab berilgan. Tadqiqot
davomida ilg‘or xorijiy tajribalar, amaliy kuzatuvlar hamda ijtimoiy-psixologik diagnostika
metodlaridan foydalanilgan. Tezisda tutungan oilalar bilan ishlashda qo‘llanishi mumkin
bo‘lgan tavsiyalar ishlab chiqilgan va ular amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar, tutungan oila, moslashuv, ijtimoiy
integratsiya, psixologik yordam, metodologik asos, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, bolalar
huquqlari, oilaviy tarbiya, reabilitatsiya.
Kirish:
XXI asr insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyotida chuqur ijtimoiy, madaniy va
siyosiy siljishlar, oilaviy institutlar buzilishi, iqtisodiy notekislik, migratsiya oqimlari hamda
zo‘ravonlik va urushlar oqibatida jamiyatning eng himoyasiz qatlamlaridan biri bo‘lgan
bolalar taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kuchaymoqda. Xususan, ota-ona
qaramog‘isiz qolgan bolalarning soni yildan-yilga ortib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti (JSST) va UNICEF tomonidan 2023-yilda taqdim etilgan global hisobotga ko‘ra,
dunyo bo‘yicha 153 million bola turli sabablarga ko‘ra ota-onasining to‘laqonli
g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lib yashamoqda. Bu holat nafaqat inson huquqlari, balki milliy
barqarorlik, ijtimoiy integratsiya va axloqiy qadriyatlar tizimi uchun ham jiddiy tahdid
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi ham bu global muammolardan xoli emas. Davlat
statistika qo‘mitasining 2024-yil boshida e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda
hozirgi vaqtda rasmiy ro‘yxatda turgan 28 000 nafardan ortiq bola ota-ona qaramog‘isiz
qolgan, ularning aksariyati turli muassasalarda yoki tutungan oilalarda tarbiyalanmoqda. Bu
ko‘rsatkichlar O‘zbekiston jamiyatining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy tarkibida yuzaga
kelayotgan jiddiy o‘zgarishlarni aks ettiradi. Bolalarning to‘laqonli rivojlanishi uchun ularning
oilaviy muhiti, tarbiya tizimi va psixologik barqarorligi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu
boisdan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni faqatgina institutsional muassasalarda emas,
balki ularni tutungan oilalar asosida ijtimoiylashtirish va jamiyatga moslashtirish dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Bunday bolalarni tutungan oilalarga joylashtirish nafaqat ularning
ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, balki psixologik barqarorlik, emotsional qo‘llab-quvvatlash
va ijtimoiy adaptatsiyani ta’minlash imkonini beradi. Ilmiy adabiyotlarda tutungan oilalarning
ijtimoiy institut sifatidagi roli ko‘plab psixologik, pedagogik va sosiologik tadqiqotlarning
diqqat markazida bo‘lgan. Masalan, Bronfenbrennerning ekosistemik nazariyasi asosida
bolalarning rivojlanishida yaqin atrof-muhit (mikrosistema) eng muhim ijtimoiy determinant
hisoblanadi. Shu jihatdan, tutungan oila bolaning yangi mikrosistemasini tashkil etib, u orqali
bola maktab, tengdoshlar va jamiyat bilan interaktiv aloqalar o‘rnatadi. Biroq, ushbu
98
moslashuv jarayoni murakkab psixososial dinamikaga ega bo‘lib, u nafaqat bolaning ruhiy
salomatligiga, balki tutungan oilaning pedagogik va emotsional tayyorgarligiga ham bog‘liq.
