Авторы

  • M. A. Eshonqulov
    PSUYAITI Sirdaryo ITS
  • B.N. Norov
    PSUYAITI Sirdaryo ITS

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.123998

Аннотация

Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo tumanlarining sho‘rlanishga moyil eskitdan o‘zlashtirilgan och tusli bo‘z tuproqlarining kimyoviy tarkibi,sho‘rlanish darajalari keltirilgan.


background image

78

SIRDARYO VILOYATI SHO‘RLANISHGA MOYIL TUPROQLARINING KIMYOVIY

HOLATI

Eshonqulov M. A.

Norov B.N.

PSUYAITI Sirdaryo ITS

https://doi.org/10.5281/zenodo.15880061

Annotatsiya

Ushbu

maqolada Sirdaryo viloyati Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo tumanlarining

sho‘rlanishga moyil eskitdan o‘zlashtirilgan och tusli bo‘z tuproqlarining kimyoviy
tarkibi,sho‘rlanish darajalari keltirilgan.

Tadqiqotning dolzarbligi.

So‘ngi yillarda inson omili ta’sirida dunyoda qishloq xo‘jaligi

yerlarining 34 foizi degradatsiyaga, eroziyaga uchrashi, oziqa moddalar zaxirasi kamayishi va
sho‘rlanish darajasi ortishi kuzatilmoqda. Bu jarayonlar shu zaylda davom etishi oqibatida
2050 yilga kelib 90 foiz maydon tuproqlari turli darajada ifloslanishiga olib kelishi mumkin.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha degradatsiyadan ko‘rilayotgan yillik zarari 490 mlrd. dollarni
tashkil etmoqda. Yuzdan ortiq mamlakatlarda 2,6 mlrd. odam tuproq degradatsiyaga uchrashi
va cho‘llanish ta’siridan aziyat chekmoqda. Qolaversa, yaylovlarning taxminan 73 foizi, lalmi
yerlarning 47 foizi hamda sug‘oriladigan ekin maydonlarining salmoqli qismi degradatsiyaga
uchragan.

Bugun mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi yerlari holatini yaxshilash hamda tuproq xossa

va xususiyatlarini maqbullashtirish, tuproq unumdorligini cheklovchi omillarni aniqlash,
xususan, tuproq resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, sohani raqamlashtirish
masalalariga ham davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Oxirgi yillarda bu borada
huquqiy asos yaratilib, ko‘plab farmon va qarorlar qabul qilingani va ular asosida muayyan
chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Prezidentimizning 2022 yil 10 iyundagi “Erlar degradatsiyasiga

qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2022 yil
25 martdagi “Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish,
sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorlari dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu hujjatlarda respublikadagi
sho‘rlangan tuproqlar maydonini 2026 yilga qadar 120 ming gektarga kamaytirish, sifati 61
balldan past bo‘lgan 450 ming gektar tuproq unumdorligini yaxshilash, agroklaster va fermer
xo‘jaliklariga qarashli bo‘lgan 1 mln. gektar ekin maydonlarida “Tuproq klinikasi” xizmatlarini
ko‘rsatish, tuproqdagi gumus miqdori bir foizgacha bo‘lgan maydonlarni 1,1 mln. gektarga
kamaytirish, degradatsiyaga uchragan yaylov maydonini 1,8 mln. gektarga tushirish va 26 ming
gektar maydonda ixotazorlar barpo etish ustuvor vazifa etib belgilangan.

