12
INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA SUGGESTIV NUTQIY AKTINING TURLARI VA
ULARNING IFODALANISHI
Majidova Zulayho Abdimuminovna
Andijon davlat Universiteti Fakultetlararo chet tili kafedrasi mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12684151
Annotatsiya.
Ushbu maqolada suggestiv direktiv nutqiy aktlarning turlari va ularning
turli leksik vositalar orqali ifodalanishi xaqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
direktiv nutqiy akt, suggestive, maslaxat, taklif, ogohlantirish,
rag’batlantirish.
Suggestivlar
direktiv nutqiy aktlarning shunday turiki, unda asosiy o‘rinda so‘zlovchi
turadi hamda muayyan vaziyat uchun o‘zining hayotiy tajribasi yoki bilim saviyasi asosida
adresat xatti harakatlarini boshqarishga huquqlidir. So‘zlovchining fikriga ko‘ra, ish-
harakatning bajarilish sababi adresatga foydali bo‘lib, uning bajarilishi esa majburiy emasligini
anglatadi hamda adresat o‘zi uning amalga oshirilish yoki yo‘qligi to‘g‘risida o‘zi qaror qabul
qiladi. Suggestivlar muloqotning harakatni birgalikda bajarish istagi paydo bo‘lganida ikkala
suhbatdoshi uchun ham manfaatli bo‘lishi mumkin. Ish-harakatning bajaruvchilari adresat va
adresant hisoblanadi, biroq qaror qabul qiluvchi har doim tinglovchi hisoblanadi.
Suggesstivlarga: maslahat, taklif va ogohlantirish kiradi.
1.
Yuqorida suggestivlarga berilgan tavsifimizdan ko‘rish mumkinki,
maslahat nutqiy
akti
suggestivlarning o‘zagi, uning asosiy turi hisoblanadi.
Masalan.
“Forget it, Harry" said George bracingly.
(J.K. Rowling, Harry Potter)
Ingliz tilida
dear, my dear, my dear fellow, my boy, my love
kabi murojaatlarni qo‘llash esa
direktivlarni yumshatish vazifasini bajaradi.
"Don't worry, mamma
dear
," she said, softly, a
peculiar resolve coming into her heart.
(T.Dreiser, Jennie Gerhardt)
Shuni ta'kidlash kerakki, ma’ruzachining o‘zini bashorat qilingan harakat ijrochilari
ro‘yxatiga kiritish to‘g‘ridan to‘g‘ri bajarilish kerak bo‘lgan ish-harakatning salbiy ta’sirini
kamaytiradi va uning muloyimlik bilan amalga oshirilishiga erishiladi. 1-shaxs ko‘plik
imperativ shakllari jumla tiliga imperativ undovni shunday murojaatga aylantiradiki, adresat
va adresant o‘rtasidagi chegara yo‘qoladi:
- "
Let's
move along a bit," Hermione whispered. "We need to get nearer to Buckbeak!”
(J.K.Rowling, Harry Potter, p.1046)
3 shaxs birlik va ko‘plik shakllariga bevosita ruxsat etilishini ta'kidlab o‘tish orqali
maslahat berish:
"To-night!"he repeated. "This very minute! Let her find a home. She did not want
this one. Let her get out now.
We will see
how the world treats her.”
(T.Dreiser, Jennie Gerhardt)
Bunda 3-shaxs uchun so‘zlovchi allaqachon qaror qabul qilganligini hamda ushbu qarorni
yumshoq ohangda aytganligini ko‘rishimiz mumkin.
Misol: “
Let her
try!"said Hermione defiantly.
(J.K.Rowling, Harry Potter)
Nutqiy aktning aynan maslahat akti ekanligini ko‘rsatib turuvchi advise / maslahat
beraman performativ fe'llari orqali:
I would
advise
you not to shout at the Azkaban guards like
that. They won't like it at all.”
(J.K.Rowling, Harry Potter)
Har bir maslahat turi o‘ziga xos farqlangan xususiyatlarga ega, ammo ularni direktiv nutq
aktlarining umumiy propozision mazmuni birlashtiradi. Ushbu turlar orasidagi chegaralar aniq
13
emas, aksincha xiralashgan, bu esa nutqning kontekstini ma'lum bir turni aniqlash uchun hal
qiluvchi omil sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi.
