Авторы

  • Saidjon Bobojonov
    Buxoro davlat texnika universiteti “Yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari” kafedrasi o’qituvchisi, Buxoro shahri, O’zbekiston Respublikasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.131147

Ключевые слова:

umumiy foydalaniladigan yerlar yer boshqaruvi fazoviy tahlil GIS texnologiyasi yer kadastri monitoring tizimi huquqiy maqom kadastr xaritasi geoaxborot tizimi shahar infratuzilmasi raqamli boshqaruv kadastr ma’lumotlari yer resurslaridan foydalanish urbanizatsiya.

Аннотация

Ushbu maqolada umumiy foydalaniladigan yerlarning huquqiy maqomi, tasnifi, ularni boshqarish tizimidagi mavjud huquqiy asoslar tahlil qilingan. Xususan, Buxoro shahrida umumiy foydalaniladigan yerlar kategoriyasiga kiruvchi maydonlar, parklar, sport maydonchalari, kutubxona va muzeylar kabi obyektlarning zamonaviy boshqaruvga mos keluvchi tasnifi va geoinnovatsion texnologiyalar yordamida monitoring yuritish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Normativ-huquqiy baza, amaliy holatlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy takliflar keltirilgan.


background image

139

UMUMIY FOYDALANILADIGAN YERLAR TUSHUNCHASI, TASNIFI VA ULARNI

BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

MASALALARI

Bobojonov Saidjon O’tkirovich

Buxoro davlat texnika universiteti “Yer resurslaridan foydalanish va davlat

kadastrlari” kafedrasi o’qituvchisi, Buxoro shahri, O’zbekiston Respublikasi.

e-mail:bobojonovsaidjon2000@gamil.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16736786

Annotatsiya:

Ushbu maqolada umumiy foydalaniladigan yerlarning huquqiy maqomi,

tasnifi, ularni boshqarish tizimidagi mavjud huquqiy asoslar tahlil qilingan. Xususan, Buxoro
shahrida umumiy foydalaniladigan yerlar kategoriyasiga kiruvchi maydonlar, parklar, sport
maydonchalari, kutubxona va muzeylar kabi obyektlarning zamonaviy boshqaruvga mos
keluvchi tasnifi va geoinnovatsion texnologiyalar yordamida monitoring yuritish imkoniyatlari
ko‘rib chiqilgan. Normativ-huquqiy baza, amaliy holatlar, mavjud muammolar va ularni
bartaraf etish bo‘yicha ilmiy takliflar keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: umumiy foydalaniladigan yerlar, yer boshqaruvi, fazoviy tahlil, GIS

texnologiyasi, yer kadastri, monitoring tizimi, huquqiy maqom, kadastr xaritasi, geoaxborot
tizimi, shahar infratuzilmasi, raqamli boshqaruv, kadastr ma’lumotlari, yer resurslaridan
foydalanish, urbanizatsiya.

ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРАВОВЫХ ОСНОВ УПРАВЛЕНИЯ И

КЛАССИФИКАЦИИ ЗЕМЕЛЬ ОБЩЕГО ПОЛЬЗОВАНИЯ

Бобожанов Саиджон Уткирович

Преподаватель кафедры «Использование земельных ресурсов и государственный

кадастр» Бухарского государственного технического университета, г. Бухара,

Республика Узбекистан. E-mail: bobojonovsaidjon2000@gamil.com

В данной статье проанализирован правовой статус, классификация и

существующие правовые основы управления землями общего пользования. В
частности, рассмотрены объекты, относящиеся к категории земель общего пользования
(ЗОП) в городе Бухаре - такие как площади, парки, спортивные площадки, библиотеки и
музеи, - их современная классификация и возможности мониторинга с использованием
геоинновационных

технологий.

Представлены

нормативно-правовая

база,

практические случаи, выявленные проблемы и научные предложения по их решению.

