Авторы

  • Dildora Hamidova
    Navoiy Davlat Universiteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi 2 “E” guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.116828

Ключевые слова:

Tasviriy san’at bosqichma-bosqich ta’lim metodika innovatsiya 5-7-sinf ijodiy qobiliyat vizual savodxonlik ta’lim jarayoni.

Аннотация

Ushbu maqolada 5-7-sinflarda tasviriy san’at fanini o‘qitishda bosqichma-bosqich ta’lim prinsiplari asosida metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, tasavvur va kuzatuvchanlikni shakllantirish, vizual savodxonlikni oshirishga qaratilgan innovatsion usullar taklif etiladi. Maqolada ilmiy adabiyotlar tahlili, amaliy tavsiyalar hamda darslarda qo‘llash mumkin bo‘lgan metodlar batafsil yoritiladi.


background image

76

BOSQICHMA-BOSQICH TA’LIM ASOSIDA TASVIRIY SAN’AT FANINI

TAKOMILLASHTIRISH METODLARI (5-7-SINF MISOLIDA)

Hamidova Dildora Muxiddin qizi

Navoiy Davlat Universiteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”

ta’lim yo‘nalishi 2 “E” guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15779313

Annotatsiya:

Ushbu maqolada 5-7-sinflarda tasviriy san’at fanini o‘qitishda bosqichma-

bosqich ta’lim prinsiplari asosida metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida
o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish,
tasavvur va kuzatuvchanlikni shakllantirish, vizual savodxonlikni oshirishga qaratilgan
innovatsion usullar taklif etiladi. Maqolada ilmiy adabiyotlar tahlili, amaliy tavsiyalar hamda
darslarda qo‘llash mumkin bo‘lgan metodlar batafsil yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

Tasviriy san’at, bosqichma-bosqich ta’lim, metodika, innovatsiya, 5-7-sinf,

ijodiy qobiliyat, vizual savodxonlik, ta’lim jarayoni.


Yurtimizda ta’lim sohasini isloh qilish, fanlarni o‘qitish metodikasini qayta ko‘rib

chiqish, ijodiy va mustaqil fikrlovchi avlod tarbiyalash bugungi kunda davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Ta’limning barcha bosqichlarida yangi, samarali
pedagogik yondashuvlar joriy etish bugungi zamon talabi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’lim borasida ta’kidlaganlar –

“Biz yangi O‘zbekistonni barpo etar ekanmiz, yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasi, dunyoqarashi,
salohiyati bizning asosiy tayanchimizdir. Ularga zamonaviy bilim berish – eng muhim
vazifamizdir”

1

.

Bugungi kunda tasviriy san’at fani maktab ta’limi tizimida ko‘p jihatdan kam e’tibor

etiladigan, yetarli darajada baholanmaydigan fanlardan biriga aylangan. 2021 yilda Xalq
ta’limi vazirligi tomonidan olib borilgan tahlillarga ko‘ra, ko‘pgina umumta’lim maktablarida
tasviriy san’at darslari uchun maxsus xonalar, vizual qo‘llanmalar va malakali mutaxassislar
yetishmaydi. Bu holat o‘quvchida tasavvur, obrazli tafakkur va estetik didni shakllantirish
jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi”da ta’limning mazmun-mohiyatini takomillashtirish, yangicha metodika va
axborot texnologiyalarini joriy etish, bolalarda ijodiy salohiyatni kuchaytirish ustuvor vazifa
sifatida belgilangan.

Mazkur strategiyada ta’kidlanganki – “Ta’lim jarayonida har bir bolaning qobiliyatini

erta aniqlash va rivojlantirish, ijodkorlikka yo‘naltirish – yangi O‘zbekistondagi ta’limning
asosiy maqsadidir”

2

.

5-7-sinflar – bu o‘quvchi shaxsiyatining shakllanishida eng muhim davr bo‘lib, bu

bosqichda ularning dunyoqarashi, tahlil qilish qobiliyati va hissiy idroki kuchli rivojlanadi.
Shu tufayli, aynan bosqichma-bosqich metodikani qo‘llash – har bir sinfda o‘z maqsad va
vazifalarini aniq belgilab borish, o‘quv jarayonini tizimli tashkil etish talab qilinadi.

O‘zbekistonda yaratilayotgan yangi avlod darsliklari va multimediaviy qo‘llanmalarni

faol tatbiq qilish orqali tasviriy san’at fanini faol, interaktiv va ijodiy asosda o‘qitish imkoni

1

Prezidentning 2021 yil 23 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi

2

“Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”, 1-yo’nalish, 2022 yil)


background image

77

paydo bo‘lmoqda. Lekin, bu jarayonda metodik yondashuv yetishmasligi, o‘qituvchilarning
malakasini oshirish zarurligi, vizual ta’lim vositalarining kamligi kabi muammolar mavjud.

