Авторы

  • Renat Jumamuratov
    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.45531

Ключевые слова:

Ta’lim tizimi pedagogik metodlar psixologik metodlar professional qobiliyatlar muvaffaqiyat ruhiy intilish interfaol metodlar.

Аннотация

Ushbu maqolaning asosiy maqsadi va vazifasi zamonaviy ta’lim jarayonida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarni o’rganish hamda interfaol va innovatsion texnologiyalarga asoslangan metodlardan foydalanish dasturlarini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi. Bunda o’qituvchilarning psixologik va pedagogik qobiliyatlarini oshirish tahlili keng muhokamalarga qo’yiladi. Ushbu tadqiqotmiz davomida ta’lim tizimida samaradorlik ko’rsatkichlarini oshirish va o’qituvchilarning zamonaviy fanga doir metodlarni foydalanishda bir qator ko’rsatmalar berib o’tilgan.


background image

21

TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA

ASOSLANGAN METODLARDAN FOYDALANISH QOBILIYATNING PEDAGOGIK

TAHLILI

Jumamuratov Renat Esenbaevich

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik

instituti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

E-mail: jumamuratovrenat20@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13291648

Annotatsiya:

Ushbu maqolaning asosiy maqsadi va vazifasi zamonaviy ta’lim jarayonida

amalga oshirilayotgan tadqiqotlarni o’rganish hamda interfaol va innovatsion
texnologiyalarga asoslangan metodlardan foydalanish dasturlarini ishlab chiqishdan iborat
bo’ladi. Bunda o’qituvchilarning psixologik va pedagogik qobiliyatlarini oshirish tahlili keng
muhokamalarga qo’yiladi. Ushbu tadqiqotmiz davomida ta’lim tizimida samaradorlik
ko’rsatkichlarini oshirish va o’qituvchilarning zamonaviy fanga doir metodlarni foydalanishda
bir qator ko’rsatmalar berib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Ta’lim tizimi, pedagogik metodlar, psixologik metodlar, professional

qobiliyatlar, muvaffaqiyat, ruhiy intilish, interfaol metodlar.

Kirish

Hozirgi kunga kelib zamonaviy ta’lim tizimi dasturlarida interaktiv metodlar,

innovatsion texnologiyalar, pedagogik va psixologik axborot texnologiyalariga asoslangan
metodlarni o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda.
Bunday bo'lishining asosiy sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy ta ’limda o‘quvchi va
talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalarga
asoslangan pedagogik va psixologik texnologiyalarga asoslangan metodlarda ularni
egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto
xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o ‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoitlarni yaratadi va shu bilan bir
qatorda boshqaruvchilik (liderlik) qobiliyatlarini oshirish, yo‘naltiruvchilik funktsiyasini
bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar va talabalar asosiy predmentlarga aylanadi. Shuning
uchun ham oliy o‘quv yurtlari fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy
o‘qitish metodlari -interaktiv metodlar, zamonaviy pedagogik va psixologik metodlarni
tayyorlashda innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli kattadir. Pedagogik texnologiya va
pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchilar va talabalarni bilimli,
yetuk malakaga ega bo‘lib shakllanishini ta ’minlaydi. Innovatsion texnologiyalarga
asoslangan pedagogik va psixologik metodlardan foydalanish jarayonlarida o‘qituvchilar va
talabalar faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo’lib , uni amalga oshirishda asosan
interaktiv metodlardan to‘liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar bu - jamoa bo’lib fikrlash deb
yuritiladi, ya’ni pedagogik va psixologik ta’sir etish usullari ta’limning asosiy mazmunining
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o ‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va
talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik-
psixologik ham orlik jarayonlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar
kiradi: o'quvchi-talabalarni dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va
izlanishga qiziqishlarini oshirish; Talabalarning o‘quv jarayonlarida yangi bilimlarga bo’lgan