2. Taklif
nutqiy aktida so‘zlovchi va uning suhbatdoshi birgalikdagi harakatga undashni
nazarda tutadi va taklif nutqiy aktini bajara turib, adresant nafaqat o‘zgalarning xatti-
harakatlariga sabab bo‘ladi, balki o‘zini ham muayyan vazifa bajarishga majburlaydi. Unga
ko‘ra, xulosa qilish mumkinki, taklif gibrid nutq akti hisoblanib, o‘zida ham direktiv, ham
komissiv nutq aktlarini mujassamlaydi. Taklifga o‘z xizmatlarini taklif etish ham tegishli bo‘lib,
bunday vaziyatda xatti-harakatning bajaruvchisi muallifning o‘zi hisoblanadi.
“Won't you sit down?” They had both been standing. Jennie seated herself, and Mr. O‘Brien
pulled up a chair near to hers.
(T.Dreiser, Jennie Gerhardt)
Masalan:
...
Shu munosabat bilan bog‘i Navro‘ziyda jangovar beklar Murodga chog‘ir taklif
qildilar
. (P.Qodirov, Avlodlar dovoni)
Taklif ma'nosini anglatuvchi direktivlar (muayyan manzilga taklif va xizmatlar taklifi)
turli xil to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita nutq aktlari yordamida ifodalanishi mumkin. Taklif nutqiy
akti ham qabul qiluvchining, ham ma’ruzachining manfaatlariga mos keladi.
Odatda, taklif nutqiy akti o‘zida nafaqat suggestiv, balki rekvistiv aktini ham
mujassamlaydi. Bunda taklifning tinglovchiga, ya'ni taklif etilayotgan shaxsga foydalilik hamda
nazarda tutilgan kelgusidagi harakatning amalga oshirilishi majburiyati so‘zlovchiga yuklanishi
xususiyatiga ko‘ra uni suggestivlarga taaluuqli deyish mumkin.
3. Ogohlantirish
Rebayn ogohlantirishni muayyan harakat bajarilishining ma'lum bosqichini bosib
o‘tadigan hamda adresat xulq-atvori jarayonini o‘zgartiradigan direktiv talablarga
taalluqliligini ta'kidlaydi
1
. Ogohlantirish
suggestivlarning bir turi bo‘lib, xavfdan ogoh
etilgandan so‘ng adresatning o‘z istagiga ko‘ra harakatlanmaslikka asoslangan xavfning oldini
olish nutqiy harakatidir.
U muayyan pozisiyani (o‘quvchi, talaba) yoki vaziyat rolini (yo‘lovchi, mijoz) o‘z
zimmasiga olgan har qanday shaxs deontik ko‘rsatmalarda belgilangan me'yorlarga rioya
qilishi shart bo‘lgan nutqiy akt hisoblanib, odatda, nomaqbul xatti harakatlarning oldini olish
yoki kelasida ish-harakatni bajaruvchilarga shikast etishining oldini olish maqsadida
qo‘llaniladi. Ular aksariyat hollarda axloq-odob me'yorlariga asoslangan bo‘lib, bunday tartib-
intizom qoidalariga amal qilmaslik noma'qul, yoqimsiz va hatto fojeali yakun topishi ham
mumkin, deb taxmin qilinadi.
Masalan.
"Anyone messing around my class will leave and not come back. You have been warned.”
(J.K.Rowling, Harry Potter)
"Be warned, Potter – any more nighttime wanderings and I will personaly make sure you are
expelled. Good day to you.”
(J.K. Rowling, Harry Potter)
"I WARNED YOU1 I WILL NOT TOLERATE MENTION OF YOUR ABNORMALITY UNDR
THIS ROOF!” (Harry Potter, J.K. Rowling)
Ayrim hollarda ogohlantirishga quloq solmaslik nafaqat tinglovchi uchun yomon nixoya
bilan tugashi, balki so‘zlovchining ham g‘azabi, nafratini keltirib chiqarishi mumkin.
1
Rehbein J. Komplexes Handeln: Elemente zur Handlungstheorie d. Sprache //(No Title). – 1977.
14
D.A. Skulimskaya bergan ta'rifga ko‘ra, ogohlantirish ma'lum bir shaxsga ehtimoliy xavf-
xatarning oldini olish maqsadida beriladigan ishora, ko‘rsatma, maslahat yoki tahdiddir.