Mazkur tezisda aynan ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning tutungan oilaga
moslashtirilish jarayoni va uning nazariy-metodologik asoslari chuqur tahlil qilinadi. Bu
jarayonni ilmiy jihatdan o‘rganish — O‘zbekiston ijtimoiy himoya siyosatining uzviy tarkibiy
qismi hisoblanib, farovon jamiyat barpo etish, axloqiy barkamollikni ta’minlash va inson
kapitalini rivojlantirishda muhim vositadir. Ayrim xalqaro tadqiqotlar, masalan, Harvard
Universiteti tomonidan 2020-yilda amalga oshirilgan “Foster Care Outcomes” loyihasi
doirasida o‘tkazilgan empirik kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, tutungan oilaga moslashtirilgan
bolalarda ijtimoiy integratsiya ko‘rsatkichlari 35% ga yuqori, depressiv holat ko‘rsatkichlari
esa 22% ga past bo‘ladi, bu esa ular uchun oilaviy muhitning ta’siri salbiy emas, balki
ijobiyligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, tutungan oilada tarbiyalanayotgan bolalarning 18%
dan ortig‘i o‘zini chetlanib qolgan, ishonchsiz va moslasha olmagan holatda his qiladi. Demak,
bu yo‘nalishda metodik, tizimli va ilmiy asoslangan yondashuvlar zarur bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston tajribasida so‘nggi yillarda tutungan oilalarning huquqiy maqomini
mustahkamlash, ularni rag‘batlantirish va bolalar huquqlarini ta’minlash borasida qator
normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasida bolalar
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun, Prezident qarorlari va vazirliklararo dasturlar
orqali tutungan oilalarning roli mustahkamlanmoqda. Biroq amaliyotda uchrayotgan
qiyinchiliklar, ya’ni oilalarning pedagogik tayyorgarligining yetishmasligi, psixologik
muammolar, bolalarning ilgari boshdan kechirgan travmalari, bu tizimda kompleks
yondashuvning zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu nuqtai nazardan, tezisning asosiy
maqsadi — ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tutungan oilaga moslashtirish jarayonini
ilmiy-nazariy va metodologik asoslarda tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda
ularni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
O‘zbekistondagi mavjud tutungan oilalardagi bolalarning ijtimoiy, psixologik holatini
baholashda milliy (O‘zbekiston Respublikasi Bolalar ishlari agentligi) va xalqaro (UNICEF,
Save the Children) manbalar asos qilib olinadi. Shuningdek, tezisda ilg‘or xorijiy tajribalar,
xususan, Norvegiya, Kanada, Fransiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarda tutungan oilalarning
bolalarni ijtimoiylashtirishdagi samaradorligini ta’minlashga qaratilgan metodologiyalar tahlil
qilinadi[1]. Bu davlatlarda amalga oshirilayotgan "training-based fostering", "psychosocial
support modules" va "child-family integration protocols" kabi amaliy dasturlar O‘zbekiston
sharoitida ham tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ko‘riladi.
Tadqiqotning ilmiy-nazariy ahamiyati shundan iboratki, u ota-ona qaramog‘isiz qolgan
bolalarning huquqiy, psixologik va sotsiokultural moslashuvi bo‘yicha tizimli,
integratsiyalashgan yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tezisda ishlab
chiqilayotgan metodologik asoslar, tutungan oilalar bilan ishlaydigan psixologlar, ijtimoiy
pedagoglar va davlat tashkilotlari uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ota-
ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tutungan oilalarga moslashtirish muammosi — nafaqat
psixologik va pedagogik, balki ijtimoiy, huquqiy va madaniy omillarni o‘z ichiga oluvchi ko‘p
qirrali masala hisoblanadi. Bu muammoni hal etish uchun esa tizimli, empirik ma’lumotlarga
asoslangan, ilmiy asoslangan yondashuv talab etiladi. Mazkur tezis aynan shu ehtiyojni
qondirishga xizmat qiladi.
99
Hozirgi globallashuv davrida insoniyat hayotida yuz berayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy va ma'naviy o‘zgarishlar bir qator dolzarb ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Ularning eng og‘ir va mas’uliyatlisilaridan biri — ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning
