16
MAMLAKATIMIZDA BANK XIZMATLARINING RIVOJLANISH HOLATI
TAHLILI
Serjanov Aymurat Medetbaevich
Qoraqalpoq davlat universiteti
mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12685113
Annotatsiya.
Maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar asosida
tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarning rivojlanishi tadqiq etilgan.
Xususan, bank xizmatlarida 2000 yildan boshlab yillar kesimida erishilgan yutuq va natijalar
tegishli argumentlar bilan asoslab berilgan. Muallif tomonidan moliyaviy xizmatlarni
rivojlantirishda bank tizimining institutsional asoslarini takomillashtirish, bank xizmatlarida
universallashtirishni yanada oshirish, shuningdek aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun bank
chakana mahsulotlarini rivojlantirish muhimligi ta’kidlangan.
Kalit soʻzlar:
bank faoliyati, bank xizmatlari rivojlanishi, institutsional asoslar,
xizmatlarni universallashtirish, tadbirkorlik subyektlari, bank chakana mahsulotlari.
Аннотация:
В статье рассматривается развитие финансовых услуг,
предоставляемых коммерческими банками на основе экономических реформ,
реализуемых в Узбекистане. В частности, соответствующими аргументами обоснованы
достижения и результаты, достигнутые в сфере банковских услуг с 2000 года. Автором
подчеркнуто важность совершенствования институциональных основ банковской
системы, дальнейшее повышения универсализации банковских услуг, а также развития
розничных банковских продуктов для населения и субъектов предпринимательства в
развитии финансовых услуг.
Ключевые слова:
банковская деятельность, развитие банковских услуг,
институциональные основы, универсализация услуг, субъекты предпринимательства,
банковские розничные продукты.
Abstract:
The article examines the development of financial services provided by
commercial banks based on the economic reforms implemented in Uzbekistan. In particular,
the achievements and results achieved in banking services since 2000 are justified with
relevant arguments. The author emphasized the importance of improving the institutional
foundations of the banking system, further increasing the universalization of banking services,
as well as the development of retail banking products for the population and business entities
in the development of financial services.
Key words:
banking activity, development of banking services, institutional foundations,
universalization of services, business entities, banking retail products.
Barchaga ma’lumki, 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank
tizimini isloh qilish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha
“Yo‘l xaritasi” hamda strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Strategiyada bank tizimida hozirgi kunda saqlanib qolayotgan muammo va dolzarb masalalarga
alohida e’tibor qaratilib, xususan:
17
-
bank tizimida davlatning yuqori darajadagi ishtiroki natijasida moliyaviy va inson
resurslaridan samarasiz foydalanilayotganligi, ularda korporativ boshqaruv va
tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi;
- davlat ishtirokidagi banklarning ustuvor dasturlar, sohalar va davlat ulushiga ega
korxonalarga bozor stavkalaridan kam bo‘lgan stavkalarda kreditlar ajratuvchi an’anaviy
“taraqqiyot banklari” vazifasini bajarishi;
- davlat ishtirokidagi banklar biznes-modellarining asosan korporativ mijozlarga xizmat
ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi, nobank moliya tashkilotlarining roli sustligi, shuningdek
innovatsiyalar va axborot tizimlarining yaxshi rivojlanmaganligi sababli moliyaviy
ommaboplik darajasining pastligi tizimda tub islohotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga
keltirayotganligi ta’kidlangan [1].
Darhahiqat O‘zbekistonda tijorat banklari uzoq evolyutsion rivojlanish yo‘lni bosib o‘tib,
bunda qator mashaqatli qiyinchiliklarni ham yengib o‘tishiga muvoffaq bo‘lmoqda. Xorijiy va
mahalliy ekspertlarning qayd etishicha, so‘nggi yillarda respublikada asosiy tamoyil -
ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank xizmatlari faoliyatida universallashtirishni tobora
rivojlantirish kuzatilmoqda.
