Авторы

  • Nozima Ismailova
    NamDU tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.120635

Ключевые слова:

yoshga moslik tamoyili bosqichlilik tamoyili affektiv barqarorlik tamoyili faollikni ragʻbatlantirish tamoyili refleksiyani rivojlantirish tamoyili

Аннотация

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kognitiv faollikni rivojlantirishga oid autogen xususiyatli topshiriqlar tizimini ishlab chiqish metodikasidagi asosiy tayanch metodik tamoyillar hamda ularning ilmiy-psixologik va pedagogik asoslari haqida soʻz yuritiladi.


background image

46

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA KOGNITIV FAOLLIKNI

RIVOJLANTIRISHGA OID AUTOGEN XUSUSIYATLI TOPSHIRIQLAR TIZIMINI

ISHLAB CHIQISH METODIKASIDA ASOSIY TAYANCH METODIK

TAMOYILLAR

Ismailova Nozima Umaraliyevna

NamDU tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15867372

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kognitiv faollikni

rivojlantirishga oid autogen xususiyatli topshiriqlar tizimini ishlab chiqish metodikasidagi
asosiy tayanch metodik tamoyillar hamda ularning ilmiy-psixologik va pedagogik asoslari
haqida soʻz yuritiladi.

Kalit soʻzlar

: yoshga moslik tamoyili, bosqichlilik tamoyili, affektiv barqarorlik tamoyili,

faollikni ragʻbatlantirish tamoyili, refleksiyani rivojlantirish tamoyili

Аннотация:

В данной статье рассматриваются основные базовые методические

принципы в методике разработки системы заданий аутогенного характера по
развитию познавательной активности у младших школьников, а также их научно-
психолого-педагогические основы.

Ключевые слова:

принцип соответствия возрасту, принцип поэтапности,

принцип аффективной устойчивости, принцип стимулирования активности, принцип
развития рефлексии

Annotation:

This article will talk about the basic basic methodological principles in the

methodology for developing an autogenic system of characteristic tasks for the development
of cognitive activity in primary school students, as well as their scientific and psychological
and pedagogical foundations.

Keywords:

the principle of age compatibility, the principle of staging, the principle of

Affective stability, the principle of stimulating activity, the principle of developing reflex.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kognitiv faollikni rivojlantirishga oid autogen

xususiyatli topshiriqlar tizimini ishlab chiqish metodikasida asosiy tayanch metodik
tamoyillar ilmiy-psixologik va pedagogik asosga ega.

1. Yoshga moslik tamoyili.

Bu tamoyil bolaning yoshiga xos psixofiziologik, intellektual,

emotsional va shaxsiy xususiyatlariga mos keladigan topshiriqlarni tanlashni nazarda tutadi.
6–10 yoshli oʻquvchilarda diqqat barqarorligi qisqa, tasavvur kuchli, lekin mantiqiy tafakkur
hali rivojlanish bosqichida boʻladi. Shu sababli mashqlar tasviriylik, his-tuygʻular, oʻyin va
fantaziyaga boy boʻlishi zarur.

Yoshga mos topshiriqlar bola uchun qiyin boʻlmaydi, balki ularni bajargan sari u oʻz

kuchiga ishonadi va ijobiy emotsiyalar oladi. Bu esa kognitiv faollikning ichki motivatsion
manbai boʻlib xizmat qiladi. Masalan, “Tasavvur qil: sen gʻoʻza dalasida paxta terayapsan...”
kabi mashq bolaning hayotiy tajribasiga mos keladi.

2. Bosqichlilik tamoyili.

Boshlangʻich sinfda oʻquv topshiriqlari oddiydan murakkabga,

konkretdan abstraktga, tasviriydan mantiqiyga qarab bosqichma-bosqich taqdim etilishi
lozim. Har bir bosqichda bolalar avvalgi tajribani mustahkamlaydi va yangilikka tayyor
boʻladi.

Bu tamoyil kognitiv faollikni barqaror va izchil rivojlantirishga yordam beradi. Masalan,

avval “Oddiy rasmni eslab qolish”, keyin “Hikoya asosida rasmni tiklash”, soʻng esa


background image

47

“Koʻrmagan, tasavvurdagi voqeani hikoya qilish” – bular bosqichlilikka misoldir. Har bir
bosqichda bola oʻz fikrlash doirasini kengaytiradi.

