145
SINGAPUR TA’LIMI ASOSIDA «TABIIY FANLAR (SCIENCE) » FANINI O’QITISH
ORQALI ZAMONAVIY METODLARNI O’RGANILISHI
Muhabbatxon Sharopova
Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi biologiya fani metodisti
saropovamuhathon@gmail.gom
https://doi.org/10.5281/zenodo.16736813
Annotatsiya:
Yangi ta’lim texnologiyalar - ta’limga kiritish uchun ilmiy tayyorgarlik va
ko’p vaqt sarflash lozim, ya’ni ta’limda innovatsion jarayonlarning tatbiq qilinishi bilan
o’qituvchining o’quv-tarbiya jarayonining yuksak bosqichlarida yana ham ortadi. Bu esa
pedagogdan o’z ilmini yangidan va tanqidiy tahlil etishiga xizmat qiladi.
Kalit so’zlar:
Singapur ta’limi ,
“
Finlyandiya ta’limi”, “Uchtalik raqam tuzing”,
“
PISA”,
“
TIMSS”,
“
Gender tengligi”,
“
O’quv tadqiqot ishlari”, "Reklama" metodi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor
kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo’lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha
an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilganligidir.
Zamonaviy texnologiyalar esa ularni egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga,
mustaqil o’rganib, tahlil qilishlari, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga
o’rgatadi.
Singapurdagi taʼlim muassasalarida koʻpchilik fanlar ingliz tilida
, ayniqsa,
matematika va tabiiy fanlar boʻyicha oʻqitiladi. Singapurning sobiq bosh vaziri Li Kuan Yu ingliz
tilidan kundalik muloqot tili sifatida foydalanishni taklif qildi, bu turli etnik va madaniy kelib
chiqishi boshqa boʻlgan fuqarolarning muloqotini osonlashtiradi, shuningdek, Singapurning
jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonini soddalashtiradi
1
So‘nggi yillarda Finlyandiya ta’limiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Ko‘p mamlakatlar
oʻqituvchilari, direktorlari va boshqa taʼlim ekspertlari Finlyandiyaning PISA kabi xalqaro
baholash dasturlaridagi yuqori taʼlim natijalari ko‘plab mamlakatlardagi oʻqituvchilar,
direktorlari va boshqa taʼlim ekspertlari uchun birdek qiziq. Finlyandiya nafaqat eng yaxshi
ta’lim natijalarini ortiqcha yuklamalarsiz va bolalarga yo‘naltirilgan yondashuv bilan
birlashtira oldi, balki barcha bolalarga ushbu sifatli ta’limni teng darajada taqdim etdi. Shu
sababli ham, Finlyandiya ta’lim tizimining muvaffaqiyati dunyo hamjamiyatida katta qiziqish
uyg‘otdi.
Finlyandiyada o‘g‘il bolalar ham, qizlar ham ta’lim olishda teng huquqlarga ega ekanligi
va ular bir maktabda birga o‘qitilishi hammaga ma’lum. Ko‘p hollarda Finlyandiyada qizlar
ta’lim sohasida o‘g‘il bolalarni ortda qoldiradi. IHTT (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti) a’zolari orasida o‘tkazilgan 2016-yildagi PISA (Xalqaro o‘quvchilarni baholash
dasturi) testi natijalari Finlyandiya ilm-fan sohasida yuqori o‘rinlardagi ishtirokchilar orasida
qizlar soni o‘g‘il bolalarga qaraganda sezilarli darajada ko‘p bo‘lgan yagona mamlakat
ekanligini ko‘rsatdi 2015-yilgi Xalqaro matematika va tabiiy fanlarni oʻrganish tendensiyalari
1
„'Going back to the basics of effective English-language teaching'“. The Straits Times (9-noyabr 2009-yil).
12-noyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-dekabr 2010-yil.
146
(TIMSS) natijalariga koʻra, finlyandiyalik 4-sinf oʻquvchi qizlari ham matematika, ham tabiiy
fanlar boʻyicha oʻgʻil bolalarga qaraganda yuqori ballarni to‘pladi.
2
Reklama metodini 5- sinf
«Tabiiy fanlar » (SCIENCE) darsligida «Suvning tabiatda
aylanishi» mavzusida
"Reklama " metodidan o’rganamiz
"Reklama" metodi.
"Reklama (lotincha "reklamo" - qichqirmoq)- tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan
ko'riladigan naf haqidagi axborot. Reklama marketingning tarkibiy qismi hisoblanib, talab va
iste'molchilar didining shakllanishiga ta'sir ko’rsatadi.
Bizning "REKLAMA" metodimiz sinfxona, dars imidjini yaratishda xizmat qiladi.
Dars jarayonida ishtirok etayotgan o’quvchilar uchun xarajat bu - aqliy dunyosining
kengligi hamda kreativligi.
Daromadlari:
Kreativ reklama ssenariylari va ğoyalari uchun jamoa o’quvchilari rağbat kartochkalari
hamda "ENG YAXSHI REKLAMA ĞOYACHILARI" nominatsiyasiga sazovor bo’ladi.
" REKLAMA" metodi kubogi bilan taqdirlanadi.
Innovatsion ğoyalari orqali boshqa raqobatchilardan ajralib turadi, bu esa
iste'molchilarni jalb qiladi.
Dars jarayonida kerakli ashyolar:
rangli qalamlar ( flomaster)
vatman qoğoz ( plakat)
Bu "REKLAMA" metodi mustahkamlash dars jarayonida qo’llaniladi.