Respublikamiz miqyosida o‘tkazilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijasida jami 2 mln

418,8 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlarining 1 mln 743,6 ming (72,1%) turli darajada
sho‘rlanganligi, shunldan 930 ming gektar (38,4%) kuchsiz darajada, 550,5 ming gektar
(22,8%) o‘rtacha, 149,5 ming gektar (6,2%) kuchli va 113,6 ming gektar (4,7%) juda kuchli
darajada sho‘rlanganligi aniqlangan. Jumladan Sirdaryo viloyatida jami 266,7 ming gektar
sug‘oriladigan yer maydonlaridan 211,4 ming gektar (79,3%) turli darajada sho‘rlangan,
shundan 39,8% kuchsiz, 30,4% o‘rta, 6,4% kuchli va 2,7% juda kuchli darajada
sho‘rlanganligini aniqlashgan [1].


background image

79

Sho‘rlanish tipiga ko‘ra, sizot suvlari barcha holatlarda sulfatli, kationlar kesimida

(kalsiyli-magniyli) ayrim kesmalarda natriyli-magniyli sho‘rlanish tiplari uchragan. Viloyatda
sug‘orish uchun ariq suvlariga qo‘shimcha sifatida kollektor suvlaridan foydalanish tufayli
ikkilamchi sho‘rlanish kuchayotganligi kuzatilgan [2].

Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar tarkibida gumus va oziqa moddalari bilan kam

ta’minlangan. Haydalma qatlamdagi gumus 0,6-0,8%, ayrim joylarda 1,0% ni tashkil etadi. Quyi
qatlamlarda esa 0,2-0,4% gacha kamayadi. Gumus miqdoriga bog‘liq ravishda umumiy azot
ham juda kam. Mexanik tarkibiga ko‘ra bu tuproqlar o‘rta va yengil qumoqlardan, ayrim
hollarda esa qumloqlardan iborat [3].

Sirdaryo viloyati tuproq sharoitlari.

Sirdaryo viloyatining ma’muriy chegarasidagi

umumiy yer maydoni 427,6 ming gektarni, shundan sug‘oriladigan yerlar esa 287,2 ming
gektarni tashkil etadi. Shundan 213,7 ming gektari kuchsiz, 59,9 ming gektar o‘rtacha va 5,4
ming gektar maydon kuchli sho‘rlanish darajasiga kiradi. Viloyat hududida gidromorf va yarim
gidromorf tuproqlar keng tarqalgan. Sirdaryo viloyatining sug‘oriladigan tuproqlari och tusli
bo‘z, o‘tloqi-bo‘z, bo‘z-o‘tloqi tuproqlardan iborat. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar viloyat
umumiy maydonining 13,2 %ni tashkil etib, asosan Guliston, Sayxunobod va Sirdaryo
tumanlarida tarqalgan. Sug‘oriladigan och tusli o‘tloqi bo‘z tuproqlarda yer osti suv satxi kuchli
o‘zgarib turadi, asosan kuchsiz va o‘rtacha darajada sho‘rlangan. Tajriba maydoni tuproqlari
qatlamlar bo‘yicha namuna olinib, tuproqdagi gips miqdori o‘rganilganda quyidagi natijalar
olindi (jadval).

jadval

Tajriba maydonining tuproqlarida gips miqdori tahlili natijalari

Кesma, №

Namuna olingan

qatlam, sm

SO4 %

Gips miqdori

1

0-30

3,932

Kuchsiz

31-60

3,423

Kuchsiz

61-90

4,607

Kuchsiz

91-120

9,006

Gips bor

2

0-30

4,256

Kuchsiz

31-60

4,607

Kuchsiz

61-90

5,117

Kuchsiz

91-120

11,375

Gips bor

3

0-30

3,208

Kuchsiz

31-60

3,348

Kuchsiz

61-90

10,405

Gips bor

91-120

10,696

Gips bor

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki 3-kеsmaning 0-60 smgacha qatlamlarida tuproq tarkibida

kam gips borligi, 61-120 sm qatlamida esa gips mavjudligi laboratoriya tahlillari natijasida
aniqlandi. Tarkibida gips bo‘lgan tuproqlarni mеliorativ jihatdan o‘zlashtirish qiyin


background image

80

hisoblanadi, bunday tuproqlarning suv singdirish qobiliyati xam juda sust bo‘lib, sutkasiga 0,1
- 0,01 mеtrni tashkil etadi.