taqdiri, ularning jamiyatga to‘laqonli integratsiyasi va sog‘lom rivojlanishini ta'minlash
masalasidir. Ota-onasiz qolgan bolalar nafaqat psixologik travma, balki ijtimoiy moslashuv,
emotsional barqarorlik va shaxsiy identifikatsiya kabi jarayonlarda qiyinchiliklarga duch
kelishadi. Shu sababli bu toifadagi bolalarni oilaviy muhitda tarbiyalash, xususan, tutungan
oilalarga joylashtirish va bu jarayonni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish bugungi kunda nafaqat
pedagogik, balki sotsiologik, psixologik va huquqiy nuqtai nazardan ham dolzarb
masalalardan biriga aylangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-iyundagi
PQ–5155-son qarori bilan qabul qilingan “2022–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida
bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish Milliy
dasturi”da ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni oilaviy muhitda tarbiyalashga bosqichma-
bosqich o‘tish strategiyasi belgilab qo‘yilgan. u esa davlat siyosatida tutungan oilalarni
muqobil tarbiya shakli sifatida e’tirof etish va ularni tizimli qo‘llab-quvvatlash zarurligini
ko‘rsatadi. Chunki ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, institutsional muassasalarda
tarbiyalangan bolalarning psixologik rivojlanishi va ijtimoiy moslashuv ko‘rsatkichlari, oilaviy
muhitda ulg‘aygan bolalarnikiga qaraganda ancha past bo‘ladi. UNICEF va Jahon banki
tomonidan 2022-yilda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tutungan oilalarga joylashtirilgan
bolalarda o‘ziga ishonch darajasi 42% ga yuqori, jamiyatda ijtimoiy moslashuv esa 35% ga
yaxshilangan[2]. Shu bilan birga, ularning ta’limda ishtirok etish faolligi va ruhiy barqarorligi
ham yuqori natijalar ko‘rsatgan. O‘z navbatida, bu natijalar tutungan oilalarning bola
taqdiridagi beqiyos o‘rnini ilmiy asoslash zarurligini ko‘rsatmoqda. Biroq, amaliyotda
uchrayotgan muammolar — tutungan oilalarning pedagogik tayyorgarlik darajasining yetarli
emasligi, bolaning psixologik moslashuv bosqichida uchraydigan qiyinchiliklar, bolalarning
ilgari boshdan kechirgan travmalari, ularni yangi oilaviy muhitga integratsiyalashuvini
murakkablashtirmoqda. Bu holat ko‘plab ilg‘or davlatlarda maxsus tayyorgarlik kurslari,
psixologik maslahat markazlari, oilaviy ijtimoiy ishlar kabi xizmatlarni joriy qilish orqali hal
etilmoqda. O‘zbekistonda esa ushbu tizim endilikda shakllanayotgan bosqichda bo‘lib, bu
yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar yetarli darajada emas. Shu sababli, bu mavzu bo‘yicha nazariy-
metodologik asoslarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish muhim ilmiy-ijtimoyiy
vazifadir. Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi transformatsiya bosqichida
bo‘lib, davlatning vazifalari endilikda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat
tashkilotlar va tutungan oilalar bilan hamkorlikda hal qilinmoqda. Bu esa ota-ona
qaramog‘isiz qolgan bolalarni faqat davlat muassasalarida emas, balki oilaviy muhiti mavjud
bo‘lgan muqobil muhitlarda parvarishlashni asosiy strategik yo‘nalishga aylantirmoqda.
Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida bolaning shaxsiy qadr-qimmati,
huquqlari va emotsional farovonligini ta'minlash yotadi. Ayniqsa, bola shaxsini
shakllantirishda asosiy ijtimoiy muhit bo‘lmish oila institutining o‘rni, uning ijtimoiy-iqtisodiy,
psixologik va pedagogik jihatdan tayyorlik darajasi ilmiy tahlilni talab qiladi[3]. Shu boisdan,
“Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni tutungan oilaga moslashtirishning nazariy-
metodologik asoslari” mavzusini ilmiy jihatdan tadqiq etish — nafaqat dolzarb, balki davlat
miqyosida ustuvor masala sifatida qaralishi lozim. Mazkur tadqiqot nafaqat ushbu bolalarning
huquq va manfaatlarini himoya qilishga, balki ularning ijtimoiy faolligi, mustaqil fikrlashi va
100
kelajakda jamiyatga foydali shaxs bo‘lib yetishishiga zamin yaratishga xizmat qiladi. Ayniqsa,
bolalik davrida berilgan ijtimoiy va emotsional yordam ularning butun hayoti davomida
psixologik sog‘lomligi, ijtimoiy pozitsiyasi va hayotiy strategiyalarini belgilab beradi.
