28
ANDIJON VILOYATIDA MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARINING
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
Akbarova Nigora A’zamxonovna
Farg‘ona davlat texnika universiteti assistenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15847883
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Andijon viloyatidagi musiqa va san‘at maktablarining
tashkil topishi, dastlabki faoliyati, o‘qitish yo‘nalishlari tavsifi, o‘quvchilarni qamrab olish
ko‘lami, shuningdek, musiqa va san‘at maktablarida kadrlar masalasi haqidagi ma‘lumotlar
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
musiqa, san‘at, musiqa maktablari, fortepiano, skripka,violonchel, damli
orkestr, xalq cholg‘ulari, musiqa ta‘limi, iste‘dod, kadrlar tanqisligi, malaka oshirsh.
Аннотация.
В статье рассматривается создание музыкальных и художественных
школ в Андижанской области, их первоначальная деятельность, дается характеристика
направлений обучения, объемы приема учащихся, а также информация о кадровых
вопросах в музыкальных и художественных школах.
Ключевые слова:
музыка, искусство, музыкальные школы, фортепиано, скрипка,
виолончель, камерный оркестр, народные инструменты, музыкальное образование,
талант, кадровый голод, повышение квалификации.
Annotation.
This article covers the establishment of music and art schools in Andijan
region, their initial activities, a description of their areas of study, the scope of student
enrollment, as well as information on staffing issues in music and art schools.
Keywords:
music, art, music schools, piano, violin, cello, chamber orchestra, folk
instruments, music education, talent, staff shortage, professional development.
O‘zbekistonning jahondagi eng taraqqiy etgan davlatlar qatoridan munosib o’rin
egallashi, dunyodagi iqtisodiy va siyosiy mavqeini yanada mustahkamlash uchun yetuk
kadrlarni tarbiyalash ta’lim tizimining asosiy vazifasi ekanligi bugun barchamizga ma’lum.
Bundan tashqari davlatning jahon reytinglaridagi o‘rnini yanada ko‘tarish, nufuzini oshirish
dunyo “san’at maydonlari”ni zabt etish orqali ham amalga oshiriladi. Bu borada o‘zbek musiqa
sanʼatini yanada rivojlantirish uchun hissa qo’shadigan isteʼdod egalarini kashf etish, ularni
to’g’ri yo’naltirib yuzaga chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’dodli san’atkorlarni
yetishtirib berish, ularga dastlabki musiqiy bilimlarni berish esa musiqa maktablarining asosiy
vazifasi va xizmatidir. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilyptgan tub islohotlarning
salmoqli qismi aynan mana sohaga qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4956-sonli Farmon, 2017-yil 17-fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2778-
sonli Qarori, 2017-yil 31-mayda “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish va
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3022-sonli Qarori, 2019-yil 14-
mayda qabul qilingan “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-4320-sonli Qarorlari so‘zimizning yaqqol isbotidir [1].
Avvalo yurtimizda musiqa ilmi shakllanishi tarixiga oid ayrim mulohazlarni keltirib
o‘tishni joiz deb bildik. Arxeologik tadqiqotlar, tarixiy izlanishlar o‘zbek musiqa ilmining ilk
namunalari “Avesto”da aks etganini ko‘rsatadi. O‘rta Osiyoda musiqa madaniyatining
29
rivojlanishining muhim qirrasi harbiy qo‘shin, muntazam armiya faoliyati bilan bog‘liq holda
namoyon bo‘ladi. Tarixdan ma’lumki, eramizdan oldingi VII asrdayoq ajdodlarimiz o‘zlarining
aniq qoida-qonunlariga bo‘ysungan, tuzulma sifatidagi muntazam armiyaga ega bo‘lgan. Turli
xil turdagi qo‘shinlardan tuzilgan armiya tarkibida harbiy musiqachilar ham alohida o‘rin
egallagan. Plutarx parfiyaliklar armiyasida qozonsimon urma zarbli asboblardan keng
foydalanilgani to‘g‘risida hikoya qiladi [6; 11]. Ilk o‘rta asrlarda sharqda musiqa kasbiy
yo‘nalish sifatida rivojlana boshladi. Kasbiy musiqashunoslarning dastlabki vakili esa Borbad
Marvaziydir [5; 9]. Yurtimiz hududida musiqaning fan sifatida rivojlanishida buyuk
mutafakkirlarimiz Xorazmiy, Ibn Sino, Farobiy, Marog‘iy, Jomiy, Navoiylarning o‘rni katta bo‘ldi.
