Авторы

  • Nargiza Botirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.128180

Ключевые слова:

Sanoat yengil va og‘ir sanoat to‘qimachilik kombinatlari xom ashyo poyabzal tarixi.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston sanoat sohasiga Sovet mustamlakachiligi davridagi o‘zgarishlar, yengil sanoat sohalarida bo‘lgan o‘zgarishlarga qaratilgan islohatlar va ularning tarmoqlariga shu bilan birga hali yoritilmagan poyabzal sanoatiga ham bir nazar solingan va ilmiy izohlar berish orqali tahlil qilingan.


background image

133

O‘ZBEKISTON SSSRDA YENGIL SANOAT SOHASIDAGI ISLOHATLAR VA UNDA

POYABZAL SANOATINING AHAMIYATI

Botirova Nargiza

https://doi.org/10.5281/zenodo.16350820

Annotatsiya

: Ushbu maqolada O‘zbekiston sanoat sohasiga Sovet mustamlakachiligi

davridagi o‘zgarishlar, yengil sanoat sohalarida bo‘lgan o‘zgarishlarga qaratilgan islohatlar va
ularning tarmoqlariga shu bilan birga hali yoritilmagan poyabzal sanoatiga ham bir nazar
solingan va ilmiy izohlar berish orqali tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Sanoat, yengil va og‘ir sanoat, to‘qimachilik kombinatlari, xom ashyo,

poyabzal tarixi.

Jamiyat taraqqiy etishi uchun muhim hisoblangan sohalarni o‘rganish bugungi kun

tarixchilarning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi davrimiz taraqqiyotining asosiy
bo‘g‘ini bo‘lgan xalqimizni ish bilan ta’minlash eng muhim dasturlardan biridir. Bu dasturda
ishchilarning aksariyati yengil sanoat sohasida ishlashi tizimining yaratilish tarixini va
taraqqiyot yo‘lini o‘rganish ham tarixiy masalalardan biri deyish mumkin.

Hozirgi davrda sanoat korxonalari va ular yaratadigan mahsulot nihoyatda xilma-xil.

Ularning turlari innovatsiya jarayonida va o‘zgaruvchan, iste’mol ehtiyoji ta’sirida yanada
ortib bormoqda. Binobarin, bunday murakkab tarkibga ega bo‘lgan sanoat ishlab chiqarishini
boshqarish va o‘rganish uchun sanoat korxonalari turli guruhlarga ajratiladi. Sanoat
tarmoqlari ma’lum mezonlarga asoslanadi. Bu tarmoqlar xom ashyo birligi, mahsulotni qaysi
maqsadda yaratilganligi hamda texnologik jarayonning umumiyligiga ko‘ra asoslanadi.

Sanoat tarmoqlari orasida eng qadimgilaridan biri yengil sanoatdir. Hozirgi zamon

sanoat ishlab chiqarishining negizini ham aynan shu tarmoq tashkil qiladi. Xom ashyo asosan
yengil sanoatning birlamchi bo‘g‘inlarini, masalan, paxta tozalash, jun yuvish, teri oshlash
korxonalarini joylashtirishga ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, O‘zbekistonda yuzdan ortiq paxta
tozalash zavodlari bevosita paxta yetishtiradigan qishloq tumanlarida joylashtirilgan.
O‘zbekiston hududida qadimdan ba’zi sanoat turlari mavjud bo‘lgan (tog‘-kon sanoati, metal
eritish, to‘qimachilik va b.).

Hozirgi zamon sanoatining dastlabki korxonalari esa XIX asr oxiri va XX asr boshlarida

vujudga kelgan. XX asrning ikkinchi yarmi, eng avvalo, rangdor metallurgiya, neft-gaz
(xususan gaz), kimyo, elektr energetika kabi og‘ir sanoat tarmoqlarining faol rivojlanib borishi
bilan tavsiflanadi. Shuningdek, bu davrda qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat
(to‘qimachilik, yog‘-moy, konserva, vino va noalkogol ichimliklar ishlab chiqarish va b.)
sanoati korxonalari ham ko‘plab qurilgan. Og‘ir sanoat markazlarida (ko‘mirchilar,
metallurglar, mashinasozlar shaharlarida) ayollar mehnatidan samarali foydalanish uchun
ham yengil sanoat, xususan to‘qimachilik korxonalari joylashtiriladi. Bu sohada kichik biznes
va hususiy tadbirkorlik ham keng tarqalganligini ko‘rish mumkin. To‘qimachilik
kombinatlarining qator filliallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Farg‘ona
viloyatlarida barpo etilgan va ular mahalliy xom ashyo hamda mehnat resurslaridan samarali
foydalanishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Yengil sanoat tarmoqlaridan biri poyabzal sanoati haqida deyarli kam manbalar

o‘rganilgan. Hali bizga noma’lum bo‘lgan yangiliklar arxiv fondlarida saqlanib turibdi.
Shulardan bir nechtasini keltirib o‘tamiz.


background image

134

O‘zbekiston II jahon urushidan so‘ng ko‘p sohalarda yangiliklarga guvoh bo‘ldi. Yengil

sanoat ko‘proq vodiy hududida rivojlangan bo‘lib, dastlabki harakatlar shu hududlarda olib
borilgan. Masalan, 1962-yilda Qo‘qonda poyabzal fabrikasi qurildi, qurilish mollari ishlab
chiqaruvchi zavod, gaz apparaturalari zavodi, ham shu yerda ishga tushirildi.