background image

22

qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta ’minlash; talabalarning bilimga bo’lgan
qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirish;
pedagog va talabalarning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirishdan iborat bo’lib.
O’qituvchilarning yangi pedagogik va psixologik mahoratlarini oshirishga asoslangan
metodlardan foydalanishga chorlashdan iborat. Ta’lim tizimi dasturida amaliy psixologiyada
«Shaxsda shakllanishi shart hisoblangan professional qobiliyatlar, u xoh ta’lim, xoh mehnat,
xoh ijtimoiy ma’naviyat sohibi bo‘lishidan qat’iy nazar, uning bilish jarayonlariga, aqliy
xislatlariga, hissiy-irodaviy jabhalariga, xarakteriologik xususiyatlariga muayyan talablar
qo‘yadi va ularning ham sa’y-harakatlari tufayli professional qobiliyat shakllanishiga sharoit
yaratadi». Avvalo professional qobiliyatlarni o'rganish kelajakda shakllanishi ma’lum bo'lgan
maqsadga qaratilgan bo'lishi zarur. Talabalarning professional qobiliyatlari butun pedagoglar
jamoasi va barcha ta’lim tizimi tomonidan har xil faoliyat turlarida hamda professional
o‘qitishning birinchi kunidan boshlangani ma’quldir. Professional qobiliyatlaming
shakllanishiga talaba o‘quv predmetlariga qiziqishi, o‘quv jarayonlarining samarali tashkil
etilganligi yangi kerakli o‘quv qo’llanmalari bilan ta’minlanganligi, nazariy mashg‘ulotlar va
ishlab chiqarish mashqlarining samarali bo’lishi katta yordam beradi. O‘qituvchi talabalarni
fanga qanchalik ko‘p qiziqtira olsa, unda talabalarning professional qobiliyatlarini
shakllantirish shunchalik oson bo‘ladi. Shuningdek, talabalarning qiziqishlarini oshirishda
ularni maxsus «Innovatsion metod» (yangi) pedagogik va psixologik texnologiyalarga
asoslangan metodlar va ishlab chiqarish ta’limi darslaridan olgan dastlabki taassurotlari ham,
ayniqsa, katta ahamiyatga egadir. Birinchi taassurotlar doimo xotirada uzoq saqlanadigan
bo’ladi. Talabalar dars mashg'ulotlariga o'zlari uchun aniqlab olishlari kerak bo‘lgan ko‘pgina
ijodiy savollar bilan keladilar. Ilmga erishilgan muvaffaqiyat har qanday talabani, ayniqsa,
fanga mehr qo‘ygan o'smir yigit va qizlarni ruhlantiradi. O‘qishdagi ruhiy intilish o‘z kuchi
hamda qobiliyatlariga ishonch hosil qildiradi. Mustaqil ishga faollik va ijodkorlikni uyg‘otad i.
Shuning uchun o‘qituvchilar professional qobiliyatlarning rivojlanishiga ijobiy ta ’sir etuvchi:
o'quvchilarning qiziqishlarini rag'batlantirish va intizomlilik, faollik, mustaqillikni
tarbiyalashda ularni shunday o'qitishlari kerakki, bunda har bir o‘quvchining muvaffaqiyati
hamma narsadan ustun tursin. G'oyalarning innovatsiyalarga aylanishini ta'minlaydigan va bu
jarayonni boshqarish tizimini shakllantiradigan faoliyat bu innovatsion faoliyat hisoblanadi.
Innovatsiya jarayoni rivojlanish bosqichlarining yana bir o'ziga xos xususiyati mavjud.
Pedagogik tajribada pedagogik va psixologik metodlarda zamonaviy ta’lim metodlariga
asoslangan innovatsiyalarni ijodiy qo’llash alohida o’qituvchilar ish faoliyatining boshlang‘ich
bosqichida namoyon bo’ladi. Mazkur innovatsiyalar tajribasi sinovdan o’tkazilib, ob’ektiv
baholangandan so’ng ommaviy tarzda qo’llash uchun taqdim etiladi. Keng ommalashgan,
ijobiy natijalarga erishish imkonini beradigan innovatsion usullardan foydalangan holda
o’qituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Pedagogik va psixologik metodlarga asoslangan innovatsiyalarni baholash mezonlarini bilish
o’qituvchining pedagogik ijodning rangbarang shakllarini o’zlashtirishi uchun qulay sharoit
yaratadi. Pedagogik innovatsiyalarning mazmuni, uni qo’llash metodlarini bo’lajak
o’qituvchilar tajribasiga singdirish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim muassasasi hayotiga
pedagogik innovatsiyalarni keng ko’lamda olib kirish uchun unda yangilik muhitini yaratish,
muayyan axloqiy psixologik holatni shakllantirish, tashkiliy, metodik, psixologik xarakterdagi
chora tadbirlarni qo’llash talab etiladi. Shu maqsadda bo’lajak o’qiituvchilarning kreativ


