Авторы

  • Jasur Berdiyev
    QarMII “Biznes va innovatsion menejment” kafedrasi katta о‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.45857

Ключевые слова:

mintaqa mehmonxona xо‘jaliklari samaradorlik mehmonxona xujaliklarida samaradorlik moddiy-texnika asoslari investitsiya.

Аннотация

Ushbu maqolada mintaqada mehmonxona xо‘jaliklari faoliyati va samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkichlar tizimini takomillashtirishga xarakat qilingan bо‘lib, mehmonxonalarning kо‘payishiga, uning alohida tarmoq darajasiga kо‘tarilishiga sabab bо‘lishiga mos ravishda uni tо‘liq ifodalovchi kо‘rsatkichlar tizmini ishlab chiqishni taqozo qilishi asoslangan. Mehmonxona xujaliklarida  samaradorlikni baholashda inobatga olish lozimki, mehmonxona egasi yoki shu xо‘jalik yurituvchi subyekt mazkur sohaga qо‘ygan investitsiyasidan yetarli darajada foyda olishga erishmog‘i, mavjud moddiy-texnika asoslaridan samarali foydalanmog‘i, xodimlarning yuqori mehnat unumdorligiga erishmog‘i va xarajatlardan ham samarali foydalanishga erishmog‘i lozimligi asoslab berilgan.


background image

140

MINTAQADA MEHMONXONA XО‘JALIKLARI SAMARADORLIK

KО‘RSATKICHLARNI BAHOLASH

Jasur Berdiyev

QarMII “Biznes va innovatsion menejment”

kafedrasi katta о‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13981237

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mintaqada mehmonxona xо‘jaliklari faoliyati va

samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkichlar tizimini takomillashtirishga xarakat qilingan bо‘lib,
mehmonxonalarning kо‘payishiga, uning alohida tarmoq darajasiga kо‘tarilishiga sabab
bо‘lishiga mos ravishda uni tо‘liq ifodalovchi kо‘rsatkichlar tizmini ishlab chiqishni taqozo
qilishi asoslangan. Mehmonxona xujaliklarida samaradorlikni baholashda inobatga olish
lozimki, mehmonxona egasi yoki shu xо‘jalik yurituvchi subyekt mazkur sohaga qо‘ygan
investitsiyasidan yetarli darajada foyda olishga erishmog‘i, mavjud moddiy-texnika
asoslaridan samarali foydalanmog‘i, xodimlarning yuqori mehnat unumdorligiga erishmog‘i
va xarajatlardan ham samarali foydalanishga erishmog‘i lozimligi asoslab berilgan.

Kalit sо‘zlar:

mintaqa, mehmonxona xо‘jaliklari, samaradorlik, mehmonxona

xujaliklarida samaradorlik, moddiy-texnika asoslari, investitsiya.

Аннотация:

В данной статье предпринята попытка усовершенствования системы

показателей, отражающих активность и эффективность гостиничного бизнеса региона,
и она основана на том, что увеличение количества гостиниц является причиной
подъема ее до уровня отдельной отрасли, требует разработки системы показателей,
полностью ее отражающих. При оценке эффективности гостиничного хозяйства
следует учитывать, что владелец гостиницы или субъект этого бизнеса должен
добиться достаточной прибыли от своих инвестиций в эту сферу, эффективно
использовать существующую материально-техническую базу, добиться высоких
показателей труда. производительность труда сотрудников и добиться эффективного
использования затрат.

Ключевые

слова:

регион,

гостиничное

хозяйство,

эффективность,

эффективность гостиничного хозяйства, материально-техническая база, инвестиции.

Abstract:

In this article, an attempt is made to improve the system of indicators that

represent the activity and efficiency of hotel businesses in the region, and it is based on the
fact that the increase of hotels, the reason for its rise to the level of a separate industry,
requires the development of a system of indicators that fully represents it. When evaluating
the efficiency of the hotel economy, it should be taken into account that the owner of the hotel
or the subject of this business should achieve sufficient profit from his investment in this field,
effectively use the existing material and technical bases, achieve high labor productivity of
employees, and achieve effective use of expenses.

Key words:

region, hotel economy, efficiency, efficiency in hotel economy, material and

technical basis, investment.