Ключевые слова:

земли общего пользования, управление земельными ресурсами,

пространственный анализ, технологии ГИС, земельный кадастр, система мониторинга,
правовой статус, кадастровая карта, геоинформационная система, городская
инфраструктура, цифровое управление, кадастровые данные, использование земельных
ресурсов, урбанизация.

ISSUES OF IMPROVING THE LEGAL FRAMEWORK AND CLASSIFICATION OF

PUBLIC-USE LANDS

Bobojonov Saidjon Utkirovich

Lecturer, Department of Land Resources Use and State Cadastres, Bukhara State

Technical University, Bukhara, Republic of Uzbekistan. E-mail:

bobojonovsaidjon2000@gamil.com


background image

140

This article analyzes the legal status, classification, and existing legal frameworks for the

management of public-use lands. Specifically, it examines areas, parks, sports grounds,
libraries, and museums categorized as public-use lands (PUL) in the city of Bukhara. The study
focuses on their modern classification and the possibilities of conducting monitoring using
geoinnovative technologies. The paper presents an overview of the normative legal base,
practical examples, existing challenges, and scientifically grounded proposals for their solution.

Keywords:

public-use land, land management, spatial analysis, GIS technology, land

cadastre, monitoring system, legal status, cadastral map, Bukhara city, geo-information system,
urban infrastructure, digital governance, cadastral data, land use, urbanization.

Kirish

O‘zbekiston Respublikasi yer qonunchiligida umumiy foydalaniladigan yerlar

alohida toifa sifatida ajratilgan bo‘lib, bu yerlar jamiyat ehtiyojlarini qondirish, aholining hayot
sifati va ekologik muhitini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, ushbu yerlar bilan
bog‘liq huquqiy asoslar va boshqaruv mexanizmlarining eskirganligi, ularning monitoringini
yuritishdagi muammolar zamonaviy texnologiyalar yordamida chuqur ilmiy yondashuvni talab
qiladi.

Tadqiqotning dolzarbligi.

Bugungi kunda aholi sonining ko‘payishi, urbanizatsiya

jarayonlarining jadallashuvi va yer resurslariga bo‘lgan talabning ortib borishi umumiy
foydalaniladigan yerlarning maqomini qayta ko‘rib chiqish, ularni boshqarish tizimini
takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, Buxoro shahrida bunday obyektlar
sonining ko‘payishi ularga aniq-huquqiy va fazoviy yondashuv zarurligini taqozo etmoqda.

Tadqiqotning maqsadi.

Umumiy foydalaniladigan yerlarning huquqiy tasnifi, ularni

boshqarish va monitoring yuritish tizimini tahlil qilish hamda geoinnovatsion texnologiyalar
yordamida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

Tadqiqotning obyekti.

Buxoro shahridagi umumiy foydalaniladigan yerlar (bozorlar,

parklar, maydonlar, sport obyektlari, kutubxonalar, muzeylar).

Tadqiqot predmeti.

Umumiy foydalaniladigan yerlarning huquqiy maqomi, tasnifi,

ularni boshqarish va monitoring yuritish tizimi.

Tadqiqotda foydalanilgan uslublar.

Mazkur tadqiqotda umumiy foydalaniladigan

yerlarning huquqiy maqomi, fazoviy joylashuvi va boshqaruv tizimini har tomonlama tahlil
qilish uchun kompleks yondashuv asosida bir nechta ilmiy-uslubiy yo‘nalishlardan foydalanildi.
Tanlangan usullar tadqiqotning maqsad va vazifalarini to‘liq yoritish, mavjud muammolarni
aniqlash hamda taklif etilayotgan yechimlarning asoslanganligini ta’minlashga xizmat qildi.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda quyidagi 1-rasmda asosiy ilmiy-uslubiy

yondashuvlardan foydalanildi:


background image

141

1-rasm. Ilmiy-uslubiy yondashuvlar
Adabiyotlar tahlili.

