Авторы

  • Mohigul Mavlonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.127445

Ключевые слова:

dard ruhiy kamolot ma’naviy yuksalish ishq irfoniy-tasavvufiy tahlil.

Аннотация

Ushbu maqola Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi markaziy qahramon – Farhod obrazi orqali ifodalangan ruhiy kamolot, ma’naviy yuksalish va ishq sinovlarida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan dard tushunchasining tasavvufiy-irfoniy tahliliga bag‘ishlangan. Maqolada dardning poetik mazmuni va uning Farhod shaxsiyatining shakllanishidagi o‘rni muhokama qilinadi. Xususan, Farhod va dard o‘rtasidagi bog‘liqlik, dardning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritiladi.


background image

100

ДАРД ВА МАЪНАВИЙ КАМОЛОТ

Mavlonova Mohigul Uralovna

mavlonovamohigul@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16254201

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi markaziy qahramon –

Farhod obrazi orqali ifodalangan ruhiy kamolot, ma’naviy yuksalish va ishq sinovlarida
alohida ahamiyatga ega bo‘lgan dard tushunchasining tasavvufiy-irfoniy tahliliga
bag‘ishlangan. Maqolada dardning poetik mazmuni va uning Farhod shaxsiyatining
shakllanishidagi o‘rni muhokama qilinadi. Xususan, Farhod va dard o‘rtasidagi bog‘liqlik,
dardning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar

: dard, ruhiy kamolot, ma’naviy yuksalish, ishq, irfoniy-tasavvufiy tahlil.

АННОТАТЦИЯ

Данная статья посвящена мистическо-гносеологическому анализу понятия «боль»

(дард), которое играет особую роль в духовном становлении и нравственном
возвышении центрального героя поэмы Алишера Навои «Фархад и Ширин». В статье
рассматриваются поэтическое содержание боли и её значение в формировании
личности Фархада. Особое внимание уделяется взаимосвязи между Фархадом и болью,
а также раскрытию сущности и философского смысла данного феномена.

Ключевые слова:

боль, духовное совершенствование, нравственное возвышение,

любовь, суфийско-гносеологический анализ.

ABSTRAKT

This article is devoted to the sufi-gnostic analysis of the concept of

pain

(

dard

), which

plays a significant role in the spiritual development and moral elevation of the central
character of Alisher Navoi’s poem

“Farhod and Shirin.”

The article explores the poetic essence

of pain and its role in shaping Farhod’s personality. Particular attention is given to the
relationship between Farhod and pain, as well as to the conceptual and philosophical
meanings attached to this phenomenon.

Keywords:

pain, spiritual perfection, moral elevation, love, Sufi- gnostic analysis.

Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida Farhodning ruhiy

olamini, yetuk kamolotini yoritishda dard tushunchasi muhim ahamiyatga molik. Suqrot
Farhodga ta’lim bergan majoziy ishq bulog‘i ko‘zini ochishi uchun ko‘ngilda, avvalo, dard
bo‘lishi lozim. O‘zbek tilining izohli lug‘atida dard kalimasiga quyidagicha ta’rif beriladi:
“Dard – kasallik; ozor, alam; ruhiy azob. 1.Jismoniy azob; og‘riq, kasallik. 2.Ko‘chma ma’noda –
Ruhiy azob, g‘am-g‘ussa, alam-hasrat. 3.Ko‘chma ma’noda – Kishining borlig‘ini, butun fikri-
yodini band etgan narsa, ish, tashvish, orzu, xayol. [1. 562.] Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinadiki,
dard – o‘z ma’nosida ham, ko‘chma ma’noda ham ruhiy azob, ozor, alam kabi inson dilini
g‘amgin etuvchi bir tuyg‘u.

Tasavvufda dard ruhiy uyg‘onish, ma’naviy kamolot va ilohiy muhabbatning alomati,

ya’ni boshlanish nuqtasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ishq dardi – boshqa
dardlardan farqli ravishda ruh quvvati, imon mustahkamligi va qalb salomatligining asosidir.
Shu bois, ishq ahli bu darddan forig‘ bo‘lish o‘rniga ranj-u alamlarining yanada qattiqroq
bo‘lishini xohlaydi. Inson qalbi qanchalik g‘am-g‘ussaga oshno bo‘lsa, uning poklanish jarayoni
tezlashadi. A.Shimmel o‘zining “Jonon mening jonimda” nomli kitobida shunday yozadi:


background image

101

“Og‘riq, dard ruhiy poklanishning dastlabki shart-sharoitidir, bularsiz hech kim chinakam
taqvodor bo‘la olmaydi. Shu sababli so‘fiylarning ko‘plab hikoyat va rivoyatlarida dardga
alohida urg‘u beriladi”. [2. 89.] Chunki oshiqlik qalbni pokizalashdan boshlanadi. Qalbni
poklash haqiqiy ixlos bilan amal qilish, ibodatga berilish, dinning buyruqlarini bajarib, man
etilganlardan qaytishdir. Shu orqali qalb soflashib, tiniqlashadi va ilohiy bilimlar tajalli etuvchi
makonga aylanadi.[3. 28.]