Mehmonxona xо‘jaliklari foliyatiga baho berish va ularning istiqbolini belgilash uchun

kо‘rsatkichlar tizimidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur kо‘rsatkichlar
mehmonxona xо‘jaliklari faoliyatining u yoki bu jihatini ifodalaydi. Biroq mehmonxona
xо‘jaliklari faoliyati va samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkichlar tizimi yetarli darajada ishlab


background image

141

chiqilmagan. Endilikda turizmning rivojlanishi mehmonxonalarning kо‘payishiga, uning
alohida tarmoq darajasiga kо‘tarilishiga sabab bо‘lmoqda. Bu holat о‘z navbatida ular
faoliyatini tahlil qilishni va mos ravishda uni tо‘liq ifodalovchi kо‘rsatkichlar tizmini ishlab
chiqishni taqozo qiladi.

Bularga quyidagi sakkizta guruh kо‘rsatkichlarni kiritishni tavsiya qilamiz:

mehmonxona xо‘jaligining moddiy-texnika bazasi va tashkiliy-texnik holatini ifodalovchi

kо‘rsatkichlar;

mehmonxona xо‘jaligining xizmat kо‘rsatishi va ularni sotish bilan bog‘liq

kо‘rsatkichlari;

mehmonxona xо‘jaligining moliyaviy natijalari bilan bog‘liq kо‘rsatkichlar:

mehmonxona xо‘jaligining iqtisodiy salohiyati bilan bog‘liq kо‘rsatkichlar;

mehmonxona xо‘jaligining moliyaviy salohiyati bilan bog‘liq kо‘rsatkichlar;

mehmonxona xо‘jaligining likvidligi va tо‘lovga qodirlik darajasini ifodalovchi

kо‘rsatkichlar;

mehmonxona xо‘jaligining moliyaviy barqarorligini ifodalovchi kо‘rsatkichlar;

mehmonxona xо‘jaligining iqtisodiy nochorligi va bankrotligi bilan bog‘liq

kо‘rsatkichlar;

mehmonxona xо‘jaligida ish va bozor faolligi bilan bog‘liq kо‘rsatkichlar.
Ushbu kо‘rsatkichlar, yuqorida ta’kidlanganidek, boshqa tarmoqlar uchun tavsiya

qilingan. Biz esa ularni mehmonxona xо‘jaligining о‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda moslashtirgan tarzda berdik. Ularning о‘zaro bog‘liqligini ifodalash uchun quyidagi
rasmni keltirdik (2-rasm).

Samaradorlik kо‘rsatkichlarini aniqlaganda albatta, sof tushum ishtirok etadi. Maxrajida

esa qaysi resurs yoki xarajatning samaradorligi aniqlanish kerak bо‘lsa, о‘sha kо‘rsatkichning
hajmi olinadi.

Mehmonxona xо‘jaligida samaradorlikni baholashda yana shuni ino-batga olish lozimki,

mehmonxona egasi yoki shu xо‘jalik yurituvchi subyekt mazkur sohaga qо‘ygan
investitsiyasidan yetarli darajada foyda olishga erishmog‘i, mavjud moddiy-texnika
asoslaridan samarali foydalanmog‘i, xodimlarning yuqori mehnat unumdorligiga erishmog‘i
va xarajatlardan ham samarali foydalanishga erishmog‘i lozim. Ushbu talablarga erishish
uchun mehmonxona xо‘jaligida samaradorlikni har tomonlama baholashni talab qiladi. Bu esa
о‘z navbatida kо‘rsatkichlar tizimidan foydalanish zururatini tug‘diradi. Tadqiqotlar natijasida
bunday kо‘rsatkichlar tizimini tо‘rtta guruhga bо‘lishni tavsiya qilamiz:

mehmonxona xо‘jaligiga qо‘yilgan aktivlar samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkichlar;

mehmonxona

xо‘jaligi

moddiy-texnika

asoslari

samaradorligini

ifodalovchi

kо‘rsatkichlar;

mehmonxona xо‘jaligida mehnat samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkichlar;

mehmonxona xо‘jaligi xarajatlari samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkichlar.
Bularning bog‘liqligini quyidagi chizmada ifodalash mumkin (1-rasm).