Shu jihatdan qaralganda, 5-7-sinflarda tasviriy san’at fanini bosqichma-bosqich ta’lim

asosida takomillashtirish – nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarb masala
hisoblanadi.

Mazkur tadqiqotning

ilmiy ahamiyati

, eng avvalo, tasviriy san’atni o‘qitishda

bosqichma-bosqich ta’lim prinsipini nazariy va metodik jihatdan asoslab berish

da

namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, har bir ta’lim fani, ayniqsa ijodiy fanlar, bolaning yosh va
psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantirilgan aniq strategiya va
yondashuvlarga muhtoj. Ushbu tadqiqot ana shunday modelni – ya’ni 5-7-sinflarda fanni
sinchkov, bosqichma-bosqich va maqsadli tarzda o‘qitish metodlarini ilmiy jihatdan tavsiya
etadi.

Ushbu izlanishda taklif etilayotgan modelimiz qo‘yidagicha:
– o‘quvchida

estetik idrok, obrazli tafakkur, vizual tahlil, ijodiy yechim topish

qobiliyati

ni shakllantiradi;

– har bir sinf uchun

maqsad, vazifa, mazmun va usullarni aniq belgilaydi

, bu esa

o‘quv jarayonining tizimliligini ta’minlaydi;

ilmiy-uslubiy asoslar

ni milliy an’analar, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va

psixologiya bilan uyg‘unlashtirgan holda taqdim etadi.

Tadqiqotning

amaliy ahamiyati

esa uning quyidagi jihatlarda ko‘rinadi:

O‘qituvchilar uchun metodik yo‘riqnoma sifatida xizmat qilishi

. Ushbu tadqiqot

natijalari asosida maktab o‘qituvchilari har bir sinfda qanday mavzularni qanday usulda
o‘rgatishni aniqlashlari, vizual va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda samaradorlikka
erishishlari mumkin;

Darslik va qo‘llanmalarni yangilashda asos bo‘lishi

. Hozirgi kunda amaldagi

tasviriy san’at darsliklari ko‘p hollarda umumiy mazmuniga ega bo‘lib, yoshga xos yondashuv,
bosqichma-bosqichlik va ijodiy faoliyatga keng imkoniyat bermaydi. Bu tadqiqot asosida

yangi avlod darsliklarini shakllantirishda nazariy va amaliy yo‘nalishlar aniq
belgilanishi mumkin;

Mustaqil ta’lim va STEAM yondoshuviga moslashuvi

. Tasviriy san’atni boshqa

fanlar (masalan, tarix, tabiatshunoslik, adabiyot, matematika) bilan bog‘lash orqali

fanlararo

integratsiya

ni yo‘lga qo‘yish, bu esa o‘quvchilarni multidissiplinar tafakkurga tayyorlaydi;

– Pedagog kadrlar uchun qayta tayyorlash kurslariga asos bo‘lishi

. Tadqiqot

natijalari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari va seminarlar tashkil etish orqali amaliy ta’limda
samaradorlikni oshirish mumkin;

O‘quvchida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatni

shakllantirish.

Tasviriy san’at orqali o‘quvchilarda xalq amaliy san’atiga hurmat, milliy

ornament va an’anaviy estetikaga muhabbat uyg‘otiladi.

Shu jihatdan qaralganda, ushbu izlanish nafaqat nazariy jihatdan yangilikka ega, balki

amalda ta’lim jarayonini mukammallashtirishga xizmat qiladigan metodik asos

hamdir.

Bu esa uni fan sohasi uchun

o‘ta muhim va dolzarb

izlanish sifatida ko‘rsatadi.

Bosqichma-bosqich ta’lim modeli haqida umumiy tushunchalarni qo‘yidagi

shaklda keltirib o‘tamiz.


background image

78

Bosqichma-bosqich ta’lim – bu o‘quv jarayonini o‘quvchilarning yosh, bilim va qobiliyat

darajasini hisobga olgan holda, maqsadli ravishda tashkil etishni nazarda tutadi. Bu
yondashuv, ayniqsa, ijodiy fanlar – jumladan, tasviriy san’atda yuqori samara beradi.

