34
TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI
RIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR TIPOLOGIYASINING PEDAGOGIK
ASOSLARI
PEDAGOGICAL BASES FOR THE TYPOLOGY OF EXERCISES ON ENHANCING
STUDENTS’ COMMUNICATIVE COMPETENCE
Bazarbayeva Azizaxon Shokirovna
+998958333393
https://doi.org/10.5281/zenodo.12720582
Annotatsiya:
Ushbu maqolada talabalarning muloqotchanlik kompetensiyasini
rivojlantirishda samarador hisoblangan mashqlar hamda ularning pedagogic asoslari
yoritilgan.
Abstract:
In this article the typology of the effective exercises on developing students’
communicative competence and their pedagogical bases are presented.
Kalit so‘zlar:
Talabalar, kompetensiya, muloqotchanlik, mashqlar tipologiyasi.
Key words:
Students, competence, communicative competence, typology of exercises.
Ta’lim jarayonini insonparvarlik ruhida tashkil qilish har bir talabaning shaxsini va o‘quv
faoliyatini erkin ravishda shakllanishiga tegishli shart-sharoitlar yaratilishini taqozo qiladi.
Talabalar guruhi ichida, o‘qituvchi-talabalar o‘rtasida o‘rnatilgan samimiy, erkin munosabatlar,
quvnoq va shodon kayfiyat, o‘zaro hayrixohlik, beg‘araz yordam aynan ana shunday psixologik
omillardir. Bunday psixologik omillardan foydalanmaslik talabani xato qilib qo‘ysa, qattiq
tanqid eshitishidan qo‘rqadigan, yomon baho olsa, tengdoshlariga mazah bo‘lishdan
qo‘rqadigan, tortinchoq, o‘z fikrini aytishdan uyaladigan talaba qilib qo‘yadi. Tabiiyki, bunday
talabalarning nutqi ham yaxshi rivojlanmay qoladi. Talabalarning kommunikativ
kompetensiyasini rivojlanishiga yo‘naltirilgan kommunikativ ta’limda qo‘yidagi
psixologik
omillarga
asosiy e’tibor qaratiladi:
1.
Talabalarga muloqot jarayonida o‘z shaxsiy fikrlarini erkin ravishda ifodalash imkoniyati
beriladi;
2.
Muloqotning har bir ishtirokchisi o‘z suhbatdoshining(guruh a’zolarining) diqqat
e’tiborida bo‘ladi; Bunday muloqotda talabalarning noto‘g‘ri, qarama-qarshi va mantiqqa zid
fikrlari ham qo‘llab-quvvatlanadi.CHunki, bularning hammasi talabalarning mustaqil
fikrlayotganidan, faol o‘quv faoliyatiga kirishganidan dalolat beradi;
3.
Muloqot ishtirokchilari o‘zlarini tanqid qilishlaridan, xatolarga yo‘l qo‘yishliklaridan
cho‘chimaslikka o‘rganadilar;
4.
Muloqot topshirig‘ini juft bo‘lib yoki guruh bo‘lib bajarishda har bir talabaning individual
xususiyatlari, qobiliyati va o‘zlashtirish darajalari hisobga olinadi;
5.
Juftliklararo, guruhlararo munosabatlar samimiy, do‘stona yordam, o‘zaro bir-birlariga
hayrixohlik, bir-birini tushunish ruhida tashkil qilinadi;
6.
Muloqot jarayonida yo‘l qo‘yilgan til normalarining buzilishi, noto‘g‘ri talaffuzlar o‘sha
vaqtning o‘zidayoq to‘g‘rilanmaydi va gapirishdan to‘xtatib qo‘yilmaydi. Bunday xatolar
o‘qutuvchi tomonidan hisobga olib boriladi va ularni asta-sekinlik bilan bartaraf qilish choralari
35
ko‘riladi. Shunday qilib, o‘quv jarayonini insonparvarlik ruhida tashkil qilinishi salbiy ta’sir
etuvchi psixologik g‘ovlarning bartaraf etilishiga va talabalarning kommunikativ
kompetensiyasini shakllanishga olib keladi.
Ma’lumki, har qanday maqsad ehtiyoj tufayli paydo bo‘ladi. Metodik adabiyotlarda
ehtiyojni tahlil qilishda ta’lim sharoitidan kelib chiqib, obyektiv va subyektiv ehtiyojlar
farqlanadi
1
. Obyektiv ehtiyoj: a) bo‘lajak tarjimonlarning yoshga oid psixologik xususiyatlari,
qiziqishlari, chet til o‘rganish layoqatlari; b) kelgusi tarjimonlik faoliyatida nutq faoliyat
turlaridan egallanishi lozim bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikma darajalari; v) davlat va jamiyat
talabidan, ya’ni ijtimoiy buyurtmadan kelib chiqib, bo‘lajak tarjimonlarning chet tildan bilim,
malaka va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan dasturiy talablar haqidagi ma’lumotlar asosida
aniqlanadi.
Subyektiv ehtiyoj talabalarning: a) o‘rganilayotgan chet til va madaniyatiga
munosabatlari; b) chet til o‘rganish usulari va strategiyalari; v) qaysi nutq faoliyat turlari
(gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv)ni egallashga qiziqishlari haqidagi ma’lumotlar
asosida tahlil etiladi
2
. Obyektiv va subyektiv ehtiyojlar haqidagi tahliliy ma’lumotlar asosida
ta’lim maqsadlari aniqlanadi.