background image

142

1-rasm. Mehmonxona xо‘jaligi faoliyati samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkichlar

tasnifi

1

Mehmonxona

xо‘jaligi

moddiy-texnika

asoslari

samaradorligini

ifodalovchi

kо‘rsatkichlar ham о‘z navbatida bir qancha kо‘rsatkichlarni qamrab oladi. Bunda shuni
inobatga olish joizki, asosiy vositalar qiymati bir xil bо‘lgan holda, ularda joylar soni turlicha
bо‘lishi mumkin. Shu tufayli asosiy vositalarning qiymati va ular samaradorligi bilan birga
moddiy texnika bazasining samaradorligini ham hisoblashni taqozo qiladi. Ushbu subyektlar
xususiyatlaridan kelib chiqib, ushbu guruh kо‘rsatkichlariga quyidagilarni kiritish tavsiya
qilinadi: bitta joyga tо‘g‘ri keladigan о‘rtacha tushum; mehmonxona xо‘jaligi
koyka/kunlaridan foydalanish koeffitsiyenti; mehmonxona xо‘jaligi koyka/kunlari
samaradorligi koeffitsiyenti.

Mehmonxona xо‘jaligida mehnat samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkichlar ham muhim

iqtisodiy kо‘rsatkichlar sifatida о‘z о‘rniga ega. Mazkur guruh kо‘rsatkichlarga quyidagilarni
kiritish mumkin: bitta xodimga tо‘g‘ri keladigan о‘rtacha tushum (mehmonxona
xodimlarining mehnat unumdorligi, qiymatda); bitta xodimga tо‘g‘ri keladigan о‘rtacha
koyka/kunlari (mehmonxona xodimlarining mehnat unumdorligi, natural kо‘rinishda).
Bularning chizmasi quyidagicha ifodalanishi mumkin (2-rasm).

1

Tadqiqot natijasida ushbu tizim muallif tomonidan takomillashtrildi.

Mehmonxona xо‘jaligi

samaradorligini xо‘jalik

yurituvchi subyektlar nuqtai

nazaridan ifodalovchi

kо‘rsatkichlar

Mehmonxona

xо‘jaligiga qо‘y-

ilgan aktivlar

samaradorligini

ifodalovchi

kо‘rsatkichlar

Mehmonxona

xо‘jaligi moddiy-

texnika asoslari

samaradorligini

ifodalovchi

kо‘rsatkichlar

Mehmonxona

xо‘jaligida mehnat

samaradorligini

ifodalovchi

kо‘rsatkichlar

Mehmonxona

xо‘jaligi xarajatlari

samaradorligini

ifodalovchi

kо‘rsatkichlar

Mehmonxona xо‘jaligida

mehnat samaradorligini

ifodalovchi kо‘rsatkichlar

Bitta xodimga tо‘g‘ri

keladigan о‘rtacha tushum

(mehmonxona

xodimlarining mehnat

unumdorligi, qiymatda)

Bitta xodimga tо‘g‘ri keladigan

о‘rtacha koyka/kunlari

(mehmonxona xodimlarining mehnat

unumdorligi, natural kо‘rinishda).


background image

143

2-rasm.

Mehmonxona

xо‘jaligida

mehnat

samaradorligini

ifodalovchi

kо‘rsatkichlar va ularning tasnifi

2

Mehmonxona xо‘jaligida yana bir muhim kо‘rsatkichlardan biri ularga joriy yilda

sarflangan xarajatlari samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkichlardir. Ushbu guruh
kо‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritishni tavsiya qilamiz: joriy yilda qilingan xarajatlar
rentabelligi; har bir foydalanilgan koyka/kunlarning tannarxi.

Tadqiqot jarayonida ushbu kо‘rsatkichlarni aniqlash, ularning о‘zgarishiga ta’sir etuvchi

omillarni hisoblash orqali har birining yaxshilanishi uchun ichki imkoniyatlarni axtarib topish
yо‘llarini kо‘rsatib berishni taqozo qiladi. Bu masala mehmonxona xо‘jaliklari faoliyatini
baholashda о‘ta muhim, chunki, mazkur subyektlarda samaradorlikni ifodalovchi
kо‘rsatkichlar tizimli tarzda ishlab chiqilmagan va mos ravishda amaliyotda qо‘llanilmasdan
kelinayotgan edi.

