Авторы

  • Rayhona Ruzmurodova
    Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi
  • X. Abdullayev
    Ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.45326

Ключевые слова:

kompozitsiya syujet ramz timsol qoliplash obraz peyzaj portret.

Аннотация

Ushbu maqolada "Musulmon" hikoyasidagi ikki inson xarakteri:biri hayotga yaxshi va yomon koʻz bilan boqadigan, faqat oʻzini ishini maqullaydigan, foyda uchun ish koʻradigan boʻlsa, boshqasi har bir narsadan yaxshilik izlaydigan ochiq koʻngil inson obazi kontrast usulda tahlil qilinadi  shuningdek syujet va voqealar tizimining oʻrni haqida mushoxada  yuritidi.


background image

4

ULUGʻBEK HAMDAMNING “MUSULMON” HIKOYASIDA QAHRAMON

PSEXOLOGIYASI

Ruzmurodova Rayhona

Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat universiteti

Oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi

X.Abdullayev

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.11399704

Annotatsiya:

Ushbu maqolada "Musulmon" hikoyasidagi ikki inson xarakteri:biri hayotga

yaxshi va yomon koʻz bilan boqadigan, faqat oʻzini ishini maqullaydigan, foyda uchun ish
koʻradigan boʻlsa, boshqasi har bir narsadan yaxshilik izlaydigan ochiq koʻngil inson obazi
kontrast usulda tahlil qilinadi shuningdek syujet va voqealar tizimining oʻrni haqida
mushoxada yuritidi.

Kalit soʻzlar:

kompozitsiya, syujet, ramz, timsol, qoliplash, obraz, peyzaj, portret.


Hikoya ekspozitsiyasidan boshlanadi.Hikoya epigrafidan gʻoyasi oydinlashadi. Hikoya
koʻklam tabiatini tasvirlash va ikki qushchani daraxt shoxlariga uchib kelib qoʻnishi peyzaji
bilan boshlanadi. Peyzaj oʻzi nima? Peyzaj soʻzi fransuzcha soʻzdan olingan boʻlib "tabiat"
"jonsiz narsalarni tasvirlash" degan maʼnolarni anglatadi.[1] Hikoyadagi qushlar asar
soʻngigacha ishtirok etadi. Qushlarni ramziy timsol misolida qarashimiz mumkin. Nega
qushlarga ramziy timsol maʼnosida qarash kerak?, ular nimaga ishora qiladi?
Bir hovlida Hasan va Husan birgalikda istiqomat qiladi. Ular madrasada taʼlim olishib diniy
bilim olishadi. Ikki aka-uka egizaklar lekin, ikki xil dunyo, ikki xil xarakter.Yozuvchi
qahramonlar portretini quydagicha tasvirlaydi: Hasan koʻp aql oʻrgatadigan oʻzini gapini
maʼqullab boshqalarni eshitmaydigan, faqat savob uchun namoz oʻqiydigan, xuddiki jannatga
yoʻllanmasi bor insondek oʻzini tutadigan, yordam qoʻlini choʻzmaydigan xudbin obrazi
gavdalantirilgan.Husan esa, uning aksi boʻlib, koʻproq tabiat bilan suhbat quradigan, kuni
bilan derazadan qarab daraxt shoxlariga qoʻngan qushlarni tomosha qilib oʻtiradigan,
janjallarga hoxishi yoʻq, hech kimdan yordam qoʻlini ayamaydigan kishi obrazidir. Hasan
Husan bilan koʻp tortishadi " Boʻsh vaqtingni qushlarni kuzatish bilan oʻtkizgincha nomozni
kechiktirma"[2]-deb xitop qiladi. Koʻrinib turibdiki qahramon har bir vaqtini ibodatga
sarflaydi. Husan unga faqat ibodatni bahona qilishi, biror yordam kerak boʻlsa "Avval ibodat
keyin madad" degan gapida Hasanning ishga boʻlgan layoqatsizligi kimgadir yordam qoʻlini
choʻzmasligi qahramon xarakteridan anglashildi. Aka-uka yashaydigan uyga qoʻshnisi Hasan
va Husanni otasi kasalligi haqida xabar berib ularni ogohlantiradi. Husan darrov yoʻlga
tushishni aytsa, Hasan shoshilmay borish kerakligi haqida aytadi.
Yozuvchi " Musulmon" hikoyasida qoliplash usulidan foydalangan. Qoliplash oʻzi nima?
Qoliplash bu -hikoya ichida hikoya soʻzlash. Qoliplash yaʼni biror asarda biror gapni yoki
soʻzini isbotlash uchun, qahramon oʻzining fikrini yetkizib berish uchun hikoya ichida hikoya
soʻzlab beradi. Albatta, muallif tomonidan qahramon nutqida bayon etiladi. "Musulmon"
hikoyasida ham qoliplash qoʻllanilgan. Hasan Husanga nomozni vaqtida oʻqish kerakligini
uqtirib shunday deydi: -" Sen bormagan kuning Abdumaʼruf aytgandila- bu bir kuni
aeroportda bir kishi nomoz oʻqiyman deb pastga tushib nomozini oʻqiyotganda samolyot
uchib ketibdi.U samolyotdan qolib ketibdi, ertasi kuni u samolyot qulagani barcha nobut