Bizning modelda 5-7-sinflar

uch bosqich

ga ajratiladi:

I bosqich (5-sinf) –

Bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish (tasviriy asoslar, oddiy

shakllar, ranglar va h);

– II bosqich (6-sinf) –

Tafakkur va texnika (tuzilish, nur va soya, perspektiva, realistik

tasvir va h);

III bosqich (7-sinf) –

Ijodiy tafakkur va mustaqil ijod (kompozitsiya, g‘oyaviy

yuklama, milliy va modern uslublar).

Zamonaviy texnologiyalar va ta’lim vositalaridan foydalanish usullari borasida

qo‘yidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:

interaktiv doska va multimediaviy taqdimotlar orqali obraz ko‘rsatish;

– 3D vizualizatsiya va animatsiyalar;
– “Google Arts & Culture”, “Pinterest”, “Sketchbook” kabi platformalarda ishlash;
– onlayn portfolio va rasm tanlovlarida qatnashish.

Integratsiya va tarbiyaviy jihatlari qo‘yidagilarda nmayon bo‘ladi.

Tasviriy san’at o‘zaro boshqa fanlar bilan bog‘lanib, kreativ tafakkurni kuchaytiradi:

tarix bilan

– milliy me’morchilik va tarixiy shaxslar obrazlari orqali;

adabiyot bilan

– she’r va hikoya asosida rasm chizish;

tabiatshunoslik bilan

– manzara, gullar va hayvonlar obrazi orqali.

Bu jarayonda estetik tarbiya, mehr, madaniyat, tozalik, milliy qadriyatlarga hurmat

shakllanadi va rivoj topadi.

Shuni ham aytib o‘tish joizki, bosqichma-bosqich ta’lim asosida tasviriy san’atni o‘qitish

nazariy jihatdan samarali yechim sanalsa-da, uni amaliyotga to‘liq tatbiq qilishda bir qator

muammo va to‘siqlar

mavjud. Bu to‘siqlar ta’lim mazmuni, moddiy-texnik baza, pedagogik

tayyorgarlik va ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq holda yuzaga keladi.

O‘quv-uslubiy bazaning yetishmasligi bu modelni samarali kechishida ayrim

muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, h

ozirgi kunda tasviriy san’at fanining 5-7-

sinflar uchun mo‘ljallangan maxsus, bosqichli metodik qo‘llanmalari kam. Darsliklarda
mavzular umumiy, nazariy tavsiflarga ega bo‘lib, amaliyot va ijodiy ishlarga yetarlicha urg‘u
berilmagan.

Aniq metodik tuzilma bo‘lmasligi o‘qituvchiga o‘zi bilgancha mazmun tanlash

majburiyatini yuklamoqda. Bu esa fanning umumiy samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘

quvchilarning rangli va tasavvurga boy ta’lim muhitida o‘qimasligi holatlari

mavjud. Misol uchun,

ko‘plab maktablarda tasviriy san’at uchun maxsus sinflar, vizual

vositalar, rangli namunalar, internet imkoniyatlari va sohaga oid texnika yetishmaydi. Bu
fanning aslidagi jozibador va ilhomlantiruvchi kuchini pasaytiradi.

Bu borada muhokama qilinishi lozim bo‘ladigan tomonlariga to‘xtalib o‘tsak.

Bolalar yoshligida aynan estetik muhitga muhtoj. Tasviriy san’atni klassik sinfxona sharoitida
o‘tish – ijodiy qobiliyatlarni yo‘qotishiga sabab bo‘ladi.

O‘qituvchilarning metodik tayyorgarligidagi bo‘shliqlar ham uchraydi. Masalan,

a

yrim hollarda fanni pedagogika yo‘nalishida maxsus bilimga ega bo‘lmagan mutaxassislar


background image

79

o‘tayotgani kuzatiladi. Ularda vizual tahlil, psixologiya, estetika va ijodiy yondashuvlarga oid
yetarlicha bilim mavjud emas.

Shuni ham qayt etish lozimki, h

ar bir pedagog vizual savodxonlik, estetik ta’lim,

multimediaviy texnologiyalar bo‘yicha muntazam malaka oshirib borishi zarur.

Fanga nisbatan ijtimoiy munosabat muammosi borasida ham aytish kerak.

Masalan,

tasviriy san’at ba’zan “ikkinchi darajali fan” sifatida qaraladi. Bu esa o‘qituvchida

ham, o‘quvchida ham qiziqishni pasaytiradi.

