Авторы

  • Kamola Abdulloyeva
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.45541

Аннотация

Darhaqiqat, muallifning individual tasvir uslubining tahlilida monolog qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, dialog ham muhim o‘rin tutadi. Monolog bevosita muallif tomonidan ifodalanib, asosan, estetik hamda kognitiv funksiyalarga ega bo‘lib, e’tiborni tortish, muallifning vaziyatga nisbatan munosabatini ifodalash, qahramonning psixologik holatini aks ettirish kabi bir qancha xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Biroq, dialog asardagi qahramonlar nutqi orqali muallifga xos xususiyatlarni ochib berishga xizmat qilish bilan birga monologdan farqli o‘laroq kommunikativ, ya’ni pragmatik va interpretativ funksiyalarni ham aks ettirishi mumkin. Zotan, monolog ham, dialog ham bir muallifning ijod mahsuli bo‘lib, ular asarning izchilligini ta’minlashga, qahramonlarning ichki olami, o‘y-fikrlari, xarakterini aks ettirish imkon beradi.


background image

132

DIALOG ORQALI MUALLIFGA XOS INDIVIDUAL DUNYO TASVIRINING

NAMOYON BO‘LISHI

Abdulloyeva Kamola Mirxon qizi

Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat o‘zbek tili va

adabiyoti universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.12620040

Darhaqiqat, muallifning individual tasvir uslubining tahlilida monolog qanchalik

ahamiyatga ega bo‘lsa, dialog ham muhim o‘rin tutadi. Monolog bevosita muallif tomonidan
ifodalanib, asosan, estetik hamda kognitiv funksiyalarga ega bo‘lib, e’tiborni tortish,
muallifning vaziyatga nisbatan munosabatini ifodalash, qahramonning psixologik holatini aks
ettirish kabi bir qancha xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Biroq, dialog asardagi
qahramonlar nutqi orqali muallifga xos xususiyatlarni ochib berishga xizmat qilish bilan birga
monologdan farqli o‘laroq kommunikativ, ya’ni pragmatik va interpretativ funksiyalarni ham
aks ettirishi mumkin. Zotan, monolog ham, dialog ham bir muallifning ijod mahsuli bo‘lib, ular
asarning izchilligini ta’minlashga, qahramonlarning ichki olami, o‘y-fikrlari, xarakterini aks
ettirish imkon beradi.

P.A Belyayevaning ta’kidlashicha, badiiy matnda ifodalanuvchi har bir dialogda

muallifning umumiy maqsadi singdirilgan bo‘lib qahramonlarning niyatlari muallifning
umumiy niyatiga bevosita bog‘liq hisoblanadi. Shuningdek, asardagi qahramonlar tomonidan
ifodalangan falsafiy, axloqiy va madaniy mavzulardagi mulohazalar, badiiy matn orqali aks
ettirilgan hayotiy masalalar vositasida nafaqat qahramonlarning nuqtai nazarini, balki
bilvosita muallifning pozitsiyasi, munosabatini ham namoyon etadi [1].

Shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy tilshunoslikda badiiy matndagi dialogni o‘rganish

maqsadida amalga oshirilgan tadqiqotlarning aksariyati u bajaradigan funksiyalar masalasiga
qaratilgan bo‘lib, ularni o‘rganish jarayonida ko‘pchilik olimlar dialog asosan
kommunikativlik vazifasini amalga oshirishini ta’kidlaydilar. Jumladan, ushbu funksiya
vositasida axborot yetkazish orqali ma’lumot almashish jarayoni yuz berib, suhbatdoshni ikki
tomonlama muloqotga undaydi.

Biz aynan quyida beriladigan misollar tahlili orqali muallifning ichki olami aks ettirilgan,

chuqur mushohadaga undaydigan dialoglarni tanlashga harakat qildik. Jumladan, Luisa May
Alkot qalamiga mansub “Marjorie’s Three Gifts” asarida uchraydigan dialog tahliliga to‘xtalib
o‘tamiz. Ushbu parchadagi dialog asar sujetini rivojlantirish bilan birga ko‘tarinkilikni
ta’minlashga ham xizmat qilgan.

'How old are you, child?' asked the old man, as if he rather envied this rosy creature her

youth and health.

'Twelve to-day, sir;' and Marjorie stood up straight and tall, as if mindful of her years.
'Had any presents?" asked the old man, peering up with an odd smile.
'One, sir, here it is;' and she pulled out of her pocket.
'Granny gave it to me, and all the money in it is going to be mine.'
'How much have you got?' asked the old gentleman, who appeared to like to sit there in the

middle of the brook, while Jack bathed his feet and leisurely gurgled and sneezed.