Xonliklar davrida esa musiqa ilmining rivojiga Najmiddin Kavkabiy, Darvesh Ali Changiy, Komil
Xorazmiy, Xudoyberdi ustoz kabi ustozlar ulkan hissa qo‘shdi.
Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylantirilgach, rus va Yevropa
san’atini targ‘ib qilish maqsadida yevropacha musiqa muassasalari ochila boshladi. G‘arb
musiqasevarlari tomonidan o‘lkaning ayrim markaziy shaharlarida musiqiy to‘garak tashkil
etila boshladi. O‘lkada sovet hokimiyati o‘rnatilgach milliy ziyolilarning tashabbusi bilan
musiqa ta’limini keng yoyish va o‘zbek musiqa madaniyatini yuksaltirish uchun xizmat
qiladigan kadrlar tayyorlash maqsadida ilk musiqa maktablari tashkil etila boshlandi. Mazkur
maktablar milliy musiqani ilmiy o‘rganuvchi ta’lim maskanlari sifatida vujudga keldi.
Biroq sovet hokimiyatining dastlabki davrlaridan yangi Yevropacha janrlar va ohanglar
bilan boyitish hisobiga bo’lsada Markaziy Osiyo musiqasini xalqqa o’rgatish, musiqiy ta’lim deb
atalgan ta’lim turini joriy etish borasida salmoqli ishlar qilindi. Musiqa maktablarini ochish ana
shunday dadil qadamlardan biri edi. Farg‘ona vodiysida musiqa maktablarining tashkil topishi
jarayoni alohida tarixga ega. Farg‘ona Xalq konservatoriyasi 1918-yil ochilib, unda
Chernikovskiy, Frey, Keyzer, Raxalskiy, O.F.Melnikova kabi o‘qituvchilar dars berdi. Ular
orasida harbiy asirlar ham bor edi [7; 84]. Pianinochi va dirijyor Keyzer, skripkachi Frey,
violonchelist Katana shular jumlasidandir. 1920-yilga kelib Farg‘ona Xalq konservatoriyasi
yopiladi va ko‘pgina iqtidorli musiqachilar boshqa joyga ketdi. 1920-1921-yillarda
O‘zbekistonda Kattaqo‘rg‘on, Samarqand, Namangan, Toshkent, Аndijon, Skobelev (Farg‘ona)
shaharlarida musiqa maktablari faoliyat ko‘rsatdi. Musiqa maktablarida musiqa o‘qituvchilari
va erkin musiqachilik bo‘yicha kadrlar tayyorlandi. O‘zbekistonda 1925-yilda musiqa taʼlimi
o‘quv muassasalarida 451 nafar o‘quvchi taʼlim olib, ularga 65 nafar o‘qituvchi taʼlim-tarbiya
berdi. Tashkil etilgan musiqa bilim yurtlari asosan Toshkent, Xorazm, Samarqand va Buxoro
viloyatlariga to‘g‘ri keldi [7; 84]
.
XX asrning 30-yillarga kelib eng dolzarb muammo hisoblangan musiqiy ta’limdagi kadrlar
tanqisligini bartaraf etish maqsadida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham musiqa maktablari
ochila boshlandi. Xususan, Andijon viloyatida birinchi musiqa maktabi 1939-yilda tashkil
topgan bo‘lib, 1-musiqa maktabi to’g’risidagi ma’lumotlar viloyat davlat arxivida 1946-yilgi
hujjatlarda uchrashni boshlagan. Arxiv materiallarini guvohlik berishicha Andijon shahri
K.Marks ko’chasi 41-uyda joylashgan maktabda ushbu yilda 150 nafar tahsil oluvchi bo’lib,
yangi qabul 25 nafarni tashkil qilgan [3; 1,8]. Shu davrda pedagoglar soni 5 nafarni tashkil etgan
[3; 23]. Musiqa maktablarining ilk bitiruvchilari haqidagi ma’lumotlar esa 1947-yilgi yig’ma
jildlarda uchraydi. 1947-yili 40 nafar o’quvchi qabul qilingan, bitiruvchilar esa 5 nafarni tashkil
etgan, jami 145 nafar o’quvchi hujjatlarda qayd etilsada, aslida 139 nafar o’qigan. Pedagoglar
16 nafar bo’lib, ulardan 10 nafarini ayollar tashkil etgan [3; 36]. Viloyatda keying davrlarda
30
musiqa va san’at maktablari qurish shiddat bilan amamlga oshirilgan bo‘lsada, maktablarni
malakali kadrlar bilan ta’minlash har bir davrda asosiy muammo bo‘lib qoldi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida ham kadrlar muammosi dolzarbligini yo‘otmadi.
