11
TURLI TIZIMLI TILLARDA QARASHLILIK/TEGISHLILIKNING IFODALANISHI
Ismoilova Muattarxon Ilyosovna
O‘zbekiston Milliy Universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi PhD
E-mail: s42813275@gmail.ru
Tel : 90 916 22 86
https://doi.org/10.5281/zenodo.15827485
Annotatsiya:
Dunyo tilshunosligida qarashlilik/tegishlilik kategoriyasini o‘rganishga
yondashuvlar turlicha. Bu muammo nafaqat alohida tillar misolida, shuningdek, qiyosiy
aspektda ham o‘rganilgan. Masalan, rus tilshunosligida posessivlik muammosi Ye.A.Bastrakova
tomonidan qiyosiy aspektda tekshirilgan. Olima rus tilida posessivlikning ifodalanishini ingliz
va fin-ugor tillaridagi qarashlilik kategoriyasi bilan qiyoslagan. U to‘g‘ri ta’kidlaganidek,
posessivlik kategoriyasi deyarli barcha tillarda mavjud. Ammo turli tillarda bu kategoriyani
ifodalovchi vositalar bir-biridan farqlanadi.
Kalit so‘zlar:
posessivlik, kategoriya, egalik, morfologik, leksik, stilistika.
Rus va qrim-tatar tilini qiyoslagan E.R.Chelebiyeva esa qiyoslanuvchi tillarning turli
tizimli tillar sirasiga kirishini ta’kidlar ekan, rus tilining flektiv, qrim-tatar tilining agglyutinativ
tilga tegishli ekanligini ta’kidlaydi hamda turli tizimli tillarda qarashlilik/egalik
kategoriyasining xususiyatlarini tavsiflaydi. Tadqiqotchi rus va qrim-tatar tillarda ot turkumiga
oid birliklarning grammatik xususiyatlarini o‘rganar ekan, qarashlilik/tegishlilik
kategoriyasining o‘ziga xos qator belgilari borligini aniqlaydi. Barcha turkiy tillarda
bo‘lganidek, qrim-tatar tilida har bir grammatik ma’no o‘ziga xos shakl bilan ifodalanadi.
Qarashlilik va son kategoriyasida istisnolar uchraydi, chunki egalik va son kategoriyasi bir
vaqtning o‘zida shaxsni yoki egalikni ifodalaydi. Qrim-tatar tilida affikslar bilan ifodalangan
grammatik ma’nolar rus tilida leksik birlik bilan ifodalanganini ko‘rish mumkin:
Qrim-tatar tilida
Rus tilida
иш-чи-лер-имиз-инъ-ки-дир
принадлежит нашим рабочим
Qrim-tatar tilida egalik kategoriyasi gapda ma’lum birliklarni bog‘lashga xizmat qiladi:
biror bir predmetning kimgadir tegishli ekanini ifodalaydi. Bu belgisi rus tili bilan o‘xshashlik
kasb etadi.Turkologiyada qarashlilik/tegishlilikni ifodalovchi sintetik va analitik usullar
farqlanadi. Qrim-tatar tilida qarashlilikning sintetik usulda ifodalanishi rus tilidagi quyidagi
shaklga to‘g‘ri keladi: kitap “книга”, kitabim “ моя книга”, kitabin “ твоя книга”, kitabi “его
книга”.
Analitik usulda ifodalangan qarashlilikda ikki so‘z ishlatiladi: shaxs olmoshi va egalik
qilinayotgan predmet ko‘rsatiladi:
Qrim-tatar tilida
Rus tilida
меним иш им
моя работа
сенинъ къол унъ
твоя рука
онынъ ад ы
его имя
эниш темнинъ къалпагъ ы
шапкъа дяди
Асиенинъ чанта сы
сумка Асие
Тимур нынъ дефтери
тетрадь Тимура
E.R.Chelebiyevaning tahlillariga tayanib aytish mumkinki, qrim-tatar tilida
qarashlilik/tegishlilik uch shaklda ifodalanadi: morfologik, sintaktik va aralash.