background image

5

boʻlganligi haqida xabarni eshitib suyunibdi. Ana koʻrdingmi namozni qudrati bu..." Husan
jiddiy turib rost gapni aytadi: " Sen hamma narsani namozga mengzayverma ajali yetgan bu
dunyoni tark etaveradi u samolyotning ichida boshqa nomozxonlar, yosh bolalar, keksalar
yoʻq deb, oʻylaysanmi albatta bor.Shularni oʻylamadingmi?" Shu gapiga isbot tariqasida Husan
bir hikoya keltiradi: Bir tadbirkor, ish bilarmon kishi chet elga bormoqchi boʻlgan ekan, onasi
qattiq qarshilik bildirib yuragi gʻashligini aytib oʻgʻlini aeroportdan olib qolibdi.Oʻgʻli noiloj
xonasiga kirib yotibdi. Onasi koʻngli xotirjam boʻlib televizorni yoqsa yangiliklarda oʻgʻli
uchmoqchi boʻlgan samolyot portlab ketgani haqida xabarni eshitibdi.Yugurib borib oʻgʻliga
oʻgʻlim aytgandimku yuragim gʻash deb sen uchmoqchi boʻlgan samolyot... Onani gapi
boʻgʻzida qolibdi. Bolasi pastda joni chiqib holsiz yotardi..." Husan oʻzini gapiga shu uslubda
javob qaytarib toʻldiradi. Darhaqiqat inson qachon qaysi vaqtda bu dunyodan koʻz yumishini
bilmaydi. Kelajak yoʻq, ertaga nima boʻlishini hech kim bilmaydi. Faqat bugun bor, bugun bilan
yashagan idoimnson har ham koʻp narsalarga ega boʻladi. Hikoyada keltirilgan hikoyalar ham
qahramon tilidan toʻgʻri bayon qilingan. Masjid imomi Joʻnayd domla ham bir qancha hikoya
aytib berad.
Qahramonlarimiz otasini oldiga Toshkentga borishganda shifokorlar otasini qon bosmi
koʻtarilganini aytishadi. Onasi ham keksa yoshga borgan boʻlsada tinmasligini, oʻzini sogʻligʻiga
oʻzi qaramasligini aytadi. Aka uka otasi tuzalguncha qolib soʻngra madrasasiga qaytgach juma
nomoziga tayyorgarlik koʻrishadi. Hasan Husanni koʻp undasada Husanni koʻzlari hech bir
qushga oʻxshamas antiqa qushlarni izlaydi. Xoʻsh, Husanga nega buncha qushlar yoqib qoldi,
bu qushlarni nimasi oʻziga bunchalik tortar edi buni oʻzi ham bilmasdi. Juma nomoziga
borguncha ham qushlar Hasan va Husanga hamroh boʻlib uchishdi. Ular hatto Toshkentga
ham aka-ukalarga hamroh boʻlib borishgan edi. Masjidga kirganida hamma yigʻilgan edi.
Hasan iloji boricha oldinroqqa borishga harakat qilgandi.Ikki aka-uka oʻrtasiga bir kishi kelib
oʻtirganda Joʻnayd domla maʼruzasini boshlaydi. Shunda kechroq kelib oʻtirgan kishi bezovta
boʻlib oxiri oyogʻini oldinga uzatib " xudoga shukur" deydi shu payt yuqoridan shiftni bezagi
sifatida qilingan ganj boʻlagi tushganda Husan xavotir olib u insonni hol-ahvolini soʻraydi.
Hasan esa hech narsa boʻlgani yoʻq hammasi joyida deb atrofdagilarni tinchlantiradi. Husan
yordam berish kerakligini Hasanga aytib bazur uni oʻrnidan qoʻzgʻatadi Hasan istar-istamas
unga yordamlashib tashqariga olib chiqadi. U kishi siz boravering men sababli nomozdan
qolmang, degan sari Hasan tezroq boʻl, ketdik deya xitob qiladi. Shunda Husanni jahli chiqib u
insonga yordam berishi kerakligi ahvoli ogʻirligʻini aytadi.Hasan boʻlsa yigirma yetti savobdan
quruq qolamanmi deb darvoza tomonga qarab yurganda daraxt shoxida turgan qushlar
goʻyoki ketma degandek uning atrofida aylanadi. Husan Hasanning orqasidan:
- Sen faqat joynomozda musulmonsan moʻminsan tashqarida esa unuman aksisan Hasan deya
achchiq gapirib qoladi. Hasan ortiga qaramay yugurib ketadi.Husan yarador kishiga yordam
beradi, taksi toʻxtatib oʻzi bilan birgalikda shifoxonaga olib boradi.
Daraxt shoxiga qoʻngan qushlar gullagan shoxani gullarini har qoʻnganda ozroq toʻksa bu safar
daraxtdagi barcha gullarni toʻkadi, tugatadi.
Maqolamiz boshida qushlarni ramziy timsolligi haqaida gaprib oʻtkandik biz qushlarni
"imon"deb tasvirlaymiz. Qushlarni imonning timsoli deb bilamiz. "Musulmon" hikoyasida asl
gʻoya shunday, inson faqat namoz oʻqib besh vaqt namozni ado etib musulmon boʻlib
qolmaydi. Asli musulmonlik asli imon bu insonning sof qalbi boʻladi. Yon-atrofdagi kishilarga
qoʻlidan kelgancha yordam qoʻlini choʻzadi, hayrli ehson qiladi faqat oʻzini emas, balki


