51
SUG‘URTA KOMPANIYALARINING INVESTITSION SALOHIYATI VA UNGA
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Ostonov Muhriddin Bahriddin o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15867451
Sug‘urta kompaniyalarining investitsion faoliyati bu nafaqat vaqtincha bo‘sh
mablag‘larni daromadli yo‘nalishlarga yo‘naltirish jarayoni, balki butun moliyaviy tizimning
barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin egallaydigan strategik faoliyat yo‘nalishidir. Jahon
tajribasi shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan davlatlarda sug‘urta kompaniyalari o‘zining asosiy
daromad manbaini investitsiyaviy faoliyatdan olmoqda va iqtisodiyotning turli sohalarini
sarmoya bilan ta’minlovchi muhim institutlar sifatida faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston sug‘urta bozori juda yuqori geografik kontsentratsiya bilan ajralib turadi (1-
jadval). Buning sababi shundaki, sug‘urta qilinadigan obyektlar respublika hududida
taqsimlangan bo‘lsa-da, deyarli barсha moliyaviy oqimlar poytaxtda to‘plangan. Sug‘urta
mukofotining asosiy ulushi (50% dan ortiq) hali ham Toshkent shahrida shakllantirilmoqda,
bu sug‘urta portfelida mahalliy korporativ sug‘urta sug‘urtalovсhilarining ustunligini
ko‘rsatadi.
1-jadval
2019-2023
yillarda
umumiy
sug‘urta
sohasidagi
yetakchi
sug`urta
kompaniyalarining
bozor ulushi
1
Sug‘urta kompaniyalari Bozor ulushi %
2019
2020
2021
2022
2023
1. "Apex Insurance" MCHJ
2,3
6,4
8,1
16,4
26,4
2. “O‘zbekinvest" EISK AJ
16,5
14
13,4
16
15,1
3. “Kafolat" AJ
8,7
8
7,7
7,2
8,5
4. "My Insurance" AJ
2,3
5,4
8,1
5,5
5,8
5. “Gross insurans" AJ
12,8
13,4
8,6
6,1
5,7
6. "Kapital sug‘urta" AJ
2,7
2,6
4,4
3,6
4,2
7. "Kafil sug‘urta" AJ
2,3
2,7
4,2
3
3
8. "Asko-Vostok" AJ
1,8
1,9
2,6
3,5
2,9
9. “O‘zagrosug‘urta" AJ
14,6
9,5
6,2
7,8
2,3
10. "Euroasia Insurance" AJ
7,5
7,7
4,8
3,1
1,2
Iсhki sug‘urta bozorini rivojlantirishning hozirgi bosqiсhi umumiy sug 'urta tarmog‘ida
ham, hayotni sug 'urta qilish tarmog‘ida ham sug 'urtalovсhilarning ustav kapitalining
ahamiyatsiz miqdori bilan tavsiflanadi. O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalarining jami ustav
kapitali miqdori 2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 1,8 trillion so`mni tashkil etdi.
Kompaniya jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlaydi (2.13-rasm). Sug‘urta hodisasi
yuz berganda, to‘lovlar eng qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi, bu kompaniya mijozlariga
baxtsiz hodisa oqibatlarini yengish imkonini beradi. Bundan tashqari, kompaniya
1
Muallif tomonidan www.mf.uz sayti ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan.
52
mutaxassislari mijozlarga haftada 7 kun, 24 soat davomida axborot yordamini taqdim
etadilar.
Sug‘urta kompaniyalari moliya bozorining muhim ishtirokchilaridan biri bo‘lib, ular
nafaqat risklarni boshqarish vositasi sifatida, balki uzoq muddatli investitsiya resurslarini
shakllantiruvchi institutsional investorlar sifatida ham faoliyat yuritadilar. Shu bois sug‘urta
kompaniyalarining investitsion salohiyati va uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni
chuqur tahlil qilish zamonaviy iqtisodiyotda dolzarb masalalardan biridir.
Sug‘urta kompaniyasining investitsion salohiyati — bu uning mavjud va kutilayotgan
moliyaviy resurslari, ularning tarkibi, tuzilishi, kapital hajmi va qayta ishlab chiqarish
imkoniyatlari majmui hisoblanadi. Mazkur salohiyat kompaniyaning moliyaviy barqarorligini
ta’minlash, risklarni kamaytirish, aktivlarni diversifikatsiya qilish va suveren daromadlilikni
oshirish kabi strategik vazifalarni amalga oshirishda asosiy omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy salohiyatini aniqlash va baholashda
qo‘llaniladigan atama va tushunchalarning bir xil talqinining yo‘qligi, ushbu kategoriyani ilmiy
tadqiq etishda metodologik yondashuvlarning bir-biriga mos kelmasligiga olib kelmoqda. Bu
esa o‘z navbatida, tegishli ilmiy-nazariy yondashuvlarni tanlash, tahlil uslublarini aniq
belgilash va tahlil natijalarining ishonchliligini ta’minlashni murakkablashtiradi.
Ayniqsa, O‘zbekiston sug‘urta bozorida davlat sug‘urtasini liberallashtirish va bozor
mexanizmlarini joriy etish jarayonlari boshlangan paytdan buyon, bir qator ilmiy manbalarda
"sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy salohiyati" tushunchasi ilk bor yuzaga kela boshladi.
Mazkur atamaning tadqiqot doirasiga kiritilishi uning atrofida yangi nazariy tushunchalar va
tegishli terminlarning shakllanishiga turtki berdi. Bu esa o‘z navbatida, sug‘urta moliyasi
sohasidagi ilmiy izlanishlarning konseptual zaminini qayta ko‘rib chiqish, uni aniqlashtirish
va ilmiy asoslarda mukammallashtirish zaruratini keltirib chiqardi.
Sug‘urta kompaniyalari ixtiyorida shartnomani amal qilish mobaynida qo‘shimcha
daromad olish maqsadida investitsiyalash mumkin bo‘lgan vaqtinchalik majburiyatdan holi
bo‘lgan katta miqdorda vaqtincha bo‘sh mablag‘lar to‘planadi. Sug‘urtalovchilar bu
mablag‘larni qo‘shimcha daromad qilish maqsadida turli ob’yektlarga investitsiya qilishlari
mumkin.