123
TURKISTONDA RUS AHOLI QATLAMINING SANOAT ISHLAB CHIQARISHGA
KIRIB KELISH JARAYONLARI
Abdumutalova Munisa Pulat qizi
SamDu tarix fakulteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.16349023
Annotatsiya
: Turkiston Rossiya tomonidan zabt etilgach, Turkistoning XIX asrning 2-
yarmi- XX asr boshlaridagi ruslaning kirib kelishi va ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol aralashuvi
holat haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
ishchilar qatlami, kambag’allar, rus dehqonlari, posyolkalar,
Mirzacho’lning o’zlashtirilishi
Аннотация:
После завоевания Туркестана Россией, в работе рассматриваются
процессы проникновения русских в Туркестан во второй половине XIX — начале XX
века, а также их активное вмешательство в социально-экономическую жизнь региона.
Ключевые слова:
рабочий класс, бедняки, русские крестьяне, поселения,
освоение Мирзачульского региона.
Annotation:
After the conquest of Turkestan by Russia, this work discusses the influx of
Russians into Turkestan in the second half of the 19th century and the early 20th century, as
well as their active involvement in the socio-economic life of the region.
Keywords:
working class, the poor, Russian peasants, settlements, development of the
Mirzachul region.
XIX asrning oxiri- XX asr boshlarida aholi tarkibida ijtimoiy o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Etnik xalq tarkibida mardikorlar, ziyolilar, ishchilar tabaqasi shakllana boshladi. Qariyb
aholining 80%ini kambag’al dehqon tashkil qilgan bir paytda 2% ishchilar edi. Shu bilan bir
qatorda rus qatlami ham shakllana boshladi. Rossiya imperiyasi hududni tezroq integratsiya
qilish bahonasida rus aholisini Turkistoniga ko'chirish siyosatini olib bordi. Asosan Astraxan,
Samara guberniyasidan keltirildi.
Rossiya imperiyasining aholini ko‘chirish siyosati Turkiston mahalliy aholisi hayot
tarzini ham o‘zgartirib yuborgan. Ya'ni, ko‘chmanchi va yarim o‘troq tarzida hayot kechiruvchi
mahalliy aholining chorvachilik uchun mo‘ljallangan lalmikor yaylov yerlarini ko‘chib
keltirilgan aholiga taqsimlab berilishi chorvador aholining ma'lum qismini o‘troq hayot
tarziga o‘tishini taqozo etgani aniq. Bu esa, o’z o’rnida o’lkadagi doimiy yashovchi aholi soni,
ularning yer maydonlari miqdori, chorvasining hajmini hisobga olish hukumat uchun soliq
to’lov va yig’imlar undirish uchun imkoniyat tug’dirgan. Buning natijasi o’laroq, dasht
hududlarda sobiq ko‘chmanchi aholidan iborat bo‘lgan o‘troq aholi yashaydigan yangi
qishloqlar paydo bo‘lish holatini tezlashtirdi. . Shuningdek, bu tartib orqali mahalliy aholi
qancha yerga egalik qilishi va o’lkada zaxira yerlar miqdorini aniqlash uchun qulay vaziyat
roy berdi. Rossiya hukumatining Turkistonga aholini ko’chirish orqali kuchli xo’jaliklar tashkil
etilib, mustamlakachilikning o’lkadagi iqtisodiy ustunini yaratishdan manfaatdor bo’lsa,
ko’chib keluvchi aholi o’z yeriga ega bo’lishdan manfaatdor bo’ldi. Ko‘chib kelgan aholi
o‘zlariga ajratilgan yer maydonlarida dastlab o‘zlariga tanish ekin turi –don yetishtirish bilan
mashg‘ul bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik mustamlaka hukumati talabi bilan iqtisodiy jihatdan
sermahsul hisoblangan paxtachilik sohasini o‘zlashtirishga kirishdi.Ko‘chib kelgan aholi
dastlab, ijtimoiy jihatdan juda og‘ir ahvolda bo‘lsada, keyinchalik o‘lkaning qulay sharoiti,
unumdor yerlari sababli o‘z xo‘jaliklarini tashkil etib, ma'lum bir muddatdan so‘ng
124
