Авторы

  • Shoxida Ergasheva
    Uchqo‘rg‘on tumani 46-maxsus maktab-internati boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.45852

Ключевые слова:

рассказ сюжет портрет события вопросы анализ содержание рассказа.

Аннотация

В данной статье рассматривается роль занятий по чтению в литературном воспитании начальной школы, особенности преподавания жанра рассказа на занятиях по чтению, а также аспекты, на которые следует обратить внимание при ознакомлении детей с рассказами.


background image

158

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA HIKOYA JANRI USTIDA ISHLASHNING O‘ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI

Ergasheva Shoxida Nurmuxammadovna

Uchqo‘rg‘on tumani 46-maxsus maktab-internati

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14007112

Annotatsiya:

Ushbu maqolada

boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘qish darslarining

o‘rni, o‘qish darslarida hikoya janrini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari, bolalarni hikoya
bilan tanishtirishda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

hikoya

,

syujet, portret tasviri, voqea-hodisalar, savollar, tahlil qilish,

hikoya mazmuni.

Аннотация:

В данной статье рассматривается роль занятий по чтению в

литературном воспитании начальной школы, особенности преподавания жанра
рассказа на занятиях по чтению, а также аспекты, на которые следует обратить
внимание при ознакомлении детей с рассказами.

Ключевые слова:

рассказ, сюжет, портрет, события, вопросы, анализ, содержание

рассказа.

Abstract:

This article discusses the role of reading classes in primary school literary

education, the specific features of teaching the story genre in reading classes, and the aspects
that should be paid attention to when introducing children to stories. is conducted.

Key words:

story, plot, portrait, events, questions, analysis, content of the story.


Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limi o‘qish darslarida badiiy asarlar janriy xususiyatlariga

ko‘ra o‘rganish ilmiy-nazariy jihatdan bo‘lmasa-da, amaliy tomondan turli asarlar misolida
amalga oshiriladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham har xil bo‘ladi.

Boshlang‘ich sinflarda o‘qitilayotgan o‘qish darslari yuqori sinflarda o‘tiladigan adabiyot

fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘qish darslarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmuni,
o‘quvchilarni to‘g‘ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o‘qishga o‘rganishi, bolaning
ona Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g‘oyalarini
ular ongiga singdirilishi kabi bilimlarini boyitish orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi. O‘qish darslarini Davlat standarti
talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog‘lab o‘tilishi uning
ta’sirchanligi hamda ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. Unda o‘qish va nutq o‘stirishning
ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo‘yicha o‘qish mazmunini o‘qish ko‘nikmalarining
og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o‘qish mashg‘ulotlarining yozma nutq
bilan bog‘lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.

O‘qish savodxonligi darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar

mazmunini tahlil qilish o‘qish malakalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lsin. Bundan
tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni ham reja asosida olib borish va unda badiiy
asarlar tahlilini qilish ham ko‘p foyda beradi. Hozirda bolalar uchun qiziq bo‘lgan rasmli,
qiziqarli kitoblar nashr etilmoqda, o‘qituvchi bola yoshidan kelib chiqib uyda qo‘shimcha
o‘qish uchun topshiriqlar berishi ham katta samara beradi.


background image

159

Hikoya janri ham boshlang‘ich adabiy ta’limda ta’sir jihatidan alohida o‘ringa ega janr

hisoblanadi. Ayniqsa, kichik hajmli hikoyalarning berilishi o‘quvchilarning mustaqil
fikrlashida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea,

hayotning muhim tomonlarini umumlashtirib tasvirlanadi. Hikoya – bu to‘liq ma’noli va
hikoya xarakteriga ega bo‘lgan kichik nasriy asar. Hikoya qandaydir voqeani qisqa vaqt ichida
sodir bo‘ladigan voqealarga asoslangan bo‘ladi. Hikoya muallifi avvalo uning syujetini tuzadi,
faqat muhim nuqtalarni tanlaydi. Keyin uni o‘quvchini qiziqtiradigan tarzda rivojlantiradi,
oxirida xulosa qilinadi. Hikoya mazmunan boshlang‘ich o‘quvchilari uchun mos janr
hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko‘rinishi,
portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Hikoyalar biror davr
bilan bog‘liq holda bo‘ladi. O‘quvchilar qahramonlarning ma’naviyatiga bo‘lgan qiziqishlari
tufayli hayotning turli oq va qora tomonlari xususida muayyan tushunchalarga ega bo‘ladi.
Ularda yaxshilikka nisbatan muhabbat, yomonliklarga nisbatan nafrat tuyg‘usi shakllanadi.
Bolalarni hikoya bilan tanishtirishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak. Hikoya mazmuni
syujet asosida ochib borilib, odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki
maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni
taqqoslash, voqea- hodisalar, xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va
umumlashtirish uchun foydalaniladi.

Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va iboralar ma’nosini

tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. Hikoyani
o‘qishda uning mazmuniga diqqat qaratish dolzarb sanalib, shu mazmunni boshlang‘ich sinf
o‘quvchisi idrok etsa, ya’ni tasavvurida voqealar ketma-ketligini shakllantira olsa, asarni to‘liq
anglagan bo‘ladi. Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilar o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi
uchun tayyorlanishiga vaqt berish kerak. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki
savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning
xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. Savollarni asosan o‘qituvchi beradi, ammo
asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o‘quvchilarga ham
savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga yoqadi va ishni jonlantiradi:

Asar mazmunini yaxshi tushunish;

O‘z fikrini izchil bayon qilish;

Mazmun va voqealar orasidagi bog‘lanishni to‘liq esda saqlash;

Asar qahramonlari haqida fikr bildirish.
Shundan keyingina, hikoya syujeti, voqeaning yo‘nalishini ochishga, personajlar

xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g‘oyasini bilib olishga yordam beradigan
savollardan foydalaniladi. Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to‘liq tushuntirishga berilib
ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlarini
e’tibordan chetda qolmasligi lozim.

Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi, bolada qiziqish uyg‘otishi, obrazlarning

o‘zgachaligi bilan o‘ziga tortsa, hikoya janri hayotiyligi, o‘quvchi uchun ayrim vaziyatlarning
tanishligi, o‘sha qahramon o‘rnida o‘zini qo‘ya olishi, hayotiy voqealarga uyg‘unlashganligi,
bevosita o‘quvchini borliqni anglashga chorlaydi. Hikoyada esa voqealar tez rivojlanib boradi.
Unda inson hayoti, kechinmalari, insonga xos fel-atvor, hayotning past-baland ekanligi, doim


background image

160

bir zaylda ketmasligi, aniq ifodalanib akslanib turadi. Hikoya matnining tushunarliligi hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o‘ziga
xosligi, obrazli tasvirning o‘quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda
tutiladi. Shunga asosan hikoyani tashkil etishning ba’zi usullari bilan tanishamiz. Nutq
mashqlarining maqsadi – o‘qish texnikasini rivojlantirish va takomillashtirish: ravonlik,
onglilik, to‘g‘rilik, ifodalilik. O‘qituvchi darsning maqsad va vazifalariga qarab, muayyan
fazilatlarni rivojlantirish uchun mashqlarni tanlaydi.

Uy vazifasini tekshirish ilgari o‘qilgan materialni yangilash uchun amalga oshiriladi,

quyidagi tekshirish usullaridan foydalanish mumkin: test, qayta hikoya qilish, tanlab o‘qish,
suhbat, film lentasini tuzish. Yangi materialni o‘rganish 4 bosqichdan iborat:
1.

Asarni idrok etish uchun tayyorgarlik ishlari;

2.

Asarni yaxlit o‘qish;

3.

Asarning birlamchi idrokini tekshirish uchun qisqa suhbat;

4.

Ishning tahlili.
Tayyorgarlik ishining maqsadi – voqealar, qahramonlar haqida g‘oyalar yaratish,

qiziqish uyg‘otish. Tayyorgarlik ishi sifatida quyidagilar qo‘llanishi mumkin: suhbat, hikoya,
o‘quvchilarning erkin bayonotilari, musiqa tinglash, ekskursiya, filmlar va filmlar namoyishi,
yozuvchining kitoblarini tekshirish. Asarni yaxlit o‘qish, hikoyani birlamchi idrok etish
bolalarning ertak matnini o‘zlari o‘qishlari yoki o‘qituvchining o‘qishini tinglash orqali amalga
oshirilishi mumkin. Barcha sinflarda chuqur hissiy, dramatik voqealarga boy hikoyalar
o‘qituvchining ifodali o‘qishida yaxshiroq idrok etiladi. Asarning birlamchi idrokini tekshirish
uchun qisqa suhbatning maqsadi: hikoya o‘quvchilarda qanday taassurot qoldirganligini
aniqlash. O‘qib bo‘lgach, taxminan quyidagi savollarni berish o‘rinlidir:

-

Hikoyaning qaysi joyini eslaysiz?

-

Hikoya sizga nimasi bilan yoqdi?

-

Hikoya qanday kayfiyat uyg‘otadi?

-

Qaysi qahramon sizda yaxshi taassurot uyg‘otdi?

-

Hikoyani yana qanday nomlash mumkin?
Tahlil jarayonida hikoyaning o‘ziga xos mazmuni, kompozitsiyasi, personajlar xulq-

atvorining motivlari,xarakterli xususiyatlari, g‘oyaviy yo‘nalishi oydinlashadi. Shu yo‘nalishni
inobatga olgan holda asar tahliliga yondashilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

References:

1.

М.П. Воюшина, С.А.Кислинская, Е.В. Лебедева. Mетодика обучения литературе в

начальной школе. –М.: -Академия. – 2010.
2.

Маtchonov S., Shojalilov A., G`ulomova X. va b. O‘qish kitobi. 4- sinf uchun darslik. –T.:

Yangiyo‘l poligraf servis. 2020.
3.

Матчонов С. Адабиёт дарсларида таҳлил ва талқин уйғунлиги. Til va adabiyot

ta`limi. 2020. 7- son.
4.

Ғуломова Х. Ўқувчиларнинг матн устида ишлаши.// Тил ва адабиёт таълими.

1994. №2-3.
5.

Bakiyeva H. Boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash metodikasi. –T.: Istiqlol. 2013

Библиографические ссылки

М.П. Воюшина, С.А.Кислинская, Е.В. Лебедева. Mетодика обучения литературе в начальной школе. –М.: -Академия. – 2010.

Маtchonov S., Shojalilov A., G`ulomova X. va b. O‘qish kitobi. 4- sinf uchun darslik. –T.: Yangiyo‘l poligraf servis. 2020.

Матчонов С. Адабиёт дарсларида таҳлил ва талқин уйғунлиги. Til va adabiyot ta`limi. 2020. 7- son.

Ғуломова Х. Ўқувчиларнинг матн устида ишлаши.// Тил ва адабиёт таълими. 1994. №2-3.

Bakiyeva H. Boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash metodikasi. –T.: Istiqlol. 2013