34
AFRIG‘IYLAR DAVRIDA XORAZM MARKAZIY SHAHARLARINING O‘ZIGA XOS
JIHATLARI: TARIXI VA TAHLILI
Qurbanov A.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Urganch davlat universiteti tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16560812
Annotatsiya
. Shaharlarning o‘sishi mamlakat umumiy iqtisodiy taraqqiyotining muhim
tomonlaridan biri bo‘lib, yangicha asosda yuksala boshlagan Xorazm shahar tsivilizatsiyasining
atrofdagi
dashtlar
va
uzoqdagi
mamlakatlar
bilan
iqtisodiy
aloqalari
mustahkamlanayotganidan va kengayib borganidan dalolat beradi. Maqoalada Afrig‘iylar
davrida Xorazm markaziy shaharlarining o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqildi.
Kalit so‘zlar:
shahar, qal’a, saroy, afrig‘iylar, istehkom, manzilgoh.
СПЕЦИФИКА ЦЕНТРАЛЬНЫХ ГОРОДОВ ХОРЕЗМА В ЭПОХУ АФРИГИДОВ:
ИСТОРИЯ И АНАЛИЗ
Курбанов А.
Научный сотрудник Ургенчского государственного университета имени Абу
Райхона Беруни
Аннотация.
Рост городов является одним из важных аспектов общего
экономического развития страны и свидетельствует об укреплении и расширении
экономических связей городской цивилизации Хорезма с окружающими степями и
дальними странами, которая начала развиваться на новой основе. В статье
рассматривается специфика центральных городов Хорезма в эпоху Афригидов.
Ключевые слова:
город, крепость, дворец, Афригиды, фортификация, поселение.
SPECIFICS OF THE CENTRAL CITIES OF KHOREZM IN THE ERA OF THE
AFRIGHIDS: HISTORY AND ANALYSIS
Kurbanov A.
Researcher at the Urgench State University
named after Abu Rayhon Beruni
Abstract.
The growth of cities is one of the important aspects of the general economic
development of the country and indicates the strengthening and expansion of economic ties
between the urban civilization of Khorezm and the surrounding steppes and distant countries,
which began to develop on a new basis. The article examines the specifics of the central cities
of Khorezm in the era of the Afrighids.
Keywords:
city, fortress, palace, Afrighids, fortification, settlement.
Mustaqil davlat boʻlgunga qadar ham Xorazm Qangʻ davlati tarkibidagi yetakchi
hududlardan biri boʻlgan. Mil. avv. III-II asrlarda Qangʻ davlati kuchayib, Sirdaryo quyi
oqimidan dahlarni siqib chiqardi. Shu davrdan Xorazm ham oʻz mustaqilligini yoʻqotdi. Dahlar
esa Xuroson hududiga koʻchib oʻtdi. Iqtisodiy jihatdan ancha taraqqiy etgan, yuksak va boy
madaniyatga ega Xorazm aksariyat aholisi koʻchmanchilar boʻlgan Qangʻ davlati tarkibida
muhim iqtisodiy va madaniy markazlardan biri sifatida oʻz yuksalishini davom ettirdi. Sugʻorma
35
dehqonchilik an'analari hisobiga ekin maydonlari kengaydi, irrigatsiya shaxobchalari yanada
tarmoq yoydi, yangi qoʻrgʻon, qal’a va shaharlar vujudga keldi
1
.
Arab tarixchisi Al-Istahriy, taxminan 930-933-yillarda Xorazmdagi shaharlarni sanab
o‘tarkan: Xorazm (Kas), Darg‘on, Xazorasp, Xiva, Xushmisan, Ardaxushmisan, Safardiz, Nuzbar,
Kardaronxos, Kardar, Barategin, Mazminiya, Jurjoniya (Gurganj) kabi o‘n uchta nomni tilga
oladi. Nihoyat, 985-yilda Xorazmga kelgan arab muallifi al-Maqdisiy voha shaharlari soni 32 ta
bo‘lganligini yozadi. Jumladan, u Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Kas, Gardman, Oyxon,
Arzaxiva, Nukfag, Kardar, Mizdahqon, Jashira, Sadvar, Zardux, Barategin, Madkaminiya; chap
qirg‘og‘ida joylashgan Jurjoniya (Gurganj), Nuzvar, Zamaxshar, Ruzund, Vazarmand,
Vaskaxankas, Raxushmisan, Madamisan, Xiva, Kardaronxos, Xazorasp, Jigarband, Jaz, Darg‘on,
Jit, Kichik Jurjoniya, Ikkinchi Jit, Sadvar, Masasan, Kardar, Andarstan kabi shaharlar borligini
ko‘rsatgan. Bundan tashqari, Xorazmga boradigan yo‘llarda Sho‘raxon, Xas, Nuzkat, Darson,
Juvikan, Amir, Barabsar, Vardara kabi aholi punktlari bo‘lganligi ta’kidlanadi
2
.