yaxshi hayoti yaxshilandi. Masalan, 1891-1892 yillarda Rossiya imperiyasining markaziy va,
ayniqsa, janubiy guberniyalaridan yo’lga otlangan kambag’al yersiz aholining bir qismi
qiyinchilik bilan Perovsk va Kazalinskgacha yetib kelib, yo’lini yana davom ettirishga imkoni
yo’q edi. Qashshoqligi shu ahvolda ediki, ularni bu ahvoldan chiqarish uchun 1893 yilda
general-gubernatorning rasmiy iltimosi bilan bosh shtab tomonidan 15 ming rubl miqdorida
shoshilinch kredit mablag’i ajratilgan. Oradan bir muddat o‘tib, ya'ni 1896-1897 yillarga kelib,
Sirdaryo viloyati hududida tashkil etilgan rus posyolkalarining aksariyati moddiy jihatdan
juda yaxshi ahvolda ekanligi va ularning bu yerdagi sharoiti hamda “mu'jizaviy tuprog‘i”
tufayli gullab rivojlanayotganligi kuzatilgan. . Sirdaryo viloyati hududida 10 yil, ayrimlariga 20
yil va undan ham oldinroq tashkil topgan rus posyolkalarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
yetishtirish va sotish yaxshi yo’lga qo’yilib, Avliyo-ota uyezdidagi mavjud don mahsulotlari
narxining pasayishiga olib keldi. Ko’chib kelgan aholi yaxshi daromad evaziga xo’jaliklarida
qo’shimcha ishlab chiqarish turlarini yo’lga qo’yildi. Jumladan, Toshkent uyezdida qishloq
xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan birgalikda o’sha paytda serdaromad hisoblangan
paxtachilik sohasi ko’chib kelganlar orasida keng ko’lamda o’zlashtirilib, yuksaltirildi. Bu esa
o’z navbatida Toshkent uyezdidagi posyolkalarning iqtisodiy salohiyatini ijobiy darajaga
ko’tarishga xizmat qildi. Misol tariqasida, 123 ta xo’jalikdan iborat Sretensk posyolkasidagi
birorta xonadonda turmush kamchiliklari yoki pulga ehtiyoji kuzatilmagandi. Chimkent
uyezdida ham biror muammo kuzatilmadi. Hududdagi Nikolayev, Merke, Choldevor, Meshat
va boshqa posyolkalarida yashovchi dehqonlarda oldingi yildan qolgan 500 pudgacha don
zaxiralari saqlayotganligi aniqlangan. Ayrim xo’jaliklar omborida 3 000 pudgacha don
mahsulotlarini zaxirada saqlagani ayon bo’ldi. Ular bu mahsulotni o’z xo’jaliklaridan to’plagan
bo’lib boshqa joydan sotib olmagan, chunki rus dehqonlari orasida don savdosi bilan
shug’ullanganlar deyarli kuzatilmas edi. Ular asosan mahsulot narxining qimmatlashish
paytini kutgan. XX asr boshlarida Sirdaryo viloyatining Chimkent, ayniqsa, Toshkent va
Avliyo-ota uyezdlaridagi posyolkalarda aholining ijtimoiy hayoti tez sur'atlarda o‘zgara
boshladi. Chimkent uyezdining 120 ta xonadondan iborat bo’lgan Georgiyevsk posyolkasi
aholisi chorvachilik bilan shug’ullanib, 1 000 bosh ishchi buqalardan tashqari 2 ta uyur
(poda)da yirik shohli qoramollarga egalik qilishgan. Har bir xonadon boshlig’i 2-3 tadan ot
(yilqi) va 2-3 tadan o’z plugiga ega bo’lib, ularning boshqa sarmoyasi bo’lmasa ham, ko’pchilik
xonadonlarda 2-3 ming rubl miqdorda zaxira puli mavjud bo’lgan. Bu davrda o’lkada deyarli
barcha eski rus posyolkalarida kambag’al aholi kuzatilmadi, eng kambag‘al deb hisoblangan
Avliyo-ota uyezdidagi Aleksandrovsk posyolkasida ham, faqatgina, yaqinda otasidan
moddiy mablag‘larsiz alohida ajralib chiqqan oilalargina kambag‘al oilalar hisoblanib, ular
ham ma'lum vaqtdan so‘ng xo‘jaliklarini rivojlantirib, o‘z uyi, chorvasi va plugiga ega bo‘lishar
edi. Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan barcha rus posyolkalarida qurilgan uylar chiroyli tashqi
ko‘rinishda bo‘lib, atrofida bir qatorda ikki tomondan to‘g‘ri qilib daraxtlar ekilgandi. Asosan
uylar ikki va undan ortiq xonalardan iborat bo‘lib, xo‘jalik imoratlari ham keng va tartibli
