50
SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI
OSHIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI
Xakimova Go‘zal Akbar qizi
Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12881192
Annotatsiya.
Ushbu maqolada innovatsiyalar samaradorligini baholashning umumiy
iqtisodiy tamoyili bo‘lib, undan olingan samara (natija) va harajatlarni solishtirish hisoblanadi.
Harajatlar bilan natijalarni solishtirishga asoslangan innovatsiyalar samaradorligini hisoblash
usuli innovatsiyalarning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qarorlarni qabul qilishni nazarda
tutadi.
Kalit so‘zlar:
integral samara, innovatsiyalar rentabelligi, harajatlarni qoplash, ishlab
chiqarish, innovatsion faoliyat, korxonalar, moliyaviy barqarorlik.
Annotatsiya.
В данной статье общим экономическим принципом оценки
эффективности инновации является сравнение эффекта (результата) и затрат,
полученных от него. Метод расчета эффективности инноваций, основанный на
сравнении затрат и результатов, предполагает принятие решения о целесообразности
инноваций.
Ключевые слова:
комплексная эффективность, инновационная рентабельность,
окупаемость затрат, производство, инновационная деятельность, предприятия,
финансовая устойчивость.
Abstract.
In this article, the general economic principle of evaluating the effectiveness of
innovation is the comparison of the effect (result) and costs obtained from it. The method of
calculating the effectiveness of innovations, based on the comparison of costs and results,
involves making decisions about the appropriateness of innovations.
Key words:
integrated efficiency, innovation profitability, cost recovery, production,
innovative activity, enterprises, financial stability.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda iqdisodiy rivojlanishning an’anaviy resurslarga
asoslangan modelining yagona muqobil varianti bo‘lib, insonlarning intellektual salohiyatidan
samarali foydalanishga yo‘naltirilgan innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirish
strategiyasi hisoblanadi. Bunda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va
istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda fan sig‘imi yuqori bo‘lgan tarmoqdarni
rivojlantirish, jahondagi globallashuv jarayonlar ta’sirini har tomonlama hisobga olish,
iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirish va
ularni izchil amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Hozirgi vaqtda jahonning yetakchi davlatlari taraqqiyoti uchun sanoat rivojlanishidan
keyingi bosqich xos bo‘lib, bu bosqichda iqtisodiy o‘sish omillarining roli va o‘rni o‘zgarmoqda.
An’anaviy hisoblangan uch omilga, mehnat, yer va kapitalga fan-texnika taraqqiyoti omili ham
qo‘shildi. Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi muhim resurslari hisoblangan axborotlar va
bilimlar alohida ahamiyat kasb etib, bunda inson salohiyati hal qiluvchi rolga ega bo‘ldi.
Jahonda globallashuv jarayonining chuqurlashuvi va ilmni ko‘p talab qiluvchi
texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishning ustuvor rivojlanishi har qanday
mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va turmush sifati oshishining zaruriy sharti innovatsion faollik
bilan belgilanadi. Innovatsion faollik, o‘z navbatida, davlatning iqtisodiy va ilmiy-texnik
51
imkoniyatlari, uning innovatsiyaga oid siyosati va salohiyati, shuningdek, jamiyatning ma’naviy
holatiga bog‘liq.
Innovatsiya faoliyati umumiy boshqarishning mustaqil yo‘nalishi sifatida XX asrning 10-
20 yillarida ajralib chiqdi. Bu davr tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning texnologik
va texnik bazasi vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Dunyoda global umumjahon bozori vujudga
keldi. Ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibida yangi ilmiy tadqiqotlar natijasida ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning ulushi oshib bordi. Texnik jihozlar ko‘pgina modellarining (radio-telejihozlar,
hisoblash mashinalari, avtomobillar va x.k) hayot davri qisqardi.
Iqtisodiyotda innovatsion faoliyat fan-texnika taraqqiyot yo‘nalishlari, ijodiy va amaliy
ishlanmalar hamda tadqiqot natijalarini bevosita amaliyotga joriy qilishga yo‘naltirilgan
jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Modomiki, «innovatsiya» kategoriyasining mohiyati ijtimoiy-
iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv va texnologik jihatdan ancha keng tushunchadir. Innovatsion
faoliyat va yo‘nalishlar sohasi keng ko‘lamli bo‘lib, nafaqat ilmiy-texnikaviy, texnologik
yangiliklar va ishlanmalardan amaliyotda foydalanishni o‘z ichiga olmasdan, balki ishlab
chiqarilgan tovar- mahsulot, mehnat jarayoni, marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish hamda
boshqaruv jarayonidagi o‘zgarishlarni ham qamrab oladi.