Zero, i

lmiy tadqiqotlar tasviriy san’atning bolada mulohazali fikrlash, empatiya,

madaniyat, tozalik va nazokatni shakllantirishda beqiyos ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Munozaraning umumiy natijasiga qarab qo‘yidagilarni aytish joizdir. Ushbu holatlar

shundan dalolat beradiki, tasviriy san’at ta’limidagi amaliy muammolarning yechimi – nazariy
asoslangan, metodik jihatdan mukammal, bosqichma-bosqich va innovatsion yondashuvdagi
ta’lim modelini joriy etishdir. Faqat shundagina:

– bolalarda ijodkorlik rivojlanadi;
– umumiy ta’limda san’atga munosabat mustahkamlanadi;
– kelajakda dizayn, arxitektura, madaniyat sohalari uchun raqobatbardosh va yetuk

kadrlar yetishib chiqadi deb bemalol aytish mumkin.

Xulosa va takliflar o‘rinda qo‘yidagilarni aytib o‘tamiz. Olib borgan tadqiqotimiz

davomida aniqlandiki, 5-7-sinflarda tasviriy san’at fanini

bosqichma-bosqich ta’lim asosida

o‘qitish

nafaqat nazariy jihatdan, balki, amaliy samaradorlik nuqtai nazaridan ham o‘ta

muhim hisoblanadi. Bunday yondashuv:

– o‘quvchilarning yoshga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda;
– tafakkur, kuzatuvchanlik, rang hissi, estetik did va ijodkorlikni rivojlantirish imkonini

beradi;

– fanning tarbiyaviy vazifalarini ham amalga oshiradi.
Ayniqsa, bu fan orqali o‘quvchilarda Vatanga cheksiz muhabbat, milliy qadriyatlarga

ehtirom, go‘zallikni anglash tuyg‘usi shakllanadi. Ammo amaliyotdagi ba’zi kamchiliklar –
metodik qo‘llanmalarning yetishmasligi, moddiy baza muammolari va fanga nisbatan kam
e’tibor tasviriy san’at ta’limida to‘siqlar yaratmoqda.

– Sohaga oid 5, 6 va 7-sinflar uchun alohida, bosqichma-bosqich o‘qitish metodlarini o‘z

ichiga olgan ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanishi zarur;

Amaldagi darsliklar ijodiy faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi mavzular,

kompozitsiya asoslari va zamonaviy vizual qo‘llanmalar bilan boyitilishi lozim;

– Maktablarda tasviriy san’at darslari uchun maxsus jihozlangan, rangorang, ko‘rgazmali

vositalarga boy sinfxonalar tashkil etilishi shart;

– Pedagoglar uchun “vizual ta’lim”, “multimediaviy metodlar”, “bosqichli ta’lim

metodikasi” mavzularida malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilishi kerak;

– Tasviriy san’atni adabiyot, tarix, tabiatshunoslik kabi fanlar bilan bog‘lash,

multidissiplinar yondashuvni shakllantirish lozim;

– O‘quvchilar ishlarini baholashda uch bosqichli tizim joriy etish zarur:

– Ijodiy yondashuv (40%)
– Texnik mahorat (30%)
– Tushuncha va sharhlash qobiliyati (30%)


background image

80

Onlayn platformalar va raqamli portfolio joriy etish

lozim. Misol uchun, “O‘quvchi

portfoliosi” tizimini yo‘lga qo‘yish orqali ularning ijodiy ishlarini saqlash, baholash va
ko‘rgazmalarda ishtirokini ta’minlash mumkin.

Ushbu xulosa va takliflar natijasida maktab ta’limida tasviriy san’at fanining mazmuni va

metodikasi tubdan yangilanishi, fanning umumiy ta’lim tizimidagi o‘rni mustahkamlanishi
mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoev Sh.M. “YAngi O‘zbekiston strategiyasi” – Prezidentning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. 2022 yil 28 yanvar.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Maktab

ta’limida ta’lim sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 187-son qarori.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni.
4.

Шавдиров С. А. Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности

//Педагогическое образование и наука. – 2017. – №. 2. – С. 109-110.
5.

Ibraimov X., Shovdirov S. Theoretical Principles of The Formation of Study Competencies

Regarding Art Literacy in Students //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B10. – С.
192-198.
6.

Shavdirov S. A. Selection Criteria of Training Methods in Design Fine Arts Lessons

//Eastern European Scientific Journal. – 2017. – №. 1.
7.

Шавдиров

С.

А.

Ўқувчиларда

тасвирий

саводхонликка

оид

ўқув

компетенцияларини

шакллантиришнинг

педагогик-психологик

жиҳатлари

//Современное образование (Узбекистан). – 2017. – №. 6. – С. 15-21.
8.

Shovdirov S. Analyzing the sources and consequences of atmospheric pollution: A case

study of the Navoi region //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 587. – С.
02016.
9.