Milliy arxiv fondlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, 1963-yil 15-iyulda

Toshkent shahridagi

O‘rta Osiyo davlatlarining iqtisodiy rayon sanoati va qurilish xodimlari partiya xo‘jalik
faollarining yig‘ilishida

poyabzal sanoatida bir xil mahsulotlar ishlab chiqarishni

konsentratsiyalash hisobiga poyabzal ishlab chiqarishni 1,5 mlnga

oshirish rejalashtirilgan,

yakka mehnat unumdorligi 4,2% ga oshirish lozimligi belgilangan[8]. Farg‘ona oyoq kiyim
fabrikasi, Qo‘qon oyoq kiyim fabrikasi, Farg‘ona shoyi to‘qish fabrikalari ham ittifoq
manfaatlari uchun mahsulot ishlab chiqarar edi. 1966-1970 -yillarda O‘zbekiston yengil
sanoat vazirligi huzuridagi korxonalarda 5 mingdan ortiq yangi model joriy etildi va 80 ta
nomdan ko‘proq yangi mahsulotni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 1970-yilda tuzilishi va
to‘qilishi jihatidan yangi bo‘lgan 45 xil gazlama, 40 xil paypoq buyumlari, tikuvchilik
mahsulotlari va poyabzalning yuzlab yangi xillari ishlab chiqarish joriy etildi[6]. 1972-yil 1-
yanvarga kelib respublika yengil sanoatida 450 ta korxona, shu jumladan, yengil sanoat
vazirligiga qarashli 62 ta korxona, paxta tozalash sanoati vazirligiga qarashli 102 ta korxona
faoliyat yuritdi[7]. Biroq, 1971-1975-yillarga kelib ham birgina Qo‘qondagi paypoq to‘qish
kombinati yillik rejani bajara olmaganligi ta’kidlanadi. Sarflangan elektr energiya quvvatini
ham qoplay olmagan. Shunda ham turli xildagi korxonalar qurilavergan. 1972-yilda Qo‘qon
shahrining o‘ziga 500 nafar mutaxassis kadrlar Krasnodarsk, Orenburg, Ukrainadan keltirilib,
bular ichida poyabzal fabrikasiga ham muxandis-texniklar keltirilgan edi[1]. Biroq,
Respublika komiteti o‘tkazgan tekshirishda aniqlashicha poyabzal sanoati korxonalarida
sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishga haligacha chek qo‘yilmagan. Ularning ko‘p qismi savdo
tashkilotlaridan qaytarib yuborilgan va ular omborlarda belgilangan miqdordan ortiqcha
kasod molar sifatida to‘planib qolgan[3]. Xatto “N” (Yangilik) indeksi bilan chiqarilgan
poyabzallar ko‘p hollarda ko‘rimsiz bo‘lib, oddiy poyabzaldan sira farq qilmas edi, ularning
konstruksiyasi oddiy va eskirgan modelda edi. Shunday tekshirishlar natijasida Yengil sanoat
vazirligi va poyabzal korxonlari rahbarlari tarmoqdagi ish holatini yaxshilash choralarini
ko‘ra boshladilar. Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlariga rioya qilish ustidan nazorat
kuchaydi, shartnoma intizomini mustahkamlash ishlari avj oldirildi, natijada keyingi yillarda
o‘tmay kasod bo‘lib qolgan mollar uch baravardan ko‘proq kamaydi.

1984-yil 10-yanvardagi O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining to‘qqizinchi sessiyasida Oliy

sovet raisi E.Yusupov deputatlar yig‘ilishida komissiyalar xalq iste’moli tovarlari assortimenti
juda sekin yangilanayotganligi va kengayayotganligi qayd etadilar. Keksalar kiyadigan
poyabzallar hali ham savdoga kam chiqayotganligini aytib o‘tdilar[9]. Bolalar poyabzalining
sifatsizligi haqida ham ko‘p ta’nalar eshitilganligi va vazirlar e’tiborini kuchaytirish zarurligini
aytib o‘tdilar. Biroq, sovetcha dabdababozlik holatlari ham yuqori edi. Masalan, bu sessiyada
so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyati, Qo‘qon paypoq-yigiruv kombinatining yigiruvchisi bo‘lgan
deputat L.A.Feoktistova 1983-yil dekabrda Plenumi va SSSR Oliy Sovetining to‘qqizinchi
sessiyasi qarorlaridan olgan taassurotlari yuqori ekanligi sanoat ishlab chiqarish hajmi
yaxshilanayotganligini aytadi[10].