qurilgani ahamiyatli edi. Shuningdek, Turkistonda taftish ishlarini olib borgan iqtisodchi-
statist A.A.Kaufmanning kuzatishlari bo‘yicha, ayrim ko‘chib keluvchilar, gohida o‘zlariga
berilgan yerlarni ma'qul topmasdan, boshqa joylardan yaxshiroq sharoit izlashgani aniq
bo’lgan. Biroq, o’zga yurtda noqulay muhitga moslasha olmasdan, o’zlariga ma'qul keladigan
joy va ish topa olmasdan, ilgari ajratib berilgan yerlar yoki, umuman, o’z vataniga qaytib ham
ketganlar ham bo’lgan. Vannovsk posyolkasiga ko’chib kelgan 20 ta oila Orenburg
125
guberniyasiga ko’chib ketib, qisqa muddatdan keyin yana Vannovsk posyolkasiga qaytib
kelganlar ham bo’lgan. Vaholangki, Mirzacho’l hududi Rossiya imperiyasining ko’chirish
siyosatini amalga oshirish bo’yicha muhim strategik markaz vazifasini bajargandi. XIXasr
oxirida bu yerda rus, ukrain va belorus aholisining soni 3,5 ming nafarni tashkil etib, bundan
tashqari bu yerda nemis, tatar, arman, golland va boshqa rus millatiga mansub bo’lmagan
millat vakillari ham yashab kelishardi. 1920-yilga kelib bu yerdagi shahar va qishloqlarda
yashovchi rus, ukrain, belorus aholisining soni 10 ming nafardan ortiqqa yetib, mazkur
hududda yangi yerlarning o’zlashtirilishi natijasida, ayniqsa, 1910-1917 yillarda tashkil
etilgan posyolkalar imperiya hukumatining siyosiy va iqtisodiy tayanchi bo’lishi maqsad
qilingan edi. (1917 yilda rus posyolkalar soni 24 taga yetgan) . Qishloq xo‘jaligida o‘lka
dehqonlari uchun begona bo‘lgan yerga ishlov berish uchun plug, borona, belo‘roq va boshqa
uskunalarni amaliyotda sinab ko‘rishgan hamda Turkiston xalqlari orasida tarqaldi. Mahalliy
aholi hayotida yangicha oziq-ovqat turlari bo‘lgan kartoshka, pomidor, karam, lavlagi, malina,
yer tut va boshqa mahsulotlarning o‘lka bo‘ylab keng tarqalishida ko‘chib kelgan aholining
ta'siri katta bo‘ldi. XIX asr oxirida mintaqada 70745 kishi istiqomat qiladigan 116ta
rusdehqon qishloqlari bo'lgan. Turkistonning butun rus aholisi, 1897 yilgi aholi ro'yxatiga
ko'ra, 197 420 kishini tashkil etdi. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, aholining koʻp qismi
shaharlarda toʻplangan, shuningdek temir yo'lga xizmat ko'rsatadigan qishloqlarlarda ham
ko’pchilikni tashkil qilgan. Rus posyolkasi mavjud shahar yonida qurilgan bo’lib, shahar ikki
qismga bo'linganday tuyuladi - rus va mahalliy, ularning har biri o'z boshqaruv tizimiga ega
edi. Rossiya aholisi umumiy mintaqa aholisi sonining 3,75% ni tashkil etdi.
Turkistonga ruslar koʻchib kelishi bilan kundalik turmush va mahalliy aholining qishloq
xo'jaligi texnologiyasida ko'plab yangi narsalar paydo bo'lishiga olib keldi. Qishloqlar rus aholi
punktlari namunasida qurila boshlandi: Yevropa namunasidagi uylari terak va bog'lar bilan
qoplanganShu tariqa, Yevropa mebellari, kiyimlari, idish-tovoqlari, soatlar, tikuv mashinalari
mahalliy aholining kundalik hayotining bir qismiga aylana boshladi. Yangi qishloq xo'jaligi
asboblari: omochlar, temir tırmıklar, ot ketmonlari va tırmıklar, keyinroq murakkab asbob-
uskunalar - seyalkalar, o'roqlar paydo bo'ldi. Qishloq xo'jaligiga rus ko'chmanchilarining
kelishi bilan ilgari Turkistonga xos boʻlmagan yangi ekinlar yetishtirishni boshladi:
makkajo'xori, jo'xori, grechka, kungaboqar, qand lavlagi, kartoshka, pomidor, karam,
smarodina, malina, qulupnay, zig'ir, kenaf. Markaziy Osiyo uchun yangi daraxt va butalar - oq
akatsiya, chinor, terak, sarv, eman, jo'ka, lilak. yetishtirila boshlandi.