Hafta o‘rtasida havo sovib, yomg‘ir yog‘adi. O‘zbekistonda hafta boshida havo iliq bo‘lib,
harorat +24...+27 darajagacha ko‘tariladi. (gazeta.uz, 20.11.2023)
Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e'lon qilindi. Ehtiyot choralarini
ko‘rishingizni so‘raymiz. (Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantirishidan, 11. 03. 2024)
4.
Ruhlantirish nutqiy akti
Ruhlantirish akti suggestiv nutqiy AKTning bir turi bo‘lib, u produsient tomonidan
resipientni muayyan topshiriqni bajarishi uchun ruhlantirish vazifani o‘taydi. Bunda odatda,
tinglovchiga nisbatan "biz bu vazifani birga uddalaymiz, sening qo‘lingdan keladi" qabilida
so‘zlovchining kommunikativ niyati etkaziladi. Ruhlantirish orqali adresat unga bildirilgan
ishonchni oqlashga, uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga shoshadi. Bunday ruhlantirish
ko‘pincha, bolalar tarbiyasida, ta'limda, sardorlarining o‘z jamoasiga so‘zlagan nutqida,
siyosatchilarning chiqishlarida, yoinki turli diskurslarda uchratish mumkin. Aytaylik, murabbiy
tarbiyasi ostidagi bir guruh sportchilarga muhim uchrashuv, bellashuv yoki o‘yin oldidan
murojaat qilganda:
“Biz, albatta, g‘olib bo‘lamiz, shunday emasmi?”
yoxud
“Sizlar mening
ishonchimni oqlaysizlar, shundaymi?”
“Biz birga raqibimizni mag‘lub qilamiz” kabi shiorlar,
dalda beruvchi nutqlar so‘zlashi mumkin.
Ingliz tilida ruhlantirish suggestivlari, odatda, tasdiq so‘roq gaplari vositasida amalga
oshiriladi. Agar jumla tarkibida yordamchi fe'llar bo‘lsa, ularning bosh gap qismidagi shaklining
aksini qo‘llash orqali, yordamchi fe'llar mavjud bo‘lmagan taqdirda "do"yordamchi fe'lining
tegishli shakllarida qo‘llanilishi orqali hosil qilinadi.
"Oh, just open,
can't you
?"He said angrily. "I really need to see him, it's urgent!”
(J.K.Rowling,
Harry Potter).
"You know how many subjects I am taking," said Hermione breathlessly. "Couldn't hold these
for me,
could
you?”
(J.K.Rowling, Rarry Potter). Bundan ko‘rinib turibdiki, kelasida amalga
oshirilishi nazarda tutilgan suggestiv direktivlar o‘z suhbatdoshiga tasdiqlatib olish orqali uni
ushbu ish-harakatni bajarishga undaydi, bu esa o‘z navbatida so‘zlovchining ko‘zlangan
maqsadi uchun qo‘l keladi.
Shunday qilib, suggestiv nutqiy aktlar suhbatdoshga bajarilajak ish-harakatni majburlash
yo‘li bilan emas, maslahat, taklif, ruhlantirish orqali taqdim etiladi. Ogohlantirish suggestiv
aktiga kelsak, bunday direktivlar tinglovchining kelajagini ko‘zlagan holdagina, nojo‘ya
oqibatlarning oldini olish maqsadini nazarda tutganligi sababli adresat uchun foydali
hisoblanadi. Bunday nutqiy aktlar, odatda, umum qabul qilingan etiket, intizom tartib, qonun-
qoidalariga rioya qilish asnosida shakllanadi.
References:
1.
Safarov Sh. Pragmalingvistika //Toshkent: Uzme. – 2008. – T. 255
2.
Solieva M. Classification of specch acts //Tsentr nauchnix publikasiy (buxdu. uz). – 2022.
– T. 18. – №. 18.ratsheniya
3.
Razgulyaeva A. V. Funktsionirovanie direktivov v dialogicheskix edinstvax: dis. – M., 2000,
2000.
4.
Ramazanova A. N., Aznabaeva L. A. Pobuditelniy potentsial angliyskix poslovis: dis. – Ufa:
15
Bashkirskiy Gosudarstvenniy universitet: kafedra Angliyskoy filologii, 2005.
5.
Golovin B. N. Osnovi kulturi rechi: Uchebnoe posobie. – Vissh. ShK, 1988.
6.
Gorodeskiy B. Yu. K probleme semanticheskoy tipologii. – Izd-vo Mosk. un-ta, 1969.