background image

23

funksiyalarini rivojlantirish, ta’limda ularni pedagogik innovatsiyalar bilan izchil rivojlantirib
borish, innovatsion usullarni tahlil va tatbiq qilishga o’rgatish vazifalarini amalga oshirish
lozim degan fikrlarni ilgari surganmiz. Pedagogika va amaliy psixologiya fanlarida ta'lim
tizimidagi yangilik masalalari muttasil mutaxassislar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Biroq,
ijtimoiy-pedagogik yangiliklar mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlantirish omili sifatida, bir
tomondan, nisbatan yaqinda tez rivojlanayotgan ijtimoiy pedagogika fan va amaliy psixologiya
fani faoliyat sohasi sifatida nisbatan yaqinda paydo bo'lganligi sababli, boshqa tomondan,
ta'limni markazsizlashtirish va ta’lim sifatini oshirishning ijtimoiy tendensiyasining nisbiy
yangiligi bilan bog'liq ravishda bo’ladi. Bundan tashqari, xususiy, to'g'ri pedagogik va
psixologik yangiliklarning samaradorligi, agar ular ijtimoiy pedagogik rejada qo'llab-
quvvatlanmasa, ta’lim samaradorligi ancha past bo'ladi. Zamonaviy ta’lim dasturida
innovatsion pedagogik va psixologik texnologiyalarga asoslangan metodlardan foydalanish
ta’limni sifatini ko’tarsa, ta’limda innovatsion texnologiyalar ta’lim taraqqiyotini harakatga
keltiruvchi kuchdir. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati
bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda
mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish
va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg’or pedagogik va psixologik
axborot metodlariga asoslangan texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini
oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shunday qilib, ta’limda pedagogik va psixologik
innovatsiyalar va ijtimoiy-pedagogik yangiliklarni qo'llab quvvatlovchi ijtimoiy-pedagogik
kontekstni yaratish ham keng miqyos va daraja umuman zamonaviy ta'lim tizimini
rivojlanishini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin. O’qituvchilarda ijodkorlikni
shakllantirishning muhim pedagogik sharti uni mustaqil bilim olish va ijodiy fikirlashga
yónaltirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda, o‘qituvchilar orasida ijodiy muhit, muayyan
ma‘naviy-ruhiy holat, tashkiliy, metodik,psixologik chora-tadbirlar qo‘llashga ham alohida
e`tibor qaratish lozim. O`qituvchining kasbiy mahoratini takomillashtirish, uning uzluksiz
malakasini oshirishning kursgacha, kurs jarayonida va kursdan keyingi faoliyatini tashkil
etish bosqichlarida amalga oshiriladi. O`qituvchilarning malaka oshirish kurslarigacha bo`lgan
davrdagi kasbiy tayyorgarligining asosiy vazifasi o`qituvchi - tarbiyachining nazariy, metodiy
va amaliy tayyorgarligi, qiziqishi va qiyinchiliklarni aniqlashdan boshlanadi. O`qituvchi ta’lim
jarayonlarida qiyinchiliklari darajasini diagnostik asosda tashkil etish talabga muvofiqdir.
Diagnostik tahlil mazmunida pedagogik mehnat natijalarini har tomonlama va chuqur
o`rganilib tahlil qilish masalasi yotadi. Bu jarayonda ta`lim muassasasi rahbari, avvalo,
o`qituvchi qiynaladigan, ehtiyoj sezadigan muammolarni o`rganib, malaka oshirish
kurslarigacha bo`lgan davrida o`qituvchiga amaliy yordam ko`rsatish reja-tadbirlarini ishlab
chiqishi kerak. Shu tariqa o`qituvchining ijodiy individualligini shakllantirish shaxs
rivojlanishi va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi. Ijodiy
individuallikni xarakterlaydigan samarali o`z-o`zini anglash,o`zini boshqalarga qiyos qilish
asosida o`z shaxsining betakror ekanligini anglay olishi; o`zi to`g`risidagi kreativ ko`rinishlar
va tasavvurlari to`plami; individual kreativ o`ziga xosliklaming bir butunligi va uyg`unligi,
shaxsning o`z rivojlanishidagi doimiylik jarayoni va uning ijodkor sifatida shakllanishi; shaxs
o`zini namoyon qila olishi va o`zining muayyan ishlarni amalga oshirishga tayyorligi inobatga
olinadi. Pedagog ta’lim jarayonida interfaol ta’lim yordamida qobiliyatlarini rivojlantirish, o'z-
o'zini nazorat qilish, o'z-o zini boshqarish kabi ruhiy holatlari mustahkamlanadi. Eng muhimi,