3. Affektiv barqarorlik tamoyili

. Oʻquvchi emotsional jihatdan ijobiy holatda boʻlsa, uning

bilimga boʻlgan ehtiyoji kuchayadi. Bu tamoyil mashqlar bolaning ruhiy holatini
barqarorlashtirish, xavotirni kamaytirish va shaxsiy qiziqishini oshirishga qaratilgan
boʻlishini nazarda tutadi.

Kognitiv faollik hissiy muvozanat bilan chambarchas bogʻliq. Agar bola oʻzini ishonchli

va xavfsiz his qilsa, fikrlash jarayonida qatnashish ehtimoli koʻproq boʻladi. Autogen
topshiriqlar – aynan shu holatni ta’minlashga xizmat qiladi. Masalan, “Yumshoq sharchaning
ichida yurganingni tasavvur qil” kabi mashqlar nafaqat fantaziyani, balki xotirjamlikni
ta’minlaydi.

4. Faollikni ragʻbatlantirish tamoyili

. Ushbu tamoyil bolani passiv qabul qiluvchidan faol

bilim izlovchi subyektga aylantirishga qaratilgan. Bu topshiriqlarni bajarishda mustaqil qaror
qabul qilish, taxmin qilish, tahlil qilish, aniqlash, baholash kabi kognitiv harakatlar faollashadi.

Bu tamoyil orqali oʻquvchi bilimni tayyor shaklda olmaydi, balki uni oʻzi topishga

intiladi. Masalan, “Hikoyani davom ettir” yoki “Tushida nimalar boʻlishi mumkin?” kabi
topshiriqlar – oʻquvchining tashabbusini faollashtiradi. Bu esa metakognitiv koʻnikmalar –
ya’ni “oʻrganishdan oʻrgatishgacha” salohiyatini shakllantiradi.

5. Refleksiyani rivojlantirish tamoyili

. Bolaning oʻz fikrlarini ichki nutq orqali anglash,

mulohaza yuritish, oʻz xatti-harakatlarini nazorat qilishni oʻrganishi – bu refleksiya orqali yuz
beradi. Autogen topshiriqlar “Sen oʻzing bilan suhbatlash...”, “Oʻzingdan soʻra: nega shunday
boʻldi?” kabi usullarni qoʻllaydi.

Bu tamoyil bola fikrlashining chuqurlashishiga, oʻz-oʻzini anglash, his qilish, bilishga

boʻlgan ehtiyojning shakllanishiga xizmat qiladi. Kognitiv faollik faqat tashqi emas, balki ichki
jarayon sifatida ham rivojlanadi. Masalan: “Bugun eng yoqqan mashq qaysi edi? Nega?”

Shundan kelib chiqib, Fleppid classroom texnologiyasi asosida oʻquvchilarning kognitiv

faolligini rivojlantirish metodikasini autogen topshiriqlar va zamonaviy yondashuvlarga
tayanib modifikatsiyalashga erishildi. Ushbu metodikani amalga oshirish jarayoni 3 bosqichga
ajratib olindi:

I. Tayyorlov bosqichi

(Psixologik sozlanish va ongni faollashtirish uchun mashqlar).

1. “Koʻz oldi ekrani”.

Koʻrsatma: Koʻzingizni yuming. Koʻz oldingizda katta ekran paydo

boʻldi. U oq, tiniq. Endi oʻsha ekranda sekin-asta oq bulut paydo boʻlayapti.

Topshiriqni bajarish: Har bir bola jim turadi, koʻzini yumadi, nafasini rostlaydi. U

ekranda oʻz xohlagan holatini, tabiat manzarasini tasavvur qiladi.

Kognitiv maqsad: Tasavvurni rivojlantirish, vizual fikrlashni faollashtirish.

2. “Nafas va tinchlik”.

Koʻrsatma: Endi hamma chuqur nafas oladi – 3 soniya... nafasni

ushlab turamiz – 2 soniya... chiqaramiz – 4 soniya.