Shaharlarning o‘sishi mamlakat umumiy iqtisodiy taraqqiyotining muhim tomonlaridan
biri bo‘lib, yangicha asosda yuksala boshlagan Xorazm shahar tsivilizatsiyasining atrofdagi
dashtlar va uzoqdagi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari mustahkamlanayotganidan va
kengayib borganidan dalolat beradi. Xorazmlik savdogarlar, xuddi qadim zamonlardagidek,
Turkmaniston va G‘arbiy Qozog‘iston o‘rnida bo‘lgan dasht ko‘chmanchilari bilan, Volgabo‘yi -
Xazoriya (keyinchalik Dashti Qipchoq) va Bulg‘oriya bilan, nihoyat, Sharqiy Yevropadagi keng
slavyanlar olami bilan savdo-sotiq aloqalarini kuchaytirdilar. X asrdayoq yuqoridagi hududlar
bilan savdo-sotiq munosabatlari kengayganligi to‘g‘risida va, umuman, xorazmliklar haqida
Istahriy yozgandi: “Xorazm - hosildor, oziq-ovqati va mevalari ko‘p shahar (madina), faqat
yong‘og‘i yo‘q; bu yerda paxta va jundan ko‘p narsalar tayyorlanadi hamda bu narsalar uzoq-
uzoq joylarga eltiladi. Aholisining ajralib turadigan xususiyati - boyligi va mardlik ko‘rsatishga
intilishidir”. X asr oxirida yozilgan "Hudud al-Olam" asarining muallifi Kat shahri to‘g‘risida
quyidagilarni yozadi: "Shaharning boyligi katta. Bu yerdan yostiq jildi, qavima kiyim-bosh, ip
gazlama, kigiz, qora uy, ruxbin (pishloqning bir turi) chiqariladi"
3
.
Yana bir O‘rta asr fors tarixchisi Zakariyo ibn Muhammad al-Kazviniyning yozishicha:
“Har bir shahar o‘rtasida yana bir kichik shahar bo‘lgan. Kichik shaharning o‘rtasi qo‘handiz
deb atalgan. Markazdagi kichik shaharlarni shahriston yoki arabcha - madinat us-sug‘ro (kichik
shahar) deb ataganlar. Uning atrofi devor bilan o‘ralgan va bir necha darvozalari bo‘lgan.
Shahriston atrofida katta shahar -madinat ul-kubro bo‘lib, u ham devor bilan o‘ralgan va bir
necha darvozalari bo‘lgan. Katta shahar atroflarida esa uzumzorlar va mevali bog‘lar, ularning
tevaragida - ekinzor dalalar bor edi”
4
.
Tarixiy manbalarda Xorazmning boshqa savdo shaharlari to‘g‘risida ham ko‘p
ma’lumotlar saqlanib qolgan. 922-yilda Xorazmda bo‘lgan arab diplomati Ibn Fadlan
«Ardaxushmisan bozorlari gavjum va aholisi farovon, katta shahar. Ardaxushmisan Kat va
Gurganj oralig‘ida joylashgan hamda Amudaryo bo‘yidagi shahar bo‘lib, unga suv yo‘li orqali
1
Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма. С древнейших времен до нашех дней.-Т. Изд-во АН УзССР, 1967.
С.97-98.
2
http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/321
3
http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/321
4
http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/321
36
boriladi», - deb yozgandi. “Hudud al-Olam” asarida «Ardaxushmisan savdogarlarning to‘planish
joyi», - deb ko‘rsatilgan.
Istahriy va Maqdisiylar Ardaxushmisanni Xorazmning Kat (Kos) va Gurganjdan keyingi
yirik shahri sifatida ko‘rsatishgan. Kosdan Jurjoniyagacha masofa 3 kunlik yo‘l,
Ardaxushmisangacha esa 1 kunlik yo‘l deb ko‘rsatgandi Istahriy. Xivadan Raxushmisangacha
(Ardaxushmisan) ham masofa (30-40 km.) shuncha bo‘lganligini Maqdisiy yozib qoldirgan.