1.5-rasm. Talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishiga
yo‘naltirilgan ta’limdagi psixologik omillar
Talablarning kommuniktaiv kompetentligini rivojlantirish shartlaridan biri, muayyan
qoidalar va talablarni bajarishdir. Ushbu qoidalarning eng muhimlari quyidagilar:
1
Edwards A., Knight P. Effective Early Years Education: Teaching Young Children. – London. Open University
Press. 2001, – P: 45.
2
Brown D.H. Teaching by principles: An interactive approach to language pedagogy. – NY.: Longman, 2007. – P: 152-
153.
Talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlanishiga
yo‘naltirilgan ta’limdagi psixologik omillar
1.Talabalarga muloqot jarayonida o‘z shaxsiy fikrlarini erkin ravishda ifodalash
imkoniyati beriladi;
2. Muloqotning har bir ishtirokchisi o‘z suhbatdoshining(guruh a’zolarining)
diqqat e’tiborida bo‘ladi;
3.Muloqot ishtirokchilari o‘zlarini tanqid qilishlaridan, xatolarga yo‘l
qo‘yishliklaridan cho‘chimaslikka o‘rganadilar;
4. Muloqot topshirig‘ini juft bo‘lib yoki guruh bo‘lib bajarishda har bir talabaning
individual xususiyatlari, qobiliyati va o‘zlashtirish darajalari hisobga olinadi;
5. Juftliklararo, guruhlararo munosabatlar samimiy, do‘stona yordam, o‘zaro bir-
birlariga hayrixohlik, bir-birini tushunish ruhida tashkil qilinadi;
6. Muloqot jarayonida yo‘l qo‘yilgan til normalarining buzilishi, noto‘g‘ri
talaffuzlar o‘sha vaqtning o‘zidayoq to‘g‘rilanmaydi va gapirishdan to‘xtatib
qo‘yilmaydi.
36
1.
Eng keng tarqalgan qoida — bu o‘z-o‘zidan tushunilmagan yoki to‘liq tushunilmagan
bo‘lsa, fikr bildirishni boshlashning iloji bo‘lmagan qoidadir.
2.
Tushunish uchun doimiy tayyorgarlik qoidasi. Ko‘pincha semantik va shaxsiy to‘siqlar
mavjud bo‘lib, ular ko‘pincha xabarlarni to‘liq va noto‘g‘ri tushunishga olib keladi.
3.
Aniqlik qoidasi. Noma’lum, noaniq so‘zlardan qochish kerak va begona yoki yuqori
ixtisoslashgan atamalardan foydalanmaslik lozim.
4.
Og‘zaki bo‘lmagan signallarni nazorat qilish qoidasi. Faqat nutqingizni va xabarning
mazmunini nazorat qilish etarli emas. Bundan tashqari, uning tashqi eskort — yuz ifodalari,
imo-ishoralari, intonatsiyasi, pozitsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan qismida uning shaklini nazorat
qilish kerak.
5.
O‘z nohaqligi qoidasi. Aloqa paytida har doim shaxsiy nuqtai nazar noto‘g‘ri bo‘lishi
mumkinligiga ruxsat berish kerak. Bu ko‘pincha jiddiy xatolardan ogohlantiradi.
6.
Joy va vaqt qoidasi. Har qanday xabarning samaradorligi o‘z vaqtida amalga oshiriladigan
eng munosib vaziyatni tanlashda keskin oshadi.
7.
Ochiqlik qoidasi. YAngi ochilgan vaziyatlarning ta’siri ostida o‘z nuqtai nazarini qayta
ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lishni, shuningdek, suhbatdoshning nuqtai nazarini qabul qilish va
hisobga olish qobiliyatini anglatadi.
8.
Faol va konstruktiv tinglash qoidasi samarali kommunikatsiyalarning asosiy shartlaridan
biridir.
9.
Fikr-mulohaza qoidalari. Bu qoida, oxir-oqibatda, kommunikativ jarayonning asosiy
maqsadiga erishishni ta’minlaydi — o‘zaro tushunish
3
.
Talabalarning
kommunikativ
kompetentligini
rivojlantirishda
kommunikativ
yondashuvning lingvistik asoslari:
Kommunikativ yondashuvning lingvistik asoslari: chet til o‘qitishda kommunikativ
yondashuv A.N.Xomskiy va D.Xaymslar tomonidan lingvistik diskursga kiritilgan
kommunikativ kompetensiya atamasi va uning zamirida rivojlantirilgan til kommunikatsiya
vositasidir, degan mazmundagi nazariya asosida rivojlantirilgan
4
. Kommunikativ kompetentlik
atamasi ikki so‘zdan iborat bo‘lib, kommunikatsiya – fikr yoki axborot almashish; kompetensiya
– biror soha yoki masaladan yaxshi xabardorlik va ushbu sohada muvaffaqiyatli faoliyat
yuritilishini ta’minlaydigan zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar majmuini anglatadi.
Kompetensiya atamasi shaxsni ma’lum sohada faoliyat yurita olishga qodir etuvchi xos
xususiyatni anglatadi.
References:
1.
Edwards A., Knight P. Effective Early Years Education: Teaching Young Children. –
London. Open University Press. 2001, – P: 45.
2.
Brown D.H. Teaching by principles: An interactive approach to language pedagogy. – NY.:
Longman, 2007. – P: 152-153.
3
Коммуникативная
компетентность.
Электронный
ресурс:
https://ru.wikipedia.org/wiki/
Коммуникативная_компетентность. Дата обращения: 29.09.2019.
4
Canale S., SwainM. Theoretical base of communicative approaches to second language teaching and testing. –UK.:
Oxford University Press, 2002. – P. 7.
37
3.
Коммуникативная
компетентность.
Электронный
ресурс:
https://ru.wikipedia.org/wiki/
Коммуникативная_компетентность. Дата обращения:
29.09.2019.