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni tutungan oilalarga moslashtirish
sohasidagi islohotlar:
Mustaqillik yillaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasida bolalarni
ijtimoiy himoya qilish, ularning huquqlarini ta’minlash, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga
muqobil oilaviy tarbiya shakllarini joriy etish yo‘nalishida tub islohotlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, bolalarning institutsional muassasalardan oilaviy muhitga o‘tkazilishi, ularni
tutungan oilalar orqali tarbiyalash va jamiyatga moslashtirish bugungi davlat siyosatining
muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu islohotlar o‘z ichiga qonunchilik bazasining
takomillashtirilishi, institutsional tizimlarning yangilanishi, xalqaro hamkorlikning
kengaytirilishi va ilmiy-metodik yondashuvlarning kuchaytirilishini oladi. Avvalo, normativ-
huquqiy asoslarning mustahkamlanishi bu boradagi islohotlarning asosiy tayanchi bo‘lib
xizmat qilmoqda. 2008-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida bolalar
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun, 2020-yildan boshlab amalda bo‘lgan
“O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi”dagi o‘zgartirishlar, 2021-yilgi “Vasiylik va
homiylik to‘g‘risida”gi qonun hamda 2022-yilgi Prezident qarori bilan tasdiqlangan “2022–
2026-yillarda bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya
qilish bo‘yicha Milliy dastur” ushbu yo‘nalishda kompleks yondashuvni belgilab berdi[4]. Bu
hujjatlar asosida tutungan oilalarning maqomi aniq belgilandi, ularni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlashning mexanizmlari ishlab chiqildi, bolalarni oilaviy muhitda tarbiyalash bo‘yicha
metodik tavsiyalar yaratildi. Islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri — institutsional
tizimlarni optimallashtirish va ularni oilaviy muhit bilan integratsiyalashuviga xizmat qiluvchi
modellarni joriy etishdir[]5. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bolalar ishlari agentligi,
Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-
quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda joylardagi mehribonlik uylari faoliyatini qayta ko‘rib
chiqish va ularni oilaviy modellar asosida isloh qilish ishlari boshlangan. Endilikda “Oilaviy
turdagi bolalar uylari” (family-type homes) modelini joriy etish bo‘yicha tajriba loyihalari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida
boshlangan. Tutungan oilalarga davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar
tizimi ham islohotlar doirasida kengaytirilmoqda. Jumladan, homiylikka bola olgan oilalarga
bolani boqish uchun har oyda o‘rtacha 1 million so‘mga yaqin nafaqa to‘lab berilmoqda,
shuningdek, ularning ta’lim va sog‘liqni saqlash xarajatlarini qoplash uchun byudjetdan
subsidiyalar ajratilmoqda. 2023-yil ma’lumotlariga ko‘ra, tutungan oilalardagi 12 mingdan
ortiq bola davlat tomonidan ushbu ijtimoiy yordam dasturlaridan foydalangan[6]. Bunda
ularni ruhiy-psixologik reabilitatsiya qilish bo‘yicha maxsus markazlar ham faoliyat
yuritmoqda. Psixologik va pedagogik xizmatlar tizimini rivojlantirish islohotlarning muhim
yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi ilmiy-metodik markazlar, psixologik
xizmat bo‘limlari va malaka oshirish institutlari bilan birgalikda tutungan oilalarda bolalarni
moslashtirishga oid metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilmoqda. Bu qo‘llanmalar orqali
oilalarning tarbiyaviy savodxonligi, psixologik muvozanati va bola bilan ishlash
kompetensiyasi oshirilmoqda[7]. Toshkent davlat pedagogika universiteti, Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa oliygohlarda tutungan oilalar bilan
101
ishlovchi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlar ochilmoqda.
Shuningdek, ijtimoiy sheriklik va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirish ham
dolzarb islohotlardan biridir. O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari, xususan, “Mehrli
qo‘llar”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Farzandlar kelajagi” kabi NNTlar tutungan oilalar bilan
ishlashda keng qamrovli loyihalarni amalga oshirmoqda. Ular vasiylik organlari bilan
hamkorlikda oilaviy diagnostika, psixologik maslahatlar, reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish,
treninglar o‘tkazish orqali tutungan oilalarni qo‘llab-quvvatlayapti[8]. Xalqaro tashkilotlar
bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar ham katta samaralar bermoqda. UNICEF,
UNDP, Save the Children, Terre des Hommes kabi tashkilotlar O‘zbekistonda tutungan oilalar
bilan ishlash bo‘yicha metodik materiallar, qo‘llanmalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy
qilishda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, 2021–2024-yillar davomida UNICEF tomonidan
amalga oshirilgan “Every Child Needs a Family” dasturi doirasida 800 nafardan ortiq bola
muassasalardan tutungan oilalarga o‘tkazildi, 2500 nafar oilaga maslahat, trening va
pedagogik ko‘mak ko‘rsatildi[9]. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali
islohotlarning samaradorligini oshirish choralari ham ko‘rilmoqda. “Bolani tutungan oilaga
joylashtirish” bo‘yicha yagona axborot platformasi ishga tushirilgan bo‘lib, bunda oilalarning
hujjatlari, malakasi, bola holati, moslashtirish monitoringi kabi ma’lumotlar
avtomatlashtirilgan tarzda yuritilmoqda. Bu tizim orqali shaffoflik, tezkorlik va hisobdorlik
tamoyillari ta’minlanmoqda[10]. O‘zbekistonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni
tutungan oilalarga moslashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar ko‘lamli, tizimli va
barqaror yo‘nalishga ega. Bu islohotlar jamiyatda bolalar huquqlarini to‘laqonli himoya qilish,
ularni to‘g‘ri ijtimoiy va ruhiy muhitda tarbiyalash, kelajak avlodni barkamol insonlar sifatida
voyaga yetkazishga qaratilgan strategik maqsadlarga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu
islohotlarning muvaffaqiyati bevosita ilmiy yondashuv, malakali mutaxassislar tayyorlash,
metodologik asoslarni kuchaytirish va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik darajasiga bog‘liq
bo‘lib qolmoqda.
