Авторы

  • Sarvinoz Komilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.116836

Ключевые слова:

kambag‘allik ishsizlik yoshlar bandligi raqobatbardoshlik mehnat bozori ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yoshlar siyosati kasbiy tayyorgarlik iqtisodiy faollik yoshlar innovatsiyasi Soft skills

Аннотация

Ushbu tezisda Sirdaryo viloyatida yoshlarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshlik darajasi ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilingan. Xususan, ishsizlik darajasi, bandlik ko‘rsatkichi, yoshlarning ta’lim darajasi, kasbiy tayyorgarligi va tadbirkorlik faoliyatidagi ishtiroki o‘rganilgan. Statistik ma’lumotlar va hududiy infratuzilma imkoniyatlari asosida tahliliy xulosalar ishlab chiqilgan.


background image

64

SIRDARYO VILOYATIDA ISHSIZ YOSHLAR RAQOBATBARDOSHLIGINING

ASOSIY IJTIMOIY-IQTISODIY KO‘RSATKICHLARINI TAHLILI

Komilova Sarvinoz Qayumjon qizi

nabiyevasarvinoz1995@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15774268

Kirish

Ushbu tezisda Sirdaryo viloyatida yoshlarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshlik

darajasi ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilingan.
Xususan, ishsizlik darajasi, bandlik ko‘rsatkichi, yoshlarning ta’lim darajasi, kasbiy
tayyorgarligi va tadbirkorlik faoliyatidagi ishtiroki o‘rganilgan. Statistik ma’lumotlar va
hududiy infratuzilma imkoniyatlari asosida tahliliy xulosalar ishlab chiqilgan.

Kalit so’zlar:

kambag‘allik, ishsizlik, yoshlar bandligi, raqobatbardoshlik, mehnat bozori,

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, yoshlar siyosati, kasbiy tayyorgarlik, iqtisodiy faollik, yoshlar
innovatsiyasi, Soft skills

Asosiy qism

Yoshlar — har qanday jamiyatning strategik resursidir. Ularning mehnat bozoriga

integratsiyasi va raqobatbardoshligini oshirish davlatning iqtisodiy barqarorligi va innovatsion
salohiyatining kafolatidir. Sirdaryo viloyati respublikaning boshqa hududlariga nisbatan
kichikroq bo‘lishiga qaramay, demografik jihatdan yoshlar ulushi yuqori bo‘lgan viloyatdir.
Ayni paytda, bu hududda yoshlar orasida ishsizlik darajasi O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha
ko‘rsatkichdan yuqori ekani kuzatilmoqda. (1-jadval).

1-jadval
Ishsizlik va bandlik darajasi

Yil

Umumiy ishsizlik

(%)

Yoshlar ishsizligi

(%)

Rasmiy bandlik (%)

2020

10.1

16.8

46.2

2021

9.3

15.0

48.1

2022

8.5

13.7

51.3

2023

7.7

12.1

53.6

2024*

7.2

11.0

55.0

*Manba: Stat.uz sayti
1-jadval ma'lumotlariga koʻra, , ishsizlik darajasining bosqichma-bosqich kamayib

borayotganiga qaramay, yoshlar o‘rtasida bu ko‘rsatkich hali ham yuqoriligi saqlanib
qolmoqda.

.
Ta'lim tizimi ishsiz yoshlarning raqobatbardoshligini oshirishga ijobiy ta'sir qiluvchi

asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ushbu omilning yoshlar mehnat bozoriga va yosh mehnat
resurslaridan foydalanishga koʻrsatadigan ta'sirini quyidagilarda koʻrish mumkin:

-yoshlar savodxonlik darajasining yuqori koʻrsatkichi malakali mehnat bozorini vujudga

keltiradi;

-yoshlar mehnat bozorida raqobat kurashining paydo boʻlishiga olib keladi;
-yosh ishchi kuchi taklifi sifatini yaxshilaydi;
-ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim olayotgan yoshlar sonining koʻpayishi mehnat

resurslari tarikibida iqtisodiy nofaol aholi ulushining ortishiga sabab boʻladi;


background image

65

-iqtisodiyot tarmoqlarining tegishli yoʻnalishlar boʻyicha malakali kadrlarga boʻlgan

talabini qondirishni ta'minlaydi.

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoit va

milliy urf-odatlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanishning milliy
modeli ishlab chiqildi

Lekin, 34 yillik islohotlar davridagi kadrlar tayyorlash va ta'lim tizimi bozor iqtisodiyoti

talablariga toʻla javob bermay qoʻydi.

Viloyatda 13 ta kasb-hunar maktabi, 6 ta texnikum va 2 ta oliy o‘quv yurti mavjud.2023-

yilda kollej va texnikum bitiruvchilarining faqat 38% qismini ishga joylashtirishga
erishilgan.Bitiruvchilarning 42% qismini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topmasligi,
raqobatbardoshlik darajasining pastligidan dalolat beradi.

Yildan- yilga qilinayotgan islohotlar natijasida yoshlar orasida tadbirkorlik

shug’ullanadiganlar soni sezilarli darajada ortdi.Buni 2-jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz
mumkin.

2-jadval.
Yoshlar orasida tadbirkorlik faoliyati ko’rsatkichlari

Ko‘rsatkich

2020

2021

2022

2023

Yoshlar ishtirokidagi YATT soni

2480

2 960

3450

3 870

“Yoshlar – kelajagimiz” kredit

oluvchilar

780

1020

1180

1 240

Kredit ajratilgan umumiy summa

(mlrd so‘m)

11.4

14.2

16.8

18.1


Bu ma’lumotlar yoshlarning iqtisodiy faolligi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Ammo kredit

oluvchilarning 30–35% qismining loyihalari muvaffaqiyatsiz tugagani bu sohadagi ko‘nikmalar
yetarli emasligidan dalolat beradi.

Xulosa va tavsiyalar

Ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini oshirish nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki ijtimoiy

barqarorlikni ta’minlashda ham muhim omildir. Quyidagi chora-tadbirlar tavsiya etiladi:

1. Kasbiy tayyorgarlik tizimini Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish ehtiyojlariga

muvofiqlashtirish zarur.

2. Bandlikni ta’minlovchi infratuzilmalarni raqamlashtirish orqali yoshlar uchun tezkor

va aniq yo‘naltirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish lozim.

3. Yosh tadbirkorlarni mentorlarga biriktirish orqali ularga loyiha yuritish va moliyaviy

savodxonlik bo‘yicha ko‘mak berish zarur.

4. “Hududiy malaka xaritalari” asosida yoshlar uchun strategik kasblarni aniqlab, ularni

ushbu yo‘nalishga yo‘naltirish tavsiya etiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Sh.M.

Mirziyoyevning

Oliy

Majlisga

Murojaatnomalari. – Toshkent, 2017–2024 yillar.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2023.


background image

66

3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar bandligini ta’minlashga

qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. – Toshkent, 2023.
4.

“Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent, 2016.

5.

Zikriyayev Z.M. Mehnat bozorida ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini oshirish: Iqtisodiyot

fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti, 2019.
6.

Stat.uz sayti

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomalari. – Toshkent, 2017–2024 yillar.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2023.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. – Toshkent, 2023.

“Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent, 2016.

Zikriyayev Z.M. Mehnat bozorida ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini oshirish: Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2019.

Stat.uz sayti