O‘zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”, “Davlat kadastri

to‘g‘risida”gi Qonun, “Shaharsozlik kodeksi” va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar umumiy
foydalaniladigan yerlarning huquqiy maqomini belgilaydi. Biroq amalda ularning toifalarga
bo‘linishi, monitoring yuritish uslublari va fazoviy boshqaruv mexanizmlari aniq
belgilanmagan. Shuningdek, xalqaro adabiyotlarda umumiy foydalaniladigan yerlarning
ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini baholash metodikalari ilgari surilgan [1, 8, 9, 10].

Adabiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, umumiy foydalaniladigan yerlar tizimi nazariy

jihatdan yetarlicha o‘rganilgan bo‘lsada, amaliy boshqaruv, raqamlashtirish va monitoring
jarayonlarida hali ham bir qator tizimli muammolar mavjud. Xususan, Buxoro shahrida olib
borilgan amaliy kuzatuvlar, kadastr hujjatlari tahlili va fazoviy ma’lumotlar bazasini o‘rganish
shuni ko‘rsatadiki, umumiy foydalaniladigan yerlarning huquqiy aniqligi, avtomatlashtirilgan
monitoring tizimi va geoma’lumotlarning holati ularning samarali boshqaruviga to‘siq
bo‘layotgan asosiy omillardandir. Quyida ushbu muammolar tizimli tarzda yoritib beriladi.

1. Umumiy foydalanilanishdagi yerlarning aniq huquqiy maqomi har doim belgilab

berilmagan.

Umumiy foydalaniladigan yerlar toifasiga mansub bo‘lgan obyektlarning huquqiy

maqomi amaliyotda doimiy va bir xilda belgilanmagan. Qonunchilikda "umumiy
foydalanishdagi yerlar" tushunchasi mavjud bo‘lsada, ularni toifalarga ajratish, chegaralash va
egalik shaklini aniqlashda turli noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, Buxoro shahridagi
ayrim parklar, bozorlar va maydonlar amaldagi kadastr hujjatlarida boshqa toifa (masalan,
zaxira yerlar, turarjoy fondiga biriktirilgan yerlar) sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, bu boshqaruv
funksiyalarini to‘g‘ri tashkil etishda va investitsiya jalb qilishda to‘siqlarni yuzaga keltiradi.
Shuningdek, ko‘pchilik umumiy foydalaniladigan yerlar obyektlari bo‘yicha foydalanish huquqi,
javobgar tashkilot va xizmat ko‘rsatish subyektlari belgilab qo‘yilmagan bo‘lib, bu joylarda
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni murakkablashtiradi [1, 2, 5].

2. Monitoring tizimi yetarlicha avtomatlashtirilmagan.

Hozirgi vaqtda umumiy

foydalaniladigan yerlar obyektlarining holatini baholash va monitoring qilish ishlari asosan
an’anaviy uslublar orqali, ya’ni yerga chiqib ko‘zdan kechirish, yozma dalolatnomalar yoki
og‘zaki xabarlar asosida amalga oshiriladi. Bu yondashuv monitoring jarayonining vaqt, resurs
va inson omiliga yuqori darajada bog‘liqligini anglatadi. Raqamlashtirish va avtomatlashtirish
jarayonlari to‘liq joriy etilmaganligi sababli real vaqtda ma’lumot yig‘ish, o‘zgarishlarni onlayn


background image

142

tarzda kuzatish yoki favqulodda holatlarga tezkor javob berish imkoniyatlari cheklangan.
Ayniqsa, GIS va masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanilmasligi, mavjud obyektlar
bazasining mobil monitoring tizimlariga ulangan emasligi sababli statistik xatoliklar, takroriy
obyektlar va qamrab olinmagan hududlar soni ortmoqda. Bu esa umumiy foydalaniladigan
yerlar yerlarining ekspluatatsiyasi, holati va rivojlanish salohiyatini baholashda to‘g‘ri qaror
qabul qilishga salbiy ta’sir qiladi [3, 6, 7].

