4
FANLARARO HAMKORLIK ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA MANTIQIY
TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINING MUHIM JIHATLARI
Solijonov Jasurbek Valeriy o‘g‘li
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15813985
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy tafakkurni shakllantirish
va rivojlantirishda fanlararo integratsiya asosidagi metodik yondashuvlar tahlil qilingan.
Jumladan, fanlar uyg‘unligi orqali tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va asoslangan xulosa chiqarish
ko‘nikmalarini rivojlantirish metodlari yoritilgan. Metodik modelning bosqichlari, mazmuni va
amaliy ahamiyati ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
mantiqiy tafakkur, fanlararo integratsiya, pedagogik metodika, tanqidiy
fikrlash, axborot madaniyati, didaktik model, pedagogik kompetensiya, tahliliy fikrlash.
ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ МЕТОДИКИ РАЗВИТИЯ ЛОГИЧЕСКОГО
МЫШЛЕНИЯ У БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ НА ОСНОВЕ
МЕЖДИСЦИПЛИНАРНОГО СОТРУДНИЧЕСТВА
Аннотация:
В данной статье рассмотрены методические подходы к
формированию и развитию логического мышления у будущих педагогов на основе
междисциплинарной интеграции. В частности, раскрыты методы развития навыков
критического мышления, анализа и обоснованного вывода через интеграцию учебных
дисциплин. Освещены этапы, содержание и практическая значимость методической
модели.
Ключевые слова:
логическое мышление, междисциплинарная интеграция,
педагогическая методика, критическое мышление, информационная культура,
дидактическая модель, педагогическая компетентность, аналитическое мышление.
KEY ASPECTS OF THE METHODOLOGY FOR DEVELOPING LOGICAL
THINKING IN FUTURE TEACHERS THROUGH INTERDISCIPLINARY
COLLABORATION
Annotation:
This article explores methodological approaches to developing logical
thinking in future teachers through interdisciplinary integration. It highlights methods for
enhancing critical thinking, analytical skills, and evidence-based reasoning through the synergy
of different subjects. The stages, content, and practical significance of the methodological model
are also discussed.
Keywords:
logical thinking, interdisciplinary integration, pedagogical methods, critical
thinking, information culture, didactic model, pedagogical competence, analytical reasoning.
Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda taʼlim
tizimidan faqat bilim berish emas, balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va asosli
xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish talab etiladi. Ayniqsa, bo‘lajak pedagoglarda
mantiqiy tafakkurni rivojlantirish ularning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim omil bo‘lib
xizmat qiladi. Mantiqiy fikrlash — bu bilimlarni chuqur anglash, dalillarga asoslanib qaror
qabul qilish, tanqidiy yondashuv va muammoni hal qilish qobiliyatidir. Ushbu fazilatlarni
5
rivojlantirishda fanlararo integratsiya, ya’ni turli fanlar mazmunining uyg‘un holda berilishi
muhim rol o‘ynaydi.
Xususan, “Falsafa”, “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati”, “Mantiq”, “Pedagogika”
kabi fanlar o‘zaro bog‘liq tarzda o‘rgatilganda, talabalarning tafakkur madaniyati, axborot bilan
ishlash savodxonligi, tanqidiy tahlil qilish malakasi sezilarli darajada ortadi. Shu bois, ushbu
maqolada bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan fanlararo
yondashuvning nazariy asoslari, metodik tamoyillari va ularni amaliyotda qo‘llash yo‘llari
yoritiladi. Maqsad — zamonaviy ta’lim talablariga mos, intellektual salohiyatga ega pedagog
shaxsini shakllantirishga xizmat qiladigan samarali metodikani ishlab chiqish va amaliyotga
joriy etishdir.