background image

24

interfaol metodlarni qo’llash orqali pedagog talabalarning aniq ta’limiy maqsadga erishish
yo'lida o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo'naltinsh, boshqarish va
nazorat tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo'lga kiritadi. Ta’lim mazmunining
interfaol metodlar bilan aloqasi asosan amaliy psixologiyada namoyon bo’ladi. Shunday qilib,
biz o’qitish metodlarini tanlashni takomillashtirishning birinchi muhim shartini ularni
tizimlashni, o’quv jarayonini rejalashtirish amaliyotida qo’llash bilan bog’liqlikni
aniqlashtiradigan yaxlit yondashuvni tavsiflashimiz zarur degan fikrlarni ilgari surmoqdamiz.
Pedagogika va psixologiya fanlarida an’anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda
ishlab chiqilgan. Interfaol metodlarni tanlash mezoni – ularning ta’lim va tarbiyani
rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yo’nalganligidir. Bu mezon turli xil metodlarni u
yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo’li bilan joriy etiladi, chunki
ijtimoiy tajriba elementlarini o’zlashtirishda ularning imkoniyatlari turlichadir .Interfaol
metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatiga mos
kelishdir. Bir metod yordamida mavzu mazmuni to’laroq ochib berilsa, boshqasi uni ijobiy
o’zlashtirishga imkon tug’diradi. Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning
talabalar o’quv imkoniyatlariga to’liq mos kelishi ya’ni samarali o’quv faoliyati uchun ichki va
tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir .Interfaol o’qitish metodlaridan
foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim. Bu pedagogning
o’qitish metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan o’qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish
nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan tayyorlanganllik
darajasini hisobga oladi. Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan o’quv jarayonini tashkil
etish shakllari bilan mos kelishidir. O’qitishning yalpi, guruhli va individual shakllari turlicha
metodlarni talab etadi.

Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, zamonaviy ta’limni tashkil etishga

qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt
ichida yuksak natijalarga erishishdan iboratdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy
bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va
malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan
egallangan bilim va ko’nikma, malaka darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik
mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvlarni talab etadi. Ta’limda
zamonaviy innovatsion metodlardan foydalanish orqali biz ta’lim tizimida samarali natijalarni
ko’rsatamiz.

References:

1.