Ilmiy adabiyotlarda “innovatsiya” terminiga ko‘plab turlicha ta’riflar keltirilgan va keng
yoritilgan hamda ushbu hodisa bilan bog‘liq jarayonlarning ko‘p xususiyatli turkumlanishi
taklif etilgan bo‘lsa-da, lekin ushbu sohaning umumiy atamashunosligi va tasniflanishida
umumiy yondashuv mavjud emas.
Mavjud adabiyotlarda “innovatsiya” kategoriyasining mohiyati ilmiy nazariy jihatdan
atroflicha talqin qilingan bo‘lib, bu jarayon bilan bog‘liq turli xil tavsifdagi jarayonlar izohi
keltirilgan. Ular quyidagilardan iborat (1-jadval).
1-jadval
“Innovatsiya” kategoriyasini aniqlash terminlari tavsifi
Mualliflar
“Innovatsiya” kategoriyasining aniqlanishi
I.Shumpeter
Innovatsiya - tadbirkorlik rudi bilan motivatsiyalashgan ishlab chiqarish
omillarining o‘zgarishi (yangi kombinatsiyalar). Maqsadi - yangi
ko‘rinishdagi tovarlarni joriy etish va foydalanish, ishlab chiqarishning
yangi usul va uslublari, xom ashyoning yangi manbalari, yangi bozorlarni
o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllari.
B.Santo
Innovatsiya - ijtimoiy-iqtisodiy jarayon. Bunda goyalar va ixtirolardan
amaliy foydalanish orqali o‘z xususiyatlari bo‘yicha eng yaxshi
mahsulotlar, texnologiyalar yaratishga olib keladi va agarda innovatsiya
iqtisodiy samara, foydaga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning bozorda paydo
bo‘lishi qo‘shimcha daromad olib kelishi mumkin.
K.Nayt
Innovatsiya - bu tashkilot yoki uni bevosita qamrab olgan muhitga
munosabat bo‘yicha u yoki bu yangisini joriy etishdir.
X.Barnet
Innovatsiyaga «har qanday goya, faoliyat yoki moddiy natija» tegishli, u
mavjud shakldan o‘zining sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha farqida yangi
hisoblanadi.
52
A.I.Prigojiy
Yangiliklar boshqa ob’ektlarda tug‘ilish, o‘zlashtirish, diffuziya
bosqichlariga texnologiyalar, texnika, boshqaruvning rivojlanishiga olib
keladi.
B.Tviss
Innovatsiya - jarayon bo‘lib, ixtirolar va yangi g‘oyalar iqtisodiy
mazmunga ega bo‘ladi.
P.N.Zavlin,
A.K.Kazantsev,
L.E.Mindeli
Innovatsiya - faoliyat jarayoni yoki uning natijalarini takomillashtirishga
yo‘naltirilgan u yoki bu ijtimoiy sohada intellektual (ilmiy-texnik)
natijalaridan foydalanish.
Fraskati
Radbariyati
Innovatsiya - bu amaliy faoliyat yoxud ijtimoiy xizmatlarga yangicha
yondashuv asosida foydalaniladigan yangi va takomillashgan texnologik
jarayon hamda yangi va takomillashgan ko‘rinishda bozorda realizatsiya
qilinadigan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasidir.
R.A.Fatxutdinov
Innovatsiya - iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik va boshqa
ko‘rinishda samara olish va boshqarish ob’ektini o‘zgartirish maqsadida
yangiliklarni joriy etishning yakuniy natijasidir.
F.F.Bezdudniy,
G.A.Smirnova,
O.D.Nechaeva
Innovatsiya - bozorda mavjud talabni qondirish imkonini beruvchi va
iqtisodiy samara keltiradigan har qanday hayot sohasi va inson
faoliyatida yangi g‘oyalarni realizatsiya qilish jarayonidir.
S.V.Ildemenov,
A.S.Ildemenov,
A.P.Vorobev
Innovatsiya - korxona faoliyatining samaradorligini oshirish imkonini
beruvchi yangi g‘oyalarni yaratish va ulardan foydalanishni
ommalashtirishning kompleks jarayoni rivojlanishidir.
A.I.Anish,
A.A.Dagaev
Innovatsiya - yangi ilmiy-texnik (texnologik), tashkiliy-iqtisodiy, ishlab
chiqarish yoki boshqa qarorlarni dastlab amaliy qo‘llashdir.
V.G.Zinov
Innovatsiya - yangi iste’mol qiymat ko‘rinishida ijodiy jarayonlar
natijasidir.
P.N.Mashegov
innovatsiya keng ma’noda - maqsadga yo‘naltirilgan natija
hisoblanuvchi qandaydir ijobiy o‘zgarish;
innovatsiya nisbiy shakllanish darajasida tizim shakllanishining
ichki va tashqi samaradorligi oshishini ta’minlovchi alohida tizim-
o‘zgarishidir;
innovatsiya shaxs darajasida - jamiyat talab etadigan intellektual
faoliyat natijasidir.