12
Morfologik usulda qarashlilik/tegishlilik ma’nosi maxsus affikslar bilan yasaladi. Egalikni
ifodalashning sintaktik usulida egalik obyekti va egalik ma’nosini bildiruvchi otlar alohida belgi
oladi va ular o‘rtasidagi munosabat so‘z birikmasi modeliga ko‘ra quriladi. Egalikni
ifodalashning aralash usulida ikkala usul birlashtiriladi, buning natijasida egalik qiluvchining
shaxsi va soni ikki marta ko‘rsatiladi: bir marta shaxs olmoshining jinsi yordamida va ikkinchi
marta otning egalik affiksidan foydalangan holda.
Shunday qilib, qiyosiy tahlillar qrim-tatar va rus tillari uchun mazkur kategoriyaning
universalligini tasdiqlaydi. Har ikki tilda ham egalik/qarashlilik ma’nosining ifodalanishida
asosiy grammatik shakllar saqlanib qolgan. Bu ikki tilda shaxs olmoshlarining qo‘llanishida
universal jihatlar mavjud.Rus va gruzin kabi turli tizimli tillarda egalik kategoriyasini
ifodalovchi vositalarni tadqiq etgan S.Asaturovaning yozishicha, ko‘pgina tillardan farqli
o‘laroq, rus tilida egalik/qarashlilik kategoriyasini ifodalovchi vositalar xilma-xil. Ular orasida
leksik, morfologik, sintaktik va boshqa vositalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Leksik vositalar
(masalan, rus tilidagi olmoshlar moyo, tvoyo va boshqalar.Gruzin tilida
ჩემი
[чеми] (mening),
შენი
[шени] (sizniki),
ჩვენი
[чвени] (bizniki), [тқвени] (sizniki). Grammatik vositalar
(masalan, rus va gruzintillaridagi родительный падеж). Bundan tashqari, rus va gruzin
tillarida egalik ma’nosi kishilik olmoshlari bilan ifodalanadi .
Posessivlik barcha tillar uchun universal kategoriya bo‘lsa ham, uning turli tillarda
ifodalanishi turlicha bo‘ladi. A.B.Bondarkoning fikriga ko‘ra, rus tilida posessivlikni ifodalovchi
vositalar funksional-semantik politsentrik maydon ko‘rinishida bo‘ladi. A.S.Vishnevskiy esa
posessivlik maydonida ikki: atributsiyali va predikatli markazni aniqlaydi.Rus tilida egalik/
qarashlilikni ifodalashning eng ommalashgan usuli kishilik olmoshlari (притяжательные
местоимений)ning qo‘llanilishidir. Masalan:
Он и здесь испытал
свои силы...
Не тронь
моего детища
...
Вот, Кош Бессмертный,
твоя смерть
!
Поскорей выходи,
наш братец
идет.
... или неприятель под
наши области
подступит...
Что, баушка, нового
в вашем царстве
?
Nutqda yana ko‘p qo‘llaniluvchi shakl bu genetiv, ya’ni roditelniy padejdir:
...Где стояла избушка бабы-яги...
Это не родимой матушки голосок.
К окошечку родимого батюшки...
В то самое время
у зятьев Ивана-царевича...
...спалил Кощея Бессмертного...
Kishilik olmoshlarining roditelniy padejdagi shakli ham nutqda ko‘p uchraydi:
Только мать их вдруг унес Кош Бессмертный...
Тут и
братья его
ездят возле горы...
...а тут
его мать
...
... где жил
его отец...
...я ее дочь...
Rus tilida egalik/qarashlilikni ifodalashda
-ин(-ын)/-ов(-ев)
affislari alohida o‘ringa ega:
Иван, кухаркин сын бросил...
Терешечкиного мяса
наевшись...
13
Передал ему
дедушкины речи
...
Марья Моревна села на
Кощеева коня...
...когда возьмешь
старикова сына
...
Anglashiladikii, rus tilida qarashlilik/tegishlilik ma’nosini ifodalashda leksik, morfologik
birliklar tizimidan foydalaniladi.
Ingliz tilida ham qarashlilik/tegishlilik kategoriyasini hosil qiluvchi birliklar tizimi mavjud.