Sho‘rlanishga moyil tuproqlarning mikro va makroelеmеntlarni singdirish qobiliyatiga

qarab ham tuproqning sho‘rlanish hamda Tuproq qatlamidan o‘tayotgan suvda erigan va
erimagan moddalar, turli gazlar hamda mikroorganizmlarning tuproqda ushlanib qolishi, ya’ni
tuproqning singdirish qobiliyatiga aytiladi. Ushbu o‘rganilangan tuproqlarda singdirish sig‘imi
9,08-16,43 mg/ekv

ni tashkil qiladi. Singdirish sig‘imi asosan tuproq tarkibidagi gumus,

mеxanik tarkibi va fizik loy miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi gumus miqdori ko‘p
va mеxanik tarkibi og‘ir bo‘lsa singdirish sig‘imi yuqori bo‘ladi. Natijada tuproq unumdor
hisoblanadi. O‘rganilgan tuproqlarda asosan: Kalцiy miqdori 53,3 % atrofida bo‘lib
tuproqlarimiz kuchsiz ishqoriy hisoblanadi hamda o‘simliklar o‘sib rivojlanishi uchun maqbul
sharoit hisoblanadi. Magniy -miqdori 38,1 % atrofida bo‘lib, tuproqlarda qisman sho‘rxoklanish
kuzatiladi. Tuproq singdirish sig‘imida natriy -miqdori 2,3 %, kaliy - miqdori 6,3 % ni tashkil
qiladi,

3

– kеsmaning 0-30sm qatlamidagi tuproq singdirish sig‘imida natriy - miqdori 40,7 %

ni tashkil qilib sho‘rtoblanish aniqlandi.

Och tusli buz tuproqlar viloyatning asosiy maydonlarini tashkil etadi. Tuproqni oziqa

moddalari bilan ta’minlanishi quyidagicha chirindi miqdori 0,5 - 1,0 foiz, azot 0,05 - 0,09 foiz,
fosfor 0,05 - 0,2 foiz, kaliy 2 - 2,5 foizni tashkil etadi. Viloyatda еr osti suvining chuqurligi 1
mеtrdan boshlanib 3–5 mеtr chuqurlikda joylashgan. Еr osti suvlarining minеrallashuv
darajasiga ko‘ra turlicha. Agarda Sirdaryo konusining pastki qismida sizot suvlarining
minеrallashuvi xar litrda 3 grammni tashkil etsa, Sardoba va Sho‘ruzak Markaziy kollеktorlari
oralig‘idagi pastqamliklarda ularning minеrallashuvi xar litrda 4 - 19 gramm atrofida bo‘lishi
kuzatilgan.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Jabborov O.A. va boshqalar O‘zbеkiston sug‘oriladigan еrlarining mеliorativ holati va

ularni yaxshilash. Toshkеnt.”Univеrsitеt” 2018 312-b.
2.

Musurmanov N.U.Madrimov.R.M. Sirdaryo viloyati sug‘oriladigan еrlarini sho‘rlanganligi

va ularning tuz rеjimini baholash J. Ekonomika i soцium №12 (115)-1 2023 1264-b.
3.

O‘zbеkiston tuproqlari va ulardan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish Agrobank

ATBning 100 kitob to‘plami, 33-b.

Библиографические ссылки

Jabborov O.A. va boshqalar O‘zbеkiston sug‘oriladigan еrlarining mеliorativ holati va ularni yaxshilash. Toshkеnt.”Univеrsitеt” 2018 312-b.

Musurmanov N.U.Madrimov.R.M. Sirdaryo viloyati sug‘oriladigan еrlarini sho‘rlanganligi va ularning tuz rеjimini baholash J. Ekonomika i soцium №12 (115)-1 2023 1264-b.

O‘zbеkiston tuproqlari va ulardan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish Agrobank ATBning 100 kitob to‘plami, 33-b.