Uzoq yillar emas 2000-yildan boshlangan mazkur davr O‘zbekiston bank tizimini
mustahkamlashda salmoqli yutuqlarga erishilgani bilan ahamiyatlidir. Jumladan bank tizimi
oldiga uning rivojlanish istiqbollarini belgilab beruvchi strategik vazifalar qo‘yildi. Vazifalardan
birinchisi banklar moliyaviy barqarorligini oshirish va ichki bozorda moliyaviy xizmatlar
doirasini kengaytirishdan iborat bo‘lsa, ikkinchisi - O‘zbekiston banklarining xalqaro kapital
bozorida faolligini ta’minlash edi. Xususan 2001 yilning 1 iyulidan e’tiboran kichik biznes
korxonalari o‘zlari ishlab chiqargan eksport tovarlar (ish va xizmatlar)ni bank muassasalari
kassalari orqali belgilangan tartibda valyuta ulushini o‘z hisobiga o‘tkazish yo‘li bilan naqd
xorijiy valyutada amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Natijada bank tizimi bilan xususiy
sektor o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada rivojlandi. Mazkur hamkorlik rivojiga turtki
bergan muhim omillar sifatida banklar tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatining yaxshilanishi,
banklarda raqobatchilik muhitining yuzaga kelishi, iqtisodiyotda tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash bilan bog‘liq jarayonlarni ta’kidlash mumkin. Bunda banklar kredit berish
jarayonining rivojlanganini, mijozlar so‘rovlarini sinchkovlik bilan o‘rgana boshlaganini va
bank xodimlarida mijozlarning talab-ehtiyojlariga javoban tez harakat qilish qobiliyati
shakllanganligi muhim hodisa bo‘ldi. Shuningdek, aholining banklardagi omonatlarini
himoyalashning ishonchli va samarali mexanizmi yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasining 05.04.2002 yildagi “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash
kafolatlari to‘g‘risida”gi 360-II-son Qonuni [2] doirasida Fuqarolarning banklardagi
omonatlarini kafolatlash fondi tashkil etildi. Davlat-tijorat Xalq bankidan tashqari,
respublikamiz hududida o‘z faoliyatini olib boruvchi barcha banklar unga a’zo bo‘ldi.
Ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot sari bank tizimi faoliyatining institutsional asoslari
takomillashtirildi. Bank sektorini liberallashtirish va isloh qilishni ko‘zda tutib qabul qilingan
dasturiy hujjatlar uning samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Mazkur hujjatlar zamirida
bank faoliyatini liberallashtirish jarayonining tizimli va bosqichma-bosqichlik tamoyillari yota-
di. Ushbu tamoyillarga amal qilish aholining mamlakat banklariga bo‘lgan ishonchini yanada
mustahkamlash imkonini bermoqda. Bunday yondashuvlar, nazarimizda, barqaror va ishonchli
bank tizimini tashkil qilish jarayonida ulkan yutuq bo‘lib hisoblanadi.
18
Aytish o‘rinlidir, 2003-2004 yillarda mamlakatimizda liberallashtirish va islohotlarni
yanada chuqurlashtirish jarayonida bank tizimini rivojlantirish davriga to‘g‘ri keldi. Bu davrda
aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, banklarni respublikamizdagi jadal
yangilanishlarning moliyaviy tayanchiga aylantirish maqsadi qo‘yildi. Uning muvaffaqiyati
banklarning kelgusi rivojida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki korxonalarni
aktsiyadorlashtirish va ularning mulkchilik shaklini o‘zgartirish jarayonlari jadallashdi.
Banklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqib, o‘z
rivojlanish kontseptsiyasiga rioya etgan holda xizmat ko‘rsatish strategiyasini takomillashtirib
bordi. Ularning resurs bazasini kengaytirish va kapitallashuv darajasini oshirish o‘z faoliyati
yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash, yangi aktsiyadorlarning mablag‘larini jalb etish, IT-
texnologiyalar asosida yangi bank mahsulotlari va instrumentlarini ishlab chiqish hisobiga
amalga oshirildi.
Shu bilan birga, valyuta bozorini liberallashtirishni davom ettirish va joriy xalqaro
operatsiyalar bo‘yicha so‘m konvertatsiyasini ta’minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish
bilan bog‘liq bo‘lgan omillar ham banklar faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, 2003
yilning 15 oktyabridan O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Valyuta jamg‘armasi Bitimining VIII
moddasidagi majburiyatni qabul qildi. Natijada tadbirkorlik subyektlari joriy operatsiyalar
bo‘yicha konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu masala yuzasidan
O‘zbekistonning tashqi mablag‘larni jalb etmay, amalda o‘z resurslariga tayanib maqsadga
erishgani yuksak e’tirofga sazovordir. Mazkur choralar milliy valyuta konvertatsiyasidan
foydalangan mahalliy tadbirkorlar faoliyatini kengaytirishga yaqindan yordam berdi.