Hamdulloh Qazviniy va Xoji Xalfalarning ma’lumotlariga ko‘ra, Gurganj bilan Ardaxushmisan
oralig‘idagi masofa - 14 farsah (84-112 km.) bo‘lgan. Ardaxushmisan orqali Xivani chetlab,
to‘g‘ri Xazorasp bilan Gurganjni bog‘lovchi yo‘l ham o‘tgandi. Xazorasp va Ardaxushmisan
o‘rtasidagi masofa 16 farsahdan iborat deb hisoblangan. Ardaxushmisan o‘rnidagi hozirgi
Voyangan yodgorligida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tarixiy manbalardagi
ma’lumotlarni to‘la tasdiqlab, o‘rta asrlarda shaharning yirik savdo-hunarmandchilik markazi
bo‘lganligini ko‘rsatadi
5
.
III asrga kelib qal’a-shaharlarning hayoti ham turlicha kechdi. Ba'zi shaharlarda aholi bir
necha yuz yillar muddat yashagan bo‘lsa, ba'zi birlari tabiiy jarayonlar oqibatida qisqa muddat
odamlar hayoti uchun yaroqli holda faoliyat yuritgan. Xususan, Guldursun qal’asi Qirqqiz kanali
bo‘yida bunyod etilib, suv tanqisligi tufayli uni odamlar tark eta boshladi. Natijada, bir mahallar
gullab-yashnagan shahar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan edi. Qizilqal’a ham o‘z taraqqiyot o‘rnini
yangidan bunyod etilgan, yuksalib borayotgan Tuproqqal’aga bo‘shatib berdi. Ayozqal'a shahri
o‘rniga esa Jildikqal’a vujudga keldi. Bu jarayon voha taraqqiyotida markaz bo‘lib
shakllanayotgan Tuproqqal’aning ahamiyatini oshirib bordi. Hatto Ayozqal’a va Tuproqqal’a
o‘rtasida suv ta'minoti masalasida jiddiy raqobat kuchayib bordi. Bu kurashda Tuproqqal’a
vakillari, ya'ni, qattiq qo‘l va shijoatli Afrig‘ boshchiligidagi afrig‘iylar xonadoni vakillari g‘olib
kelgan. Shundan so‘ng raqobatga dosh berolmagan Ayozqal’a o‘z faoliyatini to‘xtatib,
Tuproqqal’a yuksalib borgan.
I-IV asrlarda yangi istehkomlar qurilishi bilan birga, eskilari ta’mirlandi ham. Ba’zi
hollarda avvalgi qal’a devorlari butun bo‘yicha butkul yangi devor bilan o‘rab olindi (Xazorasp,
Devkesgan, Xivadagi Tuproqqal’a va boshqalar). Boshqa holatlarda otish yo‘lagining pastki
qavatiga g‘isht terildi (Kichik Qirqqizqal’a, Oqshaxonqal’a, Sulton Uvays tog‘idagi Govurqal’a va
boshqalar), natijada to‘g‘ridan otilgan o‘q kelib tegadigan joy pastki qavatdan tepa qavatga
ko‘chdi. Bunday baquvvat poydevorli istehkomlar qurilishiga o‘tish qadimgi Xorazm harbiy
istehkomlari tizimidagi ikkinchi tub burilish bo‘ldi. Istehkomlarning umumiy tarhi qanhxa
davridagi kabi qolgan bo‘lsa-da, ularning xususiyati keskin o‘zgardi: poydevor baland ko‘tarildi,
devorlar tik qurildi
6
.
Milodiy III asrdan azaliy mustaqil davlatchilik an'analariga ega bo‘lgan Xorazm
vassallikdan qutilish maqsadida o‘z iqtisodini tubdan yaxshilab, kuch to‘play boshladi. Qang‘
davlatining kuchsizlanganligidan foydalangan ayrim yirik mulklar o‘z hududlaridagi zamindor
dehqonlar boshchiligida mustaqil va yarim mustaqil mulkliklar tashkil eta boshladilar. Bu
mulklarni birlashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Bu siyosiy mustaqillik harakatiga Afrig‘
boshchiligidagi mahalliy sulola boshchilik qildi. Afrig‘iylar barcha mulklarni o‘z itoatiga keltirib
5
http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/321
6
Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари. –Т.: Ўзбекистон, 2007. – Б. 73.