Aslida, ruhdagi tozarish Tangri tomonga yuzlanishdir.

Haqiqiy oshiq esa dard bilan yashaydi. Zotan, olis o‘tmishda yashab ijod etgan shoir va
yozuvchi uchun Dard – komillik, ma’naviy bedorlik, Iztirob – hassoslik, ruhiy mushohadaga
yaqin ma’nolarni aks ettirganidek, alam, g‘ussa, iztirob inson hayoti va qismatiga tegishli
favqulodda murakkab, hatto chigal holat yoki ziddiyatni kashf qilish vositasi sanalgan. [4. 7.]
Adabiyotshunos U. Jo‘raqulovga ko‘ra, Farhod tug‘ilmasidan oldin uning taqdirida dard va
ishq egizak bitilgan edi. Biroq Navoiyning Farhodi dunyoga kelgan muhitda, zaminda epos,
qissa, ertak va avvalgi “Xamsa”lar dunyosi istagan hamma narsa bor edi. Ularda faqat bitta
narsa – dard yo‘q edi. Butun yer yuzi (“o‘rta olam”) dard degan ulug‘ ne’matdan bebahra, shu
sabab “avvalgi olam”dan uzilib qolgan edi. Farhod yer yuziga, dunyoga, o‘z olamiga mana shu
ne’matni olib keldi. O‘z dardi bilan jahonga afsona bo‘ldi. Jahonni shu dard afsonasi bilan
to‘ldirdi [ 5. 219.]:

Bu rangin safha, balkim dard bog‘i,

Ayon har lolasida ishq dog‘i...
Doston qahramoni Xoqon uzoq yillik farzandsizlik davrida Parvardigordan o‘zining toj-u

taxtiga ega bo‘ladigan bir merosxo‘r – gavhar tilab kecha-yu kunduz iltijo qiladi. Alloh taolo
unga butun dunyoning mulkini berdi-yu dard, alam, iztirob bermadi. Va nihoyat, taqdiri azal
uning iltijolarini qabul etadi va unga Farhoddek ulkan dardni – ko‘zga gavhar bo‘lib ko‘rinsa-
da, qo‘lga olganda kuydiradigan cho‘g‘ni ato qiladi. Chunki Xoqon farzandga emas, aslida,
dardsizlikka mubtalo edi. [6. 212.] Buning sababi Xoqon qalbida dunyoga bo‘lgan
muhabbatning yuki Alloh sevgisidan ustunroq edi. Dard esa muhabbatning asosiy
shartlaridan biridir. U inson qalbini uyg‘otib, Alloh muhabbatini izlashga undaydi. Zero,
F.Attor aytganidek: “Dardsiz kishi hech qachon Haqni topolmaydi”. Xoqon dard bilan nafas
oluvchi o‘g‘lidagi hazin kayfiyatni ko‘tarish, mahzunlikni yo‘qotish maqsadida turli xil
tadbirlarni qo‘llaydi, lekin bularning birortasi ham undagi g‘amni arita olmaydi. Bu bilan shoir
haqiqiy ishq firoqida o‘rtangan kishi bilan ushbu ulkan saodatdan bebahra “o‘tkinchi, foniy
dunyo” odamlari o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib berishga harakat qilgan. Zotan, ilohiy ishq
yuragiga olov solgan oshiq ahlining dardini dunyoviy dorilar bilan davolab bo‘lmaydi. Buyuk
mutafakkir Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida Imra’atun Majhula r.t.ning Alloh
dardi haqida shunday fikrlari keltiriladi: “Allohni sevuvchi dunyoda dardmanddir, bemorligi
tuzalmaydi, faqat uning davosi – dard. Yaratuvchining oshiqligi shunday bo‘ladiki, uni
topguncha eslab, muhabbatida yonadi”. [7. 501.] Oshiqning dardi barcha dardlardan farq
qiladi. Ishq Alloh sirlarining usturlobidir. Farhod uchun g‘am bir xazina va visol tuzog‘i edi.
Zero, ishqning olis manziliga otlangan yo‘lovchi g‘am ozuqasi bilangina bu yo‘lni bosib o‘tishi
mumkin. Aslida ishq va dard – oshiqlik insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holat. Aksincha,
ishq insonni o‘ziga jazb etadi – tortadi. Har qalb dardga munosib emas, ya’ni u hammaga ham
nasib bo‘lavermaydigan ilohiy rizqdir. Alloh Farhod kabi dunyo ne’matlariga mehr
qo‘ymagan, qalbi tirik bandalarinigina dard bilan siylaydi. Boqib ko‘ngliga u tahdid etib dard,
Ki, bu evdin chiqorg‘um oqibat dard.