3. Huquqiy-hududiy chegaralar va atributiv ma’lumotlar eskirgan.

Ko‘plab umumiy

foydalaniladigan yerlar obyektlari (ayniqsa, eski parklar, tarixiy maydonlar, mustaqillikdan
oldingi davrda shakllangan bozorlar) bo‘yicha kadastr hujjatlari va geoma’lumotlar
yangilanmagan. Buning natijasida ushbu obyektlarning aniq fazoviy chegaralari, yer maydoni,
funksional zonalari, texnik parametrlar, foydalanish holati va xizmat ko‘rsatish obyektlari
haqidagi atributiv ma’lumotlar eskirgan yoki umuman mavjud emas. Kadastr raqami bo‘lmagan
yoki noto‘g‘ri shakllangan umumiy foydalaniladigan yerlarning soni yuqori bo‘lib, bu yerlar
ustida muomalani yuritishda (masalan, ijara, rekonstruksiya, servis xizmatlarini joriy etish)
huquqiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, yer ajratish, investitsiya jalb qilish,
xizmatlarni raqamlashtirish jarayonlarida bu kabi obyektlar e’tibordan chetda qolib ketadi,
ya’ni shahar infratuzilmasining rivojlanishi uchun potentsial zaxira manba hisoblanadigan
umumiy foydalaniladigan yerlar samarali boshqarilmaydi [1, 4, 8].

Yechim.

Yuqorida keltirilgan muammolar umumiy foydalaniladigan yerlarni boshqarish

va monitoring qilish tizimining zamonaviy talablar asosida to‘liq ishlamasligiga sabab
bo‘lmoqda. Bu esa shahar infratuzilmasi, ijtimoiy xizmatlar sifati va yer resurslaridan
foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur muammolarni bartaraf etish
uchun kompleks yondashuv, zamonaviy texnologik yechimlar va huquqiy mexanizmlarning
uyg‘unligini ta’minlovchi chora-tadbirlar taklif etiladi.

Har bir umumiy foydalaniladigan yerlar obyektiga tegishli ravishda yuridik maqomni

belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni yangilash va toifalash mezonlarini ishlab chiqish
zarur. Buning uchun quyidagilar taklif etiladi:

“Umumiy foydalaniladigan yerlar to‘g‘risida” maxsus normativ-huquqiy hujjat loyihasini

ishlab chiqish;

Umumiy foydalaniladigan yerlar obyektlarini (bozor, park, kutubxona, maydon va

boshqalar) funktsional tasnif asosida 5–6 asosiy toifaga ajratish (ijtimoiy, madaniy,
sport, savdo, tarixiy);

Har bir umumiy foydalaniladigan yerlar obyekti uchun yagona kadastr raqamini berish

va huquqiy subyektni (masalan, mahalliy hokimiyat, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot)
majburiy belgilash;

Ushbu ma’lumotlarni davlat kadastr tizimi bilan integratsiyalash.
Umumiy foydalaniladigan yerlar obyektlari holatini baholash uchun avtomatlashtirilgan

monitoring tizimi yaratish taklif etiladi. Uning asosiy komponentlari quyidagilar bo‘lishi kerak:

Sentinel-2 va PlanetScope kabi sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari orqali vegetatsiya indeksi,

yer sathi o‘zgarishlari va ekspluatatsiya intensivligini aniqlash;

Mobil ilova interfeysi orqali joyidan holat baholashni amalga oshirish (foto, GPS

koordinatalar, xizmat ko‘rsatish sifati haqidagi fuqarolar fikrlari bilan birga);

Dashboard (monitoring paneli) orqali hokimiyat va kadastr tashkilotlariga real vaqtda

xulosa va tavsiyalar taqdim etish;


background image

143

Natijalarga asoslangan reyting va audit tizimini joriy qilish.
Barcha umumiy foydalaniladigan yerlar obyektlarining raqamli geoma’lumotlar bazasini

yaratish va mavjud hujjatlarni zamonaviy standartlar asosida rejevid izchillikda yangilash
lozim. Quyidagi chora-tadbirlar taklif qilinadi:

Har bir umumiy foydalaniladigan yerlar obyekti uchun 1:500 yoki 1:1000 masshtabda GIS

xaritalar yaratish va atributiv ma’lumotlar (nomi, maydoni, mas’ul tashkiloti,
foydalanish shakli) bilan to‘ldirish;