37
yangi sulolaga asos soldilar. Ular Amudaryoning o‘ng sohil g‘arbiy qismi vohalari bo‘ylab o‘z
hukmronliklarini o‘rnatdilar. Markaz vazifasini sulola qarorgohi Tuproqqal’a bajardi
7
.
Tadqiqotchilar orasida Tuproqqal’a mamlakatning poytaxti bo‘lganmi yo poytaxt boshqa
shahar hisoblanganmi, degan bahslar hozirgacha davom qilmoqda. Ko‘pchilik olimlar, jumladan
S.P.Tolstovning o‘zi ham, mazkur obidani poytaxt bilan bog‘liq davlatni boshqarib turgan
podshohlar rezidentsiyasi deb hisoblaydilar. Ehtimol bu yerda istiqomat qiluvchilar asosan
zodagonlar, xizmatkorlar va qo‘riqlovchi askarlar. Shahar hududida bozor va hunarmandlar
rastalarining yo‘qligi ham mazkur fikrni quvvatlaydi. Asli Saroy binosi, unda topilgan yozma
hujjatlar Tuproqqal’a, shubhasiz qullarning og‘ir mehnati, me’morlarning zo‘r mahorati,
ijodkorlarning nafis san’ati mujassamlangan antik Xorazm sotsial tuzumi va davlatchilikni
ifodalovchi muqaddas noyob obida hisoblanadi
8
.
Tuproqqal’a o‘zining planirovkasi, devorlari va undagi shinaklar, u yerdagi xonalarning
qurilish va mudofaa sistemasi bilan antik davrdagi katta shaharlarga o‘xshab ketadi. Lekin u,
ayniqsa o‘zining ajoyib san’at boyligi bilan alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun buyuk
xorazmshohlarning ilk poytaxti hisoblangan bu ajoyib tarixiy obida Sulton Uvays tog‘larining
janubrog‘ida, qadimiy qal’alar rayonida joylashgan. Bu tilsimli qal’a xarobalari 17,5 gektar
maydonni (500x350 metrni) ishg‘ol etadi. Ko‘rinishdan to‘g‘riburchak shaklidagi Tuproqqal’a
shimoldan janubga cho‘zilgan bo‘lib, atrofi katta qolipda qo‘yilgan xom g‘ishtlardan qurilgan
qalin va baland devor bilan o‘ralgan. Devorlar bo‘ylab kvadrat shakldagi juda ko‘p burjlar qad
ko‘tarib turadi. Qal’aning shimoli-g‘arbida eni ham, bo‘yi ham 180 metr keladigan ikki qavat
qilib solingan hashamatli saroy xarobalari ko‘zga tashlanib turadi. Saroyning uchta burji bo‘lib,
bu burjlarning balandligi yer sathidan 25 metrga yetadi.
Tuproqqal’a qarorgohi o‘z mahobatiga ko‘ra o‘sha davr shaharsozligining yirik namunasi
edi. Mazkur hududdan 1938-yildan shu kungacha topilgan arxeologik ashyolar shahar haqida
bir qadar tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Tuproqqal’a to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida (500x350 m) aniq reja asosida qurilgan. U ichki
kesishgan yo‘laklar va minoralar bilan tiklangan. Qattiq mustahkamlangan darvozadan janubiy
tomondagi markaziy ko‘cha zardushtiylar ehromi tomon olib borgan. Shahar 10 dahaga
bo‘lingan bo‘lib, har bir daha ko‘chalar bilan kesishgan. Qurilish ishlarida guvala va xom
g‘ishtdan foydalanganligi uning milodiy I asrdan qurila boshlanganligini isbotlaydi. Hukmdor
saroyi sun'iy poydevor ustiga qurilgan bo‘lib, bu poydevor 14 metr balandlikni va maydoni
80x80 metrni tashkil etgan, qasrga uchta 25 metr balandlikdagi minora biriktirilgan.
Arxeologlar 100 ga yaqin turarjoy va xo‘jalik inshootlarini hamda 8 ta namoyishlar zalini ochib
o‘rgandilar. Binolar ichida va devoriy tasvirlarda Xorazmning boy madaniyatiga oid namunalar
topilgan. Buni afrig‘iylar madaniyatining yuksak namunasi sifatida baholash mumkin
9
.
