76
UCHTILLILIKDA TAFOVUQLARNI ANIQLASHTIRISH YORDAMIDA NUTQNI
RIVOJLANTIRISH
Ismoilova Shodiya Xusanboy qizi
FarDU tayanch doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13162610
Nemis tilidan keyin ingliz tilini o‘rganish jarayoni uchun maxsus qism bu albatta ikki til
o‘rtasidagi aniq tovush farqlarni ajratib olish va aynan ana shu muammoli tovushlar ustida
shug‘ullanish nutqdagi interferensiv holatlarga yuzma-yuz kelish va yengish demakdir. Bu
texnikani 2 qismga ajratish mumkin:
1)
Nemis tilida mavjud bo‘lmagan lekin ingliz tilida mavjud va talabalar uchun yangi
hisoblangan tovushlar ustida ishlash
2)
Nemis tilida ham ingliz tilida ham mavjud lekin talaffuzda farq qiluvchi tovushlar ustida
ishlash
Bu texnikani ilk darslarda qo‘llash nutqda interferensiv kompetentlikni shakillantirishda
katta yordam beradi. Sababi tillar o‘rtasidagi aniq farq ajratib alohida shakilda ko‘rsatiladi va
natijada xatoliklar, nutq buzilishlari va tallafuzdagi qiyinchiliklar avvaldan bartaraf etiladi.
Shuning uchun ham buni talabalar hatto bironta lug‘at yodlamasdan turib amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir. Lekin shuni ham yodda tutish lozimki, ingliz tili nemis xalqiga ikkinchi
til sifatida o‘rgatilgandan ko‘ra, o‘zbek xalqiga uchinchi til sifatida o‘qitilganda, ayniqsa nutq
va talaffuz masalasida, ancha oson va qulaydir. Sababi birinchi til nutq apparati holati ikkala
tilga ham juda muvofiq va moslashuvchan. Ya’ni, ayrim nemislar eplay olmaydigan
talaffuzlarni ham bizning talabalar bemalol chiqara olishadi. Bu yerda asosiy masala, shuning
uchun ham, interferensiyani oldini olish, talabalarda tillararo kompetentlikni
shakillantirishdir.
1
Birinchi holatga ko‘ra nemis tili vakillari uchun yod tovushlar: /θ/, /ð/, /w/, / «ɜ»:/, /æ/
“word”, “her”, “weird”, “those”, “think”, breath”, “sad” kabi so‘zlardagi yuqorida
ko‘rsatilgan talaffuzlari nemis tilida umuman mavjud emas va nemis tilini puxta o‘zlashtirgan
talabalar uchun ham shunday so‘zlarni talaffuz qilish anchagina qiyin tuyulishi tabiiy.
Ikkinchi holatga ko‘ra ayrim tovushlar va ularning qonuniyatlari bbirxil bo‘lishiga
qaramat orfoepik xilma-xilligi mavjud. Masalan “l” ikkala tilda ham teng ravishda bir xil
fonetik birlik. Lekin nutq tarkibida ularni ikki til vakillarining biroz farqli talaffuziga guvohi
bo‘lishimiz mumkin. “telephone” so‘zidagi “l” talaffuzi ingliz tilida tillarning old-ustki tishlarga
tegib qattiqroq talaffuz qilinsa, aynan shu so‘z nemis tilida “Telefon” bo‘lib undagi “l” tovushi
tilning tag‘nayga tegib yumshoq tarzda ifodalanadi. Yoki “r”, “s”, “d” tovushlari ham shu
kabilardir.
Bu kabi jiddiy farqlar ustida ishlash esa oson bo‘lmaydi. Lekin nemis tilini uchunchi til
ekanligini inobatga olsak, birinchi til imkoniyatimiz albatta bu masalani hal qila oladi. Buning
uchun nemis va endigina o‘rganilayotgan ingliz tili talaffuzining shunday farqlarini ajratib,
ikki til xususiyatini yorqin farqlashning eng zo‘r usuli bu “cognate”lar bilan ishlashdir. Ya’ni,
ikkala tilda mavjud yozilishi ham, talaffuzi ham yaqin yoki bir xil so‘zlar saralanib, ularning
surati kichik kartochkalar shaklida tayyorlanadi. Masalan, kompyuter surati talabalarga
ko‘rsatiladi va uning avval nemischa tarjimasi va talaffuzi so‘raladi. So‘ngra talabalar ana o‘sha
1
https://www.youtube.com/watch?v=8Q57FRfFlnQ
shu kabi videodarslar orqali yuqorida ta’kidlangan holatni isbotini
toppish mumkin va talabalar imkoniyatlari ongiy ravishda kengayishiga erishilishi mumkin.
77
so‘zni inglizcha talaffuzda o‘qishadi. Talabalar suratdagi so‘z tarjimasini bilmasligi ham
mumkin va bu darsni yanada qizi va emotsional qiladi. Aynan nemis tilidagi tarjimani
inglizcha tabiatda o‘qib ko‘rgan talaba tarjimasi ham aynan o‘sha so‘zligini bilgach unda
mashg‘ulotni davom ettirishga qiziqish uyg‘onadi va talaffuz ustida ishlash bilan birgalikda
so‘z boyligini ham oshirib boradi.
References:
1.
Hammarberg, B. and Williams, S. 2009. A study of third language acquisition. In
Processes in Third Language Acquisition, B. Hammarberg (ed.). Edinburgh: Edinburgh
University Press
2.
Horvatić Čajko, Irena Factors related to language transfer in L3 learning. 2012
3.
Ismoilova, S. (2023). TIL INTERFERENSIYASIGA OID TURLI TALQINLAR TAHLILI.
SCHOLAR, 1(34), 272-275.
4.
Ismoilova, S. X. (2023). QO ‘SHIMCHA CHET TILI O‘RGANISH JARAYONIDA ESKI
TAJRIBALARGA
TAYANISHNING
INTERFERENTIV
KOMPETENTLIKNI
SHAKILLANTIRISHDAGI AHAMIYATI. Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi,
(10), 770-777.
5.
Khasinah, S. (2014). Factors influencing second language acquisition. Englisia: Journal of
Language, Education, and Humanities, 1(2).