Xulosa:
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni tutungan oilalarga moslashtirish
masalasi zamonaviy ijtimoiy taraqqiyot sharoitida murakkab, ko‘p qirrali va dolzarb ilmiy-
amaliy muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu tezisda olib borilgan tahlillar asosida shuni
ta’kidlash joizki, bunday bolalarni muassasalarda emas, balki oilaviy muhitda tarbiyalash,
ularni tutungan oilalarga integratsiya qilish jarayoni nafaqat ularning emotsional va
psixologik salomatligini ta’minlaydi, balki ularning jamiyatga to‘laqonli a’zo sifatida
shakllanishida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Bu jarayonning muvaffaqiyati esa bir necha
darajadagi muvofiqlashtirilgan ishlarni — pedagogik, psixologik, huquqiy, ijtimoiy va
metodologik jihatdan puxta rejalashtirishni talab qiladi. Tezisda yoritilgan nazariy asoslar —
Bronfenbrennerning ekologik tizimlar nazariyasi, Vygotskiyning sotsiomadaniy rivojlanish
nazariyasi, shuningdek travmaga asoslangan pedagogik yondashuvlar — tutungan oilada bola
shaxsining shakllanishi va moslashuvi murakkab psixososial jarayon ekanligini ko‘rsatadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Iminjonovich A. A. BOLALARNI ZOʻRAVONLIKNING BARCHA TURLARIDAN HIMOYA
QILISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI //Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi. – 2025. – Т.
102
46. – №. 4. – С. 53-57.
2.
Nazokatxon S. BOLALARNI IJTIMOIY MOSLASHUVCHANLIGI VA RIVOJLANISHIDA
OILAVIY MUHITNING AHAMIYATI //AMERICAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
BULLETIN. – 2025. – Т. 3. – №. 5. – С. 247-251.
3.
Qahramonova A. Bolalarni zo’ravonlikdan himoya qilishning xalqaro-huquqiy va milliy
mexanizmlari //Journal of science-innovative research in Uzbekistan. – 2024. – Т. 2. – №. 10. –
С. 215-220.
4.
Ergashbayev S. YOSHLARNING MA'NAVIYAT DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISHDA
UZLUKSIZ TA'LIM JARAYONLARINING O'RNI (RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI
MISOLIDA) //Universal xalqaro ilmiy jurnal. – 2025. – Т. 2. – №. 2. – С. 3-9.
5.
Xakimovich T. B. et al. “OTA-ONA QARAMOG’ISIZ QOLGAN, OG’IR HAYOTIY VAZIYATGA
TUSHGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY ISHNING HUQUQIY ASOSLARI” //THEORY AND
ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH. – 2024. – Т. 2. – №. 25. – С. 1-12.
6.
Mustafaeva M. G., Mustafaev F. M., Ibragimov M. A. SOCIO-PHILOSOPHICAL ANALYSIS OF
EXTREMISM AND TERRORISM //НАУЧНЫЙ АЛЬМАНАХ СТРАН ПРИЧЕРНОМОРЬЯ. – С. 24.
7.
Shоhbоzbek E. et al. Yoshlarning ma'naviy dunyo qarashini shakillantirisda
maktabgacha ta'limning o’rni //international scientific research conference. – 2025. – Т. 3. –
№. 32. – С. 76-81.
8.
Muxtarovna U. N. et al. AYOLLAR VA BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA
HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARNING ROLI //THEORY AND ANALYTICAL
ASPECTS OF RECENT RESEARCH. – 2025. – Т. 3. – №. 36. – С. 228-235.
9.
Xusanova S. BOLA HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING DOLZARB TOMONLARI VA
TAHLILI //Молодые ученые. – 2025. – Т. 3. – №. 16. – С. 32-34.
10.
Shohbozbek E. RENEWAL OF THE SOCIAL SPHERE AND STABLE SOCIETY SYSTEM IN
THE PROCESS OF REFORMS //American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. –
2024. – Т. 4. – №. 09. – С. 16-20.