Musiqa maktablarida oliy ma’lumotli mutaxassislar yetishmas, borlarining ham moddiy
ta’minlanganlik darajasi o‘ta pastligi uchun o‘z sohasida mehnat qilishdan manfaatdor emas
edi. Malaka oshirish sikli esa o‘n sakkiz yilni tashkil qilardi. O‘tish davrining iqtisodiy
qiyinchiliklari ta’lim sohasiga ham sezilarli darajada ta’sir etganligi arxiv ma’lumotlarida aks
etgan bo‘lib, Andijon viloyati davlat arxivi fondlarida saqlanayotgan hisobotlarga ko‘ra 1994-
1995-yillarda viloyat o‘qituvchilariga oylik maosh to‘lash imkoni bo‘lmagan [5; 35]. Bunday
omillar esa ta’lim tizimida kadrlar beqarorligini keltirib chiqarib, ehtiyojni yanada oshirgan edi.
Musiqiy ta’limdagi kadrlar yetishmasligi faqat musiqa maktablarining o‘zigagina xos bo‘lmay,
bu muammo butun musiqiy ta’lim sohasida ko‘zga yaqqol tashlandi. 1995-1996-yillarda
Respublika umumta’lim maktablarida musiqa o‘qituvchilarining 40-60%igina oliy ma’lumotli
edi [8; 73].
Andijon viloyati bolalar musiqa maktablarida 1992-1993-o‘quv yilida 431 nafar pedagog
faoliyat yuritgan bo‘lib, ulardan 388 nafari asosiy shtatdagilarni tashkil qilgan. Oliy ma’lumotli
pedagoglar soni esa 117 nafar edi. Lekin oliy ma’lumotli pedagoglar asosan shahar musiqa
maktablarida bo‘lib, qishloqlarda oliy ma’lumotli kadrlar 4 nafarni tashkil etdi xolos. Bolalar
san’at maktablarida esa 73 nafar pedagogdan 41 nafari oliy ma’lumotli edi. Jami pedagoglar
viloyatda 518 nafarni, oliy ma’lumotlilar 158 nafarni tashkil etgan. Viloyat bo‘yicha 73 nafar
oliy ma’lumotli, 124 nafar o‘rta-maxsus ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj bo‘lgan [2]. Viloyatda
mavjud bo’lgan musiqiy ta’limdagi kadrlar tanqisligini bartaraf etish maqsadida yillar
davomida bosqichma bosqich islohotlar amalga oshirildi.
2017-yildan so‘ng Respublikada amalga oshirilgan islohotlar natijasida Andijon viloyati
musiqa maktablaridagi kadrlar tarkibi sifat va son jihatidan boyitildi. Viloyat bo’yicha jami
1227 nafar pedagogdan 358 nafari (29%) oliy, 869 nafari o’rta-maxsus ma’lumotli
mutaxassislarni tashkil qildi. Bugungi kunda 332 nafar o’rta-maxsus ma’lumotli mutaxassislar
oliy ta’lim muassasalarida o’qishni davom ettirmoqda. Oliy ma’lumotli pedagoglardan 6%ini
oliy, 10%ini birinchi, 27%ini ikkinchi malaka toifalilar tashkil etgan bo’lsa, 57% mutaxassislar
shu kunga qadar malaka toifasiga ega emas. Viloyat miqyosida eng ko’p oliy ma’lumotli
mutaxassislar Asaka tumanidagi 22-BMSMda mavjud bo’lib, bu yerdagi jami 49 nafar pedagog
va konsertmeystrlardan 23 nafari, ya’ni 47%ini oliy ma’lumotli mutaxassislar tashkil etmoqda.