Jumamuratov, Renat, and Atabek Kaipbergenov. "APPLICATION OF INFORMATION AND

COMPUTER TECHNOLOGIES IN TEACHING CHEMISTRY." Евразийский журнал

академических исследований 3.7 (2023): 21-26.
2.

Esenbaevich, Jumamuratov Renat. "Development of a Program for the Use of Modern

Methods and Pedagogical Experiences in Educational Processes at School." American Journal
of Science on Integration and Human Development (2993-2750) 1.9 (2023): 178-182.
3.

Esenbaevich, Jumamuratov Renat. "Use of New Educational Programs and Methods of

Pedagogical Activity in Schools." American Journal of Language, Literacy and Learning in

STEM Education (2993-2769) 1.9 (2023): 491-495.


background image

25

4.

Jumamuratov, R. E., and A. T. Kaipbergenov. "TEACHING CHEMISTRY IN HIGH

SCHOOLS." Экономика и социум 8 (111) (2023): 101-107.
5.

Jumamuratov, R. E., and A. T. Kaipbergenov. "STAGES OF PEDAGOGICAL ANALYSIS OF

MODERN EDUCATIONAL MODELS IN THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN." Экономика и

социум 8 (111) (2023): 96-100.
6.

Esenbaevich,

Jumamuratov

Renat.

"OLIY

TA’LIM

MUASSASALARIDA

O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY ILMIY

TADQIQOTLAR O’RNI." TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI 3.12

(2023): 385-389.
7.

Esenbaevich, Jumamuratov Renat, and Kurbanbayeva Sarbinoz Jumamuratovna. "OLIY

TA’LIM MUASSASALARI DARS JARAYONLARIDA TALABALARNI OQITISH FAOLLIGINI

OSHIRISH BO’YICHA PEDAGOGIK TADQIQOTLAR." IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA

ONLAYN ILMIY JURNALI 3.12 (2023): 266-269.
8.

Jumamuratov, Renat. "TALIM VOSITALARI YORDAMIDA KIMYO FANIN OQITISH

USULLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и
практические исследования 3.4 (2024): 29-32.
9.

Jumamuratov, Renat. "WITH THE HELP OF EDUCATIONAL TOOLS IN COMPREHENSIVE

SCHOOLS TEACHING CHEMISTRY." Академические исследования в современной науке

3.13 (2024): 149-153.
10.

Yerjanova V. POLITICAL, SCIENTIFIC-PEDAGOGICAL ASPECTS OF EDUCATING

STUDENTS ASSOCIATED WITH NATIONAL VALUES //Modern Science and Research. – 2023.

– Т. 2. – №. 10. – С. 356-362.
11.

Ержанова В. К. НАЦИОНАЛЬНО-КУЛЬТУРНЫЕ ЦЕННОСТИ–КАК СРЕДСТВА

ДУХОВНОГО ОБОГОЩЕНИЯ ПОДРОСТАЮЩЕГО ПОКОЛЕНИЯ //Innovations in Technology
and Science Education. – 2023. – Т. 2. – №. 7. – С. 666-671.
12.

Ержанова В. РЕКОМЕНДАЦИИ ПО ОБЕСПЕЧЕНИЮ ИНТЕГРАЦИИ УЧЕБНЫХ

ДИСЦИПЛИН И ВНЕКЛАССНЫХ ЗАНЯТИЙ В РАЗВИТИИ ЦЕННОСТНЫХ ОРИЕНТАЦИИ У

УЧАЩИХСЯ //Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры. – 2022. –

Т. 2. – №. 12. – С. 296-299.
13.

Kuanishbaevna, Erjanova Venera. "PEDAGOGICAL CONDITIONS OF EDUCATION OF

STUDENTS ON THE BASIS OF NATIONAL VALUES." International Journal of Pedagogics 4.06

(2024): 115-118.
14.