Kadastr agentligi bilan hamkorlikda reja-jadval asosida joyida tekshiruv va geodezik

aniqlashtirish ishlarini o‘tkazish;

Umumiy foydalaniladigan yerlar geoportali orqali barcha yangilangan ma’lumotlarni

interaktiv xarita ko‘rinishida jamoatchilik uchun ochiq qilish;

Buxoro shahri uchun pilot loyiha sifatida start berish va keyinchalik viloyatlar bo‘yicha

kengaytirish.

Yuqorida keltirilgan muammolar va ularga nisbatan taklif etilgan yechimlar asosida

umumiy foydalaniladigan yerlar boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi asosiy ilmiy
xulosalarni ilgari surish mumkin.

Xulosa.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, umumiy foydalaniladigan yerlar

shahar infratuzilmasining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, ularning huquqiy maqomini aniqlashtirish,
zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring tizimini joriy etish va geoma’lumotlarni
yangilash orqali ushbu resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin. Ayniqsa,
Buxoro shahrida olib borilgan tahlillar umumiy foydalaniladigan yerlar obyektlarining
aksariyati eskirgan hujjatlar bilan rasmiylashtirilganini, ular bo‘yicha doimiy monitoring
yuritilmasligini va huquqiy-subyekt jihatdan noaniqliklar mavjudligini tasdiqladi.

Shu munosabat bilan quyidagilar muhim deb topildi:

Umumiy foydalaniladigan yerlarning huquqiy maqomini aniq belgilash, ularni toifalash va

davlat kadastri tizimiga rasmiy ravishda kiritish;

GIS texnologiyalar, masofaviy zondlash va mobil ilovalar orqali real vaqtda

avtomatlashtirilgan monitoring tizimini yaratish;

Umumiy foydalaniladigan yerlar obyektlarining raqamli xaritalarini ishlab chiqish,

atributiv ma’lumotlarni yangilash va jamoatchilik uchun ochiq geoportal tashkil etish;

“Umumiy foydalaniladigan yerlar to‘g‘risida” alohida qonuniy asoslarni shakllantirish

orqali boshqaruvning institutsional asoslarini mustahkamlash.

Ushbu takliflarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi nafaqat umumiy

foydalaniladigan yerlarning saqlanishi va rivojlanishini ta’minlaydi, balki aholi farovonligi,
ekologik barqarorlik va shahar boshqaruvining raqamli transformatsiyasiga ham bevosita
xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2000. – 96 b.

2.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni, 2007-yil 15-iyun.

Toshkent: Adolat, 2007. - 28 b.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-maydagi PQ-4326-sonli qarori. “Yer


background image

144

resurslaridan foydalanish va boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”.
4.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligi ma’lumotlari. -

Rasmiy hisobot, 2023-yil.
5.

Raxmatov Sh. Yer resurslaridan umumiy foydalanishdagi yerlarni boshqarishning

huquqiy asoslari. // Kadastr va Geoinformatika. - 2022. - №2. -B.41-46.
6.

GOST R 57634–2017. Yer uchastkalarining fazoviy ma’lumotlar bazasi. - Moskva:

Standartinform, 2017.
7.

Ibrahimov I., Ashurov D. Zamonaviy GAT texnologiyalaridan foydalanish asosida yer

monitoringini yuritish. // Ilmiy-texnik axborotlar jurnali. - 2021. - №4. - B. 56–63.
8.

Crawford M. Urban Commons and the Digital City. - Springer, 2018. – 245 p.

9.

Bryant J. Public Space Law and Urban Governance. - Oxford: Oxford University Press,

2021. – 278 p.
10.

O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi. -Toshkent: Adolat, 2013 -112 b.

11.

UN-Habitat. Global Public Space Toolkit: From Global Principles to Local Policies and

Practice. - Nairobi: UN-Habitat, 2015. - 112 p.
12.