Topshiriqni bajarish: Bu sikl 5-6 marta takrorlanadi. Soʻngra oʻqituvchi “Endi

tanangizdagi boʻshashishni his qiling” deydi.

Kognitiv maqsad: Diqqatni jamlash, psixofiziologik holatni boshqarish.

3. “Quyosh nuri bilan isinish”

. Koʻrsatma: Endi oʻzingizni quyosh nurida turgandek

tasavvur qiling. Issiq nurlar yelkangizga, qoʻllaringizga, yuragingizga tegmoqda...

Topshiriqni bajarish: Oʻquvchi tana qismlarini yengil harakatlantirib, iliqlikni his qiladi.
Kognitiv maqsad: Emotsional barqarorlik, ongli his qilishni shakllantirish.


background image

48

4. “Tovushlarni tingla”.

Koʻrsatma: Men sizga 3 ta tovush eshittiraman. Ularni diqqat

bilan tinglang va qayerdan chiqayotganini, nima ekanligini aniqlang.

Topshiriqni bajarish: Tabiiy tovushlar (qush, shamol, suv) beriladi. Bola soʻz bilan

tasvirlaydi: "Bu qush", "Bu shamol", "Bu daryo".

Kognitiv maqsad: Eshituv diqqatini faollashtirish, idrokni chuqurlashtirish.

5. “Ichki tabassum”

. Koʻrsatma: Koʻzingizni yuming va yuragingizni eslang. U joyda nurli

tabassum bor. Uni yuzingizga olib chiqing.

Topshiriqni bajarish: Bola jilmayadi, yurakdan koʻzgacha nur “koʻtarilayotganini”

tasavvur qiladi.

Kognitiv maqsad: Ijobiy affektiv fon yaratish, ichki psixik holatni boshqarish.
II.

Asosiy bosqich

(Kognitiv jarayonlarni faollashtiruvchi mashqlar).

1. “Koʻz oʻngimizdagi kino”

. Koʻrsatma: Koʻzingizni yuming. Bugun ertalab qanday

uygʻondingiz? Qanday ovozlar eshitildi? Kim birinchi uygʻondi?

Topshiriqni bajarish: Oʻquvchi ichki kino koʻradi va 2 daqiqada ertalabki voqeani

boshidan kechiradi.

Kognitiv maqsad: Epizodik xotira, tafsilotlarni tasvirlash, tafakkur faoliyatini

faollashtirish.

2. “Ovozli hikoya”.

Koʻrsatma: 3 tovush eshitasiz (masalan: yomgʻir, bola kulgusi, qogʻoz

gʻijimlanishi). Endi ushbu tovushlardan foydalanib hikoya tuzing.

Topshiriqni bajarish: Bola ogʻzaki yoki yozma hikoya tuzadi. “Yomgʻirli tongda bir bola

kulib yurdi...”

Kognitiv maqsad: Assotsiativ fikrlash, hikoya tuzish koʻnikmasi, verbal kreativlik.

3. “Soʻz zanjiri”

. Koʻrsatma: Men “daraxt” deyman. Endi kim “daraxt” soʻziga aloqador

yangi soʻz aytadi?

Topshiriqni bajarish: Oʻquvchilar soʻzlardan soʻz yaratadi: daraxt → barg → yashil →

bahor...

Kognitiv maqsad: Logik fikrlash, semantik tahlil, verbal xotirani faollashtirish.

4. “Teskari tasvir”

. Koʻrsatma: Sizga biror rasmni orqa tomoni bilan koʻrsataman. Nima

tasvirlangan boʻlishi mumkin? Taxmin qiling.

Topshiriqni bajarish: Bola fikr yuritadi, sababini tushuntiradi: “Koʻk rang bor – demak

bu osmon boʻlishi mumkin”.

Kognitiv maqsad: Deduktiv mulohaza yuritish, tasavvurdan taxmin chiqarish.

5. “Rang va hislar”

. Koʻrsatma: Men bir rang aytaman – siz u bilan qanday holat, qanday

voqea esingizga tushishini ayting.

Topshiriqni bajarish: Masalan, sariq – quyosh, quvonch; koʻk – osmon, tinchlik; qizil –

olov, energiya...