Nawrizovich, Sagindikov Jubatkhan. "The Main Essences of the Development of Spiritual

and Spiritual Consciousness in the Upbringing of the Young Generation." American Journal of
Science on Integration and Human Development (2993-2750) 2 (2024): 188-192.
15.

Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL

TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY."
Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322.

Библиографические ссылки

Jumamuratov, Renat, and Atabek Kaipbergenov. "APPLICATION OF INFORMATION AND COMPUTER TECHNOLOGIES IN TEACHING CHEMISTRY." Евразийский журнал академических исследований 3.7 (2023): 21-26.

Esenbaevich, Jumamuratov Renat. "Development of a Program for the Use of Modern Methods and Pedagogical Experiences in Educational Processes at School." American Journal of Science on Integration and Human Development (2993-2750) 1.9 (2023): 178-182.

Esenbaevich, Jumamuratov Renat. "Use of New Educational Programs and Methods of Pedagogical Activity in Schools." American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769) 1.9 (2023): 491-495.

Jumamuratov, R. E., and A. T. Kaipbergenov. "TEACHING CHEMISTRY IN HIGH SCHOOLS." Экономика и социум 8 (111) (2023): 101-107.

Jumamuratov, R. E., and A. T. Kaipbergenov. "STAGES OF PEDAGOGICAL ANALYSIS OF MODERN EDUCATIONAL MODELS IN THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN." Экономика и социум 8 (111) (2023): 96-100.

Esenbaevich, Jumamuratov Renat. "OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY ILMIY TADQIQOTLAR O’RNI." TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI 3.12 (2023): 385-389.

Esenbaevich, Jumamuratov Renat, and Kurbanbayeva Sarbinoz Jumamuratovna. "OLIY TA’LIM MUASSASALARI DARS JARAYONLARIDA TALABALARNI OQITISH FAOLLIGINI OSHIRISH BO’YICHA PEDAGOGIK TADQIQOTLAR." IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI 3.12 (2023): 266-269.

Jumamuratov, Renat. "TALIM VOSITALARI YORDAMIDA KIMYO FANIN OQITISH USULLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3.4 (2024): 29-32.

Jumamuratov, Renat. "WITH THE HELP OF EDUCATIONAL TOOLS IN COMPREHENSIVE SCHOOLS TEACHING CHEMISTRY." Академические исследования в современной науке 3.13 (2024): 149-153.

Yerjanova V. POLITICAL, SCIENTIFIC-PEDAGOGICAL ASPECTS OF EDUCATING STUDENTS ASSOCIATED WITH NATIONAL VALUES //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 356-362.

Ержанова В. К. НАЦИОНАЛЬНО-КУЛЬТУРНЫЕ ЦЕННОСТИ–КАК СРЕДСТВА ДУХОВНОГО ОБОГОЩЕНИЯ ПОДРОСТАЮЩЕГО ПОКОЛЕНИЯ //Innovations in Technology and Science Education. – 2023. – Т. 2. – №. 7. – С. 666-671.

Ержанова В. РЕКОМЕНДАЦИИ ПО ОБЕСПЕЧЕНИЮ ИНТЕГРАЦИИ УЧЕБНЫХ ДИСЦИПЛИН И ВНЕКЛАССНЫХ ЗАНЯТИЙ В РАЗВИТИИ ЦЕННОСТНЫХ ОРИЕНТАЦИИ У УЧАЩИХСЯ //Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры. – 2022. – Т. 2. – №. 12. – С. 296-299.

Kuanishbaevna, Erjanova Venera. "PEDAGOGICAL CONDITIONS OF EDUCATION OF STUDENTS ON THE BASIS OF NATIONAL VALUES." International Journal of Pedagogics 4.06 (2024): 115-118.

Nawrizovich, Sagindikov Jubatkhan. "The Main Essences of the Development of Spiritual and Spiritual Consciousness in the Upbringing of the Young Generation." American Journal of Science on Integration and Human Development (2993-2750) 2 (2024): 188-192.

Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322.