background image

102

Dard Farhodning ko‘ngliga qarar va qachon bo‘lsa ham bu uydan, albatta, chang

chiqaraman, deb tahdid solar edi. Chunki asl maqsadga muhabbat orqaligina yetishish
mumkin. Farhod – dardning timsoli. Qolaversa, Tangri suygan bandasini azizlik bilan emas,
balki mashaqqatlar, xorliklar va sinovlar bilan aziz qiladi. Shuning uchun ham Yor manziliga
yaqinlashgan sari jabr-u zulm qattiqroq, dard-u alamlar esa halokatliroq bo‘laveradi. Faqat
bunga bardoshli oshiqqina abadiy saodatga erishadi. Bu dunyodan manfaat istovchi, ixlossiz
kimsalar – Xusrav, Sheruya kabilarga esa dard begonadir. Ular uchun bu ne’mat azob va
uqubat hisoblanadi. Zero, J.Rumiy aytganidek: “Faqat oshiq dardni zavq deb qabul qiladi, g‘ofil
uchun u faqat og‘riqdir”.

Dostonda dardning vazifalari quyidagicha shakllantiriladi:1. Dard – Farhod bilan Alloh

o‘rtasidagi ko‘prik. 2. Dard – Farhodning ma’naviy kamolotidagi ruhiy tarbiya vositasi. 3. Dard
– Farhod uchun sinov emas, ilohiy inoyat.

Xulosa qilib aytganda, “Farhod va Shirin” dostonidagi dard tushunchasi qayg‘u yoki alam

emas, balki ma’naviy yuksalish, ma’rifat va Haq jamoliga yaqinlashish vositasi sifatida talqin
etiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildlik. Birinchi jild. – Toshkent: O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi, 2006.– B. 612.
2.

Shimmel A. Jonon mening jonimda. – Toshkent: Sharq, 1999. – B. 176.

3.

Turar U. Tasavvuf tarixi. – Toshkent: Istiqlol, 1999. – B. 180.

4.

Navoiyning ijod olami// Мақолалар тўплами. – Toshkent: Adast poligraf, 2022. – B.

130.
5.

Istiqlol davri o‘zbek navoiyshunosligi. -jild Jo‘raqulov U. Alisher Navoiy “Xamsa”sida

xronotop poetikasi. 2012. – B. 280.
6.

Erali B. Istiqlol davri o‘zbek navoiyshunosligi. 22-jild. – Toshkent: Tamaddun, 2022. – B.

264.
7.

Navoiy A. Nasoyim ul-muhabbat. To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik. O‘ninchi jild.–

Toshkent: G‘.G‘ulom nashriyoti, 2012.– B. 501.

Библиографические ссылки

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildlik. Birinchi jild. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006.– B. 612.

Shimmel A. Jonon mening jonimda. – Toshkent: Sharq, 1999. – B. 176.

Turar U. Tasavvuf tarixi. – Toshkent: Istiqlol, 1999. – B. 180.

Navoiyning ijod olami// Мақолалар тўплами. – Toshkent: Adast poligraf, 2022. – B. 130.

Istiqlol davri o‘zbek navoiyshunosligi. -jild Jo‘raqulov U. Alisher Navoiy “Xamsa”sida xronotop poetikasi. 2012. – B. 280.

Erali B. Istiqlol davri o‘zbek navoiyshunosligi. 22-jild. – Toshkent: Tamaddun, 2022. – B. 264.

Navoiy A. Nasoyim ul-muhabbat. To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik. O‘ninchi jild.– Toshkent: G‘.G‘ulom nashriyoti, 2012.– B. 501.