Zamonaviy ingliz tilida bu muammo kelishiklar, ular vazifasidagi predloglar doirasida o‘rganib
kelinmoqda. Ammo ingliz tilshunosligida kelishiklarning mavjud yoki mavjud emasligi, miqdori
masalasida turli xulosalar bayon qilinadi. Jumladan, ayrim olimlar bu tilda faqat umumiy
(common sase) va qaratqich (genitiv yoki posessiv) kelishigi mavjudligini e’tirof etishadi. Boshqa
olimlar ingliz tilida kelishiklar umuman mavjud emasligini qayd etishadi. Ayrim qarashlarga
ko‘ra zamonaviy ingliz tilida faqat bosh, qaratqich (egalik), obyektli kelishiklar mavjud. Ingliz tili
mutaxassislarining bu tarzdagi turlicha xulosalari kelishiklarning sintaktik qurilma tarkibida
ko‘pincha o‘z morfologik xususiyatini yo‘qotishi, ba’zida ularning vazifasini predloglar yoki nisbiy
sifatlar bajarishi bilan izohlanadi.Til sistemasida u yoki bu kelishikni ajratish ularning
ma’nolarini o‘rganish bilan bog‘liq. So‘nggi paytlarda kelishiklarni ajratish muammolariga
bag‘ishlangan tadqiqotlar ko‘paydi. Zamonaviy ingliz tilida kelishiklar 2 xil yo‘l bilan o‘rganiladi:
1) kelishiklar ma’nosining o‘rganilishi;
2) kelishiklarni differensiya qilish orqali o‘rganish.
Ingliz tilshunosligida kelishiklar stilistika doirasida ham o‘rganib kelingan. J.Nesfild,
M.Doychbeyn, M.Brayant tomonidan taklif etilgan “O‘ringa ko‘ra kelishik nazariyasi” yo‘nalishi
shu yo‘nalishda yaratilgan. Mualliflar lotin grammatikasiga asoslangan holda ingliz tilidagi
kelishiklarni bosh kelishik, qaratqich kelishigi, jo‘nalish kelishigi, tushum kelishigi, vokativ
kelishigiga ajratishgan. Masalan, bosh kelishikdagi ot ega, tushum va jo‘nalish kelishiklarini olgan
otlar o‘zlashtirma ega, vokativ kelishigidagi ot esa o‘rin-joy ma’nosidagi hol vazifasini bajaradi.
Anglashiladiki, “O‘ringa ko‘ra kelishik nazariyasi”da otning morfologik xususiyatlari, uning
funksiyasi hamda sintaktik vazifalari ochib beriladi.
Dunyo tilshunosligida “Predlogli kelishik nazariyasi” yo‘nalishi sharq mamlakatlari hamda
qadimgi lingvistik maktablarning grammatik an’analarida kuzatiladi. Ushbu yo‘nalish vakillari
otning predloglar bilan kklishini xuddi kelishiklardagiga o‘xshashligini ta’kidlashadi. Masalan, ot
“to” va “for” predlogi bilan kelganda jo‘nalish kelishigi ma’nosini ifodalaydi, ot va of predlogi
birgalikda qaratqich kelishigi, ot bilan qo‘llangan “with” predlogi esa ko‘makchi vazifasini
bajaradi: for the girl, of the girl, with a key.
Xullas, ingliz tilida kelishiklar sistemasi so‘z o‘zgartiruvchi kelishiklar, “o‘ringa ko‘ra turli
vazifalarda keluvchi kelishiklar”, “predlogli kelishiklar”ni o‘z ichiga oladi. Ayrim tilshunoslar
ingliz tilida kelishiklar bora-bora yo‘qolib ketishi haqida fikr yuritishadi. Masalan, A.M.Muxin til
hodisalarining rivojlanishi natijasida qadimgi va o‘rta davr ingliz tilida kelishiklar kamayib
ketgan emas, butunlay yo‘q bo‘lib ketganligini ta’kidlaydi . A.I.Smirnitskiyning fikriga ko‘ra,
kelishiklar yo‘qolmaydi, aksincha qayta tug‘ilish arafasidadir.
Qadimgi ingliz tilida mutlaqo mavjud bo‘lmagan kelishik turlari egalik kelishigi yoki bosh
kelishikdir. G.N.Voronsova, A.M.Muxin qaratqich kelishigidagi otlar “-s” shakli bilan qo‘shilib,
egalik ma’nosini berishini aniqlashdi. Bu qarash tarafdorlari ingliz tilida qaratqich kelishigining
farqli tomonlarini, uning flektiv tillardagi oddiy kelishik shakllaridan farqini topishga muvaffaq
bo‘lishdi. Masalan, egalik qo‘shimchasi “-s” ko‘pincha ot so‘z turkumiga birikib keladi, bundan
14
tashqari, so‘z va so‘z birikmasi o‘rtasida vositachi bo‘ladi: what-his-name's hat va hokazo.Ingliz
tilidagi kelishiklar muammosi ikki nazariya “chegaralangan kelishiklar nazariyasi” va “egalik
qo‘shimchasi nazariyasi” asosida o‘rganiladi.