Dunyoning rivojlangan ilmiy tadqiqot institutlari va markazlarida fanlararo hamkorlik
asosida ta’lim oluvchilarni mantiqiy fikrlashga yo‘naltirish, axborotlarni tahlil qilish va voqea-
hodisani o‘rganish jarayonida u haqda atroflicha, aniq, teran, chuqur, mazmundor, mustahkam
to‘xtamga kelish, ta’limning kompetensiyaviy talablari tarkibini mantiqiy fikrlash darajasiga
oid me’zonlar, xususiyatlar asosida kengaytirishga oid ilmiy-tadqiqotlarga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bu orqali mantiqiy tafakkur qilish, dalillarga tayanish, tanqidiy fikrlash, olingan
ma’lumotlar asosida to‘g‘ri xulosaga kelish ko‘nikmalari rivojlangan kadrlarni tayyorlash
tizimini yaratish maqsad qilinmoqda. Shuning uchun ham, oliy ta’limda fanlararo hamkorlikni
yangi bosqichga olib chiqish, integrativ ta’limni takomillashtirish asosida bo‘lajak pedagoglarda
tezkor qaror qabul qilish, vaziyatga tez moslashish va mantiqiy tafakkur ko‘nikmalarini
rivojlantirishga doir ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
“Falsafa” fani asosida talabalarda falsafiy dunyoqarash bilan birga mantiqiy tafakkur,
tahliliy fikr yuritish madaniyatini shakllantirish va shu asosida mantiqiy tafakkurini
yuksaltirish mumumkin bo‘ladi. Shu bilan birga mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda axborotlar
bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish ham juda muhim hisoblanadi. Axborot madaniyati
talabalarning mantiqiy tafakkurini ham rivojlanishiga asos bo‘ladi. Buning uchun esa, oliy
pedagogik ta’limda majburiy fan sifatida o‘tiladigan “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati”
fanini mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘nalitirish o‘qitish, axborot madaniyatini mantiqiy
dallilashga yo‘naltirish asosida tashkil qilish juda muhim hisoblanadi.
“Falsafa” va “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” o‘quv fanini bo‘lajak
o‘qituvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan holda o‘qitishda ta’lim
texnologiyasi jamiyatning demokratlashuvi sharoitida ta’lim berishnining dolzarbligi
asoslanadi, o‘quv fani bo‘yicha ta’lim texnologiyasi tuzilmasi bayon etiladi, ma’ruza, amaliy va
seminar mashg‘ulotlari, loyihalangan ta’lim berish texnologiyasi qisqacha ta’riflanadi.
Mantiqiy tafakurni rivojlantirish uchun tavsiya etilgan o‘quv mazmuni va ularni o‘rganish
uchun taqsimlangan soatlar miqdori tahlili shuni ko‘rsatadiki, agarda ularning o‘qitilish ketma-
ketligi va mavzularga ajratilgan soat hajmiga etibor qaratadigan bo‘lsak, bunday holatda ikki xil
yondashuv kelib chiqadi: ta’lim mazmuni, hajmi va uning vaqt taqsimotiga mos o‘qitishning
metodikasini taklif etish yoki o‘quv mazmuni va ularga ajratilgan vaqt taqsimotini kengaytirish
orqali o‘qitish metodikasini ishlab chiqish. Agar birinchi yondashuvga to‘xtaladigan bo‘lsak,
tabiiyki, mantiq tafakkurni rivojlantirishga kirish mazmuniga, ma’ruza va amaliy darslariga 2
soatdan ajratilgan, shuning uchun mantiq elementlarini barcha mavzularda asosiy vosita
sifatida qo‘llab o‘qitish maqsadga muvofiq xisoblanadi.
6
“Falsafa” va “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” o‘quv fanlari oliy ta’lim
muassasasi talabalarida ta’lim-tarbiyaning pedagogik maqsadlarini to‘g‘ri shakllantirish
ko‘nikmasini qaror topdirishga xizmat qiladi. Buning uchun ushbu fandagi asosiy ilmiy
yondashuvlar talabalarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish yo‘lida quyidagi
maqsadlarni belgilash samarali bo‘lishini ko‘rsatadi: tarbiyaviy maqsad – bo‘lajak mutaxassis
shaxsini har tomonlama va garmonik rivojlantirish; ta’limiy maqsad - “Falsafa” va
“Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” o‘quv fanlari mazmunining to‘la o‘zlashtirilishini
ta’minlash, har bir mavzu va mashg‘ulotning o‘z vaqtida o‘zlashtirib borilishiga erishish;
rivojlantiruvchi maqsad – mazkur fanlarda o‘zlashtirilgan bilimlar orqali o‘zlarida nostandart
vaziyatlarda ham qo‘l keladigan fikriy yechimlarni mustaqil ravishda topa bilish qobiliyatini
shakllantirish kabilardan iboratdir.
Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish metodikasining bosqichlari
a)
Motivatsion bosqich:
o‘quvchida muammoni anglash, fikr bildirishga qiziqish uyg‘otish.
b)
Tahliliy bosqich:
mavzu yuzasidan dalillarni to‘plash, ularni tahlil qilish, tezis va
antitezislarni ajratish.
c)
Sintetik bosqich:
mavjud ma’lumotlar asosida xulosa chiqarish, muqobil fikrlarni
taqqoslash.
d)
Reflektiv bosqich:
o‘z fikrini tanqidiy baholash, boshqalar bilan solishtirish va to‘g‘rilash.
Fanlararo integratsiya asosidagi metodika bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini
samarali rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv orqali tanqidiy fikrlash, axborotni
anglash va tahlil qilish, muammoli vaziyatlarga mustaqil yechim topish ko‘nikmalari
shakllanadi. Bu esa ularning pedagogik kompetensiyasini mustahkamlab, zamonaviy jamiyat
talablariga mos ilg‘or pedagog shaxsini tarbiyalaydi. Shu bois, pedagogik ta’limda falsafa,
mediasavodxonlik, mantiq va boshqa fanlarni uyg‘unlashtirish zaruriy va samarali yo‘ldir.
Xulosa qilib aytganda, fanlararo hamkorlik asosida bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy
tafakkurni rivojlantirish metodikasi nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki kelajak
o‘qituvchisining shaxsiy va kasbiy shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy ta’lim
axborotga boy, lekin ayni paytda murakkab va tahlikalarga to‘la muhitda faoliyat yuritishni
talab qiladi. Bunday sharoitda mustaqil, asosli va tanqidiy fikr yuritish, ijtimoiy axborotni
baholash, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish qobiliyatlari pedagog uchun zarur kompetensiyalar
qatoriga kiradi.
Fanlararo yondashuv bu borada pedagogik imkoniyatlarni kengaytiradi. Falsafa,
mediasavodxonlik, mantiq, axborot madaniyati kabi fanlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi
o‘quvchilar tafakkurini chuqur, tahliliy va tizimli yondashuv asosida shakllantirishga xizmat
qiladi. Ayniqsa, bu metodika yosh pedagoglarda nafaqat bilimni, balki tafakkur madaniyatini
rivojlantiradi, ularni innovatsion fikrlovchi va axborotga tanqidiy qaraydigan mutaxassis
sifatida tarbiyalaydi.
Shuningdek, bu metodika orqali pedagoglar o‘z faoliyatida o‘quvchilarning individual
fikrlashiga yo‘l ochish, muloqot madaniyatini rivojlantirish, dalillarga asoslangan bahs yuritish
kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Shu sababli, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish metodikasini
pedagogik ta’limning muhim tarkibiy qismiga aylantirish bugungi kunda dolzarb vazifadir.
Natijada, fanlararo integratsiyaga asoslangan mantiqiy tafakkur metodikasi zamonaviy
ta’limda pedagog shaxsining fikrlash sifati, kasbiy yondashuvi va ijtimoiy mas’uliyatini
oshiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
7
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Solijonov J. BO ‘LAJAK PEDAGOGLARDA MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING
ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI //Farg'ona davlat universiteti. – 2025. – №. 1. – С. 11-11.
2.
Otto M. et al. FANLARARO BOGʻLANISHLAR ASOSIDA TALABALARNI BILIM VA
KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISH //QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. – 2023. – Т. 9.
– С. 187-192.
3.
Solijonov J. THE PROBLEM OF DEVELOPING LOGICAL THINKING IN FUTURE TEACHERS
BASED ON INTERDISCIPLINARY COOPERATION AND ITS ANALYSIS //Развитие
педагогических технологий в современных науках. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 30-35.
4.
Saidqulovich S. B., Valeriy o‘g‘li S. J. PEDAGOGICAL SIGNIFICANCE OF DEVELOPING
LOGICAL THINKING IN FUTURE EDUCATORS THROUGH INTERDISCIPLINARY COOPERATION
//JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY BULLETIN. – 2023. – Т. 6. – №. 4. – С. 106-112.