Tuproqqal’a hajm jihatdan mamlakat poytaxti bo‘lish darajasida emas edi. Aslida bu
qal’ani afrig‘iylarning sulolaviy qarorgohi bo‘lganligini taxmin qilish mumkin. Qolaversa, o‘z
joylashuv o‘rniga ko‘ra u avvallari bo‘sh yotgan joyda bunyod etilgan. Demak, bu hududda oldin
yirik biron-bir aholi manzilgohi bo‘lmagan va bu yerda oldin odam yashamagan, lekin qurilish
ishlari uchun qulay tekislik bo‘lgan. Sababi, qal’a qurilishining aniq tarh ostida olib borilishi
bunday qurilish uchun bo‘sh joy talab qilar edi. Qal’a qurilishga mohir me'morlar, kohinlar,
7
Sagdullayev A.S. O‘zbekiston tarixi (Xorazm tarixi). T. I. - B. 155.
8
Jabborov I. Buyuk Xorazmshohlar davlati. –T.: Sharq, 1999. 88-b.
9
Sagdullayev A.S. O‘zbekiston tarixi (Xorazm tarixi). I. T. O‘zbekiston. - B. 160.
38
musavvirlar va ma'murlar jalb qilingan. Afrig‘iylar o‘z qo‘rg‘onlarini zamonasining yuksak
me'moriy inshooti sifatida salobatli bo‘lishiga alohida e'tibor bilan qaraganlar. Joy tanlash
borasida ham muayyan ishlar qilingan, buning uchun poytaxtdan uzoq bo‘lmagan, asov
Amudaryo daxl qilmaydigan Chog‘ra (Sulton Uvays) tog‘i etagidagi tekislik tanlangan
10
. Qurilish
ishlari esa Qang‘ davlatining yuksalish paytida boshlanib, tanazzuli paytida, ya’ni Xorazmning
mustaqil siyosat maydoniga chiqish davri bilan bir vaqtda yakunlangan. Chunki Tuproqqal’a
xarobalaridan topilgan yozma yodgorliklar milodiy III asr bilan belgilanadi. Hujjatlar arxivi bir
necha yillar davomida to‘planganligini e’tiborga olsak, qal'a tarixi yanada qadimiy bo‘lishi
mumkin. Qal’aning janubiy qismida olib borilgan qazish ishlari va ochilgan saroy qoldiqlari
Tuproqqal’aning I-II asrdan qad rostlagani va III – IV asr boshlarigacha hukmron afrig‘iylar
sulolasi qarorgohi maqomida bo‘lganligini isbotlaydi. Hatto poytaxt IV asr boshida Katdagi Fir
qasriga ko‘chirilgan paytda ham Tuproqqal’aning xorazmshoh podsholarining qarorgohi
sifatidagi ahamiyati kamaymagan
11
. III asrga kelib yangi sulola hukmdorlari Kat kanalini
qazdirib, uning bo‘yida Kat shahriga asos soldilar. Kat afrig‘iylar poytaxtiga aylandi. Keyinchalik
vujudga kelgan Tuproqqal’adan 40 km. janubroqdagi Katda bunyod etilgan Fir qasrining
ahamiyati ortib bordi. Tuproqqal’aning ahamiyati pasayishiga Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi
va suv ta'minotining buzilishi ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Natijada, Tuproqqal’a
afrig‘iylar sulolasi hukmdorlari qarorgohi va so‘nggi qo‘nimgohi bo‘lgan.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jabborov I. Buyuk Xorazmshohlar davlati. –T.: Sharq, 1999. 88-b.
2.
Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма. С древнейших времен до нашех дней.-Т.
Изд-во АН УзССР, 1967. С.97-98.
3.
Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари. –Т.: Ўзбекистон, 2007. – Б.
73.
4.
Sagdullayev A.S. O‘zbekiston tarixi (Xorazm tarixi). T. I. - B. 155.
5.
Толстов С.П. По следам древнехорезмийской цивилизации М-Л, Наука, 1948.
6.
Толстов С.П. Древности верхнего Хорезма.-М.: Наука,1941. ВДИ. Л. -С. 116. Рис. 54.
7.
Толстов С.П. По древним дельтам Окса и Яксарта. М.:Наука, 1962. -С. 246.
10
Топрак-кала. Дворец. -С. 287-288.
11
Топрак-кала. Дворец. -С.17.