'Not a penny yet, but I'm going to earn some,' answered Marjorie, patting the little bank

with an air of resolution pretty to see…


background image

133

'What shall you do with your money when you get it?'
'Oh, lots of things! Buy books and clothes for school, and, if I get a great deal, give some to

granny. I'd love to do that, for she takes care of me, and I'd be so proud to help her!'

Asardan olingan dialog ikkilamchi – pragmatik funksiyaning namoyon bo‘lishiga yaqqol

misol bo‘la oladi. Jumladan, ikki turli avlod vakillari o‘rtasidagi suhbatda o‘smir yoshdagi
qizaloqning bolalarcha fikrlashi hamda keksa kishining unga munosabati atroflicha namoyon
bo‘lgan bo‘lib, yuqoridagi dialog orqali personajlarga yosh

('How old are you, child?' 'Twelve

to-day, sir;')

hamda

jins kategoriyasiga xos

(sir, her youth and health)

xususiyatlarini

anglab

olish mumkin. Xususan, unda bolalarga xos fikrlash va suhbat qilish tarzini, shuningdek,
yoshlarga xos qisqalik, hozirjavoblik va keskinlikni kuzatamiz. Bunda qizaloq tilidan to‘liqsiz
va his-hayajon gaplarning ifodalanishini kuzatsak, qariyaning nutqi orqali kattalarga xos
mulohazakorlik, o‘ychanlikka guvohi bo‘lamiz. Parchada frazeologik birliklar (

pulled out, take

care of)

badiiy matnning rang-barangligi, ma’no bo‘yoqdorligi sezilarli darajada oshishiga

hissa qo‘shgan. Shuningdek, so‘zlashuv uslubiga xos to‘liqsiz gaplar va jumlalar (

Had any

presents?Not a penny yet, 'Oh, lots of things! Buy books and clothes for school, and, if I get a
great deal, give some to granny)

vositasida qahramonlar o‘rtasidagi muloqot boricha aks

ettirilib, shu orqali personajlarning xarakteri jonli holatda yuzaga chiqariladi. Shu bilan bir
qatorda muallif o‘xshatish (

as if he rather envied, as if mindful of her years)

vositasida

badiiy

matnning

mazmun jihatdan ta’sirchanligini oshirish, tasavvur qilishni osonlashtirishni

maqsad qiladi va bu asosiy funksiyalardan hisoblanuvchi estetik funksiyani namoyon etishga
muayyan darajada xizmat qilgan.

Shuningdek, zamonaviy o‘zbek adabiyotida ham dialogdan asarlarda muallif dunyosiga

xos bo‘lgan individual tasvirini yaratish vositasi sifatida keng qo‘llanadi. Jumladan, Nazar
Eshonqulning “Urush odamlari” nomli qissasidan olingan parchadagi dialog tahlili orqali
muallifning o ‘ziga xos ichki olami, ijtimoiy muhitga munosabatini anglash mumkin. Bundan
tashqari ushbu parchada madaniy va ijtimoiy funksiyaning dialog orqali verballashuvini
kuzatamiz.

- Yaxshilikka bo‘lsin, iloyo, yaxshilikka bo‘lsin! – Xanifa ko‘zlaridagi yoshni artardi.
– Siz yig‘layapsizmi?.. so‘rardi birdan avzoyini o‘zgartirib Anzirat. – Menga achinib

yig‘layapsizmi?.. Peshonam sho‘r ekan, nima qilay, opajon... – Birdan ko‘zidan yosh quyilib
kelardi. – Meni xudo urgan ekan azaldan... opajon... Sizdan yaxshiliklar ko‘rdim... Agar men
dumalab ketsam, Xolmat bilan Hojar hovar*da qolmasin, opajon...

– Voy, unday demang, aylanay, hali bu dardlardi ko‘rmaganday bo‘p ketasiz.
– Bilaman... opa, kunim kalta... har kecha enam tezroq kelsang-chi, sochim bitlab ketdi deb,

boshini titib turadi... Kunim kaltaligini bilaman, opajon.

– Yomon xayol qilmang, aylanay. Hali bolalaringizning rohatini ko‘rasiz.
– Men ham umrim bo‘yi shuni orzu qilardim. Nima qilay, niyatimga yetmaydiganga

o‘xshayman...

– Yetasiz, hali bu kunlardi ko‘rmaganday bo‘p ketasiz...