1988-yilda Respublika komiteti o‘tkazgan tekshiruv ishlarida aniqlanishicha, poyabzal

sanoati korxonalarida sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish holatlari davom etgan. Ularning ko‘p


background image

135

qismi savdo tashkilotlaridan qaytarib yuborilgan va ular belgilanganidan ham ortiqcha
chiqarilib, kasod mollar sifatida omborlarda qolib ketgan. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki,
yengil va og‘ir sanoatga rus millatiga mansub, rusiyzabon ishchilarni joylar edi. Chet eldan
kadrlar ishga olib kelinar edi. Tezkor qurilgan korxonalarning kimyoviy changlar, gazlarni
ushlab qoluvchi filtr turbalari yetishmagan. O‘zbekistonda sanoat korxonalari qurish
ko‘paygani sari mahalliy xalq vakillari sanoat sohasiga bo‘lgan qiziqishi kuchayib boraverdi.
Mamlakatda yagona xalq xo‘jaligi, urushdan keyingi yillarda sanoatning rivojlantirishning
o‘ziga xos xususiyati uni rivojlantirishni yuqoriga ko‘tarish, ishlab chiqarishning ko‘p tarmoqli
strukturasi paydo bo‘lganligi, fan-texnika yutuqlari tez joriy etilganligi, ishlab chiqarish
vositalarining eng ilg‘or turlari o‘zlashtirilganligi ham usha davr uchun katta yangiliklar edi.
Bu ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, har bir yutuqlarning ham kamchilikklari bo‘lgan va bu
kamchiliklar asta-sekin to‘g‘rilanib borilgan. Oddiy xalq hayotida ko‘plab qiyinchiliklarga
uchradi va buni katta sabr bilan yengdi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Фарғона вилояти давлат архиви. 178-фонд, 30-рўйхат, 50-йиғма жилд, 39-варақ.

2.

Наманган ҳақиқати. 1989 йил 1 август сони.

3.

Рахимова Г.С. ХХ асрнинг 50-90 йилларида Фарғона водийси саноат ривожининг

экологик ҳолатга таьсири. Фалсафа фан. докт. дисс... – Тoшкент. 2018. - Б. 71.
4.

Soliyev A. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. – Toshkent: Fan, 2014. – 61 b.

5.

Ташкентская правда. 17 июня 1989 года.

6.

Yusupova G.T. O‘zbekiston ijtimoiy iqtisodiy hayotida Farg‘ona iqtisodiy rayonining o‘rni

( XX asrning 50-80-yillari).Tarix fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) diss. Toshkent, 2022. – 85 b.
7.

Зиёдуллаев Н. Ўзбекистон енгил саноатини ривожлантириш истиқболлари. –

Тошкент: Фан, 1972. – 15 б.
8.

ЎзМА 2312-фонд, 1-рўйхат, 6-йиғма жилд, 5-варақ.

9.

Ўзбекистон ССР Олий Советининг мажлислари. Бешинчи сессия. Стен. ҳисобот. –

Тошкент. 1988, Б. 99.
10.

Ўзбекистон ССР Олий Советининг Мажлислари.Тўққизинчи сессия. Стен. ҳисобот.

– Тошкент. 1984. – Б. 31

Библиографические ссылки

Фарғона вилояти давлат архиви. 178-фонд, 30-рўйхат, 50-йиғма жилд, 39-варақ.

Наманган ҳақиқати. 1989 йил 1 август сони.

Рахимова Г.С. ХХ асрнинг 50-90 йилларида Фарғона водийси саноат ривожининг экологик ҳолатга таьсири. Фалсафа фан. докт. дисс... – Тoшкент. 2018. - Б. 71.

Soliyev A. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. – Toshkent: Fan, 2014. – 61 b.

Ташкентская правда. 17 июня 1989 года.

Yusupova G.T. O‘zbekiston ijtimoiy iqtisodiy hayotida Farg‘ona iqtisodiy rayonining o‘rni ( XX asrning 50-80-yillari).Tarix fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) diss. Toshkent, 2022. – 85 b.

Зиёдуллаев Н. Ўзбекистон енгил саноатини ривожлантириш истиқболлари. – Тошкент: Фан, 1972. – 15 б.

ЎзМА 2312-фонд, 1-рўйхат, 6-йиғма жилд, 5-варақ.

Ўзбекистон ССР Олий Советининг мажлислари. Бешинчи сессия. Стен. ҳисобот. – Тошкент. 1988, Б. 99.

Ўзбекистон ССР Олий Советининг Мажлислари.Тўққизинчи сессия. Стен. ҳисобот. – Тошкент. 1984. – Б. 31