Keyingi o’rinda jami 49 nafar o’qituvchidan 23 nafarini (43%) oliy ma’lumotli kadrlar tashkil
etgan Andijon shahar 2-BMSM turgan bo’lsa, uchtalikning uchinchi o’rinini 50 nafar
pedagogdan 18 nafarini (36%) oliy ma’lumotlilar tashkil etuvchi Paxtaobod tumani 7-BMSM
egallab turibdi. Oliy ma’lumotli kadrlar salmog’i bo’yicha viloyatda quyi o’rinlarni Marhamat
tumanidagi 26-BMSM (13%), Xonobod tumani 8-BMSM 19%, Shaxrixon tumani 10-BMSM
(20%) egallab turibdi [4]. Viloyat musiqa maktablari orasida eng nufuzlisi hisoblangan Andijon
shahar 3-BMSMda amalga oshirilgan islohotlar natijasi o’laroq joriy yil boshida jami 45 nafar
pedagogdan 18 nafarini oliy ma’lumotlilar, 17 nafarini to’liqsiz oliy, 10 nafarini o‘rta-maxsus
ma’lumotli kadrlar tashkil qildi. Malaka toifa olish tizimidagi o’zgarishlarning yakuni sifatida
oliy malaka toifali mutaxassislar 2 nafarni, birinchi malaka toifali o’qituvchilar 2 nafarni,
ikkinchi malaka toifalilar 3 nafarni tashkil qildi. 38 nafar mutaxassisning malaka toifasiga ega
emasligi bu tizimda hali muammolar yetarli darajada ekanligidan dalolat beradi.
31
Qisqa qilib aytganda mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan
ishlar natijasida respublikada bo‘lganidek Andijon viloyati musiqa maktablaridagi kadrlar
tarkibi son va sifat jihatidan sezilarli darajada boyidi. Musiqa va san’at maktablari faoliyat
doirasi kengayib, jamiyat hayotidagi faol bo‘g‘inga aylanib bormoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A’zamkhonovna, A. N. (2025). FROM THE HISTORY OF THE FORMATION OF MUSIC
SCHOOLS IN THE FERGANA VALLEY.
Web of Humanities: Journal of Social Science and
Humanitarian Research
,
3
(3), 28-30.
2.
O‘zbekiston Milliy arvivi. M7-fond, 2-ro’yxat, 21-yig’ma jild, 2/31-varaq
3.
Andijon viloyat davlat arxivi. Fond-421, ro’yxat-1, yig’ma jild-26.
4.
Andijon viloyat madaniyat boshqarmasi hisoboti, 2024-yil.
5.
Ирзаев Б. Ўзбек мусиқа маданияти тарихи саҳифаларидан. – Тошкент: Академнашр,
2017.
6.
Madraimov B.X. O’zbek musiqa tarixi. – Toshkent. 2018.
7.
Муртозова С.Б. ХIХ аср охири –ХХ асрнинг 80 йилларида Ўзбекистон мусиқа
маданиятидаги трансформация жараёнлар – Тошкент. Voris-nashriyot, 2019
8.
Akbarova, N. A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MUSIQA
MADANIYATI VA MUSIQIY TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR MAZMUNI.
Наука и
инновация
,
3
(22), 54-58.
9.
A’zamxonovna, A. N. (2025). NAMANGAN VILOYATIDA MUSIQA MAKTABLARINING
SHAKLLANISH
TARIXIDAN.
INNOVATIVE
DEVELOPMENTS
AND
RESEARCH
IN
EDUCATION
,
4
(37), 45-51.
10.
A’zamkhonovna, A. N. (2025). BEGINNING OF CONSTRUCTION AND RECONSTRUCTION
WORK
AT
MUSIC
SCHOOLS
IN
ANDIJAN,
NAMANGAN
AND
FERGANA
REGIONS.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology
,
5
(6), 1776-1779.