background image

6

tabiatni, insonlarni sevadi. Mana shunday insonlar haqiqiy moʻmin haqiqiy musulmon boʻladi.
Hasanni imoni gullagan daraxt boʻlsa oʻsha daraxt gullari toʻkilishiga oʻzi sababchi boʻldi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak inson doimo qalbida imonni mustahkam saqlashi bilan birga,
oʻziga yaqin boʻlgan kishilarga balki, atrofdagi kishilarga ham yordam qoʻlini choʻzishi lozim.
Bahovuddin Naqshband aytganlaridek " Dilba yor-u dastba kor" yaʼni qalbing Allohda, qoʻling
mehnatda boʻlsin. Inson doimo Alloh taoloni zikr qilib, qoʻli mehnatda boʻlsa, insonlarga mehr-
oqibatli boʻlib yordam bersa, nafaqat oʻzinig hayotini balki, boshqalarni ham hayotini
goʻzallashtirishga oʻz hissasini qoʻshgan boʻladi.

References:

1.

Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” “Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent

2005.
2.

T.Boboyev "Adabiyot asoslari" T: "Oʻzbekiston" 2001.

3.

U.Hamdamov "Musulmon " hikoyasi "Yoshlik" 2010.

Библиографические ссылки

Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” “Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent 2005.

T.Boboyev "Adabiyot asoslari" T: "Oʻzbekiston" 2001.

U.Hamdamov "Musulmon " hikoyasi "Yoshlik" 2010.