Shovdirov S. A. TASVIRIY SAN’ATNI O ‘QITISHDA O ‘QUVCHILARNING SOHAGA OID

O‘QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI //Inter education & global
study. – 2024. – №. 1. – С. 8-14.
10.

Shavdirov S. Method of organization of classes in higher education institutions using

flipped classroom technology //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2025. – Т.
3268. – №. 1.
11.

Шавдиров

С.

А.

ОСОБЕННОСТИ

ПОДБОРА

ЦВЕТА

В

ОБУЧЕНИИ

ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМУ И ПРИКЛАДНОМУ ИСКУССТВУ //INTERNATIONAL SCIENTIFIC
REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION. –
2018. – С. 84-85.
12.

Shovdirov S. A. TEACHING STUDENTS TO LOGICAL AND ABSTRACT THINKING IN THE

FORMATION OF COMPETENCES ABOUT PICTURE LITERACY //JOURNAL OF ARTS AND
HUMANITIES. – 2023. – Т. 6. – №. 5. – С. 40-44.
13.

Sulaymonov A., Shovdirov S. UMUMINSONIY VA MILLIY BADIIY QADRIYATLAR

INTЕGRATSIYASI ASOSIDA TASVIRIY SAN’AT TA’LIMI SIFATINI OSHIRISH //Inter education


background image

81

& global study. – 2023. – №. 4. – С. 8-11.
14.

Baymetov B. B., Shovdirov S. A. Methods of Organizing Practical and Theoretical Classes

for Students in The Process of Teaching Fine Arts //International Journal on Integrated
Education. – 2023. – Т. 4. – №. 3. – С. 60-66.
15.

Guljamol M. SEMANTICS OF PATTERNS IN CARVINGS IN TRADITIONAL APPLIED ART

AND THEIR SYMBOLIC AND EXPRESSIVE FEATURES //Journal of Academic Research and
Trends in Educational Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 191-197

Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh.M. “YAngi O‘zbekiston strategiyasi” – Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2022 yil 28 yanvar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Maktab ta’limida ta’lim sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 187-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni.

Шавдиров С. А. Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности //Педагогическое образование и наука. – 2017. – №. 2. – С. 109-110.

Ibraimov X., Shovdirov S. Theoretical Principles of The Formation of Study Competencies Regarding Art Literacy in Students //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B10. – С. 192-198.

Shavdirov S. A. Selection Criteria of Training Methods in Design Fine Arts Lessons //Eastern European Scientific Journal. – 2017. – №. 1.

Шавдиров С. А. Ўқувчиларда тасвирий саводхонликка оид ўқув компетенцияларини шакллантиришнинг педагогик-психологик жиҳатлари //Современное образование (Узбекистан). – 2017. – №. 6. – С. 15-21.

Shovdirov S. Analyzing the sources and consequences of atmospheric pollution: A case study of the Navoi region //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 587. – С. 02016.

Shovdirov S. A. TASVIRIY SAN’ATNI O ‘QITISHDA O ‘QUVCHILARNING SOHAGA OID O‘QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI //Inter education & global study. – 2024. – №. 1. – С. 8-14.

Shavdirov S. Method of organization of classes in higher education institutions using flipped classroom technology //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2025. – Т. 3268. – №. 1.

Шавдиров С. А. ОСОБЕННОСТИ ПОДБОРА ЦВЕТА В ОБУЧЕНИИ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМУ И ПРИКЛАДНОМУ ИСКУССТВУ //INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION. – 2018. – С. 84-85.

Shovdirov S. A. TEACHING STUDENTS TO LOGICAL AND ABSTRACT THINKING IN THE FORMATION OF COMPETENCES ABOUT PICTURE LITERACY //JOURNAL OF ARTS AND HUMANITIES. – 2023. – Т. 6. – №. 5. – С. 40-44.

Sulaymonov A., Shovdirov S. UMUMINSONIY VA MILLIY BADIIY QADRIYATLAR INTЕGRATSIYASI ASOSIDA TASVIRIY SAN’AT TA’LIMI SIFATINI OSHIRISH //Inter education & global study. – 2023. – №. 4. – С. 8-11.

Baymetov B. B., Shovdirov S. A. Methods of Organizing Practical and Theoretical Classes for Students in The Process of Teaching Fine Arts //International Journal on Integrated Education. – 2023. – Т. 4. – №. 3. – С. 60-66.

Guljamol M. SEMANTICS OF PATTERNS IN CARVINGS IN TRADITIONAL APPLIED ART AND THEIR SYMBOLIC AND EXPRESSIVE FEATURES //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 191-197