Innovatsion
menejment
Innovatsiya (yangilik) yangi ilmiy-texnik (texnologik), tashkiliy-
iqtisodiy, amaliy va boshqa qarorlarni dastlab amaliy joriy etish sifatida
tasniflanadi.
“Innovatsiya” tushunchasini iqtisodiy kategoriya sifatida dastlabki tadqiqotini amalga
oshirgan iqtisodchi olim Yozef Aloiz Shumpeter bo‘lib, uning yondashuviga ko‘ra, “innovatsion
faoliyat - bu mahsulotni takomillashtirish yoki yangisini tayyorlashga intilish, yangi
texnologiyani joriy etish yoki sotishning yangi bozorlarini o‘zlashtirish, ta’minotning yangi
shakllari va yangi manbalarini egallash hamda mehnat va ishlab chiqarish jarayonini
optimallashtirishdir”.
53
Iqtisodiyotning transformatsiyalashishi sharoitida innovatsiya o‘zgarish jarayoni va
omilining muayyan funksiyasi bo‘lib hisoblanadi. Y.Shumpeter yondashuviga ko‘ra, innovatsiya
takomillashtirish jarayoni emas, balki ishlab chiqarish funksiyasining sezilarli darajada
almashtirilishi hisoblanib, mehnat va ishlab chiqarish vositalarining o‘zaro yangicha
birikishidir.
Aytish lozimki, Y.Shumpeterni avvalambor, innovatsiyalarni joriy etish natijasida uning
xo‘jalik faoliyatiga ta’siri qiziqtirgan va bu holat mavjud tayyor mahsulotga yangicha funksiyani
kiritish deb hisoblangan. Pirovardida foyda o‘rtacha ko‘rsatkichdan nisbatan yuqori darajani
tashkil etadi deyilgan. Y.Shumpeterning fikricha, innovatsiyalar qo‘llanilishi, eng avvalo,
mavjud ishlab chiqarish omillarining oshishini emas, balki mavjud omillardan samarali
foydalanishning yangi shart-sharoitlariga moslashtirilishini nazarda tutadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni jamlab aytish mumkinki, innovatsion faoliyat - innovatsion
g‘oya va ishlanmalarni tashkil etish, ishlab chiqarish sohasida ularning qo‘llanilishi va amalga
oshirilishini ta’minlovchi faoliyat.
Hozirgi vaqtda yuqori texnologiyalarga quyidagi iqtisodiy faoliyat ko‘rinishlari tegishli:
elektron va radio elektron sanoat, ofis jihozlari ishlab chiqarish va hisoblash texnikasi,
hisoblash va nazorat vositalari, farmatsevtika mahsulotlari va tibbiyot buyumlari, uchish
apparatlari.
Bilimlarga asoslangan yangi iqtisodiyot shakllanishiga yuqori darajada ta’sir ko‘rsatuvchi
va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi fan sig‘imi yuqori iqtisodiy faoliyat ko‘rinishlariga quyidagilar
kiradi: ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar.
References:
1.
“Ўзбекистон – 2030” Стратегияси тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси
Президентининг Фармони. – Халқ сўзи, 2023 йил 12 сентябрь.
2.
Шумпетер Й. Теория экономического развития. Капитализм, социализм и
демократия [Текст] / Й.Шумпетер: пер. с англ.; предисл. В.С. Автономова. - М.: ЭКСМО,
2007. - 864 с.
3.
Qutbiddinovich, S. I., & Abdulazizovich, X. U. B. (2023). GAAP ASOSIGA QO’YILGAN
MOLIYAVIY HISOB KONTSEPTSIYALARI.
Interpretation and researches
,
1
(3), 42-50.
4.
O'g'li, J. E. S., & Abdulazizovich, X. U. B. (2019). Profits of housekeeping and its
development.
Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR)
,
8
(4), 419-423.
5.
Xolmirzaev, U. B. A., & Madaliev, M. R. (2023). MOLIVIY HISOBOTLARNING QAYTA KO ‘RIB
CHIQILISHIDA XALQARO TALABLARGA RIOYA ETILISHI ZARURLIGI.
Educational research in
universal sciences
,
2
(3), 424-432.
6.
Khakimov, B. J., AIimov, B. B., Kholmirzayev, U. A., & Polechov, A. X. (2013). theory of
Economic Analysis.
Tashkent" economics-finance"—2013
.
7.