O’qituvchi chorak davomida o’tilgan mavzulardan bir qanchasini tanlab yashirin qoğozlar
ortiga yozib qo’yadi. O’qituvchi barcha jamoa sardorlariga jamoalaridagi eng ijodkor, kreativ
fikrlaydigan, tasviriy san'at oshnoshi bo’lgan o’rtoqlaridan birini tanlab berishlarini so’raydi.
Guruhdan tanlab olingan o’quvchilar uchun alohida joy hozirlanadi. Ular qoğoz ortiga
yozilgan mavzu asosida reklama tayyorlaydilar. Tayyorlanayotgan reklama ishlari qaysi jamoa
vakillari tomonidan tayyorlanayotganligi aytilmaydi.
15 daqiqa vaqt beriladi.
2
(Finnish Education in a Nutshell 2017 yil, 10-11)
147
O’quvchilar tomonidan tayyor bo’lgan barcha reklama ishlari navbat bilan jamoalarga
taqdim etiladi. har bir jamoa a'zolari 4 ta ijodiy reklama ishlarini o’rganadi va baholaydi. Eng
ko’p ovoz to’plagan, o’ziga xos ğoyalar ifodalangan reklama mavzusi o’qituvchi tomonidan e'lon
qilinadi.
Har bir jamoa a'zolari asar mavzusi yuzasidan tayyorlangan reklama ishlarini sharhlab
beradi.
Reklama asosida eng yaxshi yoritib berilgan mavzu bugungi darsning mavzusi
hisoblanadi. Dars jarayoni shu mavzu yuzasidan olib boriladi.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o’qitishda, topshiriqlar ma’lum o’quv mavzusiga va ma’lum
yoshdagi o’quvchilar guruhiga moslashtirilgandan keyin.
Afzalliklari
O’quvchilarga alohida predmetlaro’rtasidagi, maktabdagi mashg’ulotlar va tashqi dunyo
o’rtasidagi aloqani ko’rishga yordam beradi.
O’quvchilarni biron faoliyatni olib borish, o’z vaqtini rejalashtirish va jadval bo’yicha
ishlash uchun o’z-o’zini tashkillashtirishga o’rgatadi.
O’quvchilarga o’qituvchi boshchiligida ta’lim olish jarayonini boshqarishga imkon beradi.
O’quvchilar ham bir-biri bilan, ham maktabdan tashqarida turli odamlar bilan hamkorlik
qilishlari uchun imkon yaratadi.
O’quvchilarni o’z tadqiqotlarining natijalarini va o’z fikrini ifodalash va omma oldida
himoya qilishga o’rgatadi, va bu o’quvchilar huquqlarini targ’ib etishda muhim ko’nikma
hisoblanadi.
Bugungi kun yoshlari har tomonlama rivojlangan, o’ziga, boshqa insonlarga, jamiyatga,
tabiyatga va mehnatga o’zining to’g’ri munosabatini bildira oladigan mustaqil faoliyat ko’rsata
oladigan ijodkor, muloqatchang bo’lmog’i lozim. O’quvchilarda ana shunday xususiyatlarning
rivojlanishi so’zsiz o’qituvchining faoliyat uslubiga bog’liq.
Yuqorida ko`rsatilgan mavzular uchun yozilgan metodlar o’qituvchi tomonidan amalga
qo’llashi ko’rsatilgan. O`qituvchi zamonaviy metodlar yaratishda qo’shimcha adabiyotlar,
internet ma’lumotlaridan ham foydalanadi. Zamonaviy metodlarning mukammal dars
jarayonida qo’llanishi albatta dars samaradorligini oshirishda o’z ta’sirini ko’rsatadi. Natijada
o`qituvchi ko’zlagan maqsadiga aniq erishladi. Dars jarayonida o`qituvchi va o`quvchining
tarqatmalar bilan shug`ullanishi, darsda o`qituvchining qanday metod va vositalardan
foydalanishi belgilab berilgan. Darsda qo`llanilgan metodlardan foydalanilganda
o`quvchilarning dunyo qarashi, mantiqiy fikrlay olish qobilyati, aqliy rivojlanishi shakllannib,
ularida umuminsoniylik qadriyatlar tarkib topadi. O`quvchilarning bilim,ko`nikma va
malakalari shakllanib boradi. Har bir nazorat topshirig`i uchun ma’lum bir vaqt berialdi, bu esa
o`qituvchining vaqtdan unumli foydalanishini ko`rsatib beradi.
O’qituvchi o’z ustida ijodiy ishlaydi, izlanadi va mustaqil fikrlaydi. Bu jarayonning to’g’ri
yo’lga qo’yilishi esa dars samaradorligiga erishish yo’llarining biri bo’lib hisoblanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M.,
148
To’raev A.B. – T.: ―Sano standart‖ nashriyoti, 2015. – 81-b.
2.
Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish
yo’llari /O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’qituvchilarining malakasini oshirish
va qayta tayyorlash fakulьteti tinglovchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
o’qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar. – T.: TDPU, 2004.
3.
Yo’ldoshev J.G’., Usmonov S. Ilg’or pedagogik texnologiyalar.
4.
Ijtimoiy axborot ta’lim portali: www. Ziyonet. uz.
5.
http://www.school.edu.ru - Umumta’lim portali (rus tilida),
6.
http://www.alledu.ru - ―Internetdan ta’lim‖ portali (rus tilida)
7.
“'Going back to the basics of effective English-language teaching'” The Straits Times (9-
noyabr 2009-yil). 12-noyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-dekabr 2010-yil.