Iqtisodiy islohotlarda bank tizimini takomillashtirishga qaratilgan ishlar davom ettirilib
uning asosiy yo‘nalishlari sifatida banklar boshqaruvida aktsiyadorlarning rolini oshirish orqali
korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, banklar moliyaviy barqarorligini ularning
aktivlari, jumladan, valyuta aktivlari sifatini yaxshilash evaziga kuchaytirish, bank ishini yanada
takomillashtirish va banklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlarini yanada kengaytirish,
tijorat banklarining investitsion jarayonlardagi rolini oshirish va mulkchilikning barcha
shaklidagi tadbirkorlik tuzilmalarining kredit resurslaridan (jumladan, xalqaro moliyaviy
tashkilotlarning liniyalari bo‘yicha ham) foydalanish mexanizmi takomillashtirilganini qayd
etishimiz lozim.
Alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va mo-
liya kapitalini keng jalb qilgan holda qo‘shma banklarning tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning vujudga ke-
lishi natijasida tubdan o‘zgardi. Xususiy banklarning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchay-
tirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. Mamlakati-
miz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozlari va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy
ko‘mak taqdim etgan holda ularning rivojlanishini muntazam rag‘batlantirib bormoqda. Ayni
paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi.
Respublikada xususiy banklar rivojlanishini izchil rag‘batlantirish raqobatni kuchayti-
rishga, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning
samarali taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o‘z navbatida, xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish
va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek mamlakat YaIMda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi oshishiga xizmat qilmoqda.
19
Ayniqsa “2005–2007 yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish
dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi banklar kapitallashuv darajasi va
ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishini ta’minlagan holda, bank tizimini yanada isloh qilish va
liberallashtirishda muhim omil bo‘ldi. Bu borada pul muomalasini mustahkamlash va milliy
valyuta, uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish, banklarda aholi omonatlarini
ko‘paytirishni rag‘batlantirishga ustuvor yo‘nalishlar sifatida e’tibor qaratildi. Rivojlanish sari
doimiy ravishda intilayotgan tijorat banklariga mamlakatimiz hukumati tomonidan o‘z vaqtida
taqdim etilgan imtiyozlar kredit muassasalari o‘z yangi instrumentlarini ishlab chiqadigan va
taklif qiladigan bank-moliya bozorining shakllanishida xissasi ulkan bo‘ldi. 2008-2009
yillardagi bank tizimi xususiyati aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun bank chakana
mahsulotlarini rivojlantirish bank faoliyatining muhim yo‘nalishiga aylandi. Mazkur
yo‘nalishda banklar o‘z faoliyatini dunyoviy amaliyotning “oltin” printsipidan kelib chiqqan
holda olib borishdi. Ya’ni, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning jozibadorligi tadbirkorlarning
kreditlardan foydalanish keng imkoniyati bilan mutanosib holda rivojlantirildi. Ushbu davrda
“yalpi ichki mahsulotga nisbatan xizmatlar ko‘rsatishning o’sib boorish tendentsiyasi kuzatila
boshlandi, buning natijasida mazkur tarmoqning mamlakatimiz hududlari iqtisodiyotiga
qo‘shayotgan hissasi oshdi. Bu holat, bizningcha, respublikaning yirik sanoat tarmoqlari: savdo
va umumiy ovqatlanish, transport va aloqa, kommunal, moliya va boshqalarning hissasi bilan
bog‘liq. Eng muhimi, avvallari asosan davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar asta-sekin
xususiy bozor xarakteriga ega bo‘ldi” [3].
Xulosa qilib aytganimizda, davom ettirilayotgan islohotlar bank faoliyatini aholining
turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi va
“Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunlar doirasidagi faolligini yanada kuchaytiradi. Demak O‘zbekiston
tijorat banklari respublikamizdagi va jahon bank hamjamiyatidagi yangi voqelikka javoban
o‘zlari taklif etayotgan xizmatlari to‘plamini muntazam kengaytirib boradi, bozorga yangi bank
mahsulotlarini chiqaradi va bugungi kunda ayni paytda ham moliya institutlari faoliyatining
xalqaro standartlarini faol joriy etishni izchil amalga oshirmoqda.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydadagi “
2020-2025 yillarga
mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi
to‘g‘risida
2.
O‘zbekiston Respublikasining 05.04.2002 yildagi “Fuqarolarning banklardagi
omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi 360-II-son Qonuni.
3.
Musagaliev A.J., and etc. General Analysis of Services in the Economic Development of
Regions in Uzbekistan / Asian Journal of Advances in Research. Volume 17. Issue 4. 2022. -
Pages: 221-226.