Kognitiv maqsad: Emotsional differensiyatsiya, vizual assotsiatsiya va obrazli tafakkur.

III. Yakuniy bosqich

(Refleksiya va oʻzini anglashga oid mashqlar).

1. “Bugun nimani oʻrgandim?”

. Koʻrsatma: Oʻzingizdan soʻrang: bugun eng esda qolgan

narsa nima edi? Uni yozing yoki ogʻzaki ayting.

Topshiriqni bajarish: Oʻquvchi 2–3 ta asosiy jihatni sanaydi: “Men soʻz-zanjir tuzishni

oʻrgandim”.

Kognitiv maqsad: Oʻz faoliyatini tahlil qilish, refleksiya qilish koʻnikmasini shakllantirish.


background image

49

2. “Men – ongimdagi qahramon”

. Koʻrsatma: Oʻzingizni ichki dunyoda qahramon sifatida

tasavvur qiling. Bugun siz qanday ishlar qildingiz?

Topshiriqni bajarish: Bola “men” obrazida oʻzini koʻrsatadi: “Men bugun qalqonli ritsar

kabi diqqat bilan harakat qildim”.

Kognitiv maqsad: Ijobiy oʻz-oʻzini idrok etish, ichki “Men” ni mustahkamlash.

3. “Ichki koʻzgu”

. Koʻrsatma: Koʻzingizni yuming. Ichki koʻzguga qarang. U yerdagi bolani

koʻrdingizmi? U qanday ahvolda?

Topshiriqni bajarish: Oʻquvchi oʻzining holatini ifodalaydi: “U bolakay bugun kulib

turibdi, demak yaxshi oʻtdi dars”.

Kognitiv maqsad: Emotsional refleksiya, shaxsiy tajribani ongli anglash.

4. “Kayfiyat doirasi”

. Koʻrsatma: Doira ichiga bugungi kayfiyatingizni ifodalovchi rangni

tanlang yoki chizing.

Topshiriqni bajarish: Har bir bola qizil, yashil, moviy yoki rasm orqali holatini aks

ettiradi.

Kognitiv maqsad: Metakognitiv baholash, affektiv ongni rivojlantirish.

5. “Uchta eng yaxshi lahza”.

Koʻrsatma: Bugun darsda sizga eng yoqqan uch lahzani

eslang. Ularni qisqacha soʻzlab bering.

Topshiriqni bajarish: Bola “Men eng koʻp yoqqani ‘film koʻrish’, soʻz-zanjir va ichki

tabassum edi”, deya aytadi.

Kognitiv maqsad: Diqqatni jamlab, ijobiy tajriba ustida ongli tahlil yuritish.
Tanlab olingan autogen topshiriqlar va mashqlar orqali oʻquvchilarda quyidagi kognitiv

faollik jihatlari kuzatildi:

oʻquvchilar emotsional barqarorlikka ega boʻladi,

tasavvur, tafakkur, xotira, refleksiya kabi kognitiv mexanizmlar faollashadi,

har bir mashq psixologik iqlimni sogʻlomlashtiradi va oʻquv faoliyatini ongli asosda

amalga oshirishga undaydi.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, oʻquvchining kognitiv faolligi, birinchi navbatda, uning

ichki sokinligi, oʻzini anglash darajasi, ongli e’tibori va tafakkurining faol boʻlishi bilan
chambarchas bogʻliqdir.

Mazkur yondashuv asosida ishlab chiqilgan autogen xususiyatli topshiriqlar tizimi uch