Ingliz tilida qaratqich kelishigi predlogli birikmalardagi ko‘makchidek hisoblanadi. Ular
o‘rtasidagi semantik farq va bir-birini to‘ldiruvchi leksik ma’nolar ingliz tilida qaratqich kelishigi
tizimini ifodalaydi.
Egalik kelishigining keng ma’nolarda ifodalanishini hisobga olgan holda uni quyidagi
turlarga bo‘lish mumkin:
1.
Egalik qaratqich (jonsiz egalik): Tom's toy.
2.
To‘liq qaratqich (jonli egalik): Tom's hand - the hand is a part of Tom.
3.
Vakil qaratqich yoki harakat egasi: Tom's action.
4.
Obyekt qaratqichi yoki hodisaning obyekti: the hostages' release - the hostages were
released.
5.
Belgilangan joy qaratqichi: women's underwear - underwear for women.
6.
Sifat qaratqichi: voice - the voice characteristic of a girl, peculiar to a girl.
7.
Ravishga oid qaratqich: yesterday's talks - the talks that took place yesterday;
8.
Hajm qaratqichi: a three miles' distance from here.
Agar ot qaratqich kelishigida mustaqil ishlatilsa, keyingi otni izohlamasa, u holda “absolyut
qaratqich” hisoblanadi. Masalan: at the baker”s, at Tom's.
Yuqorida keltirilgan qaratqich kelishigining semantik turlari tugal emas. Ular yana boshqa
semantik turlarga ega bo‘lishi mumkin. Ba’zida qaratqich kelishigining semantik turlari ikki katta
guruhga birlashadi: artikl va aniqlovchi qaratqich kelishigida bo‘lgan ot so‘z turkumiga taalluqli
tur:the young man’s son, Byron’s last poem;
ikkinchi tur aniqlanayotgan otga tegishli bo‘ladi:
аpleasant five minutes’ walk
.
Demak, ingliz tilida kelishiklarning vazifalari keng. Shu jihatdan kelishiklar bo‘yicha
bildirilgan qarashlar ham turlicha.
Ma’lum bo‘ladiki, turli tillarda qarashlilik/tegishlilik kategoriyasini ifodalovchi birliklar
maxsus tizimni hosil qiladi. Bu birliklar tilshunoslikda turli yondashuvlar asosida o‘rganilgan
.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Челебиева
Э.Р.
Способы
выражения
категории
принадлежности
в
крымскотатарском и русском языках // Ученые записки Таврического национального
университета имени В.И.Вернадского Серия «Филология. Социальные коммуникации».
Том 26 (65). 2013. − № 1, ч. 1. − С. 80-84.
2.
Касаткин Л.Л. Краткий справочник по современному русскому языку /
Л.Л.Касаткин, Е.В.Клобуков, П.А.Лекант; под. Ред. П.А.Леканта. – М.: Высшая школа, 1991.
– 383 с.
3.
Wierzbiska A. Semantics, Primes and Universals. – Oxford, – New York: Oxford University
Press, 1994. – Р.501; Почепцов Г.Г. Синтагматика английского слова. – Киев: 1976. – С.110.
4.
Хаймович Б.С., Роговская Б.И. Теоретическая грамматика английского языка. – М.,
1987. – С. 63-65.
15
5.
Rodney Huddleston, Geoffrey K. Pullum. The Cambridge grammar of the English language.
– Cambridge: Cambridge University Press. – Pp. 323-523; Ильиш Б.А. Стройсо временного
английского языка. – М.: Просвещение, 1971. – С. 41-48.
6.
Блох М.Я. Теоретическая грамматика английского языка. – М.: Высшая школа, 2000.
– С. 62-74; Randolph Q., Sidney Gr., Svartik Jan.A Comprehensive Grammar of the English
Language.Longman. 1985. − P. 330.
7.
Смирницкий А.И. Морфология английского языка. − М., 1959. − С.129.