XX asr boshlariga kelib, Turkistonda ko’chib kelganlar orasida ham tovar-pul
munosabatlari shakllanib bordi va ularning yashash darajasida tabaqalashish jarayoni
kuzatildi. Bu holat nafaqat shahar, balki qishloqlar aholisi orasida kuzatila boshlandi. Yersiz,
mablag’siz och qolgan dehqonlar har qanday sharoitdagi eng og’ir mehnat turlariga ham rozi
edi, bu esa doimiy mehnat bilan band bo’lgan aholining mehnatga haq to’lov miqdorini
pasayishiga ham sabab bo’ldi. O’z yeriga ega bo’lmagan dehqonlar yilning katta qismini ariq
va zovurlarni tozalash, kovlash va tashish ishlari bilan shug’ullanib, bir kunda 1 yoki 2 rubl
miqdorda daromad olishardi. Ko‘chib kelganlarning asosiy qismining oilalari katta bo‘lganligi
uchun bu kunlik daromadi yetmas edi. Shuning uchun ular vaqtinchalik ishlarini bajarib
ma'muriyat tomonidan yer ajratilishi navbatini ham kutib umr kechirishardi. Ko’p hollarda bu
toifa aholining bir qismi hududlardagi fabrikalarga, ruda va kon ishlari, ustaxonalarda doimiy
ishlab, 1910 yildan keyin esa Turkiston hududida zavod-fabrikalar, ishlab chiqarish
126
korxonalarining ravojlanish davri edi. Shuningdek, ko‘chib kelganlarning bir qismi temir
yo‘llarni ta'mirlash ishlari bilan mashg’ul bo’lishgan. Rossiyada paydo bo’lgan ayrim ishlab
chiqarish korxonalarning ta'siri Turkistonga ham sezila boshlandi. Bu loyihalar, asosan,
Angliyaning Hindistondagi koloniyalarida ingliz fabrikalarini ochgani kabi, Rossiya imperiyasi
ham Turkistonda qisman bo’lsada ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali siyosiy mavqeini
mustahkamlash va bu orqali o’lkada aholini ko’chirish jarayonini barqarorlashtirishni maqsad
qilgan edi.
Cho'llarda asta-sekin rus harbiy bosqinidan keyin rus dehqonlarining keng ko'lamli o'rni
paydo bo'ldi, ammo Turkistonda 1910-yilgacha hukumat nizomining bandida rus
dehqonlarining yangi sug'oriladigan yerlardan boshqa yerlarga joylashishini taqiqlab qo'ydi.
Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand va Kaspiyirti viloyatining umumiy aholisi 5,291,152 bo’lgan
holatda 1911-yilda tarkibning 202,290 ruslarni tashkil qilardi. Ularning katta qismini davlat
ma’muriyat a’zolari, harbiylar, savdogarlar, tadbirkorlar va temiryo’l qurilish sanoatining
natijasida kelib qolganlar tashkil qilardi. Orenburgdan pochta yo'nalishi bo'ylab ba'zi
qishloqlar Toshkentda yaratildi.1895 yilga kelib mintaqada 45 nafar rus qishloq xoʻjaligi
qishloqlari bor edi.1900-yilga kelib esa 20 tasi boʻlgan 48 ta qishloqda 20ming aholi yashardi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A. Morrison ‘Peasant settlers and the ‘civilizing mission’ in Russian Turkestan, 1865-
1917’ Journal of Imperial & Commonwealth History Vol.43 No.3 (2015) pp.387 - 417
2.
Sahadeo Russian Colonial Society, 41-7, 57-68, 108-36, 170-6; Idem “Epidemic and
Empire: Ethnicity, Class and Civilisation in the 1892 Tashkent Cholera Riot” Slavic Review
64,1 (2005): 117–39.
3.
L. Sinitsyn “Zametki po povodu nashikh pereselentsev” TV 15/03/1888 No.11
4.
Фомченко А.П. Русские поселения в Туркестанском крае в конце ХIХ -начале ХХ в.
(социально-экономический аспект) .–Ташкент, Фан, 1983. –10b.
5.
Половцева А.А. Отчёт..., командированного в 1896-1897 г.г. для собрания сведений
о положении переселенческого дела в Туркестанском крае – СПб.,1898. 137b.
6.
Кауфман А.А. К вопросу о русской колонизации Туркестанского края, –СПб., 1903. –
10-12b.
7.
Мирзаева Н.М. Русские поселения Мирзачульского оазиса и их социально-
экономическое положение в конце XIX–начале XX века. Автореферат диссертации на
соискание ученой степени кандидата исторических наук. –Ташкент, 2011. – 22b.
8.
Гинзбург А. И. Русское население в Туркестане. –М., 1991. –115-116b.
9.
История УзССР под ред. РХ.Аминовой и др.Т.2. - Т. :Фан, 1968. - С.4
10.
“Initial Problems in the Soviet Economic Development of Central Asia,” p. 286; “‘Some
Statistics on Higher Education,” p. 234
11.
Фомченко А.П. Русские поселения в Туркестанском крае. - Т.:Фан, 1983. - С.35-39