Xolmirzayev, U. A., & Xakimova, G. A. (2023). XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARDA
DEBITOR QARZLARINING AYLANISHI TAHLILIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR: XO’JALIK
YURITUVCHI SUB’EKTLARDA DEBITOR QARZLARINING AYLANISHI TAHLILIGA ZAMONAVIY
YONDASHUVLAR.
8.
Abdulazizovich, K. U. (2023). POSITIVE ASPECTS OF THE CASH METHOD IN SMALL
54
ENTERPRISES UNDER UNUSUAL CIRCUMSTANCES.
ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING &
MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071
,
12
(11), 38-47.
9.
Khakimov, J. B., & Kholmirzayev, A. U. (2021). Positive Aspects Of Cash Method In Small
Enterprises In The Context Of Pandemic.
Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry
,
12
(7).
10.
Холмирзаев, У. А. (2023). ДЕБИТОР ҚАРЗЛАРИНИ АЙЛАНИШИ ТАҲЛИЛИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
МАСАЛАЛАРИ:
ДЕБИТОР
ҚАРЗЛАРИНИ
АЙЛАНИШИ
ТАҲЛИЛИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ.
11.
Холмирзаев, У. А., & Самижонова, Ш. С. (2022). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОТРАЖЕНИЯ
ДЕНЕГ В БУХГАЛТЕРСКОМ БАЛАНСЕ.
Экономика и социум
, (5-2 (92)), 755-766.
12.
Холмирзаев, У. А., & Камолдинов, О. О. (2022). АСПЕКТЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ
ПРЕДСТАВЛЕНИЯ ИНФОРМАЦИИ О ДЕБИТОРСКОЙ ЗАДОЛЖЕННОСТИ ПО ОБОРОТНЫМ
СРЕДСТВАМ В БУХГАЛТЕРСКОМ БАЛАНСЕ.
Экономика и социум
, (5-2 (92)), 767-779.
13.
Abdulazizovich,
X.
U.
B.
(2024).
MOLIYAVIY
AKTIVLAR
TASNIFINI
TAKOMILLASHTIRISH.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
41
(2),
82-86.
14.
Xolmirzayev, U. B., & Ergashev, I. (2024). SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION
FAOLIYATNI BOSHQARISH TIZIMI.
Theoretical aspects in the formation of pedagogical
sciences
,
3
(5), 109-115.
15.
Abdulazizovich, X. U. B., & Abdullajanovich, U. T. (2024). SANOAT ISHLAB CHIQARISH
KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT YO ‘NALISHLARI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
41
(5), 17-21.
16.
Abdulazizovich, X. U. B. Moliyaviy aktivlar hisobini yuritishda xalqaro standartlar
qoidalarini qo’llash masalalari.
Ilmiy monografiya. Toshkent–2023
.
17.
Xolmirzayev, U. B., & Xakimova, G. Z. (2024). SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION
FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHNING MOLIYAVIY MEXANIZMI.
QO ‘QON UNIVERSITETI
XABARNOMASI
,
10
, 96-98.
18.
Abdulazizovich, X. U. B., & Muhabbat, N. (2024). INCREASING COMPETITIVENESS IN THE
COMMODITY MARKET IN INDUSTRIAL ENTERPRISES.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
42
(1), 197-206.
19.
Gulshirin, J., & Abdulazizovich, X. U. B. (2022, March). INCREASING THE EFFICIENCY OF
INVESTMENT IN THE DEVELOPMENT OF EXPORT DIVERSIFICATION IN THE REGION.
In
Conference Zone
(pp. 277-281).
20.
Abdulazizovich, K. U. B. (2023). Improvement Of Information About Accounts Receivable
In Current Assets In The Balance Sheet Based On International Standards.
Journal of Survey in
Fisheries Sciences
,
10
(2S), 2849-2859.
21.
Abdulazizovich, K. U. IMPROVING THE REFLECTION OF MONEY AND CASH EQUIVALENT
IN THE ACCOUNTING BALANCE.
Dear Academicians & Research Scholars
,
55
.
22.
Abdulazizovich, X. U. B. (2023). XALQARO QOIDALAR ASOSIDA QIMMATLI QOG'OZLAR
HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH.
23.
Abdulazizovich, K. U. (2022). Improving Methodological Approaches to Financial Asset
Accounting.
INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND
SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876
,
16
(4), 56-62.
55
24.
Холмирзаев, У. А. (2022). ҚИСҚА МУДДАТЛИ ҚИММАТЛИ ҚОҒОЗЛАРНИ АНАЛИТИК
ҲИСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ.
Архив научных исследований
,
2
(1).
25.
Khakimov, B., & Kholmirzayev, U. (2020). Improving Cash Accounting And Analysis On
The Basis Of International Experiences.
International Finance and Accounting
,
2020
(1), 18.