Darvoqe, barcha suhbat shaklidagi ifofalangan nutqda bo‘lgani kabi ushbu dialogda ham

pragmatik funksiyasi ustunlik qiladi. Dialogda qo‘llangan undalma

(aylanay)

xushmuomalalik,

g‘amxo‘rlikniifodalash, qahramonga taskin berish xizmat qilgan. Shuningdek, parchadagi ba’zi
badiiy va stilistik vositalar bevosita madaniy funksiyani aks ettirganini kuzatish mumkin.
Jumladan, muallif lisoniy shaxsi ochiq aytish noqulay yoki o‘rinsiz bo‘lgan fikr-mulohazalari


background image

134

evfimizm

(dumalab ketmoq –o‘lmoq ma’nosida)

orqali bir muncha yumshoq, silliq shaklda

ustalik bilan ifodalaydi. Aynan shu mazmundagi ijobiy ma’no bo‘yoqdorligiga ega bo‘lgan

vafot

qilmoq, ko‘z yummoq, jon bermoq, joni uzilmoq, qazo qilmoq, olamdan o‘tmoq, mangulik
uyqusiga ketmoq, bandalikni bajo keltirmoq, omonatini topshirmoq

kabi evfimizmlardan aynan

dumalab ketmoq

” tanlab olinishi ham muallif individualligining dalili hisoblanadi. Buning aksi

o‘laroq,

kakofemizm

yoki

desfemizm

deb nomlanuvchi stilistik vositadan foydalangan holda

aynan “o‘lim” tushunchasini

ko‘ziga tuproq to‘lmoq, asfolosofilinga jo‘namoq, yer tishlamoq,

yerning qa’riga ketmoq, qulog‘i tagida (ostida) qolmoq, yostig‘ini quritmoq, narigi dunyoga
jo‘namoq

kabilardan foydalangan holda ifodalash ham mumkin edi.

Biroq dialogda “omadsiz”

ma’nosidagi fikrni yanada kuchaytirib ko‘rsatish, ta’kidlash maqsadida aynan kakofemizm
vositasida “

xudo urgan

” tarzida aks ettiradi. Aynan yuqorida keltirilgan til birliklari har bir

millatning o‘zigagina xos til vositalari bo‘lganligi sababli matnning madaniy funksiyasini aks
ettirgan. Shuningdek, asarda tasvirlash ko‘zda tutilgan vaziyat va holatni ixsham, aniq tarzda
yetkazish maqsadida so‘zlashuv uslubiga xos bo ‘lgan emotsional-ekspressiv ma’no
bo‘yoqdorligiga ega iboralardan (

Peshonam sho‘r, kunim kalta)

foydalanilgan. Shuni ta’kidlash

joizki, muallifning aynan so‘zlashub uslubidan (

dardlardi, kunlardi, bo‘p ketasiz)

foydalanishi

samimiy, jonli muhitni gavdalantirish, vaziyat haqida haqiqiy tasavvurni shakllantirishga
qaratilgan. Shuni ta’kidlash joizki, yuqorida keltirilgan dialogni tushunish, muallif
ifodalamoqchi bo‘lgan fikrni anglash kitobxondan ushbu millatning ijtimoiy hayoti,
madaniyati haqidagi tushunchalarga ega bo‘lishni talab qilgani sababli asosiy funksiyalardan
kognitiv funksiya ham mavjud hisoblanadi.

Shunday qilib, badiiy matnda muallif modalligini ifodalashda dialog ham, monolog ham

muhim ahamiyatga ega vosita hisoblanib, muallifga xos g‘oyalarini taqdim etish, konseptual
dunyo manzarasini aks ettirish, muayyan mavzuni tahlil qilish, hatto kitobxonning
reaksiyasini qo‘zg‘atish imkoniga ham ega hisoblanadi. Muallif dialog va monologni ustalik
bilan shakllantirish orqali badiiy matnning rang-barangligini ta’minlash bilan birga o‘zining
muayyan vaziyatga nisbatan munosabatini ham ifodalashi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki,
dialog va monolog muallif modalligini aks ettirishdan tashqari badiiy matndagi
personajlarning o‘ziga xosliklarini ochib berishga ham imkon yaratadi.

References:

1.

Беляева П. А. Лингвистический анализ диалогической речи в художественном

тексте: дисс. … канд. филол. наук. – М., 2005. – 172 с.

2.

Luisa May Alkot “Marjorie’s Three Gifts”

3.

Nazar Eshonqul “Urush odamlari”

Библиографические ссылки

Беляева П. А. Лингвистический анализ диалогической речи в художественном тексте: дисс. … канд. филол. наук. – М., 2005. – 172 с.

Luisa May Alkot “Marjorie’s Three Gifts”

Nazar Eshonqul “Urush odamlari”