Madanipour A. Public and Private Spaces of the City. - London: Routledge, 2003. - 208 p.

13.

Carmona M., Tiesdell S., Heath T., Oc T. Public Places, Urban Spaces: The Dimensions of

Urban Design. - Oxford: Architectural Press, 2010. – 320 p.
14.

Bryant, J. Public Space Law and Urban Governance / J. Bryant. – Oxford: Oxford University

Press, 2021. – 278 p.
15.

UN-Habitat. Global Public Space Toolkit: From Global Principles to Local Policies and

Practice. – Nairobi: UN-Habitat, 2015. – 112 p.
16.

Carmona, M. Public Places, Urban Spaces: The Dimensions of Urban Design / M. Carmona,

T. Heath, S. Tiesdell, T. Oc. – Oxford: Architectural Press, 2010. – 320 p.
17.

Madanipour, A. Public and Private Spaces of the City / A. Madanipour. – London:

Routledge, 2003. – 208 p.
18.

Ш.А.Файзиев, Муниципальное управление земельными ресурсами / Ш.А.Файзиев. –

Ташкент: Университет, 2020. – 176 с.
19.

OECD. Land Use Governance and the Role of Law: Regulatory Frameworks for Public

Space. – Paris: OECD Publishing, 2020. – 160 p.
20.

World Bank. Urban Land Use and Institutional Reform. – Washington, D.C.: World Bank

Group, 2018. – 138 p.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2000. – 96 b.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni, 2007-yil 15-iyun. Toshkent: Adolat, 2007. - 28 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-maydagi PQ-4326-sonli qarori. “Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligi ma’lumotlari. - Rasmiy hisobot, 2023-yil.

Raxmatov Sh. Yer resurslaridan umumiy foydalanishdagi yerlarni boshqarishning huquqiy asoslari. // Kadastr va Geoinformatika. - 2022. - №2. -B.41-46.

GOST R 57634–2017. Yer uchastkalarining fazoviy ma’lumotlar bazasi. - Moskva: Standartinform, 2017.

Ibrahimov I., Ashurov D. Zamonaviy GAT texnologiyalaridan foydalanish asosida yer monitoringini yuritish. // Ilmiy-texnik axborotlar jurnali. - 2021. - №4. - B. 56–63.

Crawford M. Urban Commons and the Digital City. - Springer, 2018. – 245 p.

Bryant J. Public Space Law and Urban Governance. - Oxford: Oxford University Press, 2021. – 278 p.

O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi. -Toshkent: Adolat, 2013 -112 b.

UN-Habitat. Global Public Space Toolkit: From Global Principles to Local Policies and Practice. - Nairobi: UN-Habitat, 2015. - 112 p.

Madanipour A. Public and Private Spaces of the City. - London: Routledge, 2003. - 208 p.

Carmona M., Tiesdell S., Heath T., Oc T. Public Places, Urban Spaces: The Dimensions of Urban Design. - Oxford: Architectural Press, 2010. – 320 p.

Bryant, J. Public Space Law and Urban Governance / J. Bryant. – Oxford: Oxford University Press, 2021. – 278 p.

UN-Habitat. Global Public Space Toolkit: From Global Principles to Local Policies and Practice. – Nairobi: UN-Habitat, 2015. – 112 p.

Carmona, M. Public Places, Urban Spaces: The Dimensions of Urban Design / M. Carmona, T. Heath, S. Tiesdell, T. Oc. – Oxford: Architectural Press, 2010. – 320 p.

Madanipour, A. Public and Private Spaces of the City / A. Madanipour. – London: Routledge, 2003. – 208 p.

Ш.А.Файзиев, Муниципальное управление земельными ресурсами / Ш.А.Файзиев. – Ташкент: Университет, 2020. – 176 с.

OECD. Land Use Governance and the Role of Law: Regulatory Frameworks for Public Space. – Paris: OECD Publishing, 2020. – 160 p.

World Bank. Urban Land Use and Institutional Reform. – Washington, D.C.: World Bank Group, 2018. – 138 p.