bosqichda amalga oshirildi: tayyorlov, asosiy va yakuniy bosqich. Tayyorlov bosqichi – bu
bolani darsga psixologik jihatdan tayyorlash, emotsional zoʻriqishni kamaytirish, nafas olishni
boshqarish, oʻziga ishonch hosil qilishga qaratilgan mashqlardan iboratdir. “Nafas va tinchlik”,
“Ichki tabassum”, “Tovushlarni tingla”, “Quyosh nuri bilan isinish” kabi mashqlar orqali
oʻquvchilar oʻzini his qilishni, ichki tasavvurini faollashtirishni va diqqatini jamlashni
oʻrganadilar. Asosiy bosqichda esa fikrlash, idrok, xotira, assotsiatsiya, hikoya qilish va
muammoni hal qilishga yoʻnaltirilgan topshiriqlar (“Koʻz yummagan kino”, “Soʻz-zanjir”,
“Ovozdan hikoya”, “Rang va hislar”) bajariladi. Bu bosqichda bola faol ongli fikrlashga oʻtadi.
Yakuniy bosqich esa oʻz-oʻzini anglash, fikrini umumlashtirish, his-tuygʻularni tahlil qilish, oʻz
faoliyatini baholashga qaratilgan topshiriqlardan (“Ichki koʻzgu”, “Bugun nimani oʻrgandim?”,
“Kayfiyat doirasi”) iborat boʻlib, reflektiv faoliyatni ragʻbatlantiradi.

Autogen mashqlar tizimi bir qator metodik tamoyillar asosida shakllantirildi:

ontogenezga muvofiqlik (bolaning yosh xususiyatlariga moslik), didaktik progressiya
(bosqichma-bosqichlik), emotsional-kognitiv muvozanat (ruhiy holat va tafakkur uygʻunligi),


background image

50

subyektli faoliyatni qoʻllab-quvvatlash (oʻquvchi – faol biluvchi subyekt sifatida) va
metakognitiv refleksiya (oʻz faoliyatini ongli anglash, baholash). Bu tamoyillar kognitiv
faollikni nafaqat bilim olish bilan, balki oʻzini anglash va ongli rivojlanish bilan bogʻliq
murakkab jarayon sifatida tushunishga imkon beradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Коменский Я. А. Избранные педагогические сочинения: в 2 т. Т. 1. М.: Педагогика,

1982. 656 с.
2.

Боброва И.А. Развитие познавательной активности студентов в образовательном

процессе педагогического вуза: дис. канд. пед. наук. – СПб., 2008. – 142 с.
3.

Коробова

Е.В.

Формирование

познавательной

активности

студентов

экономических специальностей средствами игровых технологий (на опыте обучения
иностранному языку и во внеаудиторной работе): автореф. дис. канд. пед. наук. –
Москва, 2003. – 27с.
4.

Философский энциклопедический словарь / Ред.-сост. Е.Ф. Губский и др. – М.:

ИНФРА-М, 2007. – 576 с.
5.

Психология развития. Словарь: ред.-сост. Л.А. Карпенко; под общ. ред. А.В.

Петровского, под. ред. А.Л. Венгера // Психологический лексикон. Энциклопедический
словарь: В 6 т. – М.: ПЕР СЭ, 2006. – 176 с.
6.

Рубинштейн С. Л. Основы общей психологии / С.Л. Рубинштейн. – СПб.:

Издательство «Питер», 2000. – 712 с.
7.

Леонтьев А.Н. Деятельность. Сознание. Личность.- М.: Смысл; Изд. центр

Академия, 2004 с.153.

Библиографические ссылки

Коменский Я. А. Избранные педагогические сочинения: в 2 т. Т. 1. М.: Педагогика, 1982. 656 с.

Боброва И.А. Развитие познавательной активности студентов в образовательном процессе педагогического вуза: дис. канд. пед. наук. – СПб., 2008. – 142 с.

Коробова Е.В. Формирование познавательной активности студентов экономических специальностей средствами игровых технологий (на опыте обучения иностранному языку и во внеаудиторной работе): автореф. дис. канд. пед. наук. – Москва, 2003. – 27с.

Философский энциклопедический словарь / Ред.-сост. Е.Ф. Губский и др. – М.: ИНФРА-М, 2007. – 576 с.

Психология развития. Словарь: ред.-сост. Л.А. Карпенко; под общ. ред. А.В. Петровского, под. ред. А.Л. Венгера // Психологический лексикон. Энциклопедический словарь: В 6 т. – М.: ПЕР СЭ, 2006. – 176 с.

Рубинштейн С. Л. Основы общей психологии / С.Л. Рубинштейн. – СПб.: Издательство «Питер», 2000. – 712 с.

Леонтьев А.Н. Деятельность. Сознание. Личность.- М.: Смысл; Изд. центр Академия, 2004 с.153.