Bunga obyektiv sabablar ham mavjud bо‘lgan, zero, rejali iqtisodiyot sharoitida

mehmonxonalar sanoqli bо‘lganligi tufayli ular faoliyatini tahlil qilishga ham xojat bо‘lmagan.
Shu tufayli mazkur tavsiya nafaqat nazariy, balki muhim amaliy ahamiyatga ham ega. Ushbu
holatni inobatga olib, aynan ushbu masalaga tadqiqotning navbatdagi bobida amaliy
ma’lumotlarni qо‘llagan holda yoritishga harakat qilingan.

Mehmonxona xо‘jaliklarida xizmatlar soni va sifatini oshirish uchun, uning iqtisodiy

salohiyatidan samarali foydalanish yо‘llarini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Buning uchun
uning tarkibi, samaradorli-gini ifodalovchi kо‘rsatkichlar tizimi, tasnifi va aniq baholash orqali
samaradorlikni oshirishning ichki imkoniyatlarini aniqlash va bular asosida tegishli
boshqaruv qarorlarini qabul qilish yо‘llarini ishlab chiqishni taqozo qiladi.

Rasmdan kо‘rinib turibdiki, mehmonxona xо‘jaligining mehmonlarga xizmat kо‘rsatish

jarayonini albatta, modiy-texnik ta’minoti, ya’ni uskunalar, jihozlar, bino, materiallar kabi
ashyolar bilan birgalikda mehnat resurslari va nomoddiy aktivlar ham ishtirok etadi.
Ma’lumki, har qanday ilg‘or texnika, yuqori sifatli ashyoviy materiallar о‘z-о‘zidan iqtisodiy
jarayonni sodir qilib, moddiy ne’mat ishlab chiqarmaydi yoki xizmat kо‘rsatish jarayonini
amalga oshirmaydi. Unga albatta, odamning aralashuvi, ya’ni jonli mehnatning ishtiroki zarur
bо‘ladi.

Mehmonxona xо‘jaliklari iqtisodiy salohiyatini baholash orqali uning samaradorligini

oshirishning ichki imkoniyatlarini aniqlash va bular asosida tegishli boshqaruv qarorlarini
qabul qilish bugungi keskin raqobat sharoitida о‘ta muhimdir. Bunga ular faoliyatini chuqur
tahlil qilish orqaligini erishiladi. Bu esa,bir qancha masalalarni hal qilish imkonini beradi.

References:

1.

Абдукаримов И.Т., Пардаев М.Қ., Исроилов Б.И. Корхонанинг иқтисодий салоҳияти

таҳлили. Монография. – Т.: “Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси” нашриёт уйи, 2003. – 256 бет.
2.

Пардаев М.Қ., Абдукаримов И.Т., Исроилов Б.И. Иқтисодий таҳлил.Ўқув қўлланма. –

Т.: “Меҳнат”, 20004. – 488 бет.
3.

Савдо иқтисодиёти муаммолари. Ўқув қўлланма. /проф. М.Қ.Пардаевнинг умумий

таҳрири остида. – Т.: “Иқтисод-молия”, 2016. – 504 бет. ва ҳ. к.

2

Tadqiqot natijasida ushbu tizim muallif tomonidan takomillashtrildi.

Библиографические ссылки

Абдукаримов И.Т., Пардаев М.Қ., Исроилов Б.И. Корхонанинг иқтисодий салоҳияти таҳлили. Монография. – Т.: “Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси” нашриёт уйи, 2003. – 256 бет.

Пардаев М.Қ., Абдукаримов И.Т., Исроилов Б.И. Иқтисодий таҳлил.Ўқув қўлланма. – Т.: “Меҳнат”, 20004. – 488 бет.

Савдо иқтисодиёти муаммолари. Ўқув қўлланма. /проф. М.Қ.Пардаевнинг умумий таҳрири остида. – Т.: “Иқтисод-молия”